Kind hearts
Статистика🍃 KIND HEARTS — KIUT ijtimoiy tashabbuslari markazi. 🌟 Bir tabassum — bir qalbni o‘zgartiradi. 🤝 Bir qo‘l uzatish — bir hayotni davom ettiradi. 🏫💚 Qariyalar, bolalar va jamiyat uchun birlashgan mehrli jamoamiz. 📬 Volontyorlik uchun: @your_moh1
- Последний пост
- 15 мая
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#ZAKOVAT 🧠 “KIUT ZAKOVATI: BILIM VA TAFAKKUR SINOVI” Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialida “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan musobaqada filialning 20 ta jamoasi ishtirok etib, turli yo‘nalishlardagi mantiqiy, tarixiy, ilmiy hamda tezkor fikrlashga undovchi savollarga javob izlashdi. Har bir bosqichda jamoalarning bilim darajasi, topqirligi va tezkor qaror qabul qilish mahorati sinovdan o‘tdi. Bellashuv davomida talabalar nafaqat o‘z bilimlarini namoyon etdilar, balki jamoaviy hamkorlik, fikr almashish va intellektual muhitda erkin mushohada yuritish borasida ham katta tajriba orttirdilar. 📚 Bilim ustun bo‘lgan maskanda tafakkur va intellekt doimo qadrlanadi! ✅ BE SMART! BE SKILLED! BE PROFESSIONAL! Bizni kuzating👇 🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#DEBAT 🗣 “KIUT DEBATE CLUB” DOIRASIDA INGLIZ TILIDA DEBAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Namangan filialida talaba-yoshlarning notiqlik mahorati, tanqidiy fikrlashi hamda xorijiy tillarda erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida dolzarb va ijtimoiy ahamiyatga ega mavzular bo'yicha ingliz tilida debat musobaqasi tashkil etildi. Debat jarayonlari yuqori saviyada, sog‘lom raqobat va ilmiy-munozara ruhida kechdi. Eng faol hamda munosib ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandilar. Mazkur debat musobaqasi yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni global fikrlashga yo‘naltirish va xalqaro maydonda raqobatbardosh kadr sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. 🌍 KIUT Debate Club — fikrlar maydoni, liderlik va erkin tafakkur maktabi! ✅ BE SMART! BE SKILLED! BE PROFESSIONAL! Bizni kuzating👇 🌐Website I ✅Telegram I 🌐Instagram I 📹Youtube I
🌊 "Kind Hearts" — Bir yillik mehr va matonat sarhisobi Bu yil biz uchun shunchaki taqvimdagi sanalar emas, balki yuzlab tabassumlar va birlashgan qalblar yili bo‘ldi. Jamoamiz bilan bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlaymiz: 📚 Ma’rifat yo‘lida: Kitob yig‘ish aksiyasi: Bilim ulashish niyatida boshlangan ilk qadamimiz. Kitobxonlik tanlovi: Kitobsevar do‘stlarimizni bir maqsad yo‘lida jamladik. 🌙 Saxovat onlari: Ramazon karvoni: Muborak oyda ehtiyojmand xonadonlarga quvonch va baraka olib kirdik. Nuroniy xonadonlariga tashrif: Duogo‘y keksalarimizning holidan xabar olib, ularning hayot maktabidan saboq oldik. ☀️ Birlik va quvvat: Picnic Day & Movie Time: Faqat mehnat emas, balki jamoaviy birdamlikni ham mustahkamladik. Voleybol musobaqasi: Sport orqali sog‘lom ruh va g‘alaba nashidasini surdik. 🕊 Yakuniy nuqta: 9-may — Xotira va qadrlash kuni: Bu yilgi faoliyatimizni eng so‘nggi va eng samimiy ehson loyihamiz bilan yakunladik. https://t.me/k1nd_hearts
Yurakdan chiqqan ehson, yurakka yetib bordi... ❤️🌊 Bugun ikki nuroniy oila xonadoniga iliqlik ulashdik. Ularning duosi va tabassumi — biz uchun bu yilgi xayriya mavsumining eng go‘zal yakuni bo‘ldi. ✨ Bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha saxovatpesha insonlarga rahmat. Bu yilgi ehson loyihalarimizni mana shu shukronalik bilan yakunlaymiz. 🕊 Ezgulik hech qachon unutilmaydi. ✨
📝 Ro‘yxatdan o‘tish tartibi: Debatda ishtirok etish uchun jamoa sardori @Khushnazarow manziliga quyidagi ma’lumotlarni bitta xabarda yuborishi lozim: Team Name (Jamoangiz uchun qiziqarli va jarangdor nom); Members (Jamoaning 5 nafar a’zosi: Ism va familiyasi); Course & Group (Kursingiz va guruhingiz raqami); Contact Number (Sardorning telefon raqami). ⚠️ Eslatma: Jamoalar soni cheklangan bo‘lishi mumkin, shuning uchun ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
📢 ATTENTION: THE ARENA IS CALLING! 🎤🔥 Do‘stlar bilan shunchaki bahslashish joningizga tegdimi? O‘z so‘zingizni isbotlash va haqiqiy intellektual jangda g‘olib bo‘lish vaqti keldi! Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, Ingliz tili fakulteti talabalari uchun maxsus: ⚔️ DEBATE DAY: THE ULTIMATE CHALLENGE ⚔️ Bilimingizni sinash, yangi va qiziqarli mavzularda "qaynoq" tortishuvlar o‘tkazish va o‘z mahoratingizni ko‘rsatish uchun maydon sizniki! Biz ingliz tili fakultetining eng jasoratli va duxi baland talabalarini chorlaymiz. Nimalar kutmoqda? 🚀 Adrenalin: Haqiqiy debat atmosferasi. 🧠 Intellektual jang: Do‘stona emas, professional bahs. 🌍 English Mastery: Ingliz tilida so‘zlashish mahoratingizni cho‘qqiga olib chiqish imkoniyati. "Qachongacha shunchaki tortishib yurasiz? Undan ko‘ra haqiqiy maydonda o‘z kuchingizni sinab ko‘ring!" 📅 Sana: 14-may, Payshanba 13:00 da 📍 Manzil: KIUT, Ingliz tili fakulteti 👥 Shart: O‘z guruhingizni tuzing va bilimingizni namoyish eting! 📥 Ro‘yxatdan o‘tish va ma'lumot uchun: @Khushnazarow Maydonda ko‘rishguncha! O‘zligingizni ko‘rsatish vaqti keldi! 🌊✨
Yurakdan chiqqan ehson, yurakka yetib boradi... ❤️ Dengizning har bir tomchisi birlashib ulkan ummonni hosil qilganidek, bizning kichik ehsonlarimiz ham birlashib, nuroniy insonlar qalbida ulkan quvonch dengizini mavjlantirishi mumkin. 🌊✨ 9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida keksalarimizning holidan xabar olish, ularning duolarini olish niyatida ehson loyihasini tashkil qilyapmiz. 🗓 Ertaga (seshanba): Maxsulotlar yig'iladi. 🗓 Chorshanba: Nuroniylar xonadoniga mehr karvoni bo'lib yo'l olamiz. Bu savobli ishda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar quyidagi mas’ullarga murojaat qilishlari mumkin: 📍 Yuksalish binosidagilar: @your_moh1 📍 Dashkola binosidagilar: @withmali1 Keling, bu bayramda kimningdir yuzidagi tabassumga sababchi bo'laylik. Zero, mehr ulashish — eng oliy baxtdir! 🙏✨
Hurmatli o'quvchilar💞 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o'tkizilayotgan hayriya tadbirimiz 13-may kuni bo'lib o'tadi. 12-may kuni ehson qutisi challengi o'z nihoyasiga yetadi. Shu kungacha o'z hissangizni qo'shish imkoningiz bor, 13-may kuni ko'ngilli o'quvchilar hayriyada qatnashishi mumkin. Hammaning o'qishlari va kelayotgan imtihonlarida omad😇