tgindex
Kimyo fakulteti (Yoshlar yetakchisi)

Kimyo fakulteti (Yoshlar yetakchisi)

Статистика
@kimyo_yoshlariузбекский

Mirzo Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti rasmiy Telegram kanali✅ Barça yangiliklar va tanlovlardan xabardor boʻliş uchun✅ Savol va takliflar uçun📩 @Doniyor_0213 📱Fakultet ijtimoiy tarmoqlari: Instagram.com/kimyo_yoshlari

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
5
Всего постов
64
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
421
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
401
40 постов
Вовлечённость
95,2%
к подписчикам
Постов в день
0,7
всего 64
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
321
1/48двое суток
367
1/72трое суток
396

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📢Assalomu alaykum hurmatli Kimyo fakulteti talabalari ❗️❗️❗️ 7- Talabalar turar joyiga kontrakt.edu.uz sayti orqali 1- Talabalar turar joyiga my.gov.uz sayti orqali ariza beriladi. Har bir talaba faqat 1 ta saytdan ariza berishi tafsiya etiladi , tanlov oʻzingizda.

  • Oʻqishni tiklashga ariza bergan talabalar diqqatiga. Agar siz ketgan kursingizga tiklanishingizga shubha qilsangiz registratsion ofis Sherzodga murojaat qiling. Farqlar katta boʻlsa hozir kredit toʻlab oʻqib yakuniy nazoratlardan yaxshi oʻtsangiz oʻz kursingizda qolishingiz mumkin.

  • #Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

  • 🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠ Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

  • Yozgi semestr uchun kredit toʼlovini amalga oshirgan 1 va 2 kurs kunduzgi talabalari 1. 2. 3. 4 semestrda kimyo fanlaridan boshqa fanlaridan test topshirish uchun ertaga 11 avgust soat 10:00 da Registrator ofisiga kechikmasdan kelsin.

  • ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!

  • #Milliy_universitet #Since_1918 Abituriyentlar diqqatiga! Bugun, 8-avgust OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash yoki o’zgartirishning so’nggi muddati. Soat 23:59 gacha ulgurib qoling!   🇺🇿 Dunyoning top-1000 oliygohlari ro‘yxatiga kirgan O‘zbekiston Milliy universiteti bilimli va salohiyatli yoshlarni tahsil olishga, ilm-fan sohasida progress qilishga chorlaydi.   🔝1918-yilda tashkil etilgan, bir asrdan oshiq tarixga ega, Markaziy Osiyodagi yetakchi, dunyo tan olgan va e’tirof etgan Milliy universitet ➡️ ⏺matematika-fizika ⏺kimyo-biologiya ⏺ekologiya ⏺tarix ⏺sotsiologiya ⏺psixologiya ⏺sport faoliyati ⏺ijtimoiy ish ⏺milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari ⏺sun’iy intellekt ⏺kadastr ⏺geoinformatika va boshqa zamonaviy fan sohalari bo‘yicha professional mutaxassislarni yetishtirib kelmoqda. TOP-1000 universitetlar qatoridan joy olgan O‘zbekiston Milliy universiteti 2026-yil uchun e’lon qilingan QS dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida 721-730 o‘rinlarni qayd etdi.   🗣Yuqori sifatli ta’lim 🗣tajribali akademik va professorlardan saboq olish 🗣O‘zbekiston va xorijdagi yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash 🗣xorijiy stajirovkalar 🗣nazariy bilimlarni zamonaviy laboratoriyalarda qo‘llash imkoniyati 🗣yuqori martabali oliygoh talabasi bo‘lish 🗣dunyo tan olgan diplom egasiga aylanish – barchasi Sizni kutmoqda!   Kelajagingiz uchun Milliy universitetni tanlang!   🗣Qo‘shimcha ma’lumot: qabul.nuu.uz 📞 Ishonch telefonlari: 71 246 79 89 71 227 17 39 71 712 13 90 Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube

  • Career Edu 💼 Lavozim: Kimyo fani o'qituvchisi 🏢 Korxona: "3-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI" DAVLAT MUASSASASI 📍 Hudud: Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani 💰 Maosh: Kelishiladi 👉 BATAFSIL KO'RISH 📌 Yangi vakansiyalar: Telegram | Instagram | web-site

  • видео или голосовое, без подписи

  • ⚠️ Diqqat e'lon! 🌐  Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi sababli joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz tizimi orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun onlayn ariza yuborishda imtiyozlarni aniqlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. ⚙️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimi to‘liq ishga tushgach, arizalardagi imtiyozli toifalar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayta aniqlanadi. Shu sababli, foydalanuvchilardan xavotir olmasliklarini so‘raymiz ☺️ 🤔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz! 💬 Telegram | 😀 Instagram

  • #DIQQAT_E'LON!!! Hurmatli talaba-yoshlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 30-iyuldagi 315-son buyrug‘iga muvofiq mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yoshlarning faolligini oshirish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi tomonidan tashkil etilayotgan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi. ❗️Dasturda o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, startap tashabbuslari hamda ijtimoiy loyihalari bilan ishtirok etish jarayonini maksimal darajada qulay va tezkor qilish maqsadida sodda hamda tushunarli interfeysga ega bo‘lgan tashabbus.yito.uz raqamli platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, talabgorlar platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, dasturda ishtirok etishlari mumkin. 🔰Ushbu umummilliy dastur talaba-yoshlar va oliygoh jamoasi uchun o‘z intellektual salohiyatini namoyish etish hamda jamiyatdagi dolzarb muammolarga nostandart yechimlar taklif qilishda noyob imkoniyat hisoblanadi. ✅ Tanlov doirasida ekologiya, ta’lim, raqamli texnologiyalar, muhandislik va sog‘liqni saqlash kabi eng ustuvor sohalardagi tashabbuslar qabul qilinadi. https://t.me/kimyoo_talimi

  • Hurmatli Kimyo fakulteti talabalari ❗️❗️❗️ Ertaga 05 avgust soat 09 00 dan 1 va 2 kurs larda (kunduzgi boʼlim oʼzbek va rus guruhlar) oʼzlashtirilmagan fanlardan testlar boʼladi. Registratsion ofisda yigʼilasizlar. Test boʼladigan xonalar shu yerda aytiladi. Kechikmasdan kelishingiz soʼraladi.

  • видео или голосовое, без подписи

  • Assalomu alaykum, hurmatli Kimyo fakulteti talabalari! 🔈 1-avgustdan boshlab 2-kursdan 4-kursgacha bo‘lgan talabalar uchun talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish bo‘yicha onlayn ariza topshirish jarayoni boshlandi. 🔹 Sizlardan talabalar turar joyida yashash rejangiz bo‘lmasa, iltimos, onlayn ariza topshirmasligingizni so‘raymiz. Shuni inobatga olingki, ariza bekor qilingan taqdirda ham 3 oy davomida ijara-shartnoma bo‘yicha to‘lov mablag‘larini olish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. 🔹 Shu sababli, ariza topshirishdan oldin TTJda yashash bo‘yicha rejangizni aniq belgilab olishingizni so‘raymiz. Faqat haqiqatan ham talabalar turar joyida istiqomat qilish niyatida bo‘lgan va bunga ehtiyoji mavjud talabalar ariza topshirishlari tavsiya etiladi. Biz shu yerdamiz: ✅️ Telegram ✅️ Instagram

  • ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • ❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 30 июл.1 131116

    видео или голосовое, без подписи

  • 30 июл.1 138114

    Ish qidirayotganlar Sergelida 1 sh.tda ishlash sharti b.n ish bor ekan. Ximik qidirishmoqda ekan. Yuqoridagi bog‘lanish uchun kontakt.

  • 5 avgustgacha tugagan mat fak darslari uchun Matematika fakulteti 121-xonada ertalab 9:00 da test bo'ladi. Joriy o'quv yilida ya'ni 2025-2026 o'quv yilida 1 va 2 kurslar uchun test 3 va 4 kurslar uchun yozma.

  • видео или голосовое, без подписи

Kimyo fakulteti (Yoshlar yetakchisi) — tgindex