tgindex
KHISO maktabi
@khiso_maktabiузбекский

KHISO maktabining rasmiy telegram kanali 🏆Chempionlardan oʻrganing, chempion boʻling! 2026-2027 oʻquv yili uchun 1-9 sinflarga qabul boshlandi ☎️ 55-515-80-88

Последний пост
4 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
2 079
−6 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 609
27 постов
Вовлечённость
77,4%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 27
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
831
1/48двое суток
952
1/72трое суток
1 027

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 4 авг.1 20756

    Copernicus xalqaro olimpiadasidagi yutuqlarimiz MY5 kanali nigohida KHISO - chempionlar asos solgan va chempionlarni kashf etuvchi maktab!

  • 4 авг.704109

    🇺🇿 O‘zbekistonlik o‘quvchilar COPERNICUS International Olympiad’da yuksak natijalarga erishdi! 🌍 AQShning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli COPERNICUS International Olympiad final bosqichida O‘zbekistonlik o‘quvchilarimiz mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib, ajoyib natijalarni qayd etishdi. Mazkur olimpiada AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa ko‘plab davlatlardan eng iqtidorli yoshlarni birlashtirgan yirik xalqaro ilmiy musobaqadir. ⸻ 🏅 Natijalarimiz: 🥇 2 ta oltin medal 🥈 1 ta kumush medal 🥉 1 ta bronza medal ⸻ 👨‍🎓 G‘oliblar: Olimboev Muhammad Yusufboy o‘g‘li — 🥇 oltin medal (III kategoriya) Kupalov Shohjahon Muzaffarovich — 🥇 oltin medal (IV kategoriya) Kosimov Solih Tulanboevich — 🥈 kumush medal (0 kategoriya) Odilov Sarvarbek Farhod o‘g‘li — 🥉 bronza medal (IV kategoriya) ✨ Shuningdek, Kupalov Shohjahon Muzaffarovich olimpiadaning mutlaq g‘oliblaridan biri sifatida e’tirof etilib, maxsus qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi. ⸻ 🎓 Final bosqich Columbia University (AQSh) kampusida bo‘lib o‘tdi — bu dunyoning TOP-40 oliygohlari qatoriga kiradi. ⸻ 🌆 Ishtirokchilar Nyu-Yorkning mashhur maskanlariga ham tashrif buyurishdi: MoMath muzeyi Central Park Times Square & Fifth Avenue Statue of Liberty SUMMIT One Vanderbilt American Dream Mall ⸻ O‘zbekistonlik yoshlar har yili xalqaro olimpiadalarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib kelmoqda!

  • 1 авг.826241из khisochat

    без подписи

  • 24 июл.99315из bazarbaevs

    2019-yil 27-dekabr. Mashhur Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimi. Bunga qadar Prezidentimiz bilan bir necha bor uchrashib, takliflarimni bildirib, qo‘llab-quvvatlashlariga erishgan edik. Bu safar esa, qaysidir ma’noda, amalga oshirgan ishlarimiz yuzasidan hisobot berayotgan edim. O‘sha paytda 5 ta hududda hokimlar bilan hamkorlikda (uni o‘shanda “Qo‘shimcha Respublika olimpiadasi” deb atagan edik) olimpiadalar tashkil qilgan edik. Davlat rahbariga shu haqda ma’lumot berganimda: “Sardor, menga qolsa, har kuni olimpiada qilgin. Bolalarim ertaga olimpiada bor deb, bugun kitob o‘qiydi. Menga shu kerak.” — degan edilar. Ana shu so‘zlardan ilhom olib, olimpiadalar sonini yanada ko‘paytirdik. Birgina 2025–2026-o‘quv yilining o‘zida 50 dan ziyod olimpiada tashkil etdik, shundan 30 tasi oflayn formatda bo‘ldi. Ko‘pchilik mendan: “Shuncha tizimli va tinimsiz olimpiadalarni o‘tkazishga energiyani qayerdan olasiz?” deb so‘raydi. Bu energiyani men sizdan, hurmatli Prezidentimiz, bundan yetti yil avval olganman. Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

  • 23 июл.882121из khiso

    📊 Bir yil. O‘nlab olimpiadalar. Yuzlab yutuqlar, Minglab doimiy ishtirokchilar, O‘n Minglab umumiy ishtirokchilar, Yuz Minglab ishtiroklar, Millionlab reyting ballar ,... Ortda qolayotgan o‘quv yili biz uchun shunchaki sanalar almashinuvi emas, balki minglab o‘quvchilarning orzulari, mehnati va muvaffaqiyatlari bilan to‘la unutilmas davr bo‘ldi. ✨ Qisqacha raqamlarda: 🏆 50 dan ortiq olimpiada tashkil etildi. 📈 Shundan 33 tasi reyting olimpiadalari bo‘ldi. 🌍 17 ta KHISO va 14 ta xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi. 👨‍🎓 Olimpiadalarimizda 10 mingdan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi va umumiy qatnashuvlar soni 100 ming martadan oshdi. 🏕 Yillik reyting bo‘yicha eng kuchli o‘quvchilarni bir joyga jamlovchi "Yozgi maktab" loyihasi yangi darajada tashkil etilmoqda (20-26 iyul kunlari) 🛫 O‘quvchilarimiz bilan AQSh, Avstraliya, Indoneziya, Turkiya davlatlaridagi final bosqichlarida yurtimiz sha'rafini munosib himoya qildik. Oldinda AQSh (26-31 iyul Nyu York va 1-6 avgust Boston), Buyuk Britaniya (2-9 avgust) va Xitoy (10-16 avgust) safarlari bizni kutmoqda! 🥇 Birgina joriy o‘quv yilining o‘zida 80 dan ortiq o‘quvchimiz xalqaro olimpiadalarning final bosqichlarida biz bilan muvaffaqiyatga erishdi. 📍 Olimpiadalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarni qamrab olgan holda 31 ta manzilda tashkil etildi. Har bir raqam ortida tinimsiz mehnat qilgan o‘quvchilar, fidoyi ustozlar, ishonch bildirgan ota-onalar va katta jamoamizning sa'y-harakatlari mujassam. Biz uchun eng katta yutuq — bu nafaqat medallar, balki ilmga intilayotgan, o‘ziga ishongan va xalqaro maydonlarda O‘zbekiston nomini munosib himoya qilayotgan yoshlarning safi tobora kengayib borayotganidir. Bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Oldinda yanada ulkan marralar, yangi loyihalar va bundan-da katta g‘alabalar kutmoqda! Birgalikda yanada yuksak cho‘qqilar sari! 🚀

  • 20 июл.1 04656из Yangidavr_rasmiy

    10-июлдан 14-июл кунига қадар АҚШнинг Техас штати, Ҳюстон шаҳрида "Оlimpiad USA" халқаро олимпиадасининг финал босқичида фаол иштирок этиб энг юқори натижаларни қўлга киритган ёшларимиз Тошкент халқаро аэропортида кутиб олинди. @yangidavr_rasmiy

  • 24 июн.1 25554из khiso

    🔥 KHISO START chegirmali sotuvi yana ochildi! Xabaringiz bor, 11-iyun kuni asoschimiz Sardor Bazarbaev tomonida yillik taqdimot namoyish etildi va yillik obuna ta'riflari haqida ma'lumot berildi. Batafsil: TAQDIMOT VIDEOSI Aslida KHISO START ta’rifi uchun chegirmali narx muddati tugagan edi. Bu imkoniyatdan allaqachon yuzlab ota-onalar foydalanishdi. Lekin ko‘pchilikning iltimoslariga ko‘ra, chegirmali narxni 5-iyulgacha yana qayta e’lon qildik! 🔥 Chegirmali narx: 2 380 000 so‘m (4 400 000 so‘m) ✅ Bugun atigi 200 000 so‘m to‘lab joyni band qilasiz, qolgan qismini esa 1 hafta ichida to‘lash mumkin. ⚡️KHISO START ta’rifi ichida: ✅ 1 yil davomida 20 ta onlayn olimpiada va 20 ta oflayn KHISO olimpiadalari; 🎁 Istalgan kitobimiz uchun 50% chegirma 📲 KUNTESTI mobil ilovasi uchun 2000 tanga (taxminan 120–150 kun test yechish imkoniyati) Bu shunchaki obuna emas — bu farzandingiz uchun 1 yillik olimpiada, reyting, kitob va testlar orqali rivojlanish yo‘li! 🌍 Shuningdek, xalqaro olimpiadalar uchun yillik bonus sotib olishni xohlagan ota-onalarga ertaga KHISO premium ta'rifi haqida e’lon qilamiz. ⏳ Chegirmali narx faqat 5-iyulgacha amal qiladi. 📩 Yilik obunani band qilish uchun hoziroq @khiso_admin1 ga murojaat qiling!

  • 11 июн.1 6074из khiso

    https://youtube.com/live/KhSVfMH4YcE?feature=share

  • 10 июн.1 57883из khiso

    🏆 Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar! 📌 Bu kanalimizda 11-iyun kuni "Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lish yo‘llari" mavzusida ochiq vebinar bo‘lib o‘tadi. 🔥Vebinarda biz siz bilan: - Xalqaro olimpiada farzandingizga qanday imkoniyatlarni ochib berishi; - TOP universitetlarga grant asosida kirish imkoniyati 🎁 Efir oxirida esa faqatgina ishtirokchilar uchun eksklyuziv taklifimiz bor. 📈 Taqdimotni shaxsan Sardor Bazarbayev — xalqaro olimpiadalar g‘olibi, KHISO maktabi asoschisi — o‘zlari olib boradilar. YAQINLARINGIZ BILAN ULASHING: https://t.me/+FDzDQrqamNw1YTAy

  • 20 мая2 33595из Yangidavr_rasmiy

    Turkiyada o‘tkazilgan matematika va tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etgan yoshlarimiz tantanali kutib olindi. @yangidavr_rasmiy

  • 11 мая1 983911из khiso

    🏆 Saralash olimpiadasida gʻolib boʻling va 1 haftalik bepul Xitoy sayohatini qoʻlga kiriting! 🇨🇳 🎥 Batafsil videoda aytilgan. 📚 Matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili boʻyicha ham xalqaro olimpiada soʻraganmidingiz? 🌍 G.A.T.E xalqaro olimpiadasi (Xitoy) 📣 Olimpiada va unga roʻyxatdan oʻtish boʻyicha maʼlumotlar @khiso kanalida eʼlon qilinib boriladi. Bizni kuzatishda davom eting va xabarni barcha olimpiadada qatnashmoqchi boʻlgan tanishlaringizga yuborib qoʻying!

  • 9 мая1 88063

    🇺🇿 9-may — Xotira va Qadrlash kuni! 🕊Bugun biz tinchligimiz, bugungi osoyishta hayotimiz uchun xizmat qilgan, fidokorlik va matonat namunasini ko‘rsatgan insonlarni hurmat bilan yodga olamiz. 📚Xotira — millatning kuchi, qadriyatlariga bo‘lgan sadoqatidir. Farzandlarimiz esa ana shu qadriyatlarni davom ettiruvchi avloddir. Ularning ilmli, tarbiyali va kuchli bo‘lib ulg‘ayishi — kelajagimiz uchun eng katta xizmatdir. 💫 Ilm bilan dunyoni tebratgan ajdodlarimizga mos avlod bo‘lib ulg‘ayish bizning ular oldidagi oliy burchimiz hisoblanadi!

  • 9 мая2 06022

    ❓KHISO olimpiadasiga ingliz tili qoʻshilgach, baholash mezoni qay tartibda boʻladi? 📌 Rasmda koʻrib turganingizdek, 1–2-sinf oʻquvchilari javoblar varaqasiga ID raqamlarini yozishmaydi va an’anaviy tarzda javoblarni (A, B, C, D) belgilashadi (oldindan onlayn roʻyxatdan oʻtish shart). 3–11-sinf oʻquvchilari esa offline.khiso.uz saytida akkaunt ochgandan soʻng berilgan oʻzgarmas 8 xonali ID (shaxsiy kod) raqamini javoblar varaqasiga yozishlari shart. Shuning uchun olimpiada kunigacha oldindan onlayn roʻyxatdan oʻtib, ID raqamingizni bilib kelishingiz zarur. 📚Eslatib oʻtamiz, KHISO olimpiadasida matematikadan 20 ta savol va ingliz tilidan 10 ta savol yaʼni jami 30 ta savol beriladi. 📱Roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomalari: ➡️ t.me/khiso/5059 ➡️ t.me/khisofaq/55 📍RESPUBLIKA boʻylab oʻtkaziladigan barcha manzillar: ➡️ t.me/khiso/5630 ✉️ Murojaat uchun admin: ➡️ @khiso_admin

  • 9 мая1 28032из khiso

    📃 YOZGI MAKTAB yoʻllanmasi nechta oʻquvchiga berilishi mumkin? 🎥 Videoda YOZGI MAKTAB yoʻllanmasini nechta oʻquvchi qoʻlga kiritishi, qayerlarda boʻlishi mumkinligi hamda KHISO olimpiadasi haqida endi eshitgan oʻquvchilarda ham imkoniyat mavjudligi haqida aytilgan. 🔥 Shunday ekan, KHISO olimpiadasi va xalqaro olimpiadalar saralash bosqichlaridagi ishtirokni susaytirmang, muntazam qatnashib boring va YOZGI MAKTAB yoʻllanmasi uchun kurashda gʻolib boʻling! 🗓 10-may | ⏰ 09:00 — ⚡️15-KHISO olimpiadasi 📘 Matematika — 20 ta savol 📗 Ingliz tili — 10 ta savol 📊YOZGI MAKTAB yoʻllanmasi uchun muhim reyting ballarini qoʻlga kiriting! 🥇Har bir oʻquvchi va ustoziga elektron sertifikat, gʻoliblarga esa medal hamda diplomlar taqdim etiladi. 📱Roʻyxatdan oʻtish yoʻriqnomalari: ➡️ t.me/khiso/5059 ➡️ t.me/khisofaq/55 📍RESPUBLIKA boʻylab oʻtkaziladigan barcha manzillar: ➡️ t.me/khiso/5630 ✉️ Murojaat uchun admin: ➡️ @khiso_admin

  • 5 мая1 706577из milliymatematikauz

    🎉 YANGI XUSHXABAR! V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tayanch doktoranti Davrbek Oltiboyev nufuzli IAEA–ICTP Sandwich Training Educational Programme (STEP) dasturiga qabul qilindi. 📍 Dastur doirasida u 2026–2028-yillarda Italiyaning Trieste shahridagi “Abdus Salam” Xalqaro nazariy fizika markazi (ICTP)da 🔹 3 marotaba 🔹 jami 9 oy davomida ilmiy stajirovka o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 💰 Barcha xarajatlar ICTP tomonidan to‘liq qoplanadi. Ushbu muvaffaqiyat institutimiz yosh olimlarining xalqaro ilmiy maydondagi faol ishtirokini yana bir bor tasdiqlaydi. 👏 Davrbek Oltiboyevni samimiy tabriklaymiz va ilmiy faoliyatida ulkan yutuqlar tilaymiz!

  • 24 апр.2 320132из uzbekistan24_tvnews

    #Axborot24 | 22.04.2026 Xalqaro olimpiada g‘oliblari yurti mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram

  • 20 апр.2 83188

    17.04.2026/19:40 #TOSHKENT G'ALABA, FAXR VA QUVONCH Muxbir: Asilzoda RAJABBOYEVA BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇 https://t.me/Bukun_Lavhalar

  • 19 апр.2 19089из zamon_lavhalar

    09:00  19.04.2026 Xalqaro fan olimpiadasi gʻoliblari tantanali kutib olindi #Toshkent muxbir: Saidakbar Mo’minov https://t.me/zamon_lavhalar

  • 19 апр.1 89063из khiso

    🛫 Gʻolib oʻquvchilar Islom Karimov nomidagi xalqaro aeraportda munosib kutib olindi. O‘zbekistonlik o‘quvchilar Avstraliyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarda yuksak natijalarga erishdi. UniCEP tashkiloti tomonidan o‘tkaziladigan IMEC va JSEO xalqaro olimpiadalari 10-apreldan 16-aprelga qadar Sidney shahrida bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiadalarning saralash bosqichida 60 ga yaqin mamlakatlardan 30.0000 ga yaqin o‘quvchilar ishtirok etdi. Final bosqichida esa 20 ga yaqin davlatdan kelgan 500 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchilar bellashdilar. O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etgan o‘quvchilar musobaqada faol qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 🥇 4 ta oltin medal, shulardan 3 tasi Absolute Winner 💎 🥈 6 ta kumush medal, 🥉 7 ta bronza medal, 🇺🇿 UzA axborot agentligi rasmiy saytida berilgan maqolaga havola: ➡️ BATAFSIL

  • 11 апр.1 61081из khiso

    ✈️ Oʻzbekistonlik oʻquvchilar Avstraliyadagi olimpiada finaliga joʻnab ketishdi! 🌎 8-aprel kuni kechasi 25 nafar oʻquvchi va ota-onalardan iborat delegatsiya KHISO olimpiada tashkiloti boshchiligida IMEC (matematika) va JSEO (ingliz tili) xalqaro olimpiadalarining FINAL bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent xalqaro aeroportidan Sidneyga yoʻlga chiqishgan edi. 🇦🇺 Ayni vaqtda ular Avstraliyaning Sidney shahriga yetib kelishgan. 🏆 Barcha oʻquvchilarga ushbu xalqaro olimpiadada muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz bayrogʻini yuksaklarga koʻtarishlarini tilaymiz! Yurtimizga eng yuqori natijalar bilan qaytishlarini kutib qolamiz. 📱 @khiso kanalini kuzatib boring — ushbu xabarning izoh qismida Avstraliyadagi safardan videolar ulashib boriladi.