Sirdaryo-Zarafshon ITHB Matbuot xizmati
СтатистикаСирдарё-Зарафшон ирригация тизимлари хавза бошқармаси матбуот хизмати расмий канали Матбуот котиби
- Последний пост
- 14:37
- Последнее чтение
- 12:20
- Постов за неделю
- 43
- Всего постов
- 100
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 165
- 1/48двое суток
- 189
- 1/72трое суток
- 203
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Suv inshootlaridagi obodlik — yurt farovonligiga xizmat qiladi Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida, mahalla va qishloqlarida, korxona, tashkilot va xo‘jaliklarida, umuman, yurtimizning har bir go‘shasida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” doirasida obodonlashtirish, tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Suv bor joyda hayot bor, mehnat bor, rizq bor. Suvga e’tibor bor joyda esa obodlikning ildizi mustahkamlanadi. O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu g‘oya asosida keng nishonlanmoqda. Ayni shu ulug‘ sana arafasida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jizzax viloyatida ham bu jarayon o‘z manzarasi, o‘z mehnati va o‘z qahramonlariga ega. Viloyatda 12 ta tuman va Jizzax shahrini birlashtirgan katta mehnat maydonida 304 ta mahallada hayotning minglab rishtalari bir-biriga tutashib ketgan. Bu mahallalardagi dalalar, bog‘lar, tomorqalar va fermer xo‘jaliklari uchun suv oddiy ne’mat emas. U mehnatning natijasi, dasturxonning barakasi va xonadon daromadi bilan chambarchas bog‘liq. Shu bois suv xo‘jaligi obyektlarini asrash, ularning atrofini ozoda tutish, inshootlarni tartibga keltirish faqat tashqi ko‘rinish masalasi emas. Bu — suvga, mehnatga va inson rizqiga bo‘lgan hurmat ifodasidir. Bugun Jizzax bosh nasos stansiyasi va suv xo‘jaligi obyektlarida olib borilayotgan ishlar ham ana shu ma’no bilan uyg‘unlashmoqda. Hududlar chiqindilardan tozalanib, daraxt va butalar parvarishlanmoqda, yashil maydonlarga fayz kiritilmoqda, inshootlarning tashqi qiyofasi tartibga keltirilmoqda. Bir qarashda oddiydek tuyulgan bu yumushlar zamirida esa katta ma’no mujassam. Chunki suv inshooti — dala bilan inson mehnati o‘rtasidagi ko‘rinmas rishta. Nasos stansiyasida harakatga kelgan har bir agregatning sadosi uzoqdagi ekin maydonidagi umidni uyg‘otadi. Kanaldan oqqan suv esa dehqon mehnatini hosilga ulaydi. Shuning uchun suvchilarning bugungi mehnatida bayramga tayyorgarlikdan-da kengroq mazmun bor. Ular inshootlarni tozalayotganda yurtning bir burchagini tartibga keltirmoqda. Daraxtlarga shakl berayotganda muhitga yashil jilo qo‘shmoqda. Suv yo‘llari atrofini obod qilayotganda esa ertangi hosil, ertangi rizq va ertangi kun haqida qayg‘urayotir. — Mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati suv xo‘jaligi obyektlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etilgan, — dedi Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Farhod Normatov. — Unda tizim xodimlari faol ishtirok etmoqda. Asosiy maqsadimiz suv xo‘jaligi obyektlarini toza, obod va sarishta holga keltirish, ulug‘ bayramni munosib kutib olish bilan birga, suv inshootlariga bo‘lgan mas’uliyat va e’tiborni yanada kuchaytirishdan iborat. Darhaqiqat, “Dolzarb 40 kunlik”ning fayzi ham ana shunday mehnatda namoyon bo‘lmoqda. Mamlakat miqyosida e’lon qilingan mazkur jarayon hududlarni obod qilish, aholi uchun qulay muhit yaratish va mavjud muammolarni manzilli hal etishga qaratilgan. Jizzaxda esa bu harakat suv inshootlari bo‘ylab o‘ziga xos ma’no kasb etmoqda. Chunki suvchilar yaxshi biladi: suvning yo‘li toza bo‘lsa, uning qadri baland bo‘ladi. Inshoot sarishta bo‘lsa, unga bo‘lgan mas’uliyat ham ortadi. Atrof obod bo‘lsa, mehnatning o‘zi ham ko‘zga yanada yaqin, dilga yanada iliq ko‘rinadi. Bugun nasos stansiyalari, kanallar va boshqa suv xo‘jaligi obyektlarida kechayotgan obodonlashtirish ishlari — bayram oldidan bajarilayotgan oddiy yumushlar emas. Ular Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tayyorgarlikning amaliy ifodasi, yurt obodligi va mehnatga hurmatning o‘ziga xos namunasidir. Zero, Vatan obodligi ba’zan katta binolardan emas, bir ariq bo‘yini tozalashdan, bir daraxtni asrashdan, bir suv inshootiga e’tibor berishdan boshlanadi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|
Jizzaxda mahallalarni obodonlashtirish va aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash ishlari jadallashtirilmoqda Mustaqillik bayrami arafasida Jizzax viloyatida mahallalar, suv xo‘jaligi obyektlari va ular atrofini obodonlashtirish, aholi tomorqalariga sug‘orish suvini barqaror yetkazib berishga qaratilgan ishlar yanada jadallashtirilmoqda. “Mahallalarda tozalik va obodlik dolzarb oyligi” doirasida hududlardagi daraxt va maysazorlarni suv bilan ta’minlash, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, suv xo‘jaligi obyektlarini obodonlashtirish hamda mas’ul xodimlar faoliyatini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Paxtakor tumanidagi “Suvonobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi binosida “Mahalla o‘n yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Sirdaryo–Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Turdiboyev, boshqarma markaziy apparati xodimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari hamda mahallalarga biriktirilgan suv xo‘jaligi xodimlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda mahallalarni sug‘orish suvi bilan ta’minlash, suv tarmoqlarining sozligini nazorat qilish, sanitariya va tozalik holatini yaxshilash, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda biriktirilgan mas’ullar faoliyatini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Ayni paytda viloyatdagi 304 ta mahallaga 214 nafar suv xo‘jaligi xodimi biriktirilgan. Ular hududlarga suv yetkazib berish holatini o‘rganish, suv tarmoqlarini nazorat qilish va aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Nazorat ishlarini tizimli tashkil etish maqsadida Sirdaryo–Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida 6 nafar mutaxassisdan iborat shtab ham tashkil etilgan. Shtab tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar kunlik tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik jarayonida suv xo‘jaligi obyektlarini obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Viloyatdagi obyektlarda “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida hududlar tozalanib, tartibga keltirilmoqda, yashil maydonlar parvarishlanib, daraxtlarga shakl berilmoqda. Amaliy ishlar Paxtakor tumanida ham izchil davom etmoqda. Jumladan, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan Akmal Ikromov fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasida joylashgan “Buyuk ipak yo‘li” MFY aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlovchi, yaroqsiz holga kelgan lotok tarmoqlari o‘rniga yangi va mustahkam lotoklar o‘rnatildi. Natijada suv yo‘qotilishining oldi olinib, aholi tomorqalariga sug‘orish suvini o‘z vaqtida va barqaror yetkazib berish imkoniyati yanada kengaydi. Zero, obod mahalla, fayzli xonadon va barakali tomorqa — aholi farovonligini ta’minlovchi muhim omillardan. Shu bois viloyatda Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik doirasida obodonlashtirish, tozalik va suv ta’minotini yaxshilash borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda. Yig‘ilish yakunida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mahallalarni sug‘orish suvi bilan barqaror ta’minlash, suv xo‘jaligi obyektlarini obodonlashtirish va mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇 Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
Suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish ko'lami kengaymoqda Sharof Rashidov tumanidagi "Niyatjon Suvonov'' fermer xo'jaligi 40 gektar maydonda tomchilatib sug'orish texnologiyasidan foydalanib kelmoqda. Mazkur sug'orish usulining joriy etilishi orqali fermer xo'jaligi dala maydonida suv yo'qotilishining oldi olinmoqda hamda qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kelgusida Sharof Rashidov tumanida suv tejovchi texnologiyalar qamrovi yanada kengayishi kutilmoqda. Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling! 👇 📱Telegram | 📱Facebook | 📱Instagram
"Сув хўжалиги вазири кубоги": минтақавий босқич якунланди Сирдарё вилоятида Сув хўжалиги вазирлиги ва тизим ташкилотлари ходимлари ўртасида футбол бўйича ўтказилаётган «Сув хўжалиги вазири кубоги» мусобақасининг минтақавий босқичи бўлиб ўтди. Унда Жиззах, Сирдарё ва Тошкент вилоятларидан келган жамоалар ўзаро куч синашди. Якуний натижаларга кўра, Қуйи Сирдарё ИТҲБ жамоаси биринчи ўринни эгаллаб, республика босқичида иштирок этиш учун йўлланма қўлга киритди. Чирчиқ–Оҳангарон ИТҲБ жамоаси иккинчи, Сирдарё–Зарафшон ИТҲБ жамоаси эса учинчи ўринга сазовор бўлди. Мусобақа якунида ғолиб ва совриндор жамоалар диплом ҳамда эсдалик совғалари билан тақдирланди. Расмий саҳифалар👇 📱Веб-сайт | 📱Tелеграм | 📱Фейсбук |📱 Инстаграм
без подписи
https://uza.uz/posts/893701
https://uza.uz/posts/873419 #Biz_OAV_nigohida O'zbekiston Milliy axborot agentligi saytida "Egiluvchan quvur—suvni asrashning amaliy yechimi'' mavzusida maqola chop etildi.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
PAXTAKOR TUMANIDA TASHKIL ETILGAN YORDAMCHI XO'JALIK FAOLIYATI O'RGANILDI Suv xo‘jaligi vazirligi ichki audit xodimlari tomonidan Janubiy Mirzacho‘l magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi “Janubiy Mirzacho‘l” magistral kanalining PK-1035 piketida tashkil etilgan yordamchi xo‘jalik faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida yordamchi xo‘jalikni kompleks tashkil etish, mavjud suv xo‘jaligi obyektlaridan samarali foydalanish hamda qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, Paxtakor tumanidagi 28-K-1 kollektor qirg‘oq bo‘ylarida tashkil etilgan yordamchi xo‘jalik faoliyati ham o‘rganildi. O‘rganish jarayonida imtiyozli kredit mablag‘larining maqsadli va samarali yo‘naltirilishi, ular hisobidan yaratilgan moddiy baza hamda yordamchi xo‘jalikning kompleks faoliyatini yo‘lga qo‘yish holatiga alohida e’tibor qaratildi. Chorva va parrandalarni saqlash sharoitlari hamda yordamchi xo'jalik samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi. Mazkur xo‘jaliklarni tashkil etish va rivojlantirish maqsadida bankdan 349 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari jalb etilgan. Bugungi kunda mazkur xo'jalikda 31 bosh qoramol, 403 bosh qo‘y-echki, 80 ta qutida asalari hamda 3 100 dona parranda parvarish qilinmoqda. Bundan tashqari, yordamchi xo'jalik faoliyati doirasida 5 gektar maydonda mahalliy sholi navi yetishtirish yo'lga qo'yilgan. Mazkur yordamchi xo‘jaliklarni kompleks tashkil etish orqali suv xo‘jaligi tashkilotlari tasarrufidagi hududlardan samarali foydalanish, chorvachilik va parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda yordamchi xo‘jaliklarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Sirdaryo-Zarafshon ITHB matbuot xizmati
без подписи
без подписи
без подписи