tgindex
Nexus Chem🧪

Nexus Chem🧪

Статистика
@kimyogar_2000узбекский

Biz bilan Kimyoni A+ darajagacha oshiring.💯 ✅Dtm testlar🫧 🔶Sertifikat masalalari🏆 🔷Olimpiada masalalari🥇 ♾️Kimyo uchun matematika 🔢 Kanal egasi: @dr_bakhodirovich_09

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
76
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
76
21 постов
Вовлечённость
100,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
22
1/48двое суток
25
1/72трое суток
27

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🧬🔥 BIOLOGIYADAN SERTIFIKAT OLISHNI MAQSAD QILGANLAR UCHUN MAXSUS GURUH! 🎓 OASIS O‘QUV MARKAZIda biologiya fanidan SERTIFIKAT IMTIHONIGA MAXSUS TAYYORLOV GURUHIga qabul boshlandi! 👨‍🏫 USTOZ — BOLTAYEV G‘IYOS BAXTIYOR O‘G‘LI 🏆 Oliy toifali biolog ⭐️ EXPERT darajadagi mutaxassis 🎯 O‘quvchilar va o‘qituvchilarni biologiya fanidan sertifikat imtihonlariga tayyorlash bo‘yicha tajribali mutaxassis. 📌 MUHIM! Bu guruh biologiyani noldan o‘rganish uchun emas! ❗️Faqat biologiya fanidan ma’lum bilim va bazaga ega bo‘lgan, o‘z bilimini mustahkamlab, sertifikat imtihonida yuqori natija ko‘rsatishni maqsad qilganlar 📅 Darslar 20-avgustdan boshlanadi! 📝 Guruhga qo‘shilish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish shart! 🔎 USTOZ HAQIDA BATAFSIL: 👨‍🏫 Ustozning tajribasi, faoliyati va yutuqlari bilan tanishish uchun quyidagi havolaga o‘ting. 🔗 USTOZ HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT 🏆 O‘QUVCHILAR NATIJALARI: 🔗 O‘QUVCHILAR SERTIFIKATLARI 📞 RO‘YXATDAN O‘TISH VA BATAFSIL MA’LUMOT UCHUN: 📲 +998 77 043 15 01 +998 91 219 93 00

  • DIQQAT MILLIY SERTIFIKAT SAVOLLARI, TEZDA YUKLAB OLING ⚡️KIMYOVIY REAKSIYA TEZLIGI ⚡️MUVOZANAT 📃MILLIY SERTIFIKATGA TUSHGAN SAVOLLAR

  • Choʼkmalar , tuzlar rangi • AgCl - oq • Li₃PO₄ - oq • Li₂SiO₃ - oq • BaSO₄ - oq • BaSO₃ - oq • Ba₃(PO₄)₂ - oq • CaCO₃ - oq • CaSO₄ - oq • CaSO₃ - oq • PbCl₂ - oq • AlPO₄ - oq • Ca₃(PO₄)₂ - oq • Mg(OH)₂ - oq • Mg₃(PO₄)₂ - oq • MgCO₃ - oq • FePO₄ - sariq • Fe(OH)₂ - kulrang-yashil • Fe(OH)₃ - jigarrang • Cu(OH)₂ - ko'k • AgBr - och-sariq • AgI - sariq • PbI₂ - sariq • Ag₃PO₄ - sariq • ZnS - oq • CuS - qora • Ag₂S - qora • PbS - qora • MnS - pushti • H₂SiO₃ - oq • Zn(OH)₂ - oq • Al(OH)₃ - oq • Cr(OH)₃ - kulrang-yashil ▎Gazlarning hidlari • NH₃ - rangsiz gaz, kuchli ammiak hidi bilan • H₂S - rangsiz gaz, «chirigan tuxum» hidi bilan • CO₂ - rangsiz gaz, hidsiz • SO₂ - rangsiz gaz, «yonib ketgan cho'tkalar» hidi bilan • H₂ - rangsiz gaz, hidsiz • N₂ - rangsiz gaz, hidsiz • NO₂ - jigarrang gaz, kuchli hid bilan • NO - rangsiz gaz, hidsiz (tezda havodagi kislorod bilan NO₂ ga oksidlanadi) • Cl₂ - zaharli-yashil gaz, kuchli hid bilan kanalimiz: @kimyogar_2000 🖲

  • 23 июл.852из BaholashUz

    RASMIY MUNOSABAT So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqda 2026-yil aprel oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari yuzasidan avval tarqalgan ma’lumotlar yana muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qiladiki, o‘sha vaqtda imtihon savollari oldindan tarqalgani haqidagi da’volar o‘z tasdig‘ini topmagan. Tahlil doirasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan savollar aprel oyidagi milliy sertifikat imtihonlarining barcha smenalarida qo'llanilgan test topshiriqlari bilan birma-bir solishtirildi. Aynan bir xil savol aniqlanmadi. Ayrim savollarning bir mavzuga tegishli bo'lishi tabiiy, chunki barcha topshiriqlar yagona o'quv dasturi doirasida tuziladi. 2026-yil 14-may kuni Agentlik vakillari va mavzuni yoritgan ommaviy axborot vositalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tib, unda tahlil natijalari taqdim etildi. “Xalq ta’limi Info” tahririyatiga ham imtihon jarayonlari va test natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar berildi — shu asosda 20 may kuni qo‘shimcha tahliliy maqola e’lon qilindi: https://xalqtaliminfo.uz/post/1604 Test topshiriqlarining maxfiyligini ta’minlash Agentlik faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Test bazasi joylashgan serverlar internet tarmog‘idan to‘liq ajratilgan yopiq infratuzilmada saqlanadi va ularga tashqi tarmoqlar orqali ulanish imkoniyati mavjud emas. Materiallardan foydalanish huquqi faqat maxsus vakolatga ega, cheklangan doiradagi xodimlarga beriladi. Topshiriqlarni yaratish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash, saqlash va qo‘llashning barcha bosqichlarida ko‘p bosqichli xavfsizlik va nazorat mexanizmlari amal qiladi. Shuningdek, har bir test sinovidan so‘ng ilmiy tahlillar muntazam o‘tkazib boriladi: topshiriqlarning murakkablik darajasi, ishtirokchilar natijalari xalqaro ilmiy yondashuvlar asosida baholanadi. Natijalar ochiqlik tamoyili asosida Agentlikning rasmiy veb-saytida muntazam e’lon qilib boriladi: https://uzbmb.uz/page/tahlil Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik, rasmiy manbalarga tayanish hamda jamoatchilikni chalg‘ituvchi xabarlardan tiyilishni so‘raymiz. Ayrim davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, imtihonlar atrofida tasdiqlanmagan gap-so‘zlarning tarqalishi ko‘pincha eng avvalo yoshlarning o‘ziga — ularning ruhiyatiga, mehnatiga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qiladi. Shu bois har bir xabarni tarqatishdan oldin uning haqqoniyligiga ishonch hosil qilish barchamizning yoshlar oldidagi umumiy mas’uliyatimizdir. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • IA guruh elementlari reaksiyalari 1. Kislorod bilan reaksiyasi 2Na+O₂ → Na₂O₂ K+O₂ → KO₂ 4Li+O₂ →2Li₂O 2. Oltingugurt bilan reaksiyasi 2Na+S → Na₂S 2Na+2S → Na₂S₂ 2K+5S → K₂S₅ 3. Oksid, peroksid va superoksidlarning hosil bo’lishi Na₂O₂+2Na →2Na₂O KO₂+3K →2K₂O 4. Natriy peroksidning suv bilan reaksiyasi Sovuq Na₂O₂+2H₂O→2NaOH+H₂O₂ Issiq 2Na₂O₂+2H₂O→4NaOH+O₂ 5. Peroksid va superoksidlarning suv bilan reaksiyasi 2Na₂O₂+4H₂O →4NaOH+2H₂O₂+O₂ KO₂+2H₂O → KOH+H₂O₂+O₂ 2KO₂+4H₂O →4KOH+2H₂O+3O₂ 6. Peroksid va superoksidlarning CO₂ bilan reaksiyasi 2Na₂O₂+2CO₂ →2Na₂CO₃+O₂ 4KO₂+2CO₂ →2K₂CO₃+3O₂ 7. Peroksid va superoksidlarning suyultirilgan H₂SO₄ bilan reaksiyasi Na₂O₂+H₂SO₄ → Na₂SO₄+H₂O₂ 2KO₂+H₂SO₄ → K₂SO₄+H₂O₂+O₂ 4KO₂+2H₂SO₄ →2K₂SO₄+2H₂O+3O₂ 8. NaOH ning xlor bilan reaksiyasi Sovuq 2NaOH+Cl₂→ NaCl+NaClO+H₂O 70°C gacha qizdirilganda 6NaOH+3Cl₂→5NaCl+NaClO₃+3H₂O 9. NaOH ning rux bilan reaksiyasi 2NaOH+Zn→ Na₂ZnO₂+H₂↑ Zn+2NaOH+2H₂O→ Na₂[Zn(OH)₄]+H₂↑ 10. NaOH ning alyuminiy …

  • 🧪 Ishqoriy metallarning suv bilan reaksiyasi Ishqoriy metallar (Li, Na, K, Rb, Cs) suv bilan juda faol reaksiyaga kirishadi. Reaksiya natijasida metall gidroksidi va vodorod gazi hosil bo’ladi. 2M+2H₂O→2MOH+H₂↑ Rasm Bu yerda M — Li, Na, K, Rb yoki Cs. 2Li+2H₂O →2LiOH+H₂↑ 2Na+2H₂O →2NaOH+H₂↑ 2K+2H₂O →2KOH+H₂↑ 2Rb+2H₂O →2RbOH+H₂↑ 2Cs+2H₂O →2CsOH+H₂↑ ➡️ Guruh bo’ylab pastga tushgan sari reaksiya tezligi ortaldi. Video Kuzatiladigan holatlar 🔹 Li — sekin reaksiyaga kirishadi. 🔹 Na — suv yuzasida harakatlanadi va eriydi. 🔹 K — ajralayotgan vodorod alangalanib, binafsha rang alanga hosil qilishi mumkin. 🔹 Rb va Cs — reaksiya deyarli portlash bilan kechadi. Li<Na<K<Rb<Cs 📌 Hosil bo’layotgan eritma ishqoriy muhit hosil qiladi. Rasm Ishqoriy metallarni hech qachon suvda saqlab bo’lmaydi. Ular odatda kerosin yoki mineral moy ostida saqlanadi. Rasm Kimyodan sifatli darslar, formulalar, reaksiyalar, testlar va foydali materiallarni muntazam kuzatib borish uchun: 📌

  • KO'PCHILIKKA QIZIQ BO'LSA KERAK🔬🔭📜 SAVOL: CO da nechta va qanday turdagi bog'lar mavjud?! ⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️ Ko'pchiligimiz bilamizki, CO da donor-akseptor bog' mavjud. Xo'sh, uni qanday bog' turiga olamiz?! Avvalo, donor-akseptor bog' qanday bog' o'zi? Shuni aniqlashtirib olaylik! Donor-akseptor bog' bu alohida bog' turi emas, balki kovalent bog'ning hosil bo'lish turi! Kovalent bog'lanish ikki xil usulda hosil bo'ladi: 1. Toq elektronlarni juftlashuvi natijasida; 2. Bir atomning taqsimlanmagan elektron jufti va ikkinchi atomning bo'sh orbitali hisobiga(donor-akseptor mexanizm). Har ikkala usulda hosil bo'lgan kovalent bog'larning tabiati bir xil. Faqatgina ularning hosil bo'lish yo'li har xil, xolos. Masalan, NH4+ ionida 4 ta kovalent bog' bo'lib, ulardan 3 tasi yuqorida aytgan 1-usulimiz bo'yicha, 1 tasi 2-usul, ya'ni donor-akseptor mexanizmida hosil bo'lgan. Lekin to'rtala bog'larning tabiati bir-biridan hech qanday farq qilmaydi. To'rtalasi ham bir xil sigma bog'! CO da-chi?! CO molekulasida 3 ta kovalent bog' mavjud. Ulardan 2 tasi toq elektron mexanizmida hosil bo'lgan. 1 tasi esa donor-akseptor mexanizmida hosil bo'lgan. Uning tuzilishi N2 molekulasi bilan bir xil! ❗️Har qanday ikki atom orasidagi 1 ta bog' -- sigma-bog' bo'ladi. Agar ular orasida yana bog'(lar) bo'lsa, ular pi-bog' bo'ladi. CO da 3 ta bog' bor ekanini bildik. Demak, yuqoridagi qoidamizga muvofiq, ularning biri albatta, sigma-bog'; qolgan ikkitasi esa pi-bog'.

  • Ko'p ishlatiladigan atamalar❗️ 🔺Ekvimolyar nisbat- ikki moddaning 1:1 mol nisbatda, yoki boshqacha qilib aytsak, teng moldan olinishi. 🔺Ekvivalent nisbat- ikki moddaning o'zaro to'liq ta'sirlashib ketadigan nisbatda olinishi. Masalan, azot va vodorod 1:3 mol nisbatda: 1N2+3H2-->2NH3 🔺Stexiometrik nisbat- bu ham yuqoridagi kabi ikki moddaning o'zaro to'liq ta'sirlashib ketadigan nisbatda olinishi. Demak, bu ekvivalent nisbat tushunchasi bilan ma'nosi deyarli bir xil. 🔺Ekvimolekulyar nisbat- ikki moddaning molekulalari teng sonda olinishi. Har qanday moddaning 1 moli bir xil, ya'ni 6,02•10^23 ta zarra tutgani bois, bu tushunchani ekvimolyar nisbat bilan bir xil deyishimiz mumkin.

  • Manba: #Kimyo_biz Javobli

  • 14 июл.816из Davlat_Komilov

    ❗️KIMYO fanidan BMBA imtihoniga kiradigan abituriyentlar uchun TOP-10 tavsiya ✅1. Yaxshi niyat qiling va Allohga tavakkal qiling Har qanday muvaffaqiyat avvalo niyatdan boshlanadi. Imtihonga kirishdan oldin qalbingizni xotirjam qiling, yaxshi niyat bilan yo'lga chiqing va Allohdan ilm, xotirjamlik hamda muvaffaqiyat so'rang. O'zingizga ishonchni yo'qotmang. Siz bir necha oy, balki bir necha yil davomida qilgan mehnatingizning natijasini ko'rsatish uchun ketyapsiz. Tavakkal qiling, lekin mehnatingizga ham suyaning. ✅2. Ota-ona, ustoz va yaqinlaringizning duosini oling. Imtihonga ketishdan oldin ota-onangizning roziligi va duosini oling. Ustozlaringiz va yaqin insonlaringizning samimiy tilaklari sizga ruhiy dalda beradi. Insonning o'ziga bo'lgan ishonchi va yaqinlarining qo'llab-quvvatlashi imtihon paytida katta motivatsiya bo'ladi. ✅3. Imtihonga o'z vaqtida va kerakli hujjatlar bilan boring -Pasport yoki ID karta -Abituriyent ruxsatnomasi Bularsiz testga kiritilmaysiz ✅4. Test kitobi raqamini javoblar varaqasiga ko'chirishda juda ehtiyot bo'ling Bu eng muhim bosqichlardan biridir. Test kitobining raqamini javoblar varaqasiga noto'g'ri ko'chirish natijalaringiz noto'g'ri hisoblanishiga sabab bo'lishi mumkin. Agar tasodifan xato yozib qo'ysangiz, darhol guruh nazoratchisiga murojaat qiling. Hammasi to'g'ri yozilganiga ishonch hosil qilganingizdan keyingina javoblar varaqasini partaning bir chetiga qo'yib, test ishlashni boshlang. ✅5. Test ishlash texnikasiga amal qiling Avvalo asosiy (1-blok) fan testlarini ishlashni boshlang. Har bir savolni shoshilmay, oxirigacha diqqat bilan o'qing. Masalani to'liq tushunish uning yechimining yarmidir. ✅6. Avval aniq bilgan savollaringizni yeching Har bir fandan odatda 4–5 ta nisbatan oson savol uchraydi. Dastlab aynan shu savollarni ishlab chiqing. Bu sizga tezroq ball yig'ishga, o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirishga va ruhiy holatingizni ko'tarishga yordam beradi. Qiyin savollarni esa keyinroq xotirjamlik bilan ishlang. ✅7. Vaqtni to'g'ri taqsimlang Avvalo asosiy 1-blok fanini imkon qadar tugatishga harakat qiling. Shundan keyingina 2-blok va majburiy fanlarga o'ting. Buning sababi oddiy: 1-blokdagi har bir to'g'ri javob 3,1 ball, 2-blokdagi javob 2,1 ball, majburiy fanlardagi javob esa 1,1 ball bilan baholanadi. Shuning uchun eng yuqori ball beradigan savollarni birinchi bo'lib ishlash matematik jihatdan ham eng to'g'ri strategiya hisoblanadi. ✅8. Ikkilanayotgan savollarda javoblarni saralash usulidan foydalaning Agar javobni aniq topa olmasangiz, avvalo noto'g'ri variantlarni chiqarib tashlang. Bu usul ayniqsa moslashtirish, juftlashtirish va ajratishga oid savollarda juda samarali. Shuningdek, kimyo fanida bitta murakkab masalaga 5–6 daqiqadan ortiq vaqt sarflamang. Agar yechimi chiqmasa, keyingi savolga o'ting va vaqt qolsa yana qayting.  Shu sababli bitta qiyin savolga ortiqcha vaqt sarflash foydali emas. ✅9. Javobdan ketish usulidan oqilona foydalaning Kimyo fanidagi ko'plab hisoblash masalalarini javob variantidan boshlab tekshirish mumkin. Bu usul biroz vaqt olsa ham, ayrim hollarda eng samarali yo'l hisoblanadi. Taxmin qilishga to'g'ri kelganda mantiqiy qiymatlarga e'tibor bering. Masalan, 0,25 mol, 0,4 mol, 5,6 litr, 11,2 litr kabi sonlar ko'pincha amaliy hisob-kitoblarda uchraydi.Aksincha, 0,413 mol, 0,983 mol, 12,3 litr yoki 34,4 litr kabi noodatiy qiymatlar ko'p hollarda noto'g'ri variant bo'lishi mumkin. Albatta, bu mutlaq qoida emas, ammo taxmin qilishda foydali usullardan biridir. ✅10. Javoblar varaqasini oxirgi daqiqaga qoldirmang Imtihon tugashiga 15–20 daqiqa qolganda javoblarni javoblar varaqasiga ko'chirishni boshlang. Aks holda barcha savollarni ishlab bo'lsangiz ham, vaqt yetmay qolishi mumkin. Javoblarni belgilayotganda savollar tartibini adashtirmang.  Belgilangan doirani to'liq va bir tekis bo'yang, lekin chegaradan chiqib ketmang. Imkon qadar barcha ishlaringizni vaqt tugashidan 2–3 daqiqa oldin yakunlang ❗️Bu tavsiyalarni hali ko'p davom ettirish mumkin.Eng asosiylarini yozdim xolos. Barcha abituriyentlarga omad!

  • Bunday reaksiyalarni koproq yozib korishingiz kerak. 42-savol uchun konikma hosil bo'ladi Kanalimiz: @kimyogar_2000 📌

  • Glukozaning 3xil bijg'ishi Kanalimiz @kimyogar_2000

  • Ertaga barcha testga kiradiganlarga omad tilab qolamiz

  • 13 июл.693из Onatili_Izamov

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 🙂 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha hududlarda test sinovi o'tkazishga TAYYOR!!! ✅ Siz-chi? Siz tayyormisiz? Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz! 🙂 Kanalimiz: https://t.me/Onatili_Izamov

  • Kimyoning go'zalligidan bir chimdim🥺 Kanalimiz @kimyogar_2000 📌

  • AMINOKISLITA NOMI VA FORMULALARI📃 🟢Glitsin, Glikokol NH₂CH₂COOH  🟡Alanin NH₂CH(CH₃)COOH  🟠Valin NH₂CH(CH(CH₃)₂)COOH  🔴Leytsin NH₂CH(CH₂CH(CH₃)CH₂)COOH  🔵Izoleytsin NH₂CH(CH(CH₃)C₂H₅)COOH  🟣Sistein NH₂CH(CH₂SH)COOH  🟤Metionin NH₂CH(CH₂CH₂SCH₃)COOH  🔴Kanalimiz ORIFJONOV₂(KIMYO)₂ ⚪Serin NH₂CHCH₂(OH)COOH  ⚫Treonin NH₂CH(CH(CH)OH)COOH  🟢Fenilalanin NH₂CH(CH₂C6H₅)COOH Benzol halqali  🟡Tirozin NH₂CH(CH₂C₆H₄OH)COOH Benzol halqali  🟠Asparagin NH₂CH(CH₂COOH)COOH  🟣Glutamin k. NH₂CH(CH₂CH₂COOH)COOH  🟠Glutamin NH₂CH(CH₂CH₂CONH₂)COOH  🔵Lizin NH₂CH((CH₂)₄NH₂)COOH  🟤Arginin NH₂CH((CH₂)₃N(H)C(NH₂)=NH)COOH  🔵Gistedin NH₂CH(CH₂C₃H₃N₂)COOH  🟢Triptofan  NH₂CH(CH₂C₈H₅NH)COOH Benzol halqali KANALIMIZ @kimyogar_2000 📣

  • Kerakli formulalar tg @kimyogar_2000 📌

  • Muhim reaksiyalar ✅ Markovnikov qoidasi - Gidratlanish va gidrogalogenlanishda vodorod kamiga OH yoki galogen, vodorod ko'piga H birikishi ✅ Gidratlanish - suvni biriktirib olish reaksiyasi. ✅ Degidratlanish - suv ajralib chiqish reaksiyasi. ✅ Gidrogenlanish - vodorodni biriktirib olish reaksiyasi. ✅ Degidrogenlanish - vodorod ajralib chiqarish reaksiyasi. ✅ Galogenlanish - galogen birikishi ✅ Degalogenlanish - galogen ajralib chiqishi ✅ Neytrallanish - asos bilan kislota ta'sirida tuz va suv hosil bo'ladigan reaksiyalar. ✅ Eterifikatsiya- murakkab efirlar hosil bo‘lish reaksiyasi ✅ Piroliz(olov)-qiizdirib moddalarni parchalash ✅ Elektroliz- elektr toki yordamida parchalash ✅ Gidroliz- Suv ta'sirida oddalarni parchalash ✅ Solvoliz- suvdan boshqa moddalar yordamida parchalash ✅ Termik reaksiya- issiqlik chiqishi yoki yutilishi bilan boradigan jarayon ✅ Konavalov reaksiyasi - nitrolanish NO2 birikishi ✅ Zaysev qoidasi - organik birikmalarda degidratlanish, degalogenlanishda OH yoki galogen va vodorod kam gidrogenlangan ugleroddan H chiqishi. Kanalimiz @kimyogar_2000 📌

  • 🧪 Yog‘ kislotalari 1️⃣ Olein kislota — C₁₇H₃₃COOH 2️⃣ Linol kislota — C₁₇H₃₁COOH 3️⃣ Linolen kislota — C₁₇H₂₉COOH 4️⃣ Stearin kislota — C₁₇H₃₅COOH 5️⃣ Moy (butir) kislota — C₃H₇COOH 6️⃣ Palmitin kislota — C₁₅H₃₁COOH 7️⃣ Margarin kislota — C₁₆H₃₃COOH 8️⃣ Kapron kislota — C₅H₁₁COOH 🔹 To‘yingan yog‘ kislotalari (qo‘sh bog‘ yo‘q) 1️⃣ Stearin kislota — C₁₇H₃₅COOH 2️⃣ Palmitin kislota — C₁₅H₃₁COOH 3️⃣ Margarin kislota — C₁₆H₃₃COOH 4️⃣ Kapron kislota — C₅H₁₁COOH 5️⃣ Moy (butir) kislota — C₃H₇COOH 🔹 To‘yinmagan yog‘ kislotalari (qo‘sh bog‘ bor) 1️⃣ Olein kislota — C₁₇H₃₃COOH (1 ta qo‘sh bog‘) 2️⃣ Linol kislota — C₁₇H₃₁COOH (2 ta qo‘sh bog‘) 3️⃣ Linolen kislota — C₁₇H₂₉COOH (3 ta qo‘sh bog‘) @kimyogar_2000 📌

  • Kalsiy karbid- CaC2 uglerod disulfid-CS2 Perit-FeS2 is gazi-CO @kimyogar_2000📣

Nexus Chem🧪 — tgindex