tgindex
Kattaqo'rg'on shahar drama teatri

Kattaqo'rg'on shahar drama teatri

Статистика
@kattateatrрусский

🇺🇿 Kattaqo'rg'on shahar drama teatrining rasmiy telegram kanali 📞 +99855 707-21-87 +99894-287 77-72 🇺🇿 Официальный канал Каттакурганского городского драматического театра

Последний пост
09:30
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
46
Всего постов
260
Тип
открытый
Язык
русский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
273
+2 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
101
40 постов
Вовлечённость
37,0%
к подписчикам
Постов в день
6,6
всего 260
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
86
1/48двое суток
98
1/72трое суток
106

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🎭 “AFANDIZODA” — sahnadan yorqin lavhalar! Kulgi, hazil-mutoyiba va hayotiy voqealarga boy “Afandizoda” spektaklidan video lavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz! 🎬✨ Tomoshabinlarning samimiy kulgisi va olqishlari — biz uchun eng katta mukofot! ❤️👏 Sahnada ijod, hayotda esa unutilmas taassurotlar! 📍 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri #Afandizoda #KattaqorgonDramaTeatri #Teatr #Spektakl #SahnaLavhalari #TeatrHayoti #TomoshabinOlqishi

  • 🎭 “RUMIY” — spektaklning sahna ortidagi jarayonlari! Bugun sahnamizda yangi ijodiy izlanishlar, kuchli obrazlar va tinimsiz mehnat davom etmoqda. 🎬✨ “Rumiy” spektaklining repetitsiya jarayonidan kichik lavhalarni e’tiboringizga havola qilamiz. Har bir sahna ortida — aktyorning mehnati, izlanishi va qalb qo‘ri bor. ❤️ Tez orada “Rumiy” spektakli bilan siz, aziz tomoshabinlarimiz bilan uchrashamiz! 📍 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri #Rumiy #Repetitsiya #Teatr #KattaqorgonDramaTeatri #SahnaOrti #IjodJarayoni #Spektakl

  • без подписи

  • #Tabrik 🎉 2026-yil 16-avgust — Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining oliy toifali aktyori G‘ayrat Murodovning tavallud ayyomi! Hurmatli G‘ayrat Zuvaydullayevich! Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan muborakbod etamiz! Ko‘p yillik samarali mehnatingiz, sahna san’atiga bo‘lgan sadoqatingiz va yaratgan unutilmas obrazlaringiz bilan teatrimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz. Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat, cheksiz quvonch va farovonlik tilaymiz. Ijodingiz bardavom bo‘lsin, har bir yangi rolingiz tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olib, sizga ulkan muvaffaqiyat va e’tiroflar olib kelsin. Yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Yangi yilingiz fayzli, barakali va omadli bo‘lsin! ✅ Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri. Matbuot xizmati

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan teatr repertuaridan o‘rin olgan “Afandizoda” spektakli 02855-harbiy qism xodimlarining oila a’zolariga namoyish etildi. Tomosha davomida tomoshabinlarga o‘zbek xalqining boy milliy qadriyatlari, hazil-mutoyiba va hayotiy voqealar aks etgan sahna asari taqdim etildi. Spektakl ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi va tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi. Bunday madaniy spektakllar harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash, teatr san’atini keng targ‘ib etish hamda teatr va harbiy jamoalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. ✅️Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Matbuot xizmati.    Bizdan uzoqlashmang👇 Telegram|Web-sayt|Instagram|Youtube|Facebook|Instagram

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari hamda Madaniyat vazirligining 277-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi tomonidan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va xodimlarning jismoniy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Mamedova 72 yoshga to‘lgan bo‘lsa-da, hamon faol hayot tarzini davom ettirib, sport bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Gulbahor Mamedova o‘zining ibratli faoliyati orqali yoshlarni sport bilan shug‘ullanishga, sog‘lom turmush tarziga amal qilishga va harakatda bo‘lishga chorlamoqda. Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

  • #giyohvandlikka_qarshimiz 🚫 “HAYOT SENI KUTYAPTI — UNI GIYOHVANDLIKKA ALMASHTIRMA!” 🎭 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan giyohvandlikka qarshi video-chaleng yo‘lga qo‘yildi! Bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biriga befarq bo‘lmay, biz ham ushbu tashabbusga qo‘shildik. Chunki har bir yoshning kelajagi, orzulari va yaqinlari bor. 💪 Biz sog‘lom hayotni tanlaymiz! Biz kelajagimizni tanlaymiz! Biz giyohvandlikka qarshimiz! 📢 Siz ham chalengni davom ettiring! O‘zingiz tayyorlagan videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, do‘stlaringiz va yaqinlaringizni ushbu ezgu tashabbusga chorlang. 🌱 Hayot seni kutyapti! Uni giyohvandlikka almashtirma! ✅Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri Matbuot xizmati.    Bizdan uzoqlashmang👇 Telegram|Web-sayt|Instagram|Youtube|Facebook|Instagram

  • 🎭✨ YANGI ERTAK — YANGI SARGUZASHTLAR! ✨🎭 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida yosh tomoshabinlarimiz uchun yangi ertak spektakli ustida ijodiy ishlar boshlandi! 🧚‍♂️🐰🦊 🎪 “Masxaraboz va hayvonlar” deb nomlangan yangi ertak tomoshasi ustida rejissyor, aktyorlar va ijodiy jamoa qizg‘in ish olib bormoqda. Sehrli voqealar, quvnoq qahramonlar, hayajonli sarguzashtlar va, albatta, bolajonlar uchun unutilmas taassurotlar! 🌈🎠 Tez orada sahnamizda kichik tomoshabinlarimiz uchun kulgi, quvonch va mo‘jizalarga boy yangi spektakl namoyish etiladi! ❤️ 👀 “Masxaraboz va hayvonlar” — tez orada Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri sahnasida! 🎭 Biz bilan birga ertaklar olamiga sayohat qiling! #Kattaqo‘rg‘onTeatri #MasxarabozVaHayvonlar #YangiSpektakl #BolalarUchun #ErtakSpektakl #YoshTomoshabinlar #Teatr #SehrliOlam

  • 🇺🇿 MUSTAQILLIK — BUYUK QADRIYAT! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri ijodkorlari tomonidan bayram shukuhi ko‘tarinki kayfiyatda yaratilmoqda. 🎭✨ 🎨 Tasviriy chizmalar, ijodiy bezaklar va milliy ruhdagi kompozitsiyalar orqali teatrimizda Vatanga muhabbat, istiqlolga sadoqat va milliy g‘urur tarannum etilmoqda. Har bir chizma — qalbimizdagi Vatan tuyg‘usining, har bir rang — ozod va obod yurtimizga bo‘lgan mehrimizning ifodasidir. 🇺🇿❤️ 35 yil — tarix, 35 yil — g‘urur, 35 yil — buyuk kelajak sari dadil qadamlar! 🎭 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri jamoasi barchangizni Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi! **Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot

  • 🎭 IJODDAN LAVHALAR Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining bosh rejissyori, mahoratli teatr va kino rejissyori hamda aktyor Qutlimurod Yakubov ijodidan. San’at — inson qalbiga yo‘l topadigan, o‘ziga xos sehrga ega olam. Qutlimurod Yakubovning ijodiy izlanishlari ham ana shu sehr, hayotiylik va badiiy tafakkur uyg‘unligi bilan ajralib turadi. Uning rejissyorlik ishlari qatorida teatr sahnasidagi spektakllar bilan birga kino ijodiga oid loyihalar ham mavjud. Bizni kuzatishda davom eting, albatta bilib olasiz. 🎬 Ijod — izlanish, sahna esa uning ifoda maydoni! https://www.instagram.com/yakubovqutlimurod?igsh=MTloaGdvcnN4eXU4bQ==

  • 🌹 Ona — qalbimizdagi eng buyuk obraz Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri aktyori Shaxzod To‘layev ijrosidagi ushbu rolikda ona mehri, sog‘inchi va farzand qalbidagi cheksiz ehtirom aks etadi. Ba’zan inson sahnada ijro etayotgan obraziga o‘z hayotidagi kechinmalarini ham qo‘shadi. Shaxzod To‘layev uchun ona haqidagi ushbu ijro — qalbiga yaqin, chuqur ma’noga ega. Afsuski, uning onasi bugun oramizda yo‘q. Ammo ona mehri va xotirasi farzand qalbida abadiy yashaydi. ❤️ Shunday ekan, onalarimizni borida qadrlaylik, mehrimizni ayamaylik, duolarini olaylik. Chunki ona — hayotimizdagi eng bebaho ne’mat. 🌹 Bugun onangiz yoningizda bo‘lsa, uni bag‘ringizga bosing, yaxshi ko‘rishingizni ayting. Ba’zi so‘zlarni aytish uchun ertaga kech bo‘lishi mumkin… 🎭 Ona — sahnada ijro etiladigan obraz emas, hayotimizdagi eng buyuk haqiqatdir. https://www.instagram.com/shaxzodtulayev_offical?igsh=MXc4NjFucTZtZTRnNQ==

  • 🎶 Yangi tarona — yangi kayfiyat! 🎭 Teatrimizning iste’dodli aktyorlari Axmatov Jasur va Aminova Munisa ijrosidagi yana bir yangi taronani siz aziz tomoshabinlar e’tiboriga havola etamiz. 🎤✨ Marhamat, tinglang va dilbar kuy-ohanglardan zavqlaning! ❤️🎶 https://www.instagram.com/jasuraxmatovv?igsh=c3JtbHk1NzFub28x https://www.instagram.com/aminova.me?igsh=MWZueG5mdnpvMGdjMg==

  • 14 авг.554из RizaNovaUZ

    #PREMYERA 💻Instagram | 😎Rizanova | 🎞Youtube

  • https://youtu.be/BluHzs-P5HA?si=OiANcooaTrTXL8HE

  • #ijod 🎶 Shirali ovoz — qalblarga yaqin ijod! 🎭 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrining yana bir shirali ovoz sohibi Farrux Almasov ijodidan bir shingilni siz aziz tomoshabinlarga ilindik. 🎤✨ Marhamat, tinglang va ijoddan bahramand bo‘ling! ❤️🎶 https://www.instagram.com/farrux_almosov?igsh=MXZ3dTl0bWh0eTBzdA==

  • #tomoshabin_fikri Spektakl yakunlandi, ammo tomoshabinlarning samimiy fikrlari qalbimizda davom etadi! ❤️ “Afandizoda” spektaklini tomosha qilgan aziz tomoshabinlarimizning taassurotlari, samimiy fikrlari va iliq so‘zlari — ijodkorlarimiz uchun eng katta rag‘batdir. 👏 Sizning olqishingiz bizga yanada yaxshi spektakllar yaratish uchun kuch beradi! ✨ 🎬 Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri Tomoshabin bor ekan — teatr yashaydi! ❤️ #Afandizoda #TomoshabinFikri #KattaqorgonTeatri #DramaTeatri #Teatr #Spektakl #Ijod #Tomoshabin