tgindex
Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashi

Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashi

Статистика
@kasbideputatlarВидеоузбекский

https://www.facebook.com/share/194QZGdGcQ/ https://www.instagram.com/kasbideputatlar/ https://www.youtube.com/channel/UCs5DmmtOsWR0VMxMI2synZw

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
49
Всего постов
107
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Видео
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
493
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
43
40 постов
Вовлечённость
8,7%
к подписчикам
Постов в день
7,0
всего 107
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
49
1/48двое суток
56
1/72трое суток
60

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #24_ta_tavsiya Obod va ko‘rkam muhit — bolalar tarbiyasining muhim omili Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari" bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi, tuman hokimi To‘xtamurod Meyliyev tumandagi 1-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada amalga oshirilayotgan ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi. Tashkilot hududida “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida olib borilayotgan ishlar, xususan, hududni obodonlashtirish, sanitariya-tozalik holatini yaxshilash, mavjud yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda ko‘kalamzorlashtirish jarayonlari bilan tanishildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni izchil davom ettirish, ta’lim maskani hududini yanada fayzli va bolalar uchun qulay muhitga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, tuman rahbari maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ham o‘rgandi. Xonalar, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda bolalarning kunlik ta’lim-tarbiya jarayoni bilan yaqindan tanishildi. Ta’kidlanganidek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish bilan bir qatorda, muassasa hududini obod va ko‘rkam saqlash ham doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim. “Dolzarb 40 kunlik” doirasidagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari esa bu boradagi vazifalarni yanada tizimli tashkil etishda muhim omildir. 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

  • Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashi pinned a photo

  • 🗓 Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining HAFTALIK ISH REJASI 📆 2026-yil 17–22-avgust kunlari amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📅 17-avgust | Dushanba 📍 Qoratepa MFY 🔹 21-Qoratepa saylov okrugi deputati X. Jo‘rayeva tomonidan O‘RQ-642-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkaziladi. 👤 Mas’ul: A.Yangiboyev 📍 Hududlarda 🔹 Tuman Kengashi deputatlari va siyosiy partiyalar rahbarlari hamkorligida tadbirlar tashkil etiladi. 👤 Mas’ul: Sh.Sharopov ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📅 18-avgust | Seshanba 📍 Denov MFY 🔹 5-Denov saylov okrugi deputati J.Salamatov tomonidan xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar o‘rganiladi. 👤 Mas’ul: A.Yangiboyev 📍 Tuman Kengashi kotibiyati 🔹 Ekspertlar guruhi a’zolari va kotibiyat xodimlari ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masalalar tahlil qilinadi. 👤 Mas’ul: Sh.Sharopov ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📅 19-avgust | Chorshanba 📍 Hududlarda 🔹 Deputatlar hamda “Madad” huquqiy maslahat byurosi mutaxassislari hamkorligida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkaziladi. 👤 Mas’ul: Sh.Sharopov 📍 Xo‘jaxayron MFY 🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Xudoyberdiyev tomonidan jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish holati o‘rganiladi. 👤 Mas’ul: A.Yangiboyev ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📅 20-avgust | Payshanba 📍 Tuman Kengashi kotibiyati 🔹 Deputatlar va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi o‘tkaziladi. 👤 Mas’ul: A.Yangiboyev 📍 Istiqlol MFY 🔹 15-Istiqlol saylov okrugi deputati G‘.Xujageldiyev tomonidan mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganiladi. 👤 Mas’ul: Sh.Sharopov ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📅 21-avgust | Juma 📍 Tuman Kengashi kotibiyati 🔹 Deputatlar tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari ijrosi va natijalari tahlil qilinadi. 👤 Mas’ul: Sh.Sharopov 📍 Hududlarda 🔹 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Xudoyberdiyev tomonidan mahallalarda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganiladi. 👤 Mas’ul: A.Yangiboyev ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📅 22-avgust | Shanba 📍 Tuman Kengashi kotibiyati 🔹 Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashining bir haftalik faoliyati yakunlari tahlil qilinadi va kelgusi hafta ish rejasi shakllantiriladi. 👤 Mas’ul: Sh.Sharopov 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

  • #infografika #ish_reja_ijrosi Deputatlik nazorati: hafta sarhisobi Joriy hafta davomida Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlari va hududlarda aniqlangan muammolar yuzasidan 3 ta deputat so‘rovi yuborildi hamda avval yuborilgan so‘rovlar bo‘yicha 3 ta javob olindi. Deputatlik so‘rovlari asosan ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l harakati xavfsizligi, ekologik holat va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi. Jumladan, Pandiron mahallasida ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash, Shakarjo‘y hududida svetofor o‘rnatish, Yangi Maymanoq mahallasidagi ekologik muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli choralar ko‘rish so‘raldi. Shuningdek, avval yuborilgan so‘rovlar natijasida Mug‘lon mahallasidagi yo‘l muammosi yuzasidan amaliy choralar belgilandi hamda Tersavul qishlog‘iga olib boruvchi 1,25 km yo‘lni ta’mirlash ishlari 2026-yil 25-avgustdan boshlanishi ma’lum qilindi. Umuman, deputatlik so‘rovlari orqali hududlardagi dolzarb muammolarni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati olib borilmoqda. 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #ish_reja_ijrosi #qonun_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati Madaniy meros obyektlari holati o‘rganildi Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Xudoyberdiyev hamda Kengash huzuridagi "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari" bo‘yicha doimiy komissiya a'zosi O'.Saidov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tumandagi madaniy meros obyektlari holati o‘rganildi. O‘rganish davomida Qamashi qal’asi hamda Qamashi sardobasi kabi davlat muhofazasiga olingan tarixiy-madaniy meros obyektlarining saqlanish holati, ulardan oqilona foydalanish, hududlarni obodonlashtirish va kelgusida sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tarixiy obidalarni asrab-avaylash, ularning asl qiyofasini saqlab qolish hamda kelajak avlodlarga yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi va tegishli tavsiyalar berildi. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi. 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #ish_reja_ijrosi 19¹-modda talablari asosida deputatlik nazorati amalga oshirildi Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashining 7-Pandiron saylov okrugi deputati N. Qurbonova tomonidan tumandagi 27-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi. O‘rganish Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashining 2026-yil 27-fevraldagi VII-13-17-4-61-K/26-sonli qaroriga asosan mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotiga hojatxona qurilishi xarajatlari uchun ajratilgan 100 million so‘m mablag‘ning maqsadli va samarali ishlatilishi holatini aniqlash maqsadida olib borildi. O‘rganish davomida ajratilgan mablag‘larning belgilangan maqsadga yo‘naltirilishi, bajarilgan qurilish ishlarining holati, ishlarning sifat darajasi hamda ajratilgan mablag‘ hisobidan amalga oshirilgan ishlarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullardan qurilish ishlarining bajarilish holati, mablag‘larning sarflanishi, bajarilgan ishlarning sifati va mavjud kamchiliklarning kelib chiqish sabablari bo‘yicha tushuntirishlar olindi. Shuningdek, ajratilgan mablag‘lardan foydalanishda belgilangan talablarga qat’iy rioya etish, ishlarni sifatli tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli savol va topshiriqlar berildi. O‘rganish yakunida deputat N. Qurbonova tomonidan aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi. 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

  • Deputatlik so‘roviga ko‘ra yo‘l ta’mirlanadi Xalq deputatlari Kasbi tuman Kengashi deputati tomonidan Tersavul qishlog‘igacha boruvchi avtomobil yo‘lining holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan. Mazkur murojaat o‘rganilib, uzunligi 1 km 250 metr bo‘lgan yo‘l qismi 2026-yil manzilli dasturiga kiritilgani, loyiha-smeta hujjatlari hamda bajarilish grafigi tasdiqlangani ma’lum qilindi. 🚧 Ta’mirlash ishlari 2026-yil 25-avgustdan boshlanadi. 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

  • видео или голосовое, без подписи

  • #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi o‘rganildi Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Shakarjo‘y saylov okrugi deputati, Kengashning "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari" bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi F.Qodirova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasining Shakarjo‘y filialida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida filialda aholiga reproduktiv salomatlikni muhofaza qilish, onalar va bolalar salomatligini mustahkamlash, profilaktik tibbiy ko‘riklarni tashkil etish hamda tibbiy xizmatlar sifati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan qonun talablarining amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashilib, xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazorati doirasida qonun hujjatlarining joylarda to‘liq va samarali ijrosini ta'minlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi. 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • #ish_reja_ijrosi #yoshlar_maslahat_guruhi #qonun_ijrosi 📌 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi tahlil qilindi Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sh.Sharipov, Kengash kotibiyati mudiri A.Xudoyberdiyev hamda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan uchrashuv va muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbir davomida tumanda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha taklif hamda mulohazalar muhokama qilindi. Yoshlar maslahat guruhi a’zolari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanishni ta’minlash hamda qonun ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. 😀 Bizni kuzatishda davom eting! 😎 Telegram / 😎 Facebook / 😎 Instagram / 😎 You Tube

Xalq deputatlari Kasbi tumani Kengashi — tgindex