JIDU Kutubxona xizmatlari markazi
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 150
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Новости и СМИ (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 172
- 1/48двое суток
- 197
- 1/72трое суток
- 212
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Amaliyot “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtish boshlandi 🚀Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan “Raqamli avlod” onlayn IT oromgohiga roʻyxatdan oʻtishga start berildi. Loyiha yoshlarning raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarini mustahkamlash, amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy kasblarni egallashiga koʻmaklashishni maqsad qilgan. 🖥 Dastur doirasida ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻladilar: 🔹 Vibe Coding; 🔹 Prompt Engineering (AI); 🔹 Sunʼiy intellekt; 🔹 Data Science; 🔹 Kiberxavfsizlik; 🔹 UI/UX; 🔹 AI Agent texnologiyalari. 🔗 Roʻyxatdan oʻtish ⏳ Imkoniyatni qoʻldan boy bermang. Onlayn IT oromgohida ishtirok etish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting. @jiduarm
#Tavallud Usmon Azim — o‘zbek she’riyatining betakror ovozi ♻ Usmon Azim — zamonaviy o‘zbek adabiyotining taniqli shoiri, dramaturgi va tarjimoni. Uning ijodida inson qalbi, muhabbat, Vatan, hayot va insoniy kechinmalar chuqur badiiy ifoda etilgan. ✨ Qiziqarli ma’lumot: Usmon Azim nafaqat she’rlar, balki dramatik asarlar va kinossenariylar ham yaratgan. Uning she’rlari sodda, ta’sirchan va falsafiy mazmuni bilan kitobxon qalbiga tez yetib boradi. Ko'plab she'rlari xit qo'shiqlarga aylangan. 📖 Shoirning ijodi o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos badiiy uslub va teran fikrlari bilan alohida o‘rin egallaydi. “She’r — inson qalbining so‘zga aylangan holati.” @jiduarm
#Talabaga_tavsiya Bibliografiya tuzish: APA, MLA yoki Chicago? ‼ Ilmiy maqola, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi yoki tadqiqot ishini tayyorlashda foydalanilgan manbalarni to‘g‘ri rasmiylashtirish juda muhim. Bibliografiya nafaqat ishning ilmiy saviyasini ko‘rsatadi, balki foydalanilgan manbalarni o‘quvchiga oson topish imkonini ham beradi. 🔹 APA — asosan ijtimoiy fanlar, psixologiya, ta’lim, iqtisodiyot kabi sohalarda keng qo‘llaniladi. 🔹 MLA — adabiyot, tilshunoslik, san’at va gumanitar fanlar uchun ko‘proq mos keladi. 🔹 Chicago — tarix, san’at, falsafa va boshqa ko‘plab akademik yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. 💡 Talabaga tavsiya: Ishingizni boshlashdan avval o‘qituvchingiz yoki universitetingiz tomonidan qaysi bibliografik uslub talab qilinishini aniqlab oling. Manbalarni ish davomida qayd etib boring — bu oxirida bibliografiya tuzishni ancha osonlashtiradi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Kutubxona xizmatlari markazi @jiduarm
Ogohlik! 🔻 Toshkent shahar IIBB ogohlantiradi! Talabalar va yoshlar diqqatiga! “Oson pul” ortidagi dahshatli qopqon! ‼ Bugungi kunda ayrim yoshlar internet orqali ish izlab, giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruhlar qopqoniga tushib qolmoqda. Jinoyatchilar ko‘pincha “oson pul”, “yuqori daromad”, “tajriba talab qilinmaydi” kabi jozibador va’dalar orqali yoshlarni o‘zlariga jalb qiladi. 🔹Bunday “ish” takliflari ortida esa noqonuniy faoliyat, og‘ir jinoyat va jiddiy huquqiy javobgarlik yashiringan bo‘lishi mumkin. ♻ Shuning uchun internetdagi har qanday ish taklifiga ishonishdan oldin uning manbasi va qonuniyligini tekshirish, shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik hamda shubhali topshiriqlarga rozi bo‘lmaslik zarur. Bir zumlik daromad ortidan quvib, o‘z kelajagingizni xavf ostiga qo‘ymang! @jiduarm
#DIQQAT_TANLOV ‼ Yosh olima ayollar uchun maxsus loyiha 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yoshlar va ilm-fan” jurnali yosh tadqiqotchi xotin-qizlar o‘rtasida “Women in science” tanlovini e’lon qildi. Unda barcha xotin-qizlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin. Maqolalar @yoshlar_ilm_fan_bot manzili orqali quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi: 🔹Texnika fanlari; 🔹Tabiiy fanlar; 🔹Ijtimoiy-gumanitar fanlar. 🏆 Tanlov doirasida saralangan eng yaxshi maqolalar bepul nashr etiladi hamda g‘oliblar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 📅 Qabul muddati: 2026-yil 25-avgustgacha @jiduarm
Уважаемые профессора, преподаватели и студенты! ♻ Наш университет с 1 августа получил доступ к платформе Oxford Law Pro, предоставляемой Oxford University Press (OUP). Oxford Law Pro — современная академическая платформа для студентов, преподавателей, исследователей и специалистов, занимающихся научными исследованиями в области права. ‼ На платформе представлены более 600 авторитетных рецензируемых книг и более 9 000 научных журнальных статей по следующим направлениям: международное и коммерческое право, арбитраж, судебные процессы и разрешение споров, а также право в сфере технологий, интеллектуальной собственности и медиа. ❗Кроме того, пользователям доступен AI Research Assistant — интеллектуальный инструмент, который помогает проводить поиск, анализировать информацию и исследовать правовые вопросы. Для использования Oxford Law Pro за пределами университета необходимые логин и пароль можно получить в Центре библиотечных услуг. 🔐 Период доступа — 120 дней. @jiduarm
Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar! ♻ Universitetimiz 1-avgustdan Oxford University Press (OUP) tomonidan taqdim etiladigan Oxford Law Pro huquqiy tadqiqot platformasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Oxford Law Pro — huquq sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi talabalar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan zamonaviy akademik platformadir. ‼ Platformada xalqaro va tijorat huquqi, arbitraj, sud jarayonlari va nizolarni hal qilish hamda texnologiyalar, intellektual mulk va media huquqi yo'nalishlarida 600 dan ortiq nufuzli, taqrizdan o‘tgan kitoblar va 9 000 dan ortiq ilmiy jurnal maqolalari jamlangan. Shuningdek, foydalanuvchilarga huquqiy masalalarni tadqiq qilishda yordam beruvchi AI Research Assistant ham mavjud. ❗Universitet hududidan tashqarida Oxford Law Pro platformasidan foydalanish uchun zarur login va parolni Kutubxona xizmatlari markazidan olishingiz mumkin. 🔐 Foydalanish muddati — 120 kun. @jiduarm
#Quiz Diqqat savol “Martin Iden” asarida Bernard Xigginbotam Martinga nimani eslatar edi? ‼ ChatGPTni tinch qo'yinglar, javob siz izlagandanda yaqin @jiduarm
#Talabaga_tavsiya ⏰ Talabaga tavsiya: Vaqtni to‘g‘ri boshqarish (Time Management) Talabalik davrida vaqt — eng qimmat resurs. Uni to‘g‘ri taqsimlash o‘qish, shaxsiy rivojlanish va dam olishni birdek muvozanatda olib borishga yordam beradi. Vaqtni boshqarish uchun 5 qadam: 🎯 1. Maqsad qo‘ying Aniq maqsad — vaqtdan samarali foydalanishning birinchi qadamidir. 📅 2. Reja tuzing Kunlik va haftalik vazifalaringizni oldindan rejalashtiring. ✅ 3. Prioritet belgilang Eng muhim va shoshilinch vazifalarni birinchi bajaring. ⏰ 4. Vaqtingizni kuzating Vaqtingiz qayerga sarflanayotganini tahlil qiling va ortiqcha mashg‘ulotlarni kamaytiring. 📈 5. Baholang va takomillashtiring Kun yoki hafta yakunida natijalaringizni tahlil qiling va keyingi rejangizni yanada yaxshilang. 💡 Unutmang: Vaqtingizni to‘g‘ri boshqarsangiz, maqsadlaringizga erishish uchun ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lasiz! @jiduarm
#ELON ⚜Mutolaa jamoasi safiga kirishni, katta kitobxonlik loyihayalarini amalga oshirishni xohlaysizmi? ❇ Ko’plab iste‘dodli yoshlar @mutolaaxona loyihasida ishlashni orzu qilishadi. Shu sababli @oltinovozlaruz loyihasi ishga tushdi. Marhamat, jamoaga qo’shiling. Batafsil: @oltinovozlaruz @jiduarm
🎓 Ilmiy izlanishlaringizni yangi bosqichga olib chiqadigan 3 kun! 🔹 Nima uchun bu vebinar muhim? Kerakli ilmiy manbalarni topish ko‘p vaqt oladi. Eng dolzarb dissertatsiyalarni qayerdan va qanday izlashni bilmaslik esa ilmiy ish sifatiga ta'sir qilishi mumkin. 🔹 Vebinarda nimalarni o‘rganasiz? "Ilmiy-tadqiqot faoliyatida ProQuest dissertatsiyalar bazasidan samarali foydalanish" mavzusidagi amaliy vebinarda siz: ✔️ dunyoning yetakchi universitetlarida himoya qilingan dissertatsiyalarni izlashni; ✔️ ProQuest platformasida tez va samarali qidiruv usullaridan foydalanishni; ✔️ topilgan materiallardan ilmiy maqola, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlashda to‘g‘ri foydalanishni o‘rganasiz. 📅 Sana: 2026-yil 11–13-avgust (3 kun) 🕑 Vaqt: 14:00 💻 Platforma: Zoom 🇺🇿 Til: o‘zbek tili ⏺ Zoom orqali ulanish ID: 8845 1580 8646 Parol: 909385 👩🏫 Ma'ruzachi: xorijiy elektron ilmiy ma'lumotlar bazalari bo‘yicha ekspert Nargiza Pazilova. 📩 Barchangizni vebinarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz! *** 🎓3 дня, которые помогут вывести ваши исследования на новый уровень. 🔹Почему это важно? Поиск качественных научных материалов занимает много времени, а нужные диссертации часто остаются незамеченными. 🔹Что вы получите? На практическом вебинаре «Эффективное использование базы диссертаций ProQuest в научно-исследовательской деятельности» вы научитесь: ✔️находить диссертации ведущих университетов мира; ✔️применять эффективные стратегии поиска; ✔️использовать материалы ProQuest при подготовке научных публикаций и диссертаций. 📅 Дата: 11–13 августа 2026 года (3 дня) 🕑 Время: 14:00 💻 Платформа: Zoom 🇺🇿 Язык: узбекский ⏺Подключиться к Zoom-конференции ID: 8845 1580 8646 Код: 909385 👩🏫 Докладчик: Эксперт по зарубежным электронным базам данных Наргиза Пазилова. 📩 Будем рады вашему участию!
#Loyiha Mustaqillikning 35 yilligiga o‘z hissangizni qo‘shing! ♻ Yurtimiz ravnaqiga xizmat qiladigan tashabbusingizni “35 000 tashabbus” loyihasiga yuboring. ‼ Asosiy maqsad: Barcha yoshlarda Mustaqillik to’yonasiga dahldorlik hissini oshirish! 📅 1–31-avgust Yuborish: tashabbus.yito.uz O‘z tashabbusingiz bilan tarixda iz qoldiring! @jiduarm
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. 🌐UWED.UZ | |🕊Telegram |📱Instagram |🕊X |📱Facebook |📺YouTube
#Bilasizmi? Dunyodagi eng sirli kitob qaysi ekanligini bilarmidingiz? 🔥 Dunyodagi eng sirli kitob — XV asr boshlarida yaratilgan “Voynich qo‘lyozmasi” asaridir. Yuz yildan ortiq vaqt davomida dunyoning eng kuchli kriptograflari, tilshunoslari va hatto sun’iy intellekt ham ushbu kitobdagi matnlarni shifrlay olgani yo‘q. ⚡️ Kitob tamomila noma’lum tilda va hech bir alifboga o‘xshamaydigan belgilarda yozilgan. Undagi 240 sahifada yer yuzida uchramaydigan g‘aroyib o‘simliklar, astronomik xaritalar va tushunarsiz chizmalar tasvirlangan. Ba’zi olimlar uni yo‘qolgan sivilizatsiya merosi desa, boshqalari o‘sha davr alkimyogarlarining maxfiy kodi deb hisoblashadi. ⚠ Bugungi raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt rivojlangan davrda ham insoniyat o‘tmishdan qolgan bir kitob matnini o‘qiy olmayotgani juda hayratlanarli. “Voynich qo‘lyozmasi” kitoblar nafaqat bilim manbai, balki asrlar osha yechimini kutib yotgan eng buyuk jumboq ham bo‘la olishining isbotidir. @jiduarm
#Tavallud ❗Erkin Aʼzam (1950-yil 10-avgustda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tugʻilgan) — taniqli oʻzbek yozuvchisi, ssenariychi, publitsist va Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. Shuningdek, u mashhur „Tafakkur“ jurnali bosh muharriridir. ✨ Hayoti va faoliyati: 1972-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.Oʻzbekiston radiosi, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda ishlagan.Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA) bosh direktori oʻrinbosari boʻlgan. Oʻzbekiston Oliy Majlisining deputati sifatida faoliyat yuritgan.1998-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoni berilgan. ✨ Asarlari va filmlar: Kitoblari: „Chiroqlar oʻchmagan kecha“ (1977), „Otoyining tugʻilgan yili“ (1981), „Olam yam-yashil“ (1984), „Pakananing oshiq koʻngli“ (2001), „Kechikayotgan odam“ (2002). ❇ Ekran asarlari: Yozuvchining qissa va hikoyalari asosida „Piyoda“, „Dilxiroj“, „Zabarjad“, „Parizod“ kabi mashhur badiiy filmlar suratga olingan. @jiduarm
#Bu_muhim 🏠 Talabalar, ijara uy izlayotganda ehtiyot bo‘ling! ❗Yangi o‘quv yili boshlanishi bilan ko‘plab talabalar ijara uy izlaydi. Afsuski, bundan foydalanib, soxta e’lonlar orqali pul undirishga urinadigan firibgarlar ham uchrab turadi. 🔹 Uyni ko‘zdan kechirmasdan pul yubormang. 🔹 Uy egasi yoki ijara beruvchi shaxsning ma’lumotlarini tekshiring. 🔹 Ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib oldindan to‘lov qilmang. 🔹 Haddan tashqari arzon narx yoki “hoziroq pul yuboring, boshqa odam olib qo‘yadi” kabi shoshiltirishlarga aldanmang. 🔹 Shubhali e’lon va havolalarga ishonmang. ⚠️ Eng muhim qoida: Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazib yubormang! ⚡O‘zingizni va mablag‘ingizni asrang. Ehtiyotkorlik — firibgarlikdan himoyalanishning eng yaxshi yo‘li! @jiduarm
#Kun_hikmati Donolar hikmatlaridan iqtiboslar Oʻzingizga mehr bering. Chunki qalbingizni sizdan boshqa hech kim toʻliq tushunmaydi.. @jiduarm
#Talabaga_tavsiya Nimaga ba'zan ichki motivatsiya so'nib qoladi? ⚠ Har bir inson hayotida shunday davrlar bo'ladiki, kechagina ilhom bilan boshlangan ish bugun odatiy majburiyatdek tuyuladi. O'qishga bo'lgan qiziqish pasayadi, maqsadlar uzoqlashgandek ko'rinadi, hatto eng oddiy vazifalarni bajarishga ham ishtiyoq qolmaydi. Bu holat ichki motivatsiyaning vaqtinchalik susayishidir. 🔹 Bunga turli omillar sabab bo'lishi mumkin. Haddan tashqari charchoq, dam olishning yetishmasligi, o'z oldiga qo'yilgan maqsadning noaniqligi yoki natijani juda tez kutish insonning ichki kuchini pasaytiradi. Shuningdek, o'zini boshqalar bilan doimiy taqqoslash, muvaffaqiyatsizliklardan ortiqcha xavotir olish va salbiy muhit ham motivatsiyaga salbiy ta'sir ko'rsatadi. ❗Esda tuting: motivatsiya doimiy holat emas, uni har kuni kichik odatlar orqali mustahkamlash mumkin. Har bir o'qilgan kitob, o'rganilgan yangi bilim va qo'yilgan kichik qadam sizni katta maqsadlaringiz sari yaqinlashtiradi. jiduarm
без подписи
без подписи