tgindex
Jasurbek Mashrabjonov | SMM

Jasurbek Mashrabjonov | SMM

Статистика

📟𝗗𝗶𝗴𝗶𝘁𝗮𝗹 𝗼𝗹𝗮𝗺𝗴𝗮 𝘅𝘂𝘀𝗵 𝗸𝗲𝗹𝗶𝗯𝘀𝗶𝘇! 💭𝗦𝗵𝗮𝘅𝘀𝗶𝘆 𝗳𝗶𝗸𝗿𝗹𝗮𝗿𝗶𝗺 𝘃𝗮 𝘀𝗶𝘇𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗳𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗶 𝗸𝗼𝗻𝘁𝗲𝗻𝘁𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝗷𝗼𝘆𝗹𝗮𝗯 𝗯𝗼𝗿𝗮𝗺𝗮𝗻! ➡️𝗛𝗮𝗺𝗸𝗼𝗿𝗹𝗶𝗸 𝘆𝗼𝗸𝗶 𝘁𝗮𝗸𝗹𝗶𝗳𝗹𝗮𝗿 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻: @jasur_digitall

Последний пост
2 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
245
−6 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,41%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 109
22 постов
Вовлечённость
452,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
92
1/48двое суток
105
1/72трое суток
113

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Channel photo updated

  • 28 июл.2097из shahadolimov

    Yaponiyada talabalik davrimda chamasi 1,5 yil katta restoranda ofisiant bo’lib ishlaganman. Mijozlarni asl xarakterini bizga qiladigan muomalasidan, farosatini esa ovqatlanib ketgan stol holatidan bilib olish mumkin edi. Korxonangizga hodim, o’zingizga umr yo’ldosh yoki biznes hamkor qidirayotgan bo’lsangiz, oddiygina ularni biror joyga ovqatlanish uchun taklif qiling. Shu ikki holatni qunt bilan kuzating. Omad! @shahadolimov

  • 15 февр.8402из rustamovxurshid_blog

    Korxona rivojida risk olish katta axamiyatga ega. Asoschi risk olmaydigan inson bo’lsachi? Risk ololmaydigan inson odatda biznes boshlay olmaydi, boshlagani ham katta daromadga chiqishi qiyin bo’ladi. Katta pul = katta risk formulasi ko’pincha ishlaydi. Yechim bormi? Bor kichikroq foizga yoki sherikchilikka katta risk qila oladigan inson topish shart. Unda katta risk ololadigan inson O’zi biznes boshlab tez katta daromadga chiqarkanda degan fikr kelishi tabiiy. Bunday xarakter bilan tez biznes ochiladi lekin uzoq vaqt tizimli biznes qurish qiyin bo’ladi. Bunday insonlar yoniga tizim qura oladigan sabrli sherik yoki xodim olishlari kerak. Risk oladigan inson = Tez katta pul tez so’nish Risk olishi qiyin insonlar = sekin va uzoq muddatda kichik pul Ikkalasi qo’shilsa katta va uzoq muddatli biznes quriladi. Ikkala xarakter ham bitta odamda bo’lishi mumkunmi? 50/50% bo’lishi qiyin baribir qaysidir tomon yutadi. Misol uchun sizda 50/50 ikkala xarakter bor demak ikkalasini ham o’zim qilsam bo’larkan deyishiz mumkun. Lekin kimdadir shu sizda 50% bo’lgan xarakter 90% bo’ladi. Siz qaysi tipdagi insonsiz? @rustamovxurshid_blog

  • O‘zgarish nimadan boshlanadi? Ko‘pincha o‘zgarish deganda ko‘z oldimizga katta qarorlar, keskin burilishlar, hayotni ag‘dar-to‘ntar qiladigan voqealar keladi. Go‘yoki yangilanish faqat og‘ir sinovlar, mashaqqatli yo‘llar orqali keladigandek. Lekin haqiqat boshqacharoq. Katta o‘zgarishlar shovqin bilan emas, sokin boshlanadi. Ular kichkina bir qarordan, oddiygina bir qadamdan boshlanadi. Bugun ertaroq turish. Bugun bir bet ko‘proq o‘qish. Bugun bir yomon odatni bir marta kamroq qilish. Uzoq safar ham birinchi odimdan boshlanadi, deydilar. Ana shu mayda qadamlar vaqt o‘tib, dunyoqarashimizni, odatlarimizni, hatto taqdirimizni ham o‘zgartiradi. Yaqinlaringiz orasida katta maqsad sari yo‘lga chiqqan kimdir bormi? Ulashib qo‘ying. Balki ayni paytda unga aynan shu so‘zlar kerakdir. • Abdukarim Mirzayev

  • Mana, kuchli reputatsiyaga ega shaxsiy brend qurishda amal qilinishi shart bo‘lgan 5 ta oltin qoida: 1. Ekspertiza va Natija (Haqiqiylik) Reputatsiya — bu berilgan va’daning bajarilishi. Brendingizni balandparvoz gaplar ustiga emas, aniq natijalar va bilim ustiga quring. • Qoida: Faqat o‘zingiz yaxshi bilgan va amalda sinagan sohangiz haqida gapiring. • Maslahat: "Men eng zo‘riman" deyish o‘rniga, qilgan ishlaringizning natijasini (keyslarni) ko‘rsating. Odamlar sizning diplomingizga emas, muammosini qanday hal qilishingizga qarab baho berishadi. 2. Izchillik va Davomiylik (Consistency) Bir hafta faol bo‘lib, bir oy yo‘q bo‘lib qoladigan inson ishonch uyg‘otmaydi. Shaxsiy brend — bu marafon. • Qoida: Kontent chiqarishda, muloqotda va qadriyatlaringizda barqaror bo‘ling. • Maslahat: Haftada 7 kun tartibsiz post qo‘ygandan ko‘ra, haftada 3 kun sifatli va foydali kontent ulashish reputatsiya uchun foydaliroq. Odamlar sizni qachon va qayerda ko‘rishni bilishsin. 3. Shaffoflik va Samimiylik Raqamli dunyoda "soxtalik" tez fosh bo‘ladi. Ideal ko‘rinishga intilmang, tirik inson ekanligingizni ko‘rsating. • Qoida: Xatolaringiz va muvaffaqiyatsizliklaringizni ham ulashing. Bu sizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. • Maslahat: Faqat yutuqlarni ko‘rsatish odamlarda masofa (distansiya) yaratadi. Qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tganingiz haqidagi hikoyalar (storytelling) esa auditoriyani sizga bog‘laydi. 4. Auditoriya bilan Muloqot va Mas’uliyat Reputatsiya — bu ikki tomonlama yo‘l. Sizni kuzatayotganlar o‘zlarini e’tiborda his qilishlari kerak. • Qoida: Izohlarga javob bering, fikrlarni inobatga oling va tanqidga professional darajada yondashing. • Maslahat: Har bir negativ fikrga emotsiya bilan emas, fakt va hurmat bilan javob qaytarish — sizning intellektual darajangiz va brendingiz madaniyatini ko‘rsatadi. 5. Qadriyatlar va Pozitsiya Hamma uchun birdek yaxshi bo‘lishning iloji yo‘q. Kuchli brendning o‘z dunyoqarashi va prinsiplari bo‘ladi. • Qoida: Muhim masalalarda o‘z fikringizga ega bo‘ling va uni bildirishdan qo‘rqmang. • Maslahat: Sizning qadriyatlaringizga mos kelmaydigan loyihalardan yoki hamkorliklardan voz kechishni biling. Bugungi kichik foyda ertangi katta reputatsiyaga zarar yetkazmasligi kerak. Esdan chiqarmang: Reputatsiyani qurish uchun yillar kerak bo‘ladi, uni yo‘qotish uchun esa bitta noto‘g‘ri qadam yetarli. Har doim "Bu harakatim brendimga qanday ta’sir qiladi?" degan savolni o‘zingizga bering. @jasur_digital

  • 31 окт.1 05061

    10 | 10 | 10 qoidasi Har birimizning kunimiz qarorlardan iborat. Qaror qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar juda ko‘p, lekin ularning ichida eng oson va samaralisi 10 | 10 | 10 qoidasi, deb o‘ylayman. Bu qanday qoida? Oldingizda qandaydir qaror qabul qilish kerak bo‘lgan yo‘l turibdi. Shu yerda o‘zingizga quyidagi savollarni berasiz: - Shu qarorni qabul qilganim uchun 10 soatdan keyin afsuslanmaymanmi? - 10 kundan keyin afsuslanmaymanmi? - 10 yildan keyin afsuslanmaymanmi? Agar ushbu 3 savol asosida javobingiz "yo‘q, afsuslanmayman" bo‘lsa, demak, katta ehtimol bilan bu qaroringiz to‘g‘ri hisoblanadi!

  • 29 окт.1 0028

    “Instagramda 1 haftada nechta reels, publikatsiya, stories va jonli efir qilish kerak?” Marketing maqsadi: obunachini slaydlarni oxirigacha o‘qishga undash. ⸻ 🎬 “Reels qismi” “Instagramga 1 hafta mobaynida kamida 4ta reels joylang! Agar kuchiz yetsa har kuni joylang! Bu bilan siz davomiylikni ta’minlaysiz!” Agar siz haftada kamida 4ta video chiqarsangiz, algoritm sizni faol hisoblaydi va ko‘proq auditoriyaga yetkazadi. ⸻ 🖼️ “Publikatsiya qismi” “2 ta publikatsiya bu oddiy rasm yoki video va karusel post ko’rinishida bo’lishi mumkin. Hozirgi vaqtda karusel postlar ko’proq effektiv usul bo’lishi mumkin!” Marketing maslahat: Karusel postlar foydalanuvchini sahifangizda uzoqroq ushlab turadi — bu esa algoritm uchun katta plus. ⸻ 📱 “Storieslar” “Storieslarni hafta mobaynida deyarli har kuni 2–4 tadan joylasangiz maqsadga muvofiq bo’ladi. Lekin boshlanishiga 1 haftada kamida 10 ta stories qo’yishni tashkillang!” Professional maslahat: Stories — sizning “eshigingiz”. Har kuni ochiq bo‘lsa, mijoz sizni unutmaydi. ⸻ 🎙️“Jonli efir” “Jonli efir qilish hafta davomida kamida 1 marotaba bo’lishi kerak. Unutmang, qancha ko’p jonli efir qilsangiz obunachilaringiz bilan shunchali yaqinlashasiz.” Marketing maslahat: Har bir jonli efirda bitta savolga javob berish yoki foydali maslahat ayting — shunda sizning auditoriyangiz sizni “mutaxassis” sifatida qabul qiladi. ⸻ 💡“Xulosa” “Ushbu qadamlardan to’liq foydalanish orqali instagram profilizi sezilarli darajada aktivini ko’tarib olishiz mumkin. Qanday qilib har bir yo’nalishni mukammal qilish qiziq bo’lsa @jasur_digital profilimga obuna bo’ling!” Marketing maslahat: Oxirgi slaydda CTA (Call-To-Action) eng kuchli bo‘lishi kerak — “Obuna bo‘ling”, “Davomini bilish uchun kuzating”, “Siz ham shunday natija istaysizmi?” kabi jumlalar ishlating.

  • Channel photo updated

  • Channel photo removed

  • Mahsulotni hammaga sotishga xarakat qilish, yiqilishga qo’yilgan birinchi qadam hisoblanadi

  • видео или голосовое, без подписи

  • Xato va togri deb ishlatishiyiz mumkun 😊

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Jasurbek Mashrabjonov | SMM — tgindex