- Последний пост
- 21 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 70
- 1/48двое суток
- 80
- 1/72трое суток
- 86
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Soʻz birlashtiradi! “Soʻz”ning yangi mavsumi boshlanish arafasida avvalgi ishtirokchilarining telegram kanallarini bitta chatjildga yigʻib chiqdik! Quyidagi havolani bosib, barchasini kuzatib borishingiz mumkin. 👇👇👇👇 https://t.me/addlist/-CPFBIiNqmM2MTA6
* * * Muhabbat bu-xiyobonning xilvat joyida, Maʼshuqangni sochlariga koʻmilish emas. Muhabbat bu-keng shaharning toshqin soyida, Oshigʻingga yelka tutib choʻmilish emas. Muhabbat bu-dil tubida yangraguchi sas, Va qalblarni zabt etguvchi soʻz, xonish demak. Muhabbat bu-maʼshuqangni koʻz-koʻzlash emas, Yot, begona nigohlardan qizgʻonish demak. @jaloliddinsayid
Mezbon bitta: U bizni kuzatadi va kutadi. Ibrohim G‘afurov haqiqatlari Keyinroq universitetdagi tanishim Mahmud Sa’diy bilan o‘qigan kitoblarimiz haqida tinmay gaplashar, u menga ba’zan “Qutlug‘ qon”ni o‘n bir marta o‘qib chiqqani, hali yana o‘qigisi kelib turishini aytardi. Men esa “Qutlug‘ qon”ni to‘qqiz marta o‘qigan, Mahmud oldida maqtana olmasdim. Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3739 Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Instagram | X | YouTube
Ta’ziya Ustoz Ibrohim G’afurovning vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari, do’st-yorlari va muxlislariga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Alloh taolo solih amallarining ajrini ziyodasi bilan berib, iymonlarini salomat qilsin! Rahmatiga olsin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin! Millat uchun o’rnilarini yaxshiroqlari bilan to’ldirsin!
Yana bir o‘zbek adabiyotining ulkan chinori....
без подписи
Mening yulduzim Iyulning hovurli tunlari. Uyning Oldida qurilgan uzun supada, Yo-o-otamiz tizilib, bahslashib; kimning Yulduzi qay biri, boqib tepaga. Ko‘zimiz tushgani "Yetti og‘ayni" Anavi bor-ku, huvv cho‘mich shaklida, Biz ham oilada yetti jon ayni, Demak bu bizlarmiz, ha biz, aslida Bir boshdan sanaymiz: birinchi dadam, Keyin onam, opam, keyin men... ammo Labimni buraman, nimaga mening Yulduzim bu qadar kichik, beziyo? Yo‘q, bo‘lmaydi deyman, shart o‘yin buzib, Oxirdan sanaymiz, oxirdan ana: Birinchisi ukam, so‘ng kichik singlim, Keyin katta singlim, keyin men... yana. Yana o‘sha o‘lgur to‘rtinchi yulduz, Menga to‘g‘ri kelar atay qilganday. Qovog‘im uyaman, hayt deyman ilkis, Osmon ham xuddiki ustdan kulganday. Yo‘q bu g‘irrom, deyman, fig‘onim falak, Yo‘q zinhor, tan olmam, bu o‘yin xato. Mening ham yulduzim chaqnashi kerak, Mening ham yulduzim porlab tursin to. Onam esa sho‘rlik, onaizorim, Meni ovutmoqchi bo‘lar, shu topda Ilojin topsa-yu, zuv etib borib, O‘z yulduzin yulib bersa... eh, sodda. Gapga ko‘namanmi o‘sha paytlari, Xarxasha qilaman, ochirmayman ko‘z: Opam mendan keyin o‘tsin, qaytaring, Menga yulduz kerak, kattakon yulduz. Axir men kattaman o‘g‘illardan eng, Kattalar birinchi tanlaydi, bilsin. Dadamning pinjiga kiraman, -Ayting Ukamning yulduzi meniki bo‘lsin. Kim ham berar edi shunday yulduzin, Bu o‘yin shartiga zid, bir tarafdan. Har ishga haqli deb bilganday o‘zim, Shu kichik supada yulduztalabman. Biroq nima qilsin "Yetti og‘ayni" Aybdordek turadi bir yon qiyshayib. Singlim piqqillaydi, opam o‘ynaydi, Ukam yuzga ko‘rpa tortar ishshayib... Bugun kuldim eslab o‘sha ishimni, Hamda o‘z gapimdan o‘zim uyalib. Ancha yillar o‘tdi, ancha tushundim, Qancha yulduz ko‘rdim esimni tanib. Biri "yalt" etdi-yu, so‘ng ketdi o‘chib, Biri "milt-milt" qilar lekin beziyon. G‘ururim-yursam ham har yerda, ko‘chib, Shu osmonda mening yulduzim, ayon. Ortiq ajratmasman katta-kichikka, "Yetti og‘ayni"ning yoqasin olib. Aqlim but, bo‘lsa-da jindek kechikkan, Endi "to‘rtinchi"dan yurmasman nolib. Endi bahslashmayman o‘rin talashib, Endi o‘z haddimni bilaman so‘zsiz. Quvonchim-ketmaydi sira almashib, Mening mittiginam-to‘rtinchi yulduz. Ajralib turadi hammadan, lekin Ajralib ketmaydi tarqatib qator. U ham teng ko‘tarar bir osmon yukin, Shu yorug‘ yulduzlar ichra o‘rni bor... Eh sen, qadrdonim "Yetti og‘ayni" Ahil oilamning ramzi, yorlig‘i. Asli nima muhim? Muhimi ayni- Mening yulduzimning safda borligi! @jaloliddinsayid
... Ko‘zimiz tushgani "Yetti og‘ayni" Anavi bor-ku, huvv cho‘mich shaklida, Biz ham oilada yetti jon ayni, Demak bu bizlarmiz, ha biz, aslida... @jaloliddinsayid
*** Ko‘p ho‘piqdik, o‘pka suvga bo‘kib ketdi, Kim achindi, kim bo‘ralab so‘kib ketdi. Bir amallab chiqvoldik-ku, ammo... Afsus Qutqargani kelgan g‘avvos cho‘kib ketdi. 12.09.2024y @jaloliddinsayid
* * * Deysan: "Oʻsmoq mudom tepaga boʻlgan..." Burningni koʻtarsang tegar yulduzga. Baland daraxtlarni alqaysan dildan, Men esa... havasim kelar ildizga... Birovga kulishdan yiroqman, lekin Har kim oʻz yoʻlida sobit qarordir. Bunda har odamning oʻz balandligi, Va oʻzi intilgan osmoni bordir. @jaloliddinsayid
* * * Hali yomgʻir yogʻib berar, hali qor, Bulutdan arimas aprel osmoni. Qunishib qarayman: Nahot shu bahor? Boshimda qalpogʻ-u, ustda choponim. Bu dunyo jangchidek, qolgan qamalda, Tabiat teskari kuyin chaladi. Ayni soya izlab qochar mahalda, Quyoshni sogʻinib yursang, gʻalati... 14.04.2020 @jaloliddinsayid
#yangi_kitob 📖 She’rni his qiladiganlar uchun! Yangi kitobim to'liq sotuvga chiqdi. Kitobni qanday harid qilishni so'rayotganlar diqqatiga. Toshkent shahrida yashayotganlar o'zimda harid qilishingiz mumkin. Viloyatlarga esa BTS pochtasi orqali yetkazib…
#yangi_kitob 📖 She’rni his qiladiganlar uchun! Yangi kitobim to'liq sotuvga chiqdi. Kitobni qanday harid qilishni so'rayotganlar diqqatiga. Toshkent shahrida yashayotganlar o'zimda harid qilishingiz mumkin. Viloyatlarga esa BTS pochtasi orqali yetkazib beriladi. Karta orqali harid qilganlar quyidagi kartaga 5440810015662678 to'lov qilishingiz mumkin. Chekini @RavshanHaqmurodov ga yuborib qo'ysangiz kifoya. Kitob nomi "Hadik" 💰 Narxi: 60 000 so‘m 📞 Buyurtma uchun: +998 99 898 01 21 @Ravshan_Haqmurod
Tafovut Qachondir, huvv hali mehr-oqibat, Butunlay bosh olib ketmagan paytlar. Boyota o‘g‘liga mingizmadi ot, Nochor qo‘shnisidan andisha aylab. Bugunchi... qarz to‘plab ko‘mguday boshin, Hali ajralmayin yengidan burni. Boyvachcha o‘g‘liga mindirib moshin, O‘sha qo‘shnisining "og‘ziga urdi..." @jaloliddinsayid
YANGI NASHR 📖 Muhammad Siddiq: SEMURG‘ Janri: she’rlar Hajmi: 192 bet Muqova: yumshoq Adadi: 1 000 nusxa Narxi: 50 000 so‘m Sotib olish uchun ushbu kartaga to‘lov amalga oshirasiz: 5614 6822 1129 1085 Muhammadsiddiq Alijonov To‘lov chekini quyidagi telegram…
YANGI NASHR 📖 Muhammad Siddiq: SEMURG‘ Janri: she’rlar Hajmi: 192 bet Muqova: yumshoq Adadi: 1 000 nusxa Narxi: 50 000 so‘m Sotib olish uchun ushbu kartaga to‘lov amalga oshirasiz: 5614 6822 1129 1085 Muhammadsiddiq Alijonov To‘lov chekini quyidagi telegram manzilga yuborasiz: 👉 https://t.me/semurgkitob So‘ngra ism-sharifingiz, telefon raqam va aniq manzilingizni yozib qoldirasiz. 📬 Uch kun ichida sotib olgan kitobingiz muallif dastxati bilan pochta orqali yetkazib beriladi. Kitob “Akademnashr" nashriyoti tomonidan yuqori sifatda chop etildi. Xarid qilishni istovchilar uchun maxsus 100 nusxada qattiq muqovalisi ham bor. @Muhammad_Siddiq
Abdulkarim BAHRIDDIN "TOMCHIDIL" KITOBIDAN SHAVKAT RAHMON XOTIRASIGA Goh yerdan, goh koʻkdan nimadir kutdim, Nihoyat qutuldim qaygʻu, qoʻrqishdan. Emranib, sogʻinib shu kunga yetdim, Oʻlmay oʻtib oldim yana bir qishdan. Menga ham atalgan bir qatim nur bor, Havo bor – toʻldirdim koʻkraklarimni. Yana yetib keldim oʻzingga, bahor, Oftobing isitdi suyaklarimni. Boʻldi, ado boʻldi tizginsiz quvvat, Endi sigʻinarman men oʻz gʻoyamga. Endi oʻz yogʻimda qovrilgum faqat, Salom bergum faqat men oʻz soyamga. Meni kechiringiz, oʻqimas, mayli, Birovga yoqmasa gʻamangiz soʻzim. Bildim, qutqarolmas odamni odam, Agar qoʻl choʻzmasa Allohning oʻzi. Tuproqning xush isi, qushlar chugʻuri, Maysalar shiviri dilimga yaqin. Tugʻilgan har kishi dam oʻtgan sari Sekin boraverar oʻlimga yaqin. Tugʻilmagan oʻlmas, oʻlar tugʻilgan, Tugʻilgan oningdan yoy tortdi taqdir. Koʻz ochgan zahoting bir oʻq otilgan, Umring – shu oʻq kelib topguncha vaqtdir. Zamin ketib borar samoda oʻqday, Men ham borayapman omonat, giryon. Nimadir kutarman yerdanmi, koʻkdan… Yetib olsam edi yozgacha omon. 1992 – 2011
Shoir, tarjimon va jurnalist Karim Bahriyev. Yaratgan o‘z rahmatiga olsin.
Gugurt cho‘p orzusi Ming yil yotdim quti ichida, Galim poylab, toqatim tutib. Jonim har dam tig‘ning uchida, Mahkum kabi hukmimni kutib. Qismat ekan, itoat so‘zsiz, Safdan chiqdi do‘stlarim bir-bir... Qolaverdim noumid, ojiz, Tuyulardi qilganday tahqir. Kimdir uchqun bo‘lib chiroqqa, Zulmat zahrin ayladi abas. Kim tandirga... kimdir o‘choqda... Umri zoe ketmadi, xullas. Faqat mening kechmishim mayli, O‘z dudimda pishirdi hil-hil. Boshimdagi shu sir tufayli, Ming yil kutdim, o‘lmadim ming yil. Ammo... sabrim qolmadi ortiq, Bor yo‘g‘imga o‘zing-ku qozi. Tangrim, sekiiin chertib yuborgin, Bir yonmasam emasman rozi! @jaloliddinsayid
"Janoza" mga marhamat!