tgindex
JASURIST
@jasuristузбекский

Huquqingizni biling, adabiyotni seving. Farovon hayot uchun shu yetarli. © Asoschi: @Yurist_Nabijonov Fuqarolik, Ma'muriy, Jinoyat sudlari uchun shikoyat va da'vo arizalar xizmati bor @Law_father

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
176
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
149
25 постов
Вовлечённость
84,7%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 25
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
54
1/48двое суток
61
1/72трое суток
66

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • AVGUST: "DARS TAQSIMOT MASHMASHASI" Bilamiz, Ta'lim, Sogʻliq va Moliya vazirliklarining qoʻshma qarori 3271-ga koʻra, dars soat taqsimoti aniq tartibda belgilab berilgan boʻlsa-da, ayrim noinsof direktorlar bu jarayonda kimnidir qoshiga, kimnidir sochining uzunligiga qarab dars berishda davom etayapti ! ☝️ 3271 ning 15-bandiga asosan: 🏛 Umumtaʼlim muassasalari tomonidan shakllantirilgan dars soatlari setkasi ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi: 1⃣ oliy malaka toifasiga ega oʻqituvchilar (amal qilish muddatiga koʻra) 2⃣ dars beradigan fanidan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega oʻqituvchilar 3⃣ birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar 4⃣ ikkinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar 5⃣ oliy maʼlumotli toifasiz oʻqituvchilar; 6⃣ qayta tayyorlash boʻyicha diplomga ega oʻqituvchilar 7⃣ oliy taʼlim muassasalarining pedagogika yoʻnalishi boʻyicha uchinchi va undan yuqori kurs talabalari; 8⃣ oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar oʻrta maxsus, professional maʼlumotga ega oʻqituvchilar (faqat boshlangʻich sinflarda dars beruvchi oʻqituvchilar uchun); 9⃣ oliy maʼlumotli oʻqituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi boʻyicha rahbar xodimlari. Baraka topgurlar direktorlar, bu Ta'lim sifati uchun muhim, qora qoshlar, uzunsochlar va togʻangizni qizlari dan koʻra KELAJAK AVLOD TA'LIMINI OʻYLANG ! @jasurist

  • SOVETPARAST* 4 YILGA QAMALDI Toshkent shahar sudi ma'lum qilishicha, miyasi qurtlaganlar boshqargan va jamiyki vaxshiyliklarni oʻzida jo etgan tuzum*ni targʻib qilgan oʻzbekona (!) ismli (A.H.) Jinoyat kodeksining 156-moddasi bilan aybdor deb deb topilib, 4 yilga qamalibdi. Ha, atigi 4 yil. Sababi yuridik jihatdan Jinoyat kodeksi 156-moddasi sanksiyasi shunday. Sud hukmida shuningdek, Jinoyat kodeksining 139-modda 2-qism (tuhmat) 140-moddasi 2-qismi ( haqorat) ayblovi ham bor. Biroq... Menimcha, janob prokuror bu manqurtning manfur qilmishi uchun Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish* ayblovini ham qoʻshib 10 yildan 20 yilgacha soʻrash kerak edi. Axir, soverparastlik bu Oʻzbekiston Respublikasiga qarshi Jinoyat, shunday emasmi ?!

  • #mutoyiba rostan davlatniki-da ((

  • Tataristonda Ukraina dronlari oqibatida 7 oʻzbekistonlik halok boʻldi ! Buni hamma bildi, allaqachonlar, tarmoqlarda tarqaldi, Tatariston axboroti tasdiqladi. Biroq... Yana bir shonli* vazirligimiz Muhtaram Tashqi ishlar vazirligi ayni vaqtda telefon muloqotlarini, uning matbuot kotibi esa, zaytunlar haqida post joylayapti. Tasavvur qiling, urush oqibatida 7 fuqaro halok boʻldi, oʻldi, endi ular yoʻq, lekin Tashqi ishlar nahot bunga munosabat bildirmasa ?! 7 kishi haqida biron ta'ziya-bildirgi, loaqal xabar-ma'lumot berilmayapti. Aksincha, shonli vazirlik doimgiday, Oʻrusiya poshsholigi qatnashgan har qanday jumla*ni ovoz chiqarib aytishda hanuz tovonigacha mum tishlashda davom etayapti. Nafas olish vazirligi va nafas chiqarish vazirligining aqlga sigʻmas qiliqlari haqida gapiramiz-u, muhim (!), strategik jihatdan eng muhim (!!) Vazirlikni islohotda oʻta muhtojligi haqida mavjud vazirliklar sonidan kamroq gapiryapmiz... Tashqi ishlar vazirligi avval ta'kidlaganimdek, eng chuqur islohotga muhtoj !

  • 30% CHEGIRMA FAQAT DAVLAT OTM LARIDA OʻQIYDIGANLARGA BERILADIGAN BOʻLYAPTI... Oliy ta'lim vazirligi tomonidan ilgari surilgan mana bu loyiha muhokamasi yakunlangach, yaqin orada uning amalga oshirishi yanada oydinlashdi Xalqning gapi yerda qoladigan boʻldi Chuqur hissiyotga berilib taklif berasan, ular shunchaki rad etishadi. Mana shunday taklif muhokamaning 90% dan oshigʻini tashkil qilar edi. Biroq, muhokamada xalq (!) soʻragan norma, shunchaki e'tiborsiz qoldirildi. Unda nega muhokama qoʻyiladi, Qovunchilik, kechirasiz, Qonunchilik palatasi ma'qullayversin, bas. Axir, Nodavlat ta'lim muassasalarining oʻz birlashmasi ya'ni assosatsiyasi mavjud. Vazirlar Mahkamasining 1078-sonli qarorida NTM ning aniq-tiniq qilib huquqiy maqomi belgilab berilgan. Bundan tashqari, Siyosat sifatida xususiy sektordagi ta'lim dargohlarini rivojlantirishga zoʻr berib urinilayotgan bir paytda, bu Qonundagi ushbu norma Non-sense... Umid qilamiz, kelgusida qonunchilik ijodkorlariga aylanajak yosh avlod non-sense* bo'lmaydi (

  • 7 авг.637из labour_law_laboratory

    DAVLAT MEHNAT INSPEKSIYASI NAZORAT ORGANI EMAS, XIZMAT KOʻRSATUVCHI ORGANGA AYLANISHI KERAK: 👆BATAFSIL INFOGRAFIKADA 👆 ⚠️ Bunda Mehnat inspeksiyasi davlat tashkilotlarining kadrga oid hujjatlarini tekshirib, jarima solmaydi, toʻgʻrilash uchun koʻrsatma beradi. 🔰 Davlat tashkilotlarida bu pullik xizmat shaklida, muayyan vaqtda majburiy tarzda, xususiy sektorda esa ixtiyoriy, biroq, kamida 3 yilda bir marta oʻtkazilishi kerak 📌 Maqsad jarima solish, ish beruvchiga zarar berish emas, xodim huquqlarini poymol boʻlishu oldin olish- PROFILKATIKA 🔓 Keyin Mehnat huquq inspektorlari Prokuraturaning yugurdak-mutaxassislari emas, mustaqil xizmat koʻrsatuvchi, budjetga pul tushiradigan samarali xodimlarga aylanadilar ! P.s Bu gʻoya Bandlik vazirligiga yetkazilgan, tegishli tartibda takomillashtirib berishi nazarda tutilgan, hatto platforma yaratish boʻyicha qoʻshimcha takliflar ilgari surilgan.

  • Bizni hokimlar ahvoli !! Baraka topgur hokim buvalikka eng kamida, qaytaraman, eng kamida ahmoqlar tayinlanmasa edi..

  • Shaxsan Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xonim ham OQ UY'ni o'zida mushuk boqadilar ! Men qayta va qayta aytishdan charchamayman, Hayvonlarga zulm qilgan odam, jamiyatga ham davlatga ham zulm qiladi. Bunaqalarga retsidivist jinoyatchi sifatida qaralishi, yaxshilab tarbiyalanishi lozim. IT VA MUSHUK BOQQAN BOLAKAY, ERTAGA KATTA BOʻLIB ODAM OʻLDIRMAYDI, HURMATLI OTA-ONALAR ! Endilikda, manabunaqa jirkanch holatlardan soʻng, Oʻzbekistonda hayvonlarga qarshi vaxshiylikka jazo ogʻirlashtirildi. "Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida" QONUN ga muvofiq, 7-avgustdan Hayvonlarga pasport beriladi. Demak, enamol* archiball* kabi hayvon laqablari rasman hujjatlashtiriladi. Qalampir.uz tayyorlagan manabu video ni YouTube dan albatta, koʻring ! P.s Iltimos, Hayvonot olamiga mehrli boʻling, bu Hazrati Inson tabiat oldidagi majburiyatimiz...

  • #latifa Bir kun AQSh, Rossiya va O'zbekistonlik 3 ta it uchrashib qolibdi. AQSHlik it aytibdi: "Men och qolsam huraman va menga go'sht berishadi" ! Rossiyalik ko'ppak: "Nima u go'sht" ? O'zbekiston it esa: "Hurish nima degani" ?! P.s siyosiylashtirmang (

  • OBBO, YANA OʻSHANAQA RAQAMLAR-A Nima emush, oʻrtacha ish haqqi 7 mln, Poytaxti azimda 12 mln emush. Shunaqa summalarni qayerda olasizlar-a ?! Men koʻplab barcha davlat tashkilotlarida tekshiruvda yuraman, mehnat qonunchiligi, ayniqsa, oylik maoshlarni nazorat qilamiz. Tibbiyot, Ta'lim, Suv xoʻjaligi, Qishloq xoʻjaligi, hatto Hokimiyatda ham oyliklar menga ma'lum... Sud va HMQO da oyliklar biroz yaxshi, Soliq va afsonaviy MFY Yettiligi ham qanoat qilsa boʻladilar. Lekin 12 million... Eh... Shu oylik dastidan Davlat xizmati oʻz jozibadorligi ni shu qadar yoʻqotganki, ozgina bilimi bor, kreativroq har qanday xodim 1-chi kosmik tezlikda xususiy sektorga ishga oʻtib ketadi !!! Endi, oʻsha boshiga qilich kelsa ham rost soʻzlaydigan Statistika* nol lari bunaqa koʻp oyliklarni nimaga bunchalik dadil aytayapti ? Balki, Vazirliklar va baland oynali binolar Non shahrida koʻpligini va u yerdagi boʻyinbogʻlilar fantastik oylik olishini inobatga olsak, ha 12 mln boʻlishi mumkin, faqat 120 mln bitta kottakon, 1,2 mln dan 100 ta goʻngyoqar xalq vakillari Farovonlikni raqamlardan izlashni davom ettirsak, Yangi Oʻzbekiston, shubhasiz, oʻta farovon.

  • Gazeta.uz nashriga tayansak, va juda mudhish voqeaga ishonsak, bir kampir va yosh qiz HAYVONOT OLAMIGA MEHR BERGANI UCHUN JARIMA QILINGAN !!! MJtK 110-moddasi bilan uyida mushuklarni boqqan momo (endi marhum) jamiyatga qanday xavf soldi ekan ?! Men manabu, va mana bu postlarimda hayvonlarni boqish va boqmaslik haqida yuridik jihatdan tahlil qilgandim. Milliard afsuski, odamzot million yildan beri doʻsti boʻlgan itga ham, mushukka ham odamga oʻxshab koʻrgan yaxshiliklarini qaytarmayapti ! Qotilliklar, vaxshiy jinoyatlar, oʻta ogʻir qilmishlar aynan Bolalar va osmirlar Hayvonot olamiga mehrsizligi oqibati... Uyida it boqqan, mushuk koʻtargan bolakay, ulgʻayib Odam oʻldirmaydi, Jinoyatchi boʻlmaydi, bu bor gap !!! Ee, oʻrgildim oʻsha, 110-modda dan !! Nima emush, hayvonlarni saqlash qoidalarini buzish emush. Ee, oʻynab-qoʻyay ! P.s Bir buvi oʻldi, bir qiz esa endi qaytib mushuk boqmaydi.... Jamiyatmi ?! Bu jamiyat chirib boʻldi-yov....

  • 23 июл.1175из adliyaimd

    📣 Ijodkorlar diqqatiga! O’z huquqlaringizni CLIP platformasi orqali himoya qiling‼️ ⏯️ Musiqa, adabiyot, kino, fotografiya, dizayn yoki boshqa ijod yo’nalishida faoliyat yuritasizmi⁉️ Unda ijodingizni himoya qilishni ham unutmang‼️ 📲 CLIP platformasi sizga mualliflik huquqlaringizni qanday samarali himoya qilishni o'rgatadi. CLIP (Creators Learn Intellectual Property) — Jahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) tomonidan yaratilgan bepul xalqaro ta’lim platformasi bo’lib, ijodkorlarga o’z huquqlarini bilish, ularni himoya qilish va intellektual mulk sohasidagi bilimlarini oshirishga yordam beradi. 📌 Platforma orqali siz: ✔️ mualliflik huquqi va turdosh huquqlar haqida bilim olasiz; ✔️ ijod mahsulotingizni qanday himoya qilishni o’rganasiz; ✔️ asaringizdan qonuniy daromad olish imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo’lasiz; ✔️ dunyoning turli mamlakatlaridagi ijodkorlarning tajribalari bilan tanishasiz; ✔️ bepul video va interaktiv o’quv materiallaridan foydalanishingiz mumkin. 🇵🇲 Bugungi kunga qadar platforma 7 tilda faoliyat yuritib, 25 dan ortiq mamlakat ijodkorlarini qamrab olgan hamda 220 mingdan ortiq foydalanuvchi undan foydalangan. 🔗 CLIP platformasiga tashrif buyuring va ijodingizni himoya qilishni bugundan boshlang‼️ 🌐 https://goclip.org ✨ Ijod qiling. Huquqlaringizni biling. Ijodingizni himoya qiling! 🌐 website 📱 facebook 📱 instagram 📱 linkedIn 📱 youtube 📱 twitter

  • Hispaniaaa !!! "Qizil furiya" va Adolat yutdi

  • 19 июл.1654из labour_law_laboratory

    Ish beruvchilarga tushuntira olmayapmanmi yoki ular qoʻrqyaptimi ?! ⚠️ Xodim ishdan boʻshashga ariza yozsa-yu, sanasi qo'ymasa, buni 157* qilsa boʻladi. Lekin aniq sanasini belgilab ketsa, MK 160*, 5-qism qilaveramiz. Choʻchimang, adliya yuridik xizmati ham ijobiy xulosa beradi ! 🔍 Oxirgi paytda, deyarli hamkasb, Yurxizmatchilar* bilan koʻp munozara boʻlib qolyapti, ular aytyaptiki: 📄 Axir 14-kalendar kunni kutmasdan ishdan boʻshatsa, xodimni arizasini qaytib olish huquqi buzilib qoladi-ku ! 🖇Yoʻq, birodar, axir arizasida sana aniq-tiniq keltirilyapti-ku, buni xodim tashabbusi bilan deb baholashdan qoʻrqmaslik kerak-da. ⚖ Mehnat huquq inspektori sifatida men agar xodim arizasida sanasi keltirsa, oʻsha kun bilan MK 160-modda ga asoslanib, boʻshatish tarafdoriman, chunki, 💡 xodim boshqa ishga oʻtayotgan boʻlsa, yangi ishni boshlash yoki YaMMT ga kiritishda sarson boʻladi. Bu ham huquq buzilishi, axir, shunday emasmi ?!

  • DAVLAT XIZMATCHILARIGA Bir kun kelib, Tangrining huzuriga borganimizda "bu buyruq edi" deya olmaymiz...

  • 💙💙💙 Havo haroratining keskin ko‘tarilishi va elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamaning ortishi natijasida, soat 14:30 holatiga ko‘ra Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga kelgan.…

  • 17 июл.1672из minenergy_uz

    💙💙💙 Havo haroratining keskin ko‘tarilishi va elektr tarmoqlariga tushayotgan yuklamaning ortishi natijasida, soat 14:30 holatiga ko‘ra Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr uzatish tarmoqlari hamda podstansiyalarda texnik nosozliklar yuzaga kelgan. Buning oqibatida Olmazor, Yakkasaroy, Chilonzor, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Sergeli va Zangiota tumanlaridagi 8 250 ta iste’molchi elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan. Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda. Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz. Elektr ta’minotida rejali va rejadan tashqari o‘chishlar haqida har bir tuman elektr ta’minoti korxonasii (ETK) tomonidan tashkil etilgan telegram guruhlarda e’lonlar berib borilmoqda. Xususan, Yunusobod, Yashnobod, Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor, Sergeli ETK kabi telegram guruhlari orqali muntazam ravishda ma’lumot berib borilyapti. Shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari hokimliklari tomonidan tashkil qilingan telegram guruhlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

  • 7 июл.1829из jasurist

    #buvimning_ogiti O'GIT Ko'rmoq istab intiq bo'ldim Yo'lga tushdim injiq bo'ldim Endi ko'ray deganimda Ko'rolmaslar to'siq bo'ldi... Bir kun bayram, bir kun motam Buvim aytar edi bolam "Unday bo'lsa, qo'y barini Ko'rmayin ham, kuymayin ham!" Garchi dilgir, vayronaman Shikoyat yo'q peshonamdan Ko'rolmadim. Bilgim kelar-, Qaysi o'qqa nishonaman ?! Mayli, ko'rmoq armon bu dam, Lek sirayam chekmasman g'am, Axir buvim aytgan-qo'ygan: Ko'rmayin ham, kuymayin ham ! 03.06.2025y-05.01.2026y.

  • 6 июл.1858из labour_law_laboratory

    XODIMGA 0,5 STAVKASI ISH QOʻSHIB BERISHDA KELISHUV TUZILSA BOʻLADIMI YOKI ALOHIDA MEHNAT SHARTNOMASI MI ?! Amaliyotda yana bahsli holatga yuzaga kelayapti: 1 stavkada ishlayotgan xodimga ish beruvchi yana 0,5 stavka ish bermoqchi. Shunda Mehnat shartnomasiga oʻzgartirish kiritish haqida qoʻshimcha kelishuv qilib, shartnomadagi 1 stavka' jumlasini 1,5 stavka qilib oʻzgartirsa, bu notoʻgʻrimi ?! Alohida Mehnat shartnomasi tuzish shartmi ? Nazariy jihatdan, ha, notoʻgʻri, alohida Mehnat Shartnomasi tuzilishi lozim ! Chunki, Mehnat kodeksining 182-moddasiga muvofiq, "Xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi besh kunlik yoki olti kunlik ish haftasida haftasiga qirq soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas". Siz Mehnat kodeksidagi 135-moddasidagi "Mehnat shartlari mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi taraflarining kelishuvida belgilanadi" degan normadan foydalanib, stavkani 1,5 etib belgilasangiz bu ish vaqti davomiyligi dan oshib ketishi mumkin. Shuning uchun alohida ichki yoki tashqi oʻrindoshlik asosida Mehnat shartnomasi tuzilishi maqsadga muvofiqroq. P.s. Aslida, kelishuv tuzib, stavkani oshirsa ham amaliy jihatdan Yangi shartnomadagi holat bilan tafovut yoʻq, lekin 40 soatlik norma hisobiga ichki oʻrindosh asosidagi Yangi Mehnat shartnomasi bu afzal.

  • 5 karra Jahon chempionlari, tarkibida Neymar" i bor Braziliya...

JASURIST — tgindex