tgindex
Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq

Javonsher Rustamov | Tahliliy Huquq

Статистика
@javonsherlawузбекский

Huquqshunos, advokat va siyosiy tahlilchi. Kanalda qonunchilik, sud amaliyoti va tizimli muammolar tahlil qilinadi. Murojaat uchun @JavonsherRustamov_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 205
−5 за 5 дн.
Сутки
−4
−0,33%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 178
27 постов
Вовлечённость
97,8%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 27
Упоминаний
4
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
237
1/48двое суток
271
1/72трое суток
292

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Ruhiy intellekt — qalb To‘rtinchi sanoat inqilobida kontekstual va hissiy intellekt bilan bir qatorda to‘g‘ri yo‘lni topish uchun zarur bo‘ladigan yana bir muhim tarkibiy qism bor. Ruhiy intellekt. Kelib chiqishi lotin tilidagi «nafas olmoq» ma’nosini anglatuvchi “spirare” so‘zi bilan bog‘liq ruhiy intellekt doimiy ravishda maqsad va ma’no izlashni anglatadi. U e’tiborni yaratuvchanlikni kuchaytirish hamda insoniyatni umumiy taqdir tuyg‘usiga asoslangan yangi jamoaviy va axloqiy ong darajasiga ko‘tarishga qaratadi. Baham ko‘rish bundagi asosiy g‘oyadir. Avval aytib o‘tganimdek, texnologiya — «men-markazli» jamiyat sari harakatlanayotganimiz sabablaridan biri. Shunday ekan, ushbu trendning yakdil maqsadlar bilan yo‘g‘rilishini ta’minlash juda muhim. Barchamiz bir kemadamiz. Agar umumiy maqsad tuyg‘usini yarata olmasak, to‘rtinchi sanoat inqilobi keltirib chiqargan muammolarni hal qilishda qiynalishimiz va uning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalana olmay qolishimiz mumkin. Buni amalga oshirishda ishonch muhim. Kuchli ishonch hamkorlik va jamoa bo‘lib ishlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hamkorlik asosiga qurilgan innovatsiyaga tayangan to‘rtinchi sanoat inqilobida bu katta ustunlik beradi. Ishtirokchilar va masalalar juda ko‘p bo‘lgani sababli to‘rtinchi sanoat inqilobidagi hamkorlik faqat ishonch muhitidagina kuzatiladi. Oxir- oqibat innovatsiyalar barchaga foyda keltirishini ta’minlashda manfaatdor tomonlar ma’lum bir rolni o‘ynaydi. Agar qaysidir asosiy manfaatdor tomon jarayon hammaga foyda keltirmayapti deb topsa, ishonch yo‘qoladi. Hech narsa muqim bo‘lmagan dunyoda ishonch eng muhim xislatlardan biriga aylanadi. Qaror qabul qiluvchilar jamoaning bir qismi bo‘lishi va shaxsiy manfaatlarni emas, balki ko‘pchilikning foydasini o‘ylab harakat qilishi bilangina ishonch qozonish va uni saqlab qolish mumkin. ©️ Klaus Shvab: To‘rtinchi sanoat inqilobi @Javonsher Rustamov

  • Eronning yangi geosiyosiy realligi: Inqilobiy idealizmdan pragmatik millatchilikka o‘tish 2026-yilgi urush kutilgan rejim qulashi o‘rniga Eronning misli ko‘rilmagan institutsional, harbiy va ijtimoiy transformatsiyasini keltirib chiqardi. Eng muhim va hal qiluvchi o‘zgarish — bu siyosiy elita ichidagi avlodlar almashinuvidir. Eronning strategik kursi uch avlod tafovutida qanday o‘zgardi? Birinchi avlod (asoschilar): Ularga mafkuraviy qat’iylik va o‘z qonuniyligini isbotlash zarurati xos edi. Natijada mafkurani himoya qilish milliy manfaatlar bilan aralashib ketdi. Ikkinchi avlod (hozirgi rahbariyat): Dunyoqarashi Eron–Iroq urushi xandaqlarida toblangan. Ular inqilob bilan davlat boshqaruvini bir-biridan ajratdi va e’tiborni milliy mudofaa hamda strategik sabr-toqatga qaratdi. Uchinchi avlod (bugungi ofitserlar va byurokratiya): Ular faqat inqilobdan keyingi Eronda ulg‘aygani sababli, ularda texnokratik madaniyat va ma’muriy ishonch kuchli. Ular davlatga samarali boshqarilishi kerak bo‘lgan apparat sifatida qaraydi. Shu tariqa, urush xalq qo‘zg‘olonini emas, balki kuchli millatchilik reaksiyasini qo‘zg‘atdi. Eronning yangi texnokratik rahbariyati ijtimoiy shartnomani qayta yozishga kirishdi: endi davlatning qonuniyligi islomiy mafkuraga emas, vatanni himoya qilish va infratuzilmani tiklash qobiliyatiga asoslanadi. Eronning qat’iyligini mafkuraviy turg‘unlik deydiganlar adashadi — bugungi Eron rahbariyati mamlakat imkoniyatlari va zaif tomonlarini hushyor baholaydigan pragmatik millatchilardir. #tahlil #geosiyosiydeterminant @Javonsher Rustamov

  • Biz ko'pincha najotni mukammal huquqiy normalardan, yirik geosiyosiy kelishuvlardan yoki xalqaro strategiyalardan qidiramiz. Huquq tizimlari jamiyatni tartibga soladi, siyosiy qarorlar esa barqarorlik va muvozanatni ushlab turishga xizmat qiladi. Qog'ozdagi qonunlar va sovuq hisob-kitoblar qanchalik mukammal bo'lmasin, insoniyatni jarlikdan olib qoladigan narsa — bu oddiy insoniy yaxshilik. Adolatning o'zagi ham, har qanday to'g'ri yozilgan qonunning ruhi ham asli shu qadriyatga borib taqaladi. Bu dunyoni faqat yaxshilik qutqaradi. Bu shunchaki chiroyli utopiya yoki quruq ibora emas. Bu har qanday murakkab siyosatdan ko'ra kuchliroq, eng qorong'u kunlarda ham biz suyanishimiz mumkin bo'lgan yagona poydevordir. Har kunlik tanlovlarimizda, yozayotgan so'zlarimizda va atrofdagilarga munosabatimizda shu yaxshilikni asrab qolsak, bas. Shundagina hech qanday inqiroz bizni o'zligimizdan ayira olmaydi. PS: har qanday kuchli nazariya, tizim, qonun va geografiik joylashuv inson omilini, uning harakatlarini inkor qila olmaydi, Kaplan va boshqa olimlar ta`kidlaganidek, bular faqat shart-sharoitlar majmuasidir. @Javonsher Rustamov

  • 9 авг.6671617

    Yaqinda bitta e'tiborga molik podkastni ko'rib chiqdim va undagi bir jihat juda tanish bo'lib ko'rindi. Suhbat davomida siyosatshunos olim voqelikni fundamental fan nazariyalari, xalqaro munosabatlar va davlatlar mantig'i asosida qanchalik tushuntirishga urinmasin, boshlovchilar buni qabul qilishni xohlashmaydi. Ular tushunmaydi yoki shunchaki inkor qilib, yana o'zlarining tor qoliplariga qaytaverishadi. Bu kadrlar orqali biz bitta global muammoning yaqqol guvohi bo'lamiz: Ommaviy axborot vositalari (OAV) ma'lumotlari asosida shakllangan dunyoqarash va haqiqiy fan nazariyalari bilan fikrlash o'rtasidagi jiddiy jarlik. Media odatda voqealarni hissiyotlar, shov-shuvlar va shaxslarning xarakteri orqali yetkazadi. Kunlik xabarlar oqimida yashaydigan ong jarayonlarning faqat yuzasini ko'radi va hamma narsani oq-qora ranglarda qabul qiladi. Ammo siyosiy jarayonlar, mojaro va inqirozlar ortida har doim sovuqqon mantiq, geografik omillar, tarixiy qonuniyatlar va davlatlarning pragmatik manfaatlari (realpolitik) yotadi. Siyosatni hissiyotlar bilan tahlil qilib bo'lmaydi. Voqealarning asl, chuqur sabablarini tizimli ravishda tushuntirmoqchi bo'lganingizda, asosan "yangiliklar" bilan oziqlangan ommaviy ong buni shunchaki hazm qila olmaydi, chunki bu ularning qulay emotsional dunyoqarashini buzib yuboradi. Ushbu podkastni shunchaki ma'lumot olish uchun emas, balki aynan mana shu farqni — voqealarga ilmiy-tahliliy yondashuv hamda yuzaki-jurnalistik qarash o'rtasidagi to'qnashuvni o'z ko'zingiz bilan ko'rish uchun tomosha qilishni tavsiya qilaman. Siyosiy jarayonlarni anglash uchun avvalo axborot shovqinidan uzoqlashish va fundamental asoslarga tayanishni o'rganishimiz kerak. @Javonsher Rustamov

  • "Uyatli xonadon": ramziy jazo, ma'muriy o'zboshimchalik Xonadonlarga "Ibratli oila" ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlik haqidagi taxtachalarni yopishtirishdek ramziy rag‘batlantirish amaliyotining aksi o‘laroq, turli sabablarga ko‘ra mahalliy hokimiyat vakillari nazdida talablarni bajarmagan fuqarolarning eshigiga "Uyatli xonadon" yozuvli taxtachalar yopishtirish tashabbusi siyosiy-huquqiy tizimdagi jiddiy muammolarni yuzaga chiqaradi. Ushbu amaliyotni shunchaki ma'muriy tizimdagi "sallani desa kallani olib kelish" sindromi sifatida emas, balki huquqiy davlat poydevoriga tahdid soluvchi tizimli oqibatlar nuqtai nazaridan tahlil qilish lozim. #tahlil @Javonsher Rustamov

  • Qurilish sohasidagi noqonuniy holatlar va nazorat mexanizmlari tahlili OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda ko'tarilayotgan asosiy masalalardan biri — nega bino qurib bo'lingunicha noqonuniy qurilish aniqlanmaydi? Ruxsatnomasiz yoki loyihaga xilof ravishda qo'shimcha qavatlar qo'shib qurilgan obyektlar faqatgina rahbarlar tashrifidan so'ng, aniqrog'i bino qad rostlab bo'lganidan keyingina to'xtatilayotgani keng muhokama qilinmoqda. Ushbu paradoksning kelib chiqish sabablari mavjud normativ-huquqiy baza va amaliyotdagi statistik ma'lumotlar asosida tahlil qilinadi. #tahlil @Javonsher Rustamov

  • Kitobning birinchi bobi (Bosniyadan Bag`dodgacha)da shunday jumlalar bor: Frensis Fukuyamaning "Tarix intihosi?" nomli maqolasini e`lon qildi. Unda ta`kidlanishicha, dunyoda hali ham urushlar va qurolli qo`zg`olonlar sodir bo`lsa-da, Gegel nazariyasidagi tarix allaqachon tugagan, chunki liberal-demokratik tuzumdagi kapitalistik mamalakatlarning muvaffaqiyati insoniyat uchun qaysi boshqaruv shakli eng maqbul ekanligi haqidagi bahslarga yakun yasagan. Bu jumlani tushunish uchun albatta ushbu maqolani o`qish undagi Gegelning aytmoqchi bo`lgan fikrlarini anglash lozim bo`ladi. Shu sababli Frensis Fukuyamaning "Tarix intihosi?" maqolasini o`zbek tiliga o`girdik va maqolani javonsher.uz sahifasida o`qishingiz mumkin. @Javonsher Rustamov

  • "Geografiya qasosi" bo‘yicha muhokamalarni boshlaymiz Kitobni qo'lga olib, mutolaani boshlagan bo'lsangiz kerak. Robert Kaplanning bu asari shunday yozilganki, uning dastlabki sahifalaridanoq o'quvchida jiddiy savollar va murakkab o'ylar paydo bo'lishiga shubham yo'q. Geosiyosiy haqiqatlar doim ham biz o'rganib qolgan qoliplarga tushavermaydi va doim ko'plab savollarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, o'qish jarayonida tug'ilgan, sizni qiziqtirgan yoki o'ylantirib qo'ygan barcha savollaringizni Substack'dagi chatimizda qoldirib borishingizni so'rayman. Asarni o'qish davomida quruq mutolaa bilan cheklanmay, birgalikda qizg'in muhokamalar olib boramiz. Siyosiy jarayonlar va voqelikni pragmatik tahlil qiluvchi auditoriya sifatida, bu mavzudagi shaxsiy fikrlaringiz va yondashuvlaringiz men uchun juda muhim. Keling, shunchaki o'qimaymiz — xarita va siyosat ortidagi asl ma'nolarni birgalikda chaqamiz. Savol va mulohazalaringizni chatda kutaman. 💬Substack chat @Javonsher Rustamov

  • 5 авг.761516

    "NEW PORT" qurilish loyihasidagi 9 ta obyektdan 6 tasida qurilishga ruxsatnoma yo'qligi haqidagi xabar jiddiy rezonans keltirib chiqardi. Bu nafaqat bitta kompaniya bilan bog'liq holat, balki shaharsozlik va mulk huquqi sohasidagi tizimli muammolarning navbatdagi isbotidir. Chiroyli maketlar va balandparvoz va'dalarga ishonib, huquqiy jihatdan kafolatlanmagan loyihalarga sarmoya kiritish bugungi kunda juda katta xavf tug'dirmoqda. Mulk huquqingizni himoya qilish, uyga ham, pulga ham kuyib qolmaslik uchun nimalarga qat'iy e'tibor qaratish lozim? Sizga taqdim etilayotgan faylda aniq ko'rsatilganidek, har qanday qurilish obyektining qonuniyligini ochiq ma'lumotlar bazasi sayti orqali onlayn tekshirish zarur. Obyektni xaritadan tekshirish algoritmi Saytga kirib, xaritadan o'zingiz sotib olmoqchi bo'lgan turar joy majmuasini toping va u yerdagi rangli nuqtalarni tahlil qiling: 🔵Ko'k nuqta: Qurilish belgilangan tartibda, qonuniy davom etayotganligini anglatadi. 🔴Qizil nuqta: Qurilish ishlari vakolatli organ tomonidan to'xtatilgan. ⚫️Qora nuqta: Qurilishga oid ruxsatnoma bekor qilingan. Agar siz tanlagan obyekt qizil yoki qora nuqta bilan belgilangan bo'lsa, bu yerdan umuman kvartira sotib olmang! Shu bilan birga, saytdagi loyiha ma'lumotlari bilan sizga taklif qilinayotgan obyektdagi tashkilot va buyurtmachi nomi bir xilligini tekshiring. Amaliyotda quruvchilar hali ruxsat olmagan bloklardagi uylarni sotishi yoki 7 qavat uchun ruxsatnoma olib, 9-qavatdagi kvartiralarni pullashi kuzatiladi. Shu sababli bloklar va qavatlar sonini albatta saytdan tekshirish kerak. Qurilish yakunlanish muddati ham shartnomadagi muddatga mos kelishi shart. Quruvchining sotuv ofisiga borganingizda, ushbu faylda keltirilgan ro'yxatga asosan, quyidagi hujjatlarni taqdim etishlarini qat'iy talab qiling: 1. Yerga egalik qilishning huquqiy asosi. 2. Rejalangan qurilishni loyihalash uchun berilgan ruxsatnoma. 3. Arxitektura rejalashtirish topshiriqnomasi. 4. Shaharsozlik kengashidan tasdiqlangan eskiz loyiha xulosasi. 5. Loyihaning ekspertiza xulosasi. 6. Davlat arxitektura va qurilishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan qurilishni boshlashga ruxsatnoma. 7. Quruvchi va mijoz o'rtasidagi shartnoma. "LawPower" jamoasi bilan olib borgan amaliyotimizda aynan shunday tizimli va huquqiy bo'shliqlardan jabr ko'rgan investorlar foydasiga shu kunga qadar jami 3 milliard so'm mablag'ni quruvchilardan undirib berishga erishdik. Ammo huquqiy qarama-qarshilikni sudlashuvgacha olib bormasdan, quruvchi bilan tuzilayotgan birlamchi shartnomani imzodan oldin albatta huquqiy ekspertizadan o'tkazish eng to'g'ri va xavfsiz yechimdir. Aldanib qolmaslikning barcha huquqiy mexanizmlari, shartnomalardagi yashirin "qopqonlar" va sohadagi institutsional muammolar haqida batafsil tahlilni YouTube kanalimdagi maxsus podkastda ko'rishingizni tavsiya qilaman. O'z huquqingizni biling va huquqiy jihatdan asoslanmagan loyihalarga sarmoya kiritishdan saqlaning. PS: bundan tashqari @JavonsherRustamov_bot orqali olmoqchi bo`lgan obyektning qurilishga ruxsatnomasi bor yoki yo`qligini ham tekshirsangiz bo`ladi @Javonsher Rustamov

  • 4 авг.561192

    Esingizda bo`lsa, keyingi tarjma kitobimiz qaysi ekanligi haqida kichkina so`rovnoma o`tkazgan edik va g`olibga R.Kaplanning "Geografiya qasosi" asarini sovg`a qilishimizni aytgan edik. G`oliblarga ushbu kitoblarimizni yubordik. @Javonsher Rustamov

  • 1 авг.810404

    Kitob nashrdan chiqdi va ommaviy sotuvlar boshlandi! Bu asarning tarjima jarayoni, uning beqiyos ahamiyati va nima uchun aynan shu kitobga qo'l urganimiz haqida avvalroq alohida esse yozib, sizlar bilan bo'lishgan edik. Eslatib o'taman, ushbu ulkan mas'uliyatli ishga 2025-yilning fevral oyida kirishgan edik. Bugun esa qadrdon kitobim qo'limda turibdi. Bu men uchun ta'riflab bo'lmas darajada hayajonli onlar, chunki u mening birinchi tarjima ishimdir. Kitobni tarjima qilish, uning mualliflik huquqini qo'lga kiritish va nashrga tayyorlash mashaqqatli, ammo maroqli bir jarayon bo'lsa, uning nashrdan chiqib kitobxonlar qo'liga yetib borishi butunlay boshqacha, alohida bir jarayon ekan. 27-iyul kuni bosmaxonadan "kitob 5 kundan so'ng sotuvga chiqadi", degan xushxabar kelganidan to bugungacha bo'lgan muddat men uchun xuddi yillarga tengdek cho'zilib ketdi. Bugun kitobni ilk bor qo'limga olganimdagi his-tuyg'ularni, vujudimni qamrab olgan o'zgacha hayajonni hech qanday so'z bilan ifodalab bera olmayman! Fursatdan foydalanib, ushbu yutuqda menga ko'makdosh va yelkadosh bo'lgan insonlarga o'zimning chuqur minnatdorchiligimni bildirmoqchiman: kitob bilan meni ilk bor tanishtirgan O'zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabidagi aziz o'qituvchilarimga, duolarida doimo meni qo'llab-quvvatlagan mehribon ota-onamga, meni bu katta ishga ruhlantirgan qadrdon kursdoshlarim va do'stlarimga, kitobning mualliflik huquqini olishda yaqindan yordam bergan "Gutenberg nashriyot uyi" rahbari Ravshan Burxonovga, kitob nashrini o'z zimmasiga olgan "Tirilish nashriyoti" rahbari Amirxon Valijonovga, asarga mas'uliyat bilan muharrirlik qilgan siyosatshunos ustoz Hamid Sodiqqa hamda kitob chiqishini men bilan birga intiqlik bilan kutgan barcha-barchangizga mingdan-ming rahmat! Bu hammamizning yutug'imiz! Kitob mutolaasi barchangizga muborak bo'lsin! 📚✨ @Javonsher Rustamov

  • 1 авг.5 4105923

    Va nihoyat uzoq kutilgan kun keldi. Kitobning ilk nusxasini taqdim qilishdi. "Geografiya qasosi" o'zbek tilida. @Javonsher Rustamov

  • 29 июл.2 2832333

    Magistraturada siyosatshunoslik va siyosiy tahlil yoʻnalishida oʻqib yurgan davrlarim... Geosiyosat fanini oʻqiyman, atamalarni yodlayman, xaritalarga soatlab tikilaman, biroq fanning oʻziga kira olmasdim. Tashqarida turardim. Ustozim buni mendan koʻra aniqroq aytib bergan edi: "Sen hali basseynga shoʻngʻiyolmayapsan. Suv chetida turib suvga qarayapsan, xolos." Aynan oʻsha paytda ustozim menga bir kitobni — Robert Kaplanning “Geografiya qasosi” asarini tavsiya qildi. Kitobni oʻqiy boshlaganimda nimadir oʻzgardi. Birinchi marta basseynga chin maʼnoda shoʻngʻiganimni his qildim. Xarita endi men uchun shunchaki chegaralar va ranglardan iborat emasdi — u taqdirning oʻzi edi. 2022-yildan soʻng xalqaro maydonda shunday voqealar yuz bera boshladiki, tahlilchilar ularni mafkura, shaxslar yoki iqtisod orqali tushuntirishga urindi. Bularning bari kerak, albatta. Ammo davlat nega aynan shu yoʻnalishda harakatlanishini, nega bir kuch dengizga, ikkinchisi quruqlikka intilishini togʻ, daryo va dengizsiz tushuntirib boʻlmasdi. Kaplan oddiy bir narsani aytadi, lekin uni hech kim shunday qilib aytmagan edi. Fikrimni isbotlash uchun kitobning mohiyatini ochib beruvchi iqtiboslarga e'tibor qarating: "Davlatlarning yuksalishi va inqirozini tushunmoqchi boʻlsang, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy kuchlar bilan bir qatorda geografiyani ham xuddi shunchalik jiddiy oʻrganishing shart. Munozaralar, mafkuralar, liderlar oʻzgaradi, togʻ joyidan qoʻzgʻalmaydi." Kaplan oʻzidan oldingi geosiyosat klassiklarini bugungi kun bilan bog'laydi. Masalan, Halford Makkinderning jahon hokimiyati kaliti bo'lgan "Yurakzamin" (Heartland) nazariyasini olaylik: "Sharqiy Yevropaga hukmronlik qilgan Yurakzaminni boshqaradi; Yurakzaminni boshqargan Jahon-Orolini boshqaradi; Jahon-Orolini boshqargan butun dunyoni boshqaradi." Biz Kaplanning kitobini chetdan turib oʻqimaymiz. Biz uning sahifalaridagi xaritaning qoq ichida yashaymiz! Makkinder “Yurakzamin” deb atagan oʻsha ulkan ichki massiv — bu biz turgan joy. Boshqa xalqlar uchun “Geografiya qasosi” qiziqarli nazariya boʻlishi mumkin, biz uchun esa u — koʻzguda oʻzimizni koʻrish. Fundamental asar oʻz xalqi tilida boʻlmasa, u xalqning fikrlashiga aylanmaydi. Shu sababli, uzoq va mas'uliyatli mehnatdan so'ng, "Geografiya qasosi" asarini o'zbek o'quvchisiga topshirish vaqti keldi! Kitob rasman 2-avgustdan ibook kitob do'konida sotuvga chiqadi. Bu mavzular — geografik determinizm, davlatlarning xarita ustidagi yashirin o'yinlari va tahliliy esselar faqatgina kitob bilan cheklanib qolmaydi. O'zimning javonsher.uz blogimda shu kabi maqolalar va geosiyosiy tahlillarni muntazam e'lon qilib bormoqdaman, kirib o'qib borishingiz mumkin. Geografiya hech narsani unutmaydi. Endi navbat — uni oʻrganishga. 2-avgustni kuting! @Javonsher Rustamov

  • 28 июл.3 412157

    Uzoq kutilgan kunga atigi 5 kun qoldi! Ha, azizlar, bu kunni barchamiz juda uzoq kutdik. Roppa-rosa 5 kundan keyin kitob rasman sotuvga chiqadi! Gap, albatta, Robert Kaplanning hammamiz orziqib kutgan "Geografiya qasosi" (The Revenge of Geography) asari haqida ketmoqda. Bu asarni tarjima qilish, qayta-qayta tahrirlash va nashrga tayyorlash jarayoni ancha vaqt va katta mehnat talab qildi, ammo, nihoyat, maqsadga erishdik. Geosiyosat va xalqaro munosabatlarning asl mohiyatini tushunishni xohlovchilar, davlatlar taqdiriga geografiyaning ta'sirini anglashni istaganlar uchun bu kitob juda muhim ahamiyatga ega. Qayerdan va qanday xarid qilish mumkinligi haqida batafsil ma'lumotni kunlar yaqinlashgani sari kanalga joylab boraman. Nasib qilsa, bu asar kutubxonangizning eng muhim qatoridan mustahkam o'rin oladi. @Javonsher Rustamov

  • 28 июл.81251из tirilishuz

    📖 Bir kitob. 📍 Bir xarita. Va dunyoga butunlay boshqa nigoh. “Geogragiya qasosi” sizni voqealarga emas, ularning sababiga olib boradi. #tez_kunda @tirilishuz

  • Bugun Yuqorichirchiq tuman fuqarolik ishlari bo’yicha sudida sud jarayonini kutib turgan edim. Ko’zim kirish qismidagi ekranga tushdi. Bir kunda ko’riladigan ishlar ro’yxati. Sanab chiqdim. Jami o’ttiz uchta ish. Shundan o’n to’qqiztasi — oila ishlari. Ya’ni deyarli har uch ishning ikkitasi oilaga tegishli. O’n bittasi ajralish. Uchtasi aliment undirish. Bittasi to’lanayotgan alimentni kamaytirish haqida. Bittasi otalikni belgilash. Bittasi ota-onalik huquqidan mahrum qilish, yana bittasi esa aksincha — o’sha huquqni tiklash va bolani qaytarib olish haqida. Bittasi otaning bolasi bilan qanday tartibda ko’rishishini belgilash to’g’risida. Qolgani pul va mulk. Sug’urta shartnomasidan kelib chiqqan to’rtta nizo. Uchta qarz undirish. Bitta kredit shartnomasi. Kadastr agentligi uchta ishda o’zboshimchalik bilan egallangan yerni qaytarishni so’ragan. Bir kun. Bitta tuman. Asosan bitta sudya. @Javonsher Rustamov

  • 20 июл.1 034221

    #fikrlar @Javonsher Rustamov

  • 17 июл.1 09616из Hamid_Sodiq

    Жавоншер билан жуда кўп ишладик бу китоб устида. Чоп этилишини мен ҳам кутаяпман! @Hamid_Sodiq

  • 17 июл.1 12295из tirilishuz

    🌏 Geografiya hech narsani unutmaydi Kaplanning kitobini chetdan turib oʻqimaymiz. Biz uning sahifalaridagi xaritaning ichida yashaymiz. Makkinder “Yurakzamin” deb atagan oʻsha ulkan ichki massiv — bu biz turgan joy. Dengizga chiqishi yoʻq, atrofi quruqlik bilan oʻralgan, buyuk kuchlar oraligʻida joylashgan oʻlka — bu bizning kundalik geografik haqiqatimiz. Boshqa xalqlar uchun “Geografiya qasosi” qiziqarli nazariya boʻlishi mumkin. Biz (O’zbekiston) uchun esa u — koʻzguda oʻzimizni koʻrish. Tarjimon: Javonsher Rustamov #tez_kunda @tirilishuz

  • Berlin. 2024-yil Qo‘limda Starbucks qahvasi. Juda oddiy detaldek tuyulishi mumkin, lekin uning ortida qachonlardir mutlaqo ushalmasdek ko‘ringan kichik bir orzu yotibdi. O‘sha paytlari bunga na imkoniyat bor edi, na sharoit. Vaqt o‘tdi va qachonlardir ilojsizdek ko‘ringan narsa oddiy reallikka aylandi. Bu surat bugun meni bir haqiqat haqida o‘ylashga majbur qildi: inson tabiati, aslida, unutuvchanlik ustiga qurilgan. Biz ko‘pincha kundalik jarayonlar ichida yo‘qolib qolamiz. “Hech narsa o‘xshamayapti”, “vaqt tez o‘tib ketyapti”, “nega unaqa, nega bunaqa” degan cheksiz savollar va xavotirlar bilan o‘zimizni yeymiz. Ammo e'tibor bersak, bugun biz yashayotgan reallik, biz egalik qilayotgan oddiy narsalar qachonlardir o‘zimiz erishishni eng ko‘p istagan marralarning ayni o‘zidir. Faqat vaqt o‘tishi bilan ular oddiy odatga aylanib, qadrini yo‘qotgan, xolos. Ortga bir qarang. Qancha yo‘l bosib o‘tildi, nimalar topildiyu nimalar boy berildi. Bugungi "biz"ni ana shu yo‘qotishlar va yutuqlar shakllantirgan. Do‘stim, ba'zan shunchaki hayot shiddatini va barcha tashvishlarni bir lahzaga chetga surish kerak. Orqaga qayrilib, yashab o‘tgan umringizga, bosib o‘tgan yo‘lingizga sokinlik bilan xolis baho bering. Ishoning, bu xotiralar va bosib o'tilgan yo'l sahifalari orasidan shukur qilishdan boshqa narsa topa olmaysiz. #fikrlar @Javonsher Rustamov