𝐉𝐈𝐙𝐙𝐀𝐋𝐈𝐊 🅃🅅📺 Rasmiy kanal
СтатистикаBu kanalga Jizzalik mahallasiga bo‘layotgan va bo‘lib o‘tgan tadbirlardan video lavhalar, e'lon va yangiliklar yoritib boriladi!
- Последний пост
- 28 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️ Ingliz tili va zamonaviy kasblarni 100% grant asosida o‘rganish imkoniyati! ✅Yoshlar ishlari agentligi, TEAM University hamda Stirling Foundation xalqaro fondi hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bepul tayyorlov dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Dastur o‘z ichiga nimalarni oladi? Joriy yilning fevral–iyul oylari davomida 16–18 yoshli yoshlar 100% grant asosida ingliz tili, SMM va IT amaliyoti bo‘yicha o‘qitiladi. Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan eng yaxshi 5 nafar ishtirokchi “TEAM University”da to‘liq grant asosida ta’limni davom ettirish yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi! 👉 Ariza qoldirish uchun havola 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🔹 Linkedin 🌍Veb sayt
без подписи
⚡️ Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvdagi nutqida ilgari surilgan tashabbus va imkoniyatlar #MeningPrezidentim #YoshlarPrezidenti Yangiliklarni kuzatib boring: ✅ Telegram | ✅ Instagram | ✅ Youtube | ✅ Facebook |✅ X
Мол-мулк солиғидан қуйидаги шахслар озод этилган? Тўлиқ озод этилганлар: 🔵 Қаҳрамонлар ва “Шуҳрат” ордени соҳиблари 🔵 Уруш ногиронлари/қатнашчилари 🔵 Хизматда ҳалок бўлган ҳарбийлар ва ИИО ходимларининг ота-онаси ва бевалари 🔵 Қайта тикланадиган энергия ўрнатганлар – 3 йилга 🔵 Етим болалар – давлат берган уй учун 23 ёшгача 60 кв.м гача озод этилганлар: 🔵 Кўп болалилар (10+) 🔵 Пенсионерлар 🔵 I–II гуруҳ ногиронлари ✅ Имтиёз фақат 1 та уйга берилади. Ҳужжатлар солиқ органига топширилади.
Реанимация эшигида қолган прокурор Бу гапни сенга айтиш осон эмас. Кеч пайти прокуратура биносидан чиқдим. Телефоним жиринглади. “Отанг реанимацияда”, дейишди. Кўплаб одамларнинг айбдор қилганман, лекин ўша куни реанимация эшиги олдида туриб, биринчи марта ўзимни айбдордек ҳис қилдим. Эшик устида ёзув турарди: “Кириш тақиқланади”. Отамни ўша кеча йўқотдим. У ерда лавозим ўтмади, фақат вақт ҳукм чиқарар экан… Ким учундир йиллар сўраган пайтларимда, бирон ота ҳам шундай эшик олдида ёки бирор бола “қамалмаса бўлди” деб ёлворганмиди? Болам, агар қачондир шу йўлни танласанг, эслаб қол: “Ҳар бир иш ортида – она бор, бола бор, ота бор.” Қалбинга қулоқ сол, болам, акс ҳолда, бир кун сен ҳам реанимация эшиги олдида туриб, ўзингни ўзингдан ҳимоя қила олмай қоласан… “Дадамнинг сўзлари…” туркумидан
#Диққат #Тарқатинг “Маҳалла еттилиги” аъзоларининг ваколатлари тўғрисида қисқа содда маълумот Фуқароларнинг мурожаатларини самарали ва ўз вақтида кўриб чиқиш мақсадида маҳаллада фаолият юритаётган “еттилик” аъзоларининг ваколатлари қуйидагича тақсимланган: 🔹 Маҳалла раиси — “Обод маҳалла”, “Обод кўча” дастурлари, ҳудудни ободонлаштириш масалалари. 🔹 Ҳоким ёрдамчиси — Имтиёзли кредитлар, субсидиялар, фоизсиз қарз (ссуда) ажратиш масалалари. 🔹 Ёшлар етакчиси — Ёшлар учун контракт тўловлари, ҳайдовчилик гувоҳномаси (“права”), қўшимча таълим курслари билан боғлиқ масалалар. 🔹 Хотин-қизлар фаоли — Аёллар ва оилаларни қўллаб-қувватлаш, уй-жойни таъмирлаш ҳамда моддий ёрдам масалалари. 🔹 Профилактика инспектори — Жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, жамоат хавфсизлигини таъминлаш масалалари. 🔹 Ижтимоий ходим — Бола пули, моддий ёрдам, кам таъминланган оилаларга ижтимоий кўмак масалалари. 🔹 Солиқ инспектори — Мол-мулк солиғи, ер солиғи ва солиқ имтиёзлари билан боғлиқ масалалар.
❗️Millionlab o’zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgan bo’lishi mumkin Bugun, 3-fevral kuni xakerlik yo’li bilan olingan ma’lumotlar darknetga chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabarlarda aytilishicha, davlatning asosiy autentifikatsiya tizimi bo‘lgan OAuth serveri buzib kirilgan va 15 millionga yaqin foydalanuvchiga oid ma’lumotlar o‘g‘irlangan. Ayrim manbalarda raqam bundan kamroqligi aytilmoqda. Kiberxavfsizlik markazi hozirda mazkur holat yuzasidan o‘rganishlar olib borilayotgani va bu bo’yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirdi. “Shaxsiy ma’lumotlaringizni boshqa shaxslarga oshkor etmang. Davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalaning. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o'z ma’lumotlaringizni kiritishdan saqlanishingizni so‘raymiz”, – deya qo’shimcha qilinadi xabarda. ✅ Qo’shimcha ma’lumot: ushbu ma’lumotlar aholini va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish census.stat.uz saytidan olingani haqidagi mish-mishlar noto’g’ri. OAuth autentifikatsiya serveri umuman boshqa tizim bo’lib, undan bir nechta davlat tashkilotlari o’z tizimlarida foydalanuvchilarning shaxsini aniqlashda foydalangan. ❓ Endi nima qilish kerak? 1️⃣ Imkoni bo’lsa, davlat tashkilotlari tizimiga, ayniqsa OneID tizimiga kirishdagi parolingizni almashtiring. 2️⃣ Bundan keyin 15 mln o’zbekistonlikning ma’lumotlarini sotib olgan firibgarlarning kiberhujumi karrasiga oshib ketishi kutilmoqda. Eng yomoni endi firibgarlar siz haqingizdagi juda ko’p shaxsiy ma’lumotlarni biladi va uni o’zingizga ham aytishadi. Shu sababli, mabodo sizga kimdir telefon qilib, bankdanman, tergovdanman, vazirlikdanman desa va nimadir qilishni talab qilsa (ayniqsa, SMS-kodni aytishni), ishonmang. Sizning shaxsingiz haqidagi ma’lumotlarni to’liq aytishsa ham ishonmang. Voy, men haqimda shuncha narsani bilarkan, demak, rostdan ishonchli odam deb o’ylamang. Xullas, o’zingizni ehtiyot tuting. Yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Telefon qo’ng’iroqlari yoki Telegram yozishmalariga aldanib qolishmasin. 👉 @xushnudbek 👈
🗣Qashqadaryolik yoshlar uchun ajoyib imkoniyat! 💡 Kichik biznes boshlamoqchimisiz? Joyingiz va g‘oyangiz bormi? 💰Mablag‘ bizda bor! Agar siz 18–30 yosh oralig‘ida bo‘lsangiz, Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar jamg‘armasi orqali 200 million so‘mgacha qulay shartlarda kredit olishingiz mumkin. 📍 Yo‘l bo‘yida, mahallada yoki jamoat joylarida: — savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari — ko‘chma shoxobchalar — bastrak (avtotirkama)lar uchun jihozlar xarid qilish imkoniyati mavjud. ⏳5 yilgacha kredit ✅Dastlabki 3 oy — to‘lovsiz ✅ Keyingi 9 oy — faqat foiz 📈Yillik foiz stavkasi — 18% (o‘zgarmaydi) 🏦Kreditlar Agrobank, Xalqbank, Milliy bank, Mikrokreditbank va boshqa tijorat banklar orqali rasmiylashtiriladi. ➕Ushbu kredit yakka tartibdagi tadbirkorlar, hunarmandlar va o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga beriladi. Bugun harakat qil. Kelajagingni bugundan boshla! 📞 Aloqa: +998 88 555 92 57 +998 90 428 22 90 +998 90 721 32 34 +998 90 899 40 40 Telegram | Instagram | Facebook
🔴🔴🔴 🏆 “Open budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda ✅ Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi. Bunda: 🟣 1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish; 🟣 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash; 🟣 8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi; 🟣 11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi; 🟣 21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi. ☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!
💟💟💟 💙💙💙 Аҳоли рўйхатга олиш нима учун керак ва нега бу айнан сиз, оилангиз ва келажак учун муҳим? Аҳолини рўйхатга олиш - бу оддий сўровнома эмас. Бу давлатнинг ўз аҳолиси ҳақидаги маълумотларни реал ҳолатда билиш учун керак бўлган энг муҳим манба ҳисобланади. Давлатга алоҳида одам эмас, балки миллионлаб одамлардан тузилган умумий манзара керак. Бу сиз учун нима беради? Рўйхатга олиш натижалари асосида яшаб турган ҳудудингизда қанча мактаб, боғча, поликлиника, йўл ва жамоат транспорти кераклиги аниқ ҳисоблаб чиқилади. Агар аҳоли сони кам кўрсатилса, ресурслар ҳам кам ажратилади. Яъни, жавоб бермаслик ёки бепарволик билан жараёнда қатнашмаслик охир-оқибат ўзингизга салбий таъсир қилади. Бу оила учун нима беради? Оилалар таркиби, болалар сони, иш билан бандлик каби маълумотлар орқали ижтимоий нафақалар, имтиёзлар, уй-жой дастурлари ва тиббий хизматлар режалаштирилади. Рўйхатга олиш - бу келажакда оилангиз қандай қўллаб-қувватланишини белгилаб берадиган асос. Бу мамлакат учун нима беради? Давлат иқтисодиётни, меҳнат бозорини, таълим ва соғлиқни сақлаш тизимини тахмин билан эмас, аниқ рақамлар асосида режалаштиради. Қайси ҳудуд ривожланади, қайси жойда муаммо бор - барчаси шу маълумотлар орқали кўринади. Энг муҳими - келажак. Рўйхатга олиш бугун учун эмас, 10–20 йил кейинги Ўзбекистон учун қилинади. Шунинг учун аҳоли рўйхатга олиш: - назорат эмас; - солиқ ёки жарима эмас; - шахсий ҳаётга аралашув эмас. https://census.stat.uz
🎁 Onlayn ro’yxatdan o’tgan fuqarolar qimmatbaho sovg’alar yutib olishi mumkin 💻 Bunda 31-yanvar kunigacha onlayn ro‘yxatdan o‘tgan aholi orasidan tasodifiy tarzda g‘oliblar aniqlanadi hamda Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan noutbuklar va planshetlar bilan taqdirlanadi. ⬇️ Shuningdek, hududlar kesimida quyidagi qo‘shimcha rag‘batlantirishlar e’lon qilingan: 🟢 Toshkent shahrida: ➖ Ro‘yxatga olish tadbirida faol ishtirok etgan OTM talabalarining 20 nafari uchun yillik kontrakt to’lovining 50 foizi qoplab beriladi; ➖ Eng ko‘p oila a’zolari ro‘yxatdan o‘tkazilgan xo‘jaliklar uchun — Toshkent Akva bog‘iga yoz mavsumida 4 kishilik bepul kirish vaucheri beriladi (50 ta); ➖ Ro‘yxatdan o‘tgan eng keksa yoshdagi ayol va erkaklar uchun — AKFA Medline klinikasida bepul to‘liq tibbiy ko‘rik (20 ta). ➖ Eng yosh fuqarolarning ota-onalari uchun — Uzum Market elektron savdo platformasida xaridlar uchun chegirma promokodlari taqdim etiladi (100 ta). ➖ Tadbir va targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etgan talabalar va ko‘ngillilar uchun — Korzinka supermarketlar tarmog‘ida xaridlar uchun 2 mln so‘mlik vaucher beriladi (20 ta). ➖ Faol yoshlar va ko‘ngillilar uchun — Cambridge o‘quv markazida sun’iy intellekt, chet tillari yoki istalgan yo‘nalish bo‘yicha 3 oylik bepul o‘qish imkoniyati (20 ta). 🟢 Farg’ona viloyatida: ➖ Onlayn ro’yxatdan o’tgan fuqarolar uchun 36 ta televizor topshiriladi; 🟢 Qashqadaryo viloyatida: Onlayn ro’yxatdan o’tishda eng faol bo’lgan mahallada quyidagi infratuzilma ishlari amalga oshiriladi: ▪️ 1 km ichki yo‘li ta’mirlab yoki qurib beriladi; ▪️ elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida transformator o‘rnatib beriladi; ▪️ piyodalar uchun qulay yo‘lakchalar barpo etiladi; ▪️ yoshlar va bolalar uchun mini stadion tashkil etiladi. 🟢 Toshkent viloyati Piskent tumanida: Birinchi bo‘lib onlayn ro‘yxatdan o‘tgan mahallada: ▪️ universal sport maydonchasi; ▪️ stritbol va vorkaut maydonchasi barpo etiladi. 👉 @xushnudbek 👈
⚡️Yoshlar uchun eng foydali loyihalarni sizlarga taqdim etamiz! 1. 20 dan ortiq xorijiy tillarni bepul o’rgatuvchi Ibrat farzandlari loyihasining “Ibrat Academy” mobil ilovasi. Ilovani yuklab olish: Android | iOS 2. Kitobxon yoshlarimiz uchun “Mutolaa” mobil ilovasi. Ilovani yuklab olish: Play Market | App Store 3. Zamonaviy kasblar va fanlarni bepul o‘rgatuvchi “Ustoz AI” mobil ilovasi. Ilovani yuklab olish: dasturni yuklab olish 4. O‘zbek tilida shaxmatni tez, oson va bepul o‘rgatuvchi yagona “UzChess” mobil ilovasi. Ilovani yuklab olish: Play Market | App Store 5. Xotin-qizlar uchun zamonaviy kasblar bepul o‘rgatuvchi ta’lim platformasi “Qizlar akademiyasi” mobil ilovasi. Ilovani yuklab olish: Google Play | App Store 6. Ta’lim, It, sport va san’at yo‘nalishlarida o‘zingizga eng yaqin markazlarni topish, ma’lumotlarni onlayn ko‘rish va muhim tadbirlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvshi “Yonda” mobil ilovasi. Ilovani yuklab olish: Google Play | App Store 🇺🇿 @qashmigration
❓Aholi bilan birgalikda qishloq xo’jaligining ham ro’yxatga olinayotganidan maqsad nima? Soliqqa tortishmi? ✅ Javob: Yo’q! Ro’yxatga olish tadbirlari aholiga qo’shimcha soliqlar solish uchun o’tkazilmayapti. Buni soliqga aloqasi yo’q va xavotirlar o’rinsiz. Shu bois, ro’yxatga olish jarayonida berilgan savollarga to’g’ri javob beraverish kerak. ❓Unda nega qishloq xo’jaligini ham so’rashyapti? Asosiy maqsad — ovoragarchilik va xarajatni kamaytirish. Ya’ni shundoq ham butun respublika aholisi ro’yxatdan o’tayotgan bir paytda bira to’la qishloq xo’jaligini ham so’rab olishmoqchi. 2-3 oydan keyin yana shuncha odam ovora bo’lib, uyingizda nechta daraxt bor, deb so’ragandan ko’ra, shunisi ma’qulroq. ❓Xo’p, tushundim, lekin o’zi nimaga qishloq xo’jaligini hisobga olish kerak? Mening uyimdagi tovug’im yoki daraxtim nechtaligini bilishni davlatga nima keragi bor? Buning sababi oddiy, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi, kelgusidagi agrar siyosatni ishlab chiqish uchun muhim. Ya’ni hududlar imkoniyatlari va resurslari hajmini aniqlaydi, shunga qarab, kelgusi rejalar tuzadi, iqtisodiy qarorlar qabul qiladi. Masalan, qaysidir hududda chorva ko’p, lekin u yerda suv va yem-hashak zaxiralari kam. Demak, davlat o’sha hudud uchun kerakli choralarni ko’rishni rejalashtiradi, yo’qsa bir necha yildan keyin, aytaylik, go’sht tanqisligi yuz berishi mumkin. Taxminan shunaqaroq. Aniq ma’lumotlar aniq qarorlar uchun yordam beradi. Xato javob katta muammo olib kelmaydi-yu, lekin ishni ko’paytiradi, ovoragarchilikka sabab bo’ladi. Shuning uchun imkon qadar aniqroq javob beraverish kerak. 🔘 @xushnudbekuz
🤩Bunaqasi bo‘lmagan! Tezkor ravishda ushbu xabarni tashkilotlar, boshqarmalar hamda mahallalarning Telegram guruhlariga tarqatamiz. 🇺🇿 Qashqadaryo viloyati hokimi farmoyishi Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etgan hududlar va soha mutaxassislarini 5 ta yo‘nalishdagi tashabbuslar asosida rag‘batlantirish belgilandi. Belgilandi: 1-tashabbus Aholisini onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishda eng yaxshi natija qayd etgan 2 ta tuman (shahar) hokimligiga infratuzilmani yaxshilash maqsadida viloyat mahalliy budjetidan 2 milliard so‘mdan mablag‘ ajratiladi. 2-tashabbus “Biz kelajagimizga befarq emasmiz” g‘oyasi asosida so‘rovnomani to‘liq onlayn yakunlagan 3 ta mahallada ehtiyojdan kelib chiqib: • 1 km yo‘l qurish, • elektr ta’minotini yaxshilash uchun transformator o‘rnatish, • piyodalar yo‘lakchalari, • mini stadion barpo etish kabi mahalla qiyofasini o‘zgartiruvchi ishlar amalga oshiriladi. 3-tashabbus Ro‘yxatga olish jarayonini birinchilardan bo‘lib yakunlagan 3 ta eng ilg‘or “Mahalla yettiligi” Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya kabi xorijiy davlatlarga: • shaharsozlik tajribasi, • yashil energiya, • chiqindidan foydalanish, • yashil makon yaratish, • kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, • ayollar va yoshlar bandligini ta’minlash yo‘nalishlarida tajriba almashuv safariga yuboriladi. 4-tashabbus Eng faol maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan tashkilot rahbarlari hamda 2 nafardan hududiy bo‘lim boshliqlari xorijiy davlatlarga tajriba almashuv va malaka oshirish uchun xizmat safariga yuboriladi. 5-tashabbus Eng faol sog‘liqni saqlash hududiy bo‘limi yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan tashkilot rahbarlari hamda 2 nafardan hududiy bo‘lim boshliqlari xorijiy davlatlarga tajriba almashuv va malaka oshirish uchun xizmat safariga yuboriladi. Bizning sahifalarimiz: 🕊Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube
⚡️⚡️Аҳолини рўйхатга олишнинг онлайн босқичи бошланди (Видеойўриқнома) ⚠️Бугундан Ўзбекистонда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишнинг онлайн босқичи бошланди. 🗓Аввало фуқаролар OneID тизимида идентификациядан ўтади, шундан сўнг census.stat.uz портали орқали онлайн рўйхатдан ўтишни амалга оширади. Бу жараён 17 кун давом этади ва хорижда бўлган ватандошларимиз учун ҳам мавжуд.
✅Prezident farmoni bilan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi ✔️Ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi: 1-bosqich 15-31-yanvar: 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi. 2-bosqich 4-28-fevral: “Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi. ❗️Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi qonun bilan kafolatlanadi. ❗️Savolnomadagi ma’lumotlar boshqa idoralarga taqdim etilmaydi. Jami savollar soni: 71 ta Aholiga oid: 54 ta Qishloq xo‘jaligiga oid: 17 ta 📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha yo‘riqnoma
⚡️ Онлайн рўйхатдан ўтиш босқичи бошланди 🇺🇿 2026 йил 15 январь куни соат 00:00 дан Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг биринчи босқичи расман бошланди. Мазкур босқич доирасида 17 кун давомида фуқаролар census.stat.uz расмий веб-сайти орқали OneID тизими ёрдамида онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин. Онлайн рўйхатдан ўтиш жараёни Ўзбекистон Республикаси фуқаролари, шунингдек, хорижда вақтинча бўлиб турган ватандошларимиз учун ҳам мавжуд бўлиб, улар исталган жойда ягона идентификация тизими орқали рўйхатдан ўтиш имкониятига эга. 📹 Онлайн рўйхатдан ўтиш тартиби бўйича видеоқўлланма қуйидаги ҳавола орқали тақдим этилган: https://www.youtube.com/watch?v=emOwotRVK4c&t=224s 🎁 Шунингдек, онлайн рўйхатдан ўтган фуқаролар орасида тасодифий тарзда танланиб, қимматбаҳо совғалар ўйнаб берилади. 🔺 Барча фуқароларни аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирида фаол иштирок этишга чорлаймиз. Бирга рўйхатдан ўтамиз — бирга келажакни қурамиз!
📊Yangi imkoniyat yangi natijalar Chet tilidan C1 sertifikatingiz bo’lsa bu imkoniyat aynan siz uchun - 130 million so’mgacha foizsiz qarz… Batafsil videoda 👆 Savollar uchun: +998996600661
Askarlarga muddatli harbiy xizmatni oʻtash davrida harbiy qismning oʻzida oliygohga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirish imkoniyati yaratiladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, talabalikka qabul qilingan askarlar muddatli harbiy xizmat yakunlanishi bilan oliygohda oʻqishini boshlaydi. Shu bilan birga, armiyadan qaytib, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olmoqchi boʻlgan yoshlarga xorijiy til va fan sertifikati olish xarajatlari qoplab beriladi. Agar ular oliygohlarga kontraktga kirsa, foizsiz taʼlim krediti ajratiladi.
Songa kirib sanoqda bo‘lish ulkan baxt ✅Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishda faol ishtirok eting! Onlayn ro‘yxatga olish boshlanishiga 2 kun qoldi. ✅Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari census.stat.uz portali orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Bir kishi butun oilasi uchun ro‘yxatga olish savolnomasini to‘ldirishi mumkin. 🔒 Maʼlumotlar maxfiyligi kafolatlanadi. 💡 Nima uchun bu muhim? Ro‘yxat natijalari: - davlatga aholining haqiqiy soni va tarkibi haqida aniq tasavvur beradi; - yangi ish o‘rinlari, maktablar, shifoxonalar va infratuzilmalarni rejalashtirishda asos bo‘ladi; - qishloq xo‘jaligidagi resurslarni to‘g‘ri taqsimlash imkonini yaratadi. ❗️Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning birinchi bosqichida 15-31 yanvar kunlari onlayn ro‘yxatdan fuqarolar Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan tasodifiy tarzda tanlanib, qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishadi. Yangiliklarni kuzatib boring: @jizzaliktv @jizzalikmahallasi