Jizzax shahar Iqtisodiyot va moliya bo’limi
СтатистикаJizzax shahar Iqtisodiyot va moliya bo'limining telegram kanaliga xush kelibsiz.
- Последний пост
- 7 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 44
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 68
- 1/48двое суток
- 77
- 1/72трое суток
- 84
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
👍👌👍👌 Subsidiya xabarnomasi asosida maqsadli ipoteka omonatini ochish tartibi joriy etildi Uy-joy sotib olish uchun subsidiya xabarnomasiga ega fuqarolar endilikda maqsadli ipoteka omonati orqali dastlabki badalni bosqichma-bosqich jamg‘arish, omonat mablag‘laridan qo‘shimcha foiz daromadi olish hamda ipoteka kreditini rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha imkoniyatdan foydalanishlari mumkin. Mazkur mexanizm davlat subsidiyasidan yanada samarali foydalanishga xizmat qiladi. 🟣 Asosiy imkoniyatlar: ✔️subsidiya xabarnomasi amal qilish muddati davomida ishtirok etuvchi tijorat bankida maqsadli ipoteka omonati ochilib, dastlabki badalning fuqaro ulushi jamg‘ariladi; ✔️fuqaroning ulushi to‘liq shakllantirilgach, dastlabki badal uchun ajratilgan davlat subsidiyasi omonat hisobvarag‘iga o‘tkaziladi hamda omonat mablag‘lariga bank tomonidan bozor stavkasida foiz hisoblanadi; ✔️maqsadli ipoteka omonati 12 oygacha amal qiladi. Ushbu muddat davomida fuqaro birlamchi uy-joy bozoridan uy-joy tanlab, ipoteka kreditini rasmiylashtirishi mumkin; ✔️ipoteka krediti ajratilgan taqdirda omonat mablag‘lari, ularga hisoblangan foizlar, davlat subsidiyasi va ipoteka krediti mablag‘lari uy-joy sotib olishga yo‘naltiriladi. Kredit ajratilishi rad etilgan hollarda esa fuqaroning omonat mablag‘lari foizlari bilan birga qaytariladi, subsidiya mablag‘lari belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi. 🟣2026-yil 1-avgust holatiga respublika bo‘yicha fuqarolar murojaatlariga asosan 338 ta maqsadli ipoteka omonati ochilgan bo‘lib, ularda 23,9 mlrd so‘m mablag‘ jamg‘arilgan. Shundan 13,8 mlrd so‘mi fuqarolarning o‘z mablag‘lari, 10,1 mlrd so‘mi esa dastlabki badalni shakllantirish uchun ajratilgan subsidiya mablag‘larini tashkil etadi. 🟣Mazkur mexanizm fuqarolarga dastlabki badalni qulay tarzda jamg‘arish, omonat mablag‘laridan qo‘shimcha foiz daromadi olish hamda davlat tomonidan ajratilgan subsidiyadan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Linkedin | X
🏠 Uy-joy xarid qilishni rejalashtiryapsizmi? Maqsadli ipoteka omonoti imkoniyatidan foydalaning! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PF-29-son Farmoni asosida aholining uy-joy bilan ta’minlanishini jadallashtirish hamda ipoteka tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2026-yil 1-iyuldan boshlab Maqsadli ipoteka omonoti amaliyoti tajriba-sinov tariqasida joriy etildi. ✅ Maqsadli ipoteka omonoti nima beradi? 🔹 Fuqaro ipoteka omonati hisobvarag‘ini bankda ochadi; 🔹 Boshlang‘ich badalning o‘z ulushini omonat hisobiga joylashtiradi; 🔹 Davlat tomonidan 30 million so‘m subsidiya omonat hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi; 🔹 Omonatdagi mablag‘larga 12 oygacha bozor stavkasida foiz hisoblanadi. 📌 Misol: 380 mln so‘mgacha bo‘lgan ipoteka krediti uchun boshlang‘ich badal 67 mln so‘mni tashkil etadi. Shundan fuqaro 37 mln so‘mni omonat hisobiga joylashtiradi, qolgan 30 mln so‘m davlat subsidiyasi sifatida ajratiladi. 📍 Toshkent shahrida esa: Kreditning eng yuqori miqdori – 480 mln so‘m; Boshlang‘ich badal – 84 mln so‘m; Fuqaro omonatga 54 mln so‘m joylashtiradi, 30 mln so‘m subsidiya davlat tomonidan qoplanadi. 📝 Qanday murojaat qilinadi? Fuqaro subsidiya xabarnomasi amal qilish muddati davomida tijorat bankiga murojaat qiladi. Bank 3 ish kuni ichida ipoteka omonati hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha shartnoma tuzadi va subsidiya ajratish uchun tegishli buyurtmani yuboradi. 🏡 Maqsadli ipoteka omonoti – uy-joy xarid qilish uchun qulay imkoniyat va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan muhim moliyaviy ko‘makdir. Batafsil ma’lumot olish uchun hududingizdagi tijorat banklari, Davlat xizmatlari markazlari yoki tuman hokimligiga murojaat qilishingiz mumkin. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇 🌐Web-sayt✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram📹Youtube
https://t.me/minecofinuz?livestream
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📢 “Tashabbusli budjet”: sheriklik loyihalari bo‘yicha ovozli chat “Tashabbusli budjet” doirasidagi sheriklik loyihalari qanday imkoniyatlar yaratadi? Ularda ishtirok etish tartibi qanday va loyihani amalga oshirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim? Suhbat davomida: ✔️ sheriklik loyihalarining mazmuni va afzalliklari; ✔️ loyihalarni shakllantirish va taqdim etish tartibi; ✔️ ishtirok etish jarayonidagi muhim jihatlar; ✔️ fuqarolarni qiziqtirayotgan savollar muhokama qilinadi. 📆 30-iyul ⏰ Soat 15:00 Ovozli chatga qo‘shiling va savollaringizga bevosita javob oling! #TashabbusliBudjet #SheriklikLoyihalari #OchiqMuloqot #MahallaTashabbusi #FuqarolarIshtiroki Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Лойиҳани қандай таҳрирлаш мумкин? ☑️ Агар лойиҳани киритишда мазмуни ёки қийматини кўрсатишда хатоликка йўл қўйилган бўлса қайтадан янги лойиҳа киритиш шарт эмас. 👉 Аксинча киритган лойиҳангизни таҳрирлаган ҳолда тузатиш киритишингиз мумкин. ✏️ Бунинг учун шахсий кабинет орқали лойиҳангизни "таҳрирлаш" кнопкасидан фойдаланишингиз мумкин. 👉 Янгиликлардан биринчи бўлиб хабардор бўлиш учун каналга аъзо бўлинг https://t.me/ochiq_budjet_uz
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏠 Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli 27-iyul kuni boshlanadi Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari doirasida taqdim etilgan xabarnomalarning amal qilish muddati doirasida foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish joriy yilning 27-iyul kuni soat 15:00 da boshlanishini maʻlum qilamiz. 📌 Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olishda ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholash natijasiga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi talab etiladi. ⏺Bunda ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi, shuningdek, oʻrtacha oylik daromadi miqdori belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi lozim. Subsidiya olish uchun quyidagi usullar: ☑️ Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish; ☑️ myGov mobil ilovasi; ☑️ my.gov.uz portalida, mazkur havola orqali ariza topshirishingiz mumkin. 🇺🇿 Batafsil #mortgage #subsidy Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ ✨Qurbon hayiti muborak bo‘lsin, Azizlar! Barchangizni ezgu va muqaddas ayyom — Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaymiz. Hurmat bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 📣 DIQQAT E’LON Hurmatli Jizzax viloyati aholisi hamda tadbirkorlari! 📝 Aholining iqtisodiyot va moliya sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida Jizzax viloyati aholisi uchun 23-aprel kuni sayyor qabul oʻtkaziladi. 📌 Sayyor qabul Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari hamda Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahar, Shifokorlar ko‘chasida joylashgan Jizzax Politexnika instituti 2-A binosi. ⌛ Boshlanish vaqti: soat 10:00 da. ☎️ Murojaat uchun telefon: (72) 226-40-78. #Iqtisodiyot_va_moliya #Sayyor_qabul Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
RASMIY MUNOSABAT Jizzax shahri, Amir Temur MFY, Qorasoy mavzesi hududida barpo etilgan sun’iy qoplamali mini stadion to‘g‘risida “Kun.uz”ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tanqidiy material e’lon qilindi. Mazkur holat yuzasidan shuni ma’lum qilamizki, 2025-yil 1-mavsumda “Tashabbusli budjet” portali orqali “Jizzax shahri, A.Temur MFY, “Qorasoy” mavzesi hududida yoshlarni bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish hamda sportga jalb qilish maqsadida 2 ta usti yopiq zamonaviy sun’iy qoplamali mini stadion qurish” loyihasi g‘olib deb topilgan. Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining tegishli qarori bilan loyihani amalga oshirish Jizzax viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” DM buyurtmachiligiga yuklatilib, loyiha doirasida ajratilgan mablag‘ buyurtmachi hisobiga yo‘naltirib berilgan. Loyihachi tashkilot “Gold project servis” MChJ tomonidan dastlabki hisob-kitoblar asosida ajratilgan mablag‘ doirasida 2 ta usti yopiq sun’iy qoplamali mini stadion qurish uchun yetishmasligi ma’lum qilingan. Shu bois, loyiha tashabbuskori F.Abduxoliqov, “A.Temur” MFY raisi A.Qodirov va boshqalar tomonidan Jizzax shahar hokimi nomiga berilgan arizasi hamda Jizzax shahar hokimligining 2025-yil 17-iyundagi 03-1068-son murojaat xatida qurilishi rejalashtirilgan 2 ta stadion qurilishi bitta joyga yonma-yon (44x84) o‘lchamda ochiq stadion qurilishi so‘ralgan va loyihalash topshirig‘ida ham shu o‘lchamdagi stadion qurish bo‘yicha kelishib berilgan. Loyiha tashkiloti tomonidan 44x84 metr o‘lchamdagi bitta yaxlit stadion qurilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari asosida tenderda g‘olib deb topilgan “MJN HOUS” xususiy korxonasi tomonidan qiymati 1 mlrd 399 mln 584 ming so‘mlik stadion qurilishi loyiha hujjatlarida ko‘zda tutilgan hajmda to‘liq qurib bitkazilgan. Ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilingan materialda stadionning usti yopilmagani to‘g‘risida so‘z yuritilgan. Mazkur obyektning “Tashabbusli budjet” portalida g‘olib bo‘lgan nom ostida hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, aslida amaldagi loyiha-smeta hujjatlarida stadionning tom qismini yopish ishlari ko‘zda tutilmagan. Shu sababli, hujjatlarni qabul qilishda “usti yopiq” deb rasmiylashtirilganligi haqidagi iddaolar dastlabki tashabbus nomidan kelib chiqilgan. Shuningdek, hududda kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti va me’yoridan ortiq yog‘ingarchilik sababli ochiq maydonda suv to‘planishi holati yuzaga kelgan bo‘lib, hozirda pudratchi korxona tomonidan o‘z mablag‘i hisobidan stadionning shikastlangan qismini qaytadan ta’mirlash, stadion yuzasida suv to‘planib qolmasligi uchun zarur tizimlarni o‘rnatish, shu bilan birga, hududda barpo etilgan “Workout” maydonchasiga bolalar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qo‘shimcha maxsus rezina qoplamasi yotqizish ishlari boshlab yuborildi va kompaniya tomonidan nazoratga olindi. Jizzax viloyat hokimligi "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi DM 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”da 47 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi “Tashabbusli budjet”ning joriy yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘la olmagan 47 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. 💰 Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 18,2 mlrd so‘m ajratilib, 47 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi. Ma'lumot uchun: amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan. 🏆 G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin. #open_budget #tashabbusli_budjet Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
без подписи
без подписи