tgindex
Learn Japanese with us

Learn Japanese with us

Статистика
@japanese_withusузбекский

Yapon tilini biz bilan"0"dan o'rganing. 🔰🇯🇵Yapon tili va Yaponiyaga oid yangiliklar 🎬Video darslar 📑Rasmli lug'atlar 💾Kunlik grammatika darslar 📺Animelar va qiziqarli roliklar ⁉️Kundalik qo'llaniladigan jumlalar va iboralar. Admin👉 @Abdullokh1508

Последний пост
4 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
229
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
230
23 постов
Вовлечённость
100,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 4 июл.149из dilshodbek_zakirov

    Yaponiya mehnat bozorida paradoks… Kompaniyalar yosh kadrlarni jalb qilish uchun o‘qishni endi bitirib ishga kirayotganlarning boshlang‘ich maoshini oshiryapti. Lekin ayrim joylarda kompaniyada yillardan beri ishlab kelayotgan tajribali xodimlarning maoshi deyarli o‘zgarmayapti. Natijada yangi xodim bilan unga ish o‘rgatadigan, ustozlik qiladigan tajribali xodimning maoshi bir-biriga yaqinlashmoqda. Ba’zan esa yangi kelgan xodim ko‘proq ham olishi mumkin. Albatta, kompaniyalarni ham tushunsa bo‘ladi: aholi kamayishi sababli yaxshi kadr uchun raqobat kuchaymoqda. Yangi xodimni jalb qilish uchun balandroq maosh taklif qilish zarur. Lekin kompaniya faqat yangi xodim bilan rivojlanmaydi. Yangi kelganga ishni kim o‘rgatadi? Xatolarini kim to‘g‘rilaydi? Kim tajribasini ulashadi? Agar bu vazifalarni bajaradigan xodim o‘z qo‘li ostiga kelgan odam bilan bir xil yoki undan kam maosh olsa, ishni davom ettirishga motivatsiya qoladimi? Eng xavfli tomoni ham shu: tajribali xodimda “shu yerda qolishdan ko‘ra, ishni o‘zgartirish foydaliroq ekan” degan fikr paydo bo‘ladi. Va bu holat boshlangan ham... Yangi kadrni jalb qilish muhim. Ammo mavjud, tajribali xodimni qadrlash va ushlab qolish ham muhim. Menimcha, Yapon kompaniyalari oldidagi keyingi katta muammo yangi xodim topish emas, tajribali xodimlarni yo‘qotmaslik bo‘lishi mumkin. t.me/dilshodbek_zakirov

  • 2 июл.121из Mirjalol_Mengboev

    🇯🇵 Yaponiya hukumati: “Ish haqini oshirish faqat kompaniyaning muammosi emas” Yaponiya hukumati juda qiziq qaror ustida ishlayapti. Ularning aytishicha, “ish haqini oshirish mas’uliyatini faqat kompaniyalar zimmasiga tashlab qo’yish to’g’ri emas.” Ya’ni hukumatning fikricha, agar davlat ish haqlari oshishini istasa, buning uchun sharoitni ham o’zi yaratishi kerak. Masalan: ✅ korxonalarning unumdorligini oshirish, ✅ raqamlashtirishni qo’llab-quvvatlash, ✅ kichik va o’rta biznesga yordam berish, ✅ xarajatlar oshganda narxlarni bozorda to’g’ri shakllantirishga ko’maklashish. Shundagina kompaniyalar xodimlarning maoshini barqaror oshira oladi. Ko’pchilik “Nega maoshlar oshmayapti?” deb faqat kompaniyani ayblaydi. Yaponiya esa masalaga boshqacha qarayapti. Agar biznes kuchli bo’lmasa, ish haqi ham oshmaydi. Shuning uchun ular avval biznesni kuchaytirishga, keyin esa maoshlarning tabiiy ravishda oshishiga e’tibor qaratmoqda. Ba’zan muammoning o’zini emas, uni keltirib chiqarayotgan sababni hal qilish ancha to’g’ri yechim bo’ladi. https://t.me/Mirjalol_Mengboev

  • 26 июн.1482из dilshodbek_zakirov

    🐒 "Maymun ham tushunadigan darajada..." Yaponlarda juda qiziq odat bor: hamma narsa mukammal, sodda va tushunarli bo‘lishi kerak. Bir yapon tanishim aytgandi: "Maymun ham tushunadigan holatda bo‘lsa, savol qolmaydi." Avvaliga hazil deb o‘ylagandim. Keyin tushundimki, bu butun boshli jamiyatning ishlash usuli ekan. Aynan shu joyda chet ellik bilan yaponning fikrlashi to‘qnashadi. Chet ellik o‘ylaydi: "Shuni ham aytamanmi? Yosh bola emas-ku, o‘zi bilsa kerak." Yapon esa: "Nega aytmading? Buni oldindan aytishing kerak edi." Chunki bu jamiyatda "o‘zi tushunib oladi" degan taxminga suyanishmaydi. Yaponiyada ko‘pincha tushunmagan odam emas, yetarlicha tushuntirmagan odam javobgar hisoblanadi. Pozitiv qaraydigan bo‘lsak, aynan shu yondashuv Yaponiyadagi ko‘plab tizimlarni tartibga solib, barqaror va ortiqcha bosh qotirmaydigan holga keltirgan. Lekin, negativ qaraydiganlar ham topiladi...)) t.me/dilshodbek_zakirov

  • 🎌🇯🇵 YAPON TILINI O‘RGANISHNI ORZU QILASIZMI? 🇯🇵🎌 🌸 Endi bu orzuingizni amalga oshirish vaqti keldi! 📚 Boshlang‘ich daraja (N5–N4) uchun ONLAYN darslarga qabul boshlandi! ✨ Darslarimizning afzalliklari: 🌟 Qiziqarli va interaktiv darslar 🌟 Sifatli va tushunarli tushuntirishlar 🌟 Individual yondashuv 🌟 Grammatika, lug‘at va suhbatlashish ko‘nikmalarini rivojlantirish 👩‍🏫 O‘qituvchi malakasi: 🎓 JLPT N3 🎓 CEFR B2 💻 Darslar onlayn tarzda olib boriladi, shuning uchun istalgan hududdan qatnashishingiz mumkin! ⏰ Joylar cheklangan! 📩 Ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ma'lumot: @Khushvaktovaa_S 🌸 Bugun boshlang — ertaga yapon tilida erkin gapiring! 🌸

  • If you know only 1 word in Japanese, that will actually happen 😆😆 @japanese_withus

  • 22 мая1934из sherzod_zakirov

    👔 #Uniqlo100 — 2/100 Bir tiyinning qadri Do'konda ishlagan dastlabki kunlarimdan biri. Kechqurun ish tugab, xodimlar uyga ketmoqda. Bir hamkasbim boshini ushlab, homush o'tiribdi. Men: Nima bo'ldi? U: 1 yen yetmayabdi. (1 yen - O'zbek so'mida 100 so'mdan ham kam.) Men: Qo'y, shu bir yenni men beray — tezroq ketaylik uyga. U: Yo'q. Bunday qilish aslo mumkin emas. Va u yana bir soatcha o'tirdi. Kimgadir telefon qildi. Hisob-kitobni qayta ko'rib chiqdi. Va masalani o'zi hal qildi. O'shanda tushundim. Hisob-kitob hech qachon aldamaydi. 1 yen ham o'z joyida bo'lishi kerak. Bu qoidabuzarlik masalasi emas — bu tizim masalasi. Kimningdir xatosi oxirda qolgan odamga qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Lekin, hodimning vazifasi kamchilikni ko'rmaganday harakat qilish emas — sidqidildan mehnat qilish. Bu narsa majburan qildirilmaydi. Tizim shunday qurilganki, har kim o'z mas'uliyatini his qiladi. 🔔 Kanalga obuna bo'ling: t.me/sherzod_zakirov

  • 20 мая1782из Mirjalol_Mengboev

    🇯🇵 Yaponiyada yashayotgan xorijliklarning 91% i hayotidan mamnun ekan. Yaponiya Immigratsiya boshqarmasi 19-May kuni Yaponiyada o‘rta va uzoq muddat yashayotgan xorijliklar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Yaponiyadagi hayotidan “mamnunman” yoki “qisman mamnunman” deb javob berganlar ulushi 91 foizni tashkil etibdi. Xorijliklar Yaponiyadagi eng katta ijobiy jihat sifatida: 🔹 toza va qulay yashash muhiti 🔹 jamiyat madaniyati va tartibi 🔹 xavfsizlik darajasini ko‘rsatgan. Ayniqsa “tozalik” va “xavfsizlik” (40%) eng ko‘p tilga olingan sabab bo‘libdi. Lekin boshqa tomoni ham bor. Hayotdan norozi bo‘lganlar orasida: 🔸 narx-navoning qimmatlashgani(30%) 🔸 maoshning pastligi(20%) 🔸 ayrim hollarda xorijliklarga nisbatan diskriminatsiya mavjudligi(15%), asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan. Ish bilan bog‘liq muammolarda esa: — maosh pastligi — dam olish qiyinligi — ish vaqtining uzunligi ko‘p uchragan. So’rovnoma 2025-yil oktyabr–noyabr oylarida 18 yoshdan katta xorijliklar o‘rtasida internet orqali o‘tkazilgan bo‘lib, So‘rovda 8874 kishi qatnashgan. Bu natijalar Yaponiyaning hali ham xorijliklar uchun eng qulay va xavfsiz davlatlardan biri bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi. Lekin shu bilan birga, yashash xarajatlari va ish muhitidagi bosim ham tobora sezilayotganini ko‘rish mumkin. https://t.me/Mirjalol_Mengboev

  • 14 мая159из Mirjalol_Mengboev

    🇯🇵Yapon kompaniyalari endi global o‘sishga jiddiy kirishmoqda. Yaponiya bugun faqat eksport bilan emas, xorijga qilgan investitsiyalaridan ham ulkan daromad topayotgan davlatga aylanib bormoqda. Yaponiya Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda yapon kompaniyalarining xorijdagi investitsiyalaridan tushgan foyda ilk bor 26 trillion yenadan oshib rekord darajaga chiqibdi. Ayniqsa qiziq tomoni, bu foydaning katta qismi zavod yoki ishlab chiqarish emas, balki: — xorijdagi kompaniyalarni sotib olish (M&A) — xizmat ko‘rsatish — retail — IT — aloqa kabi sohalardan kelayotgan ekan. Yana bir e’tiborli jihati: Yapon kompaniyalari xorijda topayotgan foydaning katta qismini Yaponiyaga qaytarib olib kelmayapti. Balki o‘sha davlatlarning o‘zida qayta investitsiya qilib, biznesini yana kengaytiryapti. Ya’ni oddiyroq aytganda: “Pul topdim — olib ketaman” emas, “Pul topdim — shu yerning o‘zida yana o‘saman” degan strategiya. Shu sabab ham bugun ko‘plab yapon kompaniyalari dunyoning turli davlatlarida juda katta ta’sir kuchiga ega bo‘lib bormoqda. Yana bir qiziq statistika: 2025-yilda yapon kompaniyalari qatnashgan xalqaro kompaniya sotib olish bitimlari hajmi 43 trillion yenaga yetibdi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, Yaponiya ichki bozor kichrayayotganini yaxshi tushunib, allaqachon global o‘yinchi bo‘lish strategiyasiga o‘tib bo‘lgan. Menimcha, bu yerda eng katta dars: davlat yoki kompaniya faqat ichki bozor bilan cheklanib qolsa, bir nuqtadan keyin o‘sish sekinlashadi. O‘sishni davom ettirish uchun tashqariga chiqish, global fikrlash va boshqa bozorlarda ham o‘rin egallash kerak bo‘ladi. t.me/Mirjalol_Mengboev

  • 巨人 きょじん 🇺🇿 Gigant odam

  • 28 апр.1754из yaponiya_sadosi

    Yaponiyada yangi qoida: part-time ishlovchilarga ham nafaqalar teng beriladi Yaponiya hukumati “bir xil ish — bir xil haq” siyosatini kuchaytirib, yangi o‘zgarish kiritdi. Endilikda, agar siz part-time yoki kontrakt asosida ishlasangiz va ish doimiy xarakterga ega bo‘lsa, sizga ham: ✔️oilaviy nafaqa (kazoku teate) ✔️bonus va qo‘shimcha to‘lovlar ✔️ayrim hollarda uy-joy nafaqasi doimiy xodimlar bilan teng berilishi kerak. 📊 Bugungi kunda Yaponiyada noan’anaviy ishchilar (part-time, kontrakt va boshqalar) 21 milliondan oshgan va ular umumiy ishchilarning 40% ini tashkil qiladi. Shunga qaramay, ularning o‘rtacha daromadi doimiy xodimlarga nisbatan atigi 67% edi. ⚠️ Yangi qoidaga ko‘ra, kompaniyalar bu farqni kamaytirishi kerak. Eng muhimi — ish beruvchilar tenglikni ta’minlash uchun doimiy xodimlar maoshini kamaytirishga haqli emas. 👉 Bu o‘zgarish ayniqsa Yaponiyada ishlayotgan xorijliklar uchun muhim: endi siz ham bir xil ish qilsangiz, kam haq olish holatlari asta-sekin kamayadi. Yaponiyaga oid so'ngi yangiliklar faqat bizda! 👇 https://t.me/+UBghPNiV-lnLqDF9

  • 放送ー包装 📦📺 \n\nほうそう\n\n\n包装ーo'rash 📦🎨 放送ーtele-eshittirish 📡📻

  • 脂肪 しぼう 🇺🇿Semiz 🏴󠁧󠁢󠁥󠁮󠁧󠁿Fat

  • 14 мар.2662из JLPT_N1

    https://youtube.com/shorts/2Wv_1Vuxl90?si=Uth8A-747dHioBcI Shu kanalga layk podpiska degandek 😂😂😂 onegaishimasu

  • 6 мар.28671из Mirjalol_Mengboev

    🇯🇵 Yaponiyada 5 daqiqa kechikish ham uzr talab qiladi. Yaponiya iqtisodiy xavfsizlik vaziri Onoda Kimi bugun 6-mart kuni Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishiga 5 daqiqa kechikib kelgani uchun rasmiy uzr so‘radi. Vazirning aytishicha, avtomagistralda yuz bergan avariya sabab yo‘lda tirbandlik yuzaga kelib, harakat butunlay to‘xtab qolgan. U odatda yig‘ilishlarga 15–20 daqiqa oldin kelishga harakat qilishini aytib, “Kelajakda kutilmagan vaziyatlarga ham tayyor bo‘lish uchun yanada ehtiyotkor bo‘laman. Uzr so‘rayman.” dedi. Ko‘pchilik uchun 5 daqiqa kechikish oddiy holdek tuyulishi mumkin. Ammo Yaponiyada vaqt masalasi boshqacha. Bu yerda odamlar deyarli kechikmaydi. Poyezd ham, uchrashuv ham, hatto oddiy do‘stlar bilan kelishilgan vaqt ham juda aniq bajariladi. Sababi oddiy, yaponlar vaqtni boshqa odamga hurmat deb biladi. Agar siz uchrashuvga 10 daqiqa kechiksangiz, bu faqat o‘z vaqtingizni emas, balki boshqa odamning vaqtini ham behuda sarflash hisoblanadi. Shuning uchun ko‘pchilik uchrashuvga 5–10 daqiqa oldin kelib kutib turadi. Ba’zi tanishlarim esa hatto 30 daqiqa yoki 1 soat oldin kelib, yaqin atrofdagi qahvaxona yoki do‘konda kutib turadi. Bu yo‘lda tirbandlik yoki kutilmagan holat sabab kechikib qolmaslik uchun. Masalan, poyezd 1–2 daqiqa kechiksa ham kompaniya rasmiy uzr so‘rashi mumkin. Chunki bu minglab odamlarning rejasiga ta’sir qiladi. Shuning uchun Yaponiyada hatto vazir bo‘lsa ham 5 daqiqa kechikkaniga uzr so‘raydi. Agar yaponlar bilan biznes hamkorlik qilmoqchi yoki do‘stlashmoqchi bo‘lsangiz, vaqtga qat’iy amal qilishni unutmang. Aks holda sizni mas’uliyatsiz deb qabul qilishlari mumkin. t.me/Mirjalol_Mengboev

  • #wisedom@japanese_withus

  • 16 янв.4245из weareululalbab

    Iste'moldan chiqarishingiz kerak bo'lgan gaplar: Aqlga bog'liq: - Qo'limdan kelmaydi. - Menda bunaqa qobiliyat yo'q. - Boshqalarga oson, menga qiyin. - Juda sekin o'rganaman. - Endi menga kech bo'ldi shekilli. - Yoshlikdagi zehnim bo'lganda edi. - O'zimni majburlab o'rganolmayman. - Yodlolmayman. - Xotiram past. - Baribir esimda qolmaydi. - Yozsam ham foydasi yo'q. - Dangasaman. - Charchadim. - To'xtatsammikin? - Menga nima zaril... #foyda Har safar shu gaplar hayolga kelganda: ➡️Allohdan zehningizni ochishini, U bilan osonlik, qiyinlarni yengil qilishini so'rab duo qiling. ➡️Tez va qulaylikcha ilm hosil bo'lmasligini aqlingizga uqtiring. ➡️Ulamolar hayotini o'qing, ilm yo'lida chekkan aqliy mashaqqatlarini kuzating. © ULUL ALBAB yozdi

  • Shamisen @japanese_withus

  • 2 янв.34031из Mirjalol_Mengboev

    🇯🇵 Yaponlarning “Aimai (曖昧)” — mujmal gapirish madaniyati haqida Yaponiyada endigina yashay boshlagan odam bir narsani tezda sezadi: yaponlar deyarli hech qachon aniq “ha” yoki “yo‘q” demaydi. Ularning gaplari ko‘pincha aimai — ya’ni mujmal, noaniq bo‘ladi. Bir taklif qilasiz yoki biror narsa so‘raysiz — javob bor, lekin ma’no aniq emas. “O‘ylab ko‘ramiz”, “biroz qiyinroq”, “keyinroq gaplashamiz” kabi iboralar ortida ha ham bo‘lishi mumkin, yo‘q ham. Yaponiyaga yangi kelganlar aynan shu joyda qiynaladi: 👉 Bu odam rozi bo‘ldimi yoki muloyimlik bilan rad qilyaptimi? Albatta, buning sabablari bor. Yapon jamiyatida: • ochiqchasiga “yo‘q” deyish — qarshi tomonning yuzini yerga qaratishdek qabul qilinadi, • mas’uliyatni bo‘yniga olishdan oldin ming marta o‘ylash odat, • murosa va muhitni buzmaslik birinchi o‘rinda turadi. Bu holat biz o‘zbeklarga ham begona emas. Bizda ham bir mashhur javob bor: “ko‘ramiz-da”. Ko‘pincha bu so‘z: “yo‘q”, “qilmayman”, “bermayman”degan ma’noni muloyim tarzda bildirib qo‘yadi. Yaponiyada uzoq yashab, aimai gapirishni yaponlarning o‘zidan ham zo‘r o‘zlashtirgan ayrim tanishlarimiz bor. Shunaqa mohirlik bilan ishlatishadiki, ba’zida yaponlarning o‘zi ham qaysi javobni eshitganini tushunmay qoladi. Ammo shu yerda bir savol tug‘iladi. ✍️ Shaxsiy fikrim: Aimai gapirishni haddan tashqari ko‘p o‘zlashtirish — insonning hayotini ham mujmal qilib yuborishi mumkin. Odam aniq qaror qila olmaydi, mas’uliyatdan qochishga o‘rganadi, “aniq pozitsiya” yo‘qolib boradi. Madaniyatni tushunish — muhim. Ammo har vaziyatda aniq bo‘lish, kerak joyda “ha” yoki “yo‘q” deyishni bilish — yanada muhimroq. t.me/Mirjalol_Mengboev

  • あけましておめでとうございます。✨ @japanese_withus

  • 皆さん、良いお年を。