Filologiya fakulteti
СтатистикаJDPU Filologiya fakultetining rasmiy kanali.Fakultetga oid soʻngi yangiliklarni kuzatishingiz mumkin.
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 214
- 1/48двое суток
- 245
- 1/72трое суток
- 264
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 “ XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARI VA INNOVATSION METODLAR: MODERNIZATSIYA VA YANGI YONDASHUVLAR ” MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ! Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026-yil 15 -oktyabr kunlari ushbu dolzarb mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi. 📅 Sana:2026-yil 15-oktyabr 📍 Oʻtkazilish joyi: Jizzax davlat pedagogika universiteti 🔤 Anjuman tillari: oʻzbek, rus, ingliz ✍️ Maqolalar qabuli: 2026-yil 10-oktyabrga qadar 💰 Badal puli: 60 000 soʻm 💡 Xorijiy tillarni o‘qitish, raqamli ta’lim va sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or ilmiy g‘oyalaringizni namoyish eting, innovatsion tajribangiz bilan o‘rtoqlashing hamda xalqaro olimlar va tadqiqotchilar bilan ilmiy hamkorlikni rivojlantiring! 📄 ANJUMAN YO‘NALISHLARI 1. 🤖 Sun’iy intellekt asosida xorijiy tillarni o‘qitish metodologiyasi: nazariya, amaliyot va istiqbollar 2. 💻 Oliy ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishni raqamli transformatsiyalash: sun’iy intellekt va pedagogik boshqaruv texnologiyalari 3. 🎯 Xorijiy tillarni maxsus maqsadlarda (ESP) o‘qitishda: sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalar 4. 🌐 Kompyuter lingvistikasi, adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqotda sun’iy intellekt 5. 🌏 Xitoy, koreys va yapon tillarini xorijiy til sifatida o‘qitish: zamonaviy tendensiyalar va istiqbollar 6. 🔬 Yosh tadqiqotchilar minbari: sun’iy intellekt va zamonaviy ilmiy izlanishlar Axborot xati bilan QR kod orqali tanishishingiz mumkin!
Hurmatli professor –o‘qituvchilar! O’quv-uslubiy kengash muhokamasiga tayyorlangan o‘quv adabiyotlarni (darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma, lug‘at av monografiya) har oyning 10 sanasiga qadar fakultet o‘quv uslubiy kengashi kotibi Safarova Fotimaga topshirishingiz so‘raladi. Hujjatlar ro‘yxati: 1. Yaratilgan o‘quv adabiyotining 1 ta nusxasi. 2.O'quv reja 3.O‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan fan dasturi nusxasi. 4. O‘quv adabiyotiga berilgan ichki va tashqi taqrizlar. 5. Kafedra muhokamasidan ko‘chirma. 6. O‘quv adabiyotining mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xulosa. (O‘quv adabiyoti mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganda 60 % haqiqiylik ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi talab etiladi) 7. Ekspert xulosa blankasi.
Pushkin Camp 2026 Davlat: Rossiya🇷🇺 Moliyaviy ta'minot: To'liq Yosh toifasi: 18-30 Dastur Rus tilini va rus madaniyatini o‘rganishga alohida qiziqish bildirayotgan, yaqin va uzoq xorij mamlakatlaridan kelgan iste’dodli talabalarni kasbiy rivojlanishga rag‘batlantirish maqsadida A.S. Pushkin nomidagi rus tili instituti “Rus dunyosi” jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan. ➡️Imtiyozlari: - Borib-kelish va yashash harajatlari to'liq qoplanadi - Rasmiy sertifikat bilan taqdirlanadi - O'z sohasidagi yoshlar bilan networking imkoniyati 🔗Ro'yxatdan o'tish uchun: Havola 📌Ro'yxatdan o'tishning so'nggi muddati: 26-iyul ❤️@EduGrandsUz
⚡️ Jizzax yoshlari, barchangizni gala-konsertga taklif etamiz! Respublikamiz bo‘ylab karvon misolida davom etayotgan yirik harakatning navbatdagi manzili — Jizzax viloyati. 📍 16-iyun kuni sizni soat 14:00 da “Tashabbuslar marafoni” doirasida tashkil etilgan pavilyonlardagi taqdimotlar va ko’rgazmalarga hamda soat 19:00 da Jizzax shahridagi “Yoshlar sayilgoh ko’chasi”da “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan yorqin va shukuhli gala-konsert dasturiga taklif etamiz. Barcha shijoatli va intiluvchan yigit-qizlarni ushbu yoshlar oqshomida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! 🇺🇿 Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi Bizning sahifalarimiz: 💬Telegram 📷Instagram 💬Facebook
Assalomu alaykum, hirmatli ustozlar. Forish tumani 7-maktabga ingliz tilidan fan o'qituvchisi kerak. Murojaat uchun tel: 93-300-6844. Mahkamov Shuxrat-maktab direktori.
Hurmatli professor –o‘qituvchilar! O’quv-uslubiy kengash muhokamasiga tayyorlangan o‘quv adabiyotlarni (darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, uslubiy ko‘rsatma, lug‘at av monografiya) har oyning 10 sanasiga qadar fakultet o‘quv uslubiy kengashi kotibi Safarova Fotimaga topshirishingiz so‘raladi. Hujjatlar ro‘yxati: 1. Yaratilgan o‘quv adabiyotining 1 ta nusxasi. 2.O'quv reja 3.O‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tasdiqlangan fan dasturi nusxasi. 4. O‘quv adabiyotiga berilgan ichki va tashqi taqrizlar. 5. Kafedra muhokamasidan ko‘chirma. 6. O‘quv adabiyotining mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi xulosa. (O‘quv adabiyoti mahalliy yoki xorijiy antiplagiat tizimlarida tekshiruvdan o‘tkazilganda 60 % haqiqiylik ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi talab etiladi) 7. Ekspert xulosa blankasi.
🌙Arafa Kuni Muborak Bo‘lsin! Hurmatli azizlar! Sizni muborak Qurbon hayiti arafasi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Ushbu fayzli va qutlug‘ kun xonadoningizga tinchlik, baraka, mehr-oqibat hamda xayr-u saxovat olib kirsin. Arafa kunining duolari ijobat, qilayotgan ezgu amallaringiz savobli bo‘lsin. Yaratganning rahmati va mag‘firati siz hamda oila a’zolaringizni doimo o‘z panohida asrasin. Qalblaringizni ezgulik, qalbingizdagi niyatlarni esa xayrli muvaffaqiyatlar bezasin. Yaqinlaringiz bag‘rida sihat-salomatlik, xotirjamlik va farovonlik ila ko‘plab shunday muborak ayyomlarga yetib yurishingizni tilayman. Arafa kuni muborak bo‘lsin! Qurbon hayiti barchamizga qutlug‘ kelsin! 🌙🤲 Hurmat bilan Djabbarov Sherzod Xalikulovich.
🔥 Jizzaxdagi eng kutilayotgan xalqaro test markazi ochilishiga tayyormisiz? TOEFL iBT va GRE imtihonlarini endi zamonaviy, professional va xalqaro standartlarga mos muhitda topshirish imkoniyati juda yaqin. Tez orada siz bilan: ✨ real test jarayonlari ✨ exam room videolari ✨ inside atmosphere ✨ official opening lavhalari bilan bo‘lishamiz. Ungacha bizning rasmiy sahifalarimizga a’zo bo‘lib turing 👇 📲 Telegram: @Jizzakh_ITC 📸 Instagram: @jizzakh_itc “Your Future Starts Here.” 🌍
⚡️ Sharof Rashidov tumanidagi o’quv markazlari rahbarlari va o’quv markaz ochish istagida bo’lgan yoshlar diqqatiga! Loyiha xorijiy tillar bo‘yicha C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega (va uni olganiga 2 yildan oshmagan), chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochish istagidagi yoshlar uchun. Ushbu imtiyozdan foydalangan yoshlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha ssuda (foizsiz qarz) beriladi. Ariza qoldirish uchun: yoshlarfondi.uz Murojaat uchun: +998948800972 +998990922626 “Yoshlarga ilm berish — millatni kelajakka yetaklash demakdir.” — Munavvarqori Abdurashidxonov 🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifamiz: @Sharof_Rashidov_yoshlaragentligi
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📚 Yoshlar bilan ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv 2026-yil 21-may kuni Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbariyati ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Universitetning “Bog‘ishamol” binosida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari ishtirok etdilar. Tadbir davomida yoshlar tarbiyasi, vatanparvarlik, qonunga hurmat, ma’naviy immunitetni mustahkamlash hamda yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar fikr va mulohazalari tinglanib, savollarga javob berildi. Tadbirning eng faol ishtirokchilari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Uchrashuv talabalarda fuqarolik mas’uliyati va huquqiy madaniyatni yanada mustahkamlashga xizmat qildi. #JDPU #Filologiya #YoshlarKuni #RahbarVaYoshlarUchrashuvi #TalabaYoshlar
🛡 #Диққат #стоп_фейк_кибержиноятлар 🚨 ОГОҲ БЎЛИНГ: ФЕЙК! Жуда паст фоиздаги ёки умуман фоизсиз кредит олинг, пуллар олинг деган қопқонли хабарларга ишониб қолманг! Бу фирибгарларнинг навбатдаги алдов усули. Диққат! Фирибгарларнинг алдовли хабарларига ишониб қолманг. "Текин пишлоқ фақат қопқонда бўлади!" Telegram | Youtube | Instagram