N5 JLPT
СтатистикаJlpt/みんなの 日本語 🇯🇵🇯🇵🇯🇵🇯🇵🇯🇵 If you have any complaints or suggestions,🤔 please contact to me @Wate_571
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 142
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 67
- 1/48двое суток
- 76
- 1/72трое суток
- 82
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Yozda qorni sog’indik. Qishda esa issiqni qumsadik. Shaharda tinchlikni istadik. Tinchlik topgach, zerikdik. Och qolganimizda bir burda non eng shirin ne’mat bo’ldi. Suvsiz qolganimizda esa bir qultum suvning qadrini bildik. Inson ko’pincha o’zida bor ne’matning qadrini uni yo’qotgandan keyingina anglaydi. Shukr esa ne’mat yo’qolishidan oldin uning qadrini bilishdir. Balki, ko’proq shukr qilish uchun ba’zan ne’matlardan vaqtincha uzoqlashish kerakdir. Balki, ochlik ro’zaning hikmatlaridan biridir. Balki, ayriliqlar uchrashuvlarning qadrini eslatar. Balki, inson baxtni yangi ne’matlar topishda emas, qo’lidagi ne’matlarni ko’ra olishda topar.
夢は逃げない。 逃げるのはいつも自分。 Orzular hech qachon qochmaydi. Har doim qochadigan — o’zing. 📍@nihongosenpai
#newvord ⌛名残(なごり / nagori) Asosiy ma'nolari Qoldiq, izi, asorati Biror narsa tugagan bo‘lsa ham, undan qolgan iz yoki ta'sir. ☑️Misollar: 戦争の名残 → Urushning asorati. 冬の名残 → Qishning qoldiqlari (hali sovuq havo saqlanib qolgan). ☑️Esdalik, xotira O‘tib ketgan davrdan qolgan narsa. 📍@nihongosenpai
#四字熟語 💠以心伝心 (いしんでんしん)— Yurakdan yurakka o‘tmoq 😀Bu ikki inson yoki hatto bir jamoa orasida so‘z ishlatmasdan, ichki sezgi, samimiyat yoki bir xil yurak urishi orqali bir-birini tushunish holati. 📌O‘zbek tilidagi eng yaqin ibora: ✅“Yurakdan yurakka yo‘l bor” ✅“So‘zsiz tushunish” ✅“Ko‘ngil ko‘ngildan suv ichadi” 💡O’rganib va bilib qo’ygan foydadan holi emas aaa. Faqat o’rinli joyda ishlatsangiz bo’ldi😁 @nihongosenpai
Yapon tilini telegramda ham o’rni boshqacha… ーNega deysizmi ? “🎌” bunaqa bayroq faqat yaponlarniki bor xolos 😁; Tasdiqlash uchun maxsus tugmani ochib qo’ydim “🎌”
“Kanji yodlash” ancha afzal birodarlar 😁 @nihongosenpai
🌞Kun issiq bo’lyaptiyu aa minasan…. 🥵 Salqin ichimlikdan oling 1ta “🥥”
“Qo’lingdan kelsa o’qib ko’rchi?” degan rasm ekan.😅
#newvords 偶数-gūsū (ぐうすう)-Juft son 奇数-kisū (きすう)-Toq son @nihongosenpai
Bu GPT deganlari ham jaaa oshirvoryaptida 😂 Ufff,endi bugun kech kecha maqtov eshtaman hamd 😊
Men o’quvchilarim Chat GPT da gap tuzdirib kelganini bittada bilaman… GPT boshlang’ich darajada eng ko’p ishlatadigan so’zi bu “彼ーかれ” so’zidir. 😂 “Kare unaqa qipti Kare bunaqa qipti “ Deyilganmi demak ……! 😅
#N4 #N3 ❤️4️⃣たくさんーko’p(miqdor) ❤️3️⃣大量(たいりょう)ーko’p(miqdor) ❤️4️⃣少し(すこし)ーkam(miqdor) ❤️3️⃣少量(しょうりょう)ーkam(miqdor) ❤️4️⃣多く(おおく)ーko’pchilik ❤️3️⃣多数(たすう)ーko’pchilik ❤️4️⃣少ない(すくないーkamchilik ❤️3️⃣少数(しょうすう)ーkamchilik ❤️4️⃣全部で(ぜんぶで)ーhammasi bo’lib ❤️3️⃣合計(ごうけい)ーhammasi 📍Follow|フォロー|🗺 Bizga qoʻshiling @nihongosenpai 😄
😐💚 😍🥰😇🥰😏 N3 kursiga qabulni boshlasam ham bo’ladi. Hozirgacha ko’pchilik murojat qilishdi va biz boshlaymiz. Dars haqida qisqacha Zoom da bo’ladi. 1-1,5 soat. Narxi 400 ming so’m. Qolganini esa “Tanishtiruv darsida” tushuntiraman batafsil. Darslarni shaxsan o’zim o’taman.. Murojat uchun: @nihongosenpai_admin
Albatta o’qing! O’quvchilarimizning har bir yutug’i biz ustozlar uchun ham eng katta yutuqlardan biridir. Bugun sizlarga bir o’quvchim haqida qisqacha aytib bermoqchiman. Ismlari Shahnoza. O’tgan yili mening N5 va N4 guruhlarimda tahsil olgan edilar. Shahnoza opa darslarga yosh chaqaloqlari bilan qatnashar edilar. Ba’zan dars paytida bolalari yig’lar, ba’zan injiqlik qilar edi. Lekin shunga qaramay, biror marta ham “bugun bormay qo’ya qolay” demadilar. Har kuni darsda bo’ldilar. Hatto bir marta ham sababsiz dars qoldirmadilar. Buning ustiga, o’zlari ham ona tili va tarix fanlaridan o’quvchilarni sertifikat imtihonlariga tayyorlar edilar. Bir tomonda oilaviy mas’uliyat… Qaynota-qaynonaga xizmat… Turmush o’rtog’iga e’tibor… Yosh farzand tarbiyasi… Ikki fan bo’yicha dars berish… Va shu ishlarning barchasi orasida yana yapon tilini ham muntazam o’rgandilar. Ehtimol, buni o’qib: “Buning nimasi qiyin?” deb o’ylayotganlar ham topilar. Lekin bu ishlarning barchasini bir vaqtda olib borish naqadar katta iroda, sabr va intizom talab qilishini faqat shunday yo’ldan o’tgan inson tushunadi. Bugun esa o’sha mehnatlari o’z samarasini bermoqda. Minnatdorchilik xati yuborayotganlari ham ana shu zahmatlarning mevasi. Endi esa o’zimizga bitta savol beraylik. “Vaqtim yo’q…” “Hohishim yo’q…” “Charchadim…” Shu bahonalarni aytayotganimizda, balki Shahnoza opachalik band ham emasmiz? Ko’pincha bizni vaqt emas, balki qat’iyat yetishmasligi ortga tortadi. Shahnoza opaga bundan keyingi hayotlarida ham Alloh kuch-quvvat, baraka va muvaffaqiyatlar nasib etsin. Yuzlari doimo yorug’ bo’lsin. 🤲 Xulosa oddiy: Imkoniyat kutgan odam bahona topadi. Maqsadi bor odam esa yo’l topadi.