KDPI_Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti rasmiy kanali
Статистика- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 5
- Всего постов
- 74
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 154
- 1/48двое суток
- 176
- 1/72трое суток
- 190
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini munosib nishonlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bezatish ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti binosi va unga tutash hududlarda bayramona muhit yaratilib, milliy bezaklar, rang-barang ko‘rgazmali vositalar, davlat ramzlari hamda Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan targ‘ibot materiallari joylashtirilmoqda. Hududni bezatishda milliy qadriyatlarimiz, Vatanga muhabbat, tinchlik-osoyishtalik, bunyodkorlik va istiqlol g‘oyalari aks ettirilgan bezaklardan keng foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va boshqa ramziy atributlar bayramona ko‘rinishning asosiy mazmunini tashkil etmoqda. ✨ Yagona Vatan, yagona xalq va yangi taraqqiyot sari! 🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
⚡️ Ichki perevod haqida Ichki perevod – ya'ni bir oliygohning ichida amalga oshirish mumkin bo'lgan holatlar: ▪️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (mos va turdosh yo'nalishlar) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali 15-iyuldan 5-avgustga qadar onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan ko'rib chiqiladi va xulosa beradi. ▫️Ta'lim yo'nalishini o'zgartirish (noturdosh yo'nalishlar) – arizalar onlayn shaklda transfer.edu.uz sayti orqali topshiriladi. Arizalarga davlat komissiya tomonidan xulosa beriladi. ▪️Ta'lim shaklini o'zgartirish (kunduzgi, sirtqi, kechki va masofaviyga) – arizalar transfer.edu.uz sayti orqali onlayn amalga oshiriladi. Arizalar oliygoh mas'ul komissiyasi tomonidan xulosalanadi. ▫️Ta'lim tilini o'zgartirish (o'zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tildagi guruhlar) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Xulosa dekanat tomonidan beriladi. 🔳Guruh o'zgartirish (bir guruhdan boshqasiga) – arizalar offlayn shaklda dekanatga yoziladi. Jarayon dekanat xulosasiga asosan amalga oshiriladi. Oʻqishni tiklash (o'z yo'nalishiga yoki boshqa turdosh yo'nalishga) – arizalar toʻliq transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Xulosa OTM mas’ul komissiyasi tomonidan beriladi. FILOLOGIYA VA IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI https://t.me/katfvaif25
#Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
⚡️Bugun oʻqishni ko'chirishning soʻnggi kuni. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga. Arizalar qachon beriladi? ● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi – bugun soʻnggi kun. ● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi. O‘zbekistondagi bir oliy ta'lim tashkilotidan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: ■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; ■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: ● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza; ● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari; ● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat; ● pasport yoki ID nusxasi. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: ✅akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; ✅mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; ✅OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ✅1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; ✅OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; ✅kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; ✅talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; ✅grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; ✅OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; ✅maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda; ✅kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; ✅ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. ➡️Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak. ➡️Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi. ➡️Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi. Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
📌Yangi firibgarlik usuli! 30 daqiqa moliyaviy hayotingizni vayron qilishi mumkin. Bu oddiy telefon firibgarligi emas — u ancha xavfliroq. Ularga sizning pullaringiz, parolingiz yoki ishonchingiz kerak emas. Ularga faqat sizning yaxshiligingiz kerak. So‘nggi vaqtlarda savdo markazlari, metro bekatlari, bozorlar va jamoat joylarida “yordam so‘rash orqali firibgarlik” degan yangi usul paydo bo‘ldi. Firibgarlar odatda yaxshi kiyingan o‘rta yoshli yoki katta yoshli odamlar bo‘ladi. Ular telefondan foydalanishni bilmasligini, pensiya yoki subsidiya miqdorini tekshirmoqchi ekanini yoki noto‘g‘ri sahifani bosib yuborganini aytib, telefonni ko‘rib berishingizni so‘raydi. Xavfli jihati: Siz telefonni qo‘lga olganingizda, unda ko‘pincha videoqo‘ng‘iroq amalga oshirilayotgan bo‘ladi yoki ekran yozuvi va yuzni aniqlash funksiyasi yoqilgan bo‘ladi. Qo‘ng‘iroqning narigi tomonida kimdir sizni kuzatib turadi. Siz yordam beryapman deb o‘ylaysiz, aslida esa biometrik ma’lumotlaringiz yig‘ib olinadi. Bu oddiy firibgarlik emas. Bu sun’iy intellekt yordamida biometrik identifikatsiya orqali amalga oshiriladigan firibgarlikdir. Ularga pul kerak emas. Ularga siz keraksiz. Agar siz telefonga qo‘l tekkizsangiz (barmoq izi), raqamlar yoki tekshiruv kodlarini ovoz chiqarib o‘qisangiz (ovoz namunasi) yoki ekranga qarab tursangiz (yuz harakatlari), sizning uchta asosiy biometrik belgingiz — barmoq izi, ovoz va yuz tasviri — o‘g‘irlanishi mumkin. Zamonaviy sun’iy intellekt sizning deyarli mukammal raqamli nusxangizni yarata oladi. Keyin sodir bo‘ladigan holat qo‘rqinchli. Firibgarlar raqamli nusxangizdan onlayn kreditlar olish, iste’mol qarzlarini rasmiylashtirish, kredit mablag‘larini naqdlashtirish va yuz hamda ovoz orqali avtomatik tekshiruvdan o‘tish uchun foydalanishi mumkin. 30 daqiqa ichida sizga ajratilgan barcha kredit limiti ishlatib yuborilishi mumkin. Bank xabarnomalari kelganda, pul yo‘qolmaganini, aksincha, siz katta qarzga botganingizni tushunib yetasiz — balki minglab pul miqdorida. Ushbu 3 qoidani eslab qoling: 🔹1. Hech qachon begona odamga telefondan foydalanishda yordam bermang. Telefonni ushlamang, bosmang, ko‘rmang va ovoz chiqarib hech narsa o‘qimang, hatto “faqat bir marta bosing” deyishsa ham. 🔹2. Noma’lum videoqo‘ng‘iroqlarga javob bermang. Darhol o‘chiring. Kameraga qarab gapirish yoki yuzni ko‘rsatish iltimoslariga rozi bo‘lmang. 🔹3. Bu xabarni keksa insonlar, bolalar va samimiy do‘stlar bilan ulashing. Firibgarlar endi yaxshi odamlarni nishonga olyapti. ♦️Oxirgi eslatma: Hech qachon “menga bunday bo‘lmaydi” yoki “men aldanmayman” deb o‘ylamang. Aynan shu ishonch va yaxshilikni firibgarlar ishlatadi. Iltimos, bu xabarni ulashing. Bir marta ulashish — bir qurbonni kamaytirishi mumkin.l
❗️ Talabalar diqqatiga! ✅ TTJga ariza yuborish bo‘yicha yo‘riqnoma 🖥 my.gov.uz portaliga OneID orqali kiring! ➡️ Ta'lim bo‘limidan "Talabalar turar joyiga ariza yuborish" xizmatini tanlang! ➡️ Xizmatdan foydalanish tugmasini bosing va ariza yuboring! ✅ Imtiyozlar: 1. « Mehribonlik uylari » tarbiyalanuvchilari , yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar; 2. « Ijtimoiy himoya yagona reestri », «Temir daftar », « Ayollar daftari », «Yoshlar daftari»ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari; 3. I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; 4. Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari; 5. Xalqaro va Respublika fan Olimpiada g‘oliblari; 6. « Yil talabasi » va « Talabalar teatr studiyalari » tanlovi Respublika bosqichi g‘olibi; 7. « Zakovat » Respublika bosqichi g‘olibi; 8. TTJda talabalar kengashi raisi va qavat sardori bo‘lgan talabalar. 📹 Video yo'riqnoma H.Rashidov
🎓 Respublika nomdor va Prezident davlat stipendiyalariga arizalar qabuli boshlandi! ⚡️ Agar siz quyidagi talablarga javob bersangiz ariza topshirishga shoshiling! 📌Arizalar my.edu.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. 📆 Ariza topshirish muddati 1-avgustdan 15-avgustga qadar.
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи