Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
Статистика- Последний пост
- 6 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 126
- 1/48двое суток
- 144
- 1/72трое суток
- 155
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Tez-tez beriladigan savollarga javoblar 1. Loyiha doirasida ta'lim jarayonlari hududlarda qayerda tashkil etiladi va batafsil malumot uchun kim bilan bog'lansam bo'ladi? ➡️Loyiha bo'yicha hududlarda mas'ul xodimlar bilan bog'lanish va manzil haqida ma'lumot uchun quyidagi havolaga tashrif buyring. 2. Hujjatlarni topshirdim. Endi nima qilaman? ➡️Ro'yxatdan o'tgan talabgorlar Al-Xorazmiy vorislari loyihasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga obuna bo'lib, yangiliklarni kuzatib borish tavsiya etiladi. Saralash imtihonlari sanasi, o'tkazilish vaqti va joyi haqidagi ma'lumotlar ro'yxatdan o'tish muddati tugaganidan so'ng e'lon qilinadi. 3. Kompyuter sohasiga qiziqishim katta va tayyorlovlarga ham boraman. Men ham qatnasholamanmi? ➡️O'quvchilar Al-Xorazmiy loyihasidan bo'sh vaqtida o'zlari istagan har qanday to'garaklarga qatnashishi mumkin. 2026/2027-o'quv yili uchun joriy yilning sentyabr oyida 8-sinf bo'ladigan barcha o'quvchilar qatnashishi mumkin. 4. Loyiha doirasida tashkil etiladigan o‘quv kurslarida qatnashish pullikmi? Ta’lim jarayoni uchun ishtirokchilardan qandaydir to‘lov talab etiladimi? ➡️Qabul saralov imtihoni va belgilangan kvota asosida amalga oshiriladi. Pullik va bepul o‘rinlar ajratiladi, o‘qish davomida natijalarga qarab o'quvchilar biridan ikkinchisiga belgilangan tartibda o‘tkazish mumkin. 5. Imtihondan o'tish balli nechi? ➡️Aynan belgilangan o’tish balli yo’q. Imtihonda eng yuqori ball to’plagan talabgorlar olinadi. Kvota har bir tumandagi raqamli texnologiya markazi o'quv xonalarining sig'imi va texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. 6. Imtihondan o'tsam mashg'ulotlar qayerda o'tkaziladi? ➡️Ta'lim jarayonlari 2026-yil oktyabr oyidan boshlab quyidagi hududlarda tashkil etiladi. 7. Ta'lim jarayonlari o'tkazilgan hududda yashamayman, lekin loyihaga imtihon topshira olamanmi? ➡️Agar Qorqalpog'iston Respublikasi yoki respublikaning boshqa viloyatlarida istiqomat qilsangiz va yuqorida belgilangan hududlarga qatnab ta'lim olish imkoniyatingiz bo'lsa shuningdek 8-sinf o'quvchisi bo'lsangiz imtihon jarayonlariga qatnashishingiz mumkin. 8. 7-9-11-sinflar ham ishtirok etsa bo'ladimi? ➡️Saralash imtihonlari faqat 2026-yil sentyabr oyida 8-sinf bo'ladigan o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi. Saralash imtihonidan o'tgan o'quvchilarga 11-sinfni bitirgunga qadar dars olish imkoniyati yaratiladi. 9. Loyihada Prezident maktabi o'quvchilari qatnasha oladimi? ➡️Loyiha faqat davlat umumta'lim maktablari uchun. Davlat umumta'lim maktablari tarkibiga Prezident maktablari ham kiradi. Demak, mashg'ulot vaqtlari dars vaqtiga xalal bermasa, loyihada ishtirok etish mumkin. 10. Imtihonda nechta masala ishlaymiz va qanday savollar tushadi? ➡️“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” tizimi asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladigan maxsus guruhlar uchun sinov imtihonlari quyidagicha o‘tkaziladi: ➡️tanqidiy fikrlashga doir 10 ta test |har bir to'g'ri javob uchun 3,3 ball, ➡️hamda muammoli masalalarni yechishga doir 10 ta savol, |har bir to'g'ri javob uchun 2,3 ball, ➡️7-sinf informatika va axborot texnologiyalari kitobidan 10 ta savol |har bir to'g'ri javob uchun 2,5 ball, ➡️ingliz tili A1 darajadagi 10 ta savol |har bir to'g'ri javob uchun 2,4 ball, jami 40 ta topshiriqni bajarish uchun 120 daqiqa vaqt ajratiladi. Umumiy to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 100 ball. 11. Mashg'ulotlarda nimalar o'rgatiladi? Maxus guruhlarda o'quvchilarga raqamli texnologiyalar va ingliz tili bo'yicha ta'lim beriladi. Raqamli texnologiyalar tarkibida: ➡️ Web full-stack dasturlash ➡️ UI/UX dizayn va Advanced Front-end ➡️ DevOps ➡️ Android dasturlash ➡️ Game design ➡️ IoT ➡️ IT sohasiga yo'naltirilgan ingliz tili ➡️ Python Back-end va Prompt Engineering ➡️ BI mutaxassisligi va ML ➡️ Kiberxavfsizlik 🚀Telegram |📷 Instagram
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🎬 Jizzax shahrida“Jajji nurli yulduzlar” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi 😎 Jizzax shahar 2-sonli Musiqa va san'at maktabida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Jajji nurli yulduzlar” tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. 😎 Tanlovda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 5–7 yoshli tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar “Folklor” yo‘nalishida o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish etdilar. ✅ Ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan Nizomda belgilangan mezonlar asosida baholandi. Tanlov yakunlariga ko‘ra; 🥇-o‘rin 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasi 🥈-o'rin 29-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoasi 🥉-o'rin 32-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoasi egalladi. Tanlov nizomiga muvofiq 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti jamoasi tanlovning viloyat bosqichida Jizzax shahar sharafini himoya qiladi. ✅ Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat, g‘oliblarga esa keyingi bosqichlarda omad tilaymiz.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
“Jasorat maktabi”ga kirish imtihonining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Jizzax shahar MMTB tasarrufidagi 4-sonli “Jasorat maktabi”ga ham kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda talabgorlar jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshirishmoqda ✅Sinov davomida har bir o‘quvchi 5 turdagi jismoniy mashq bajarib, 50 ballik tizim asosida baholab borilmoqda. Bu sinovlar orqali o‘quvchilarning jasorat, chaqqonlik va jismoniy salohiyati aniqlab olinadi. 📎“Jasorat maktabi”ga kirish uchun shahar bo‘yicha umumta’lim maktablarining 4-sinfini tugatgan 73 nafar o‘quvchi ariza topshirgan edi. 🫥“Jasorat maktabiga jami 26 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
🟥🟥🟥 Xalqaro informatika olimpiadasi Oʻzbekistonda! Milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlaylik! 🏆 Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. ✅Xalqaro informatika olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini 2 ta terma jamoa himoya qiladi. 1-jamoa aʼzolari: ➡Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf; ➡Jaxonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf; ➡Ulugʻbek Rahmatullayev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf. 2-jamoa aʼzolari: ➡Sardor Salimov, Navoiy Prezident maktabi, 10-sinf; ➡Humoyun Abduraupov, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf; ➡Ulugʻbek Kamalov, Vestminster akademik litseyi, 2-bosqich ➡Ravshan Rahmiddinov, TATU akademik litseyi, 1-bosqich. ⚡️Yigitlarimizga IOI 2026 da omad tilaymiz! 🗣Kanalimizga obuna boʻling: @xalqaro_it_olimpiada
без подписи
без подписи
без подписи
🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦 🌟 "Besh million sun'iy intellekt yetakchilari" loyihasi doirasidagi “Milliy tanlov” g'oliblari Xitoyda malaka oshirmoqda 🎓 “Milliy tanlov”ning “Eng faol informatika fani o‘qituvchisi” nominatsiyasi g‘oliblari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida malaka oshirish dasturida ishtirok etishmoqda. 🔁 Ishtirokchilar Xitoyning ilg‘or ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishib, zamonaviy maktab va OTMlarga tashrif buyurmoqda. Shuningdek, yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri — Huawei kompaniyasining bosh ofisi, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda innovatsion kampuslarida tashkil etilgan maxsus trening va kurs taqdimotlarida qatnashmoqda. 🖼 Dastur davomida Shenchjen shahrining madaniy va tarixiy maskanlari, zamonaviy infratuzilma obyektlariga tashriflar tashkil etilib, ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi yutuqlari bilan yaqindan tanishilmoqda. 📈 Siz ham keyingi yilda g'oliblar qatorida bo'lishni istasangiz – aileaders.uz saytida sun'iy intellekt va ITga oid kurslarni o'rganib, loyihada faol bo'ling!
ВАЗИЯТ ЖИДДИЙ! ФИРИБГАРЛАР ЎЗИНГИЗНИ АЙБИНГИЗ БИЛАН ТЕЛЕГРАМНИ ЭГАЛЛАБ ПУЛИНГИЗДАН АЙИРМОҚДА. ЎЗ ХАВФСИЗЛИГИНГИЗНИ ЗУДЛИКДА ТАМИНЛАНГ! ЗУДЛИКДА ТАНИШЛАРГА ЮБОРИНГ.