Bir daqiqa-bir kitob
СтатистикаLoyihaning maqsadi: Aholi orasida kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni oshirish. Kitobxonlikka keng jamoatchilikni jalb etish.
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 156
- 1/48двое суток
- 178
- 1/72трое суток
- 192
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 "VATAN – MENING NAZDIMDA" IJODIY TANLOVI 7-ishtirokchi Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Oʻzbekiston mahallasining 20-maktab 8-sinf oʻquvchisi Baymirzayeva Munisa Baholash mezoni: ✅1-mezon — ijodiy ish uchun yigʻilgan layklar soni. ✅ 2-mezon — Ha'kamlar hayʼati tomonidan ishtirokchining iqtidori va ijodkorligi baholanadi. Tanlovda barcha yosh toifalari ishtirok etishi mumkin. Ishlar Mustaqillik, Vatan, tarix, milliy qadriyatlar va yurt taraqqiyoti mavzulariga bagʻishlanishi lozim. 🏆 Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Murojaat uchun:@mokhira_akm_uz Sahifamizga obuna boʻling: @kitob_26
🇺🇿 "VATAN – MENING NAZDIMDA" IJODIY TANLOVI 6-ishtirokchi Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Oʻzbekiston mahallasining 20-maktab 3-sinf oʻquvchisi Baymirzayeva Barno Baholash mezoni: ✅1-mezon — ijodiy ish uchun yigʻilgan layklar soni. ✅ 2-mezon — Ha'kamlar hayʼati tomonidan ishtirokchining iqtidori va ijodkorligi baholanadi. Tanlovda barcha yosh toifalari ishtirok etishi mumkin. Ishlar Mustaqillik, Vatan, tarix, milliy qadriyatlar va yurt taraqqiyoti mavzulariga bagʻishlanishi lozim. 🏆 Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Murojaat uchun:@mokhira_akm_uz Sahifamizga obuna boʻling: @kitob_26
5-ishtirokchi Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Ernazarova Fotima Mustaqil O'zbekiston! Erksizlik neligin ko'rmadik, shukur. Ajdodlar jon fido qilgan avlodmiz. Ulardan merosdir tinchligu huzur, Biz bugun mustaqil O'zbekistonmiz! O'tmishni so'zlabon yig'laydi tarix. Zindonga bitilgan qonli asarlar... Ziyoni zulmatga chulg'agan qabix, Ilmni qatag'on qilgan zamonlar. "Bosh egib yashashni bilmagin" deya Ozodlik qadrini sozlaydi bobom. Qodiriy, Cho'lponlar ketdi deb zoya, Kecha va kunduzga izlaydi davom. Kaftimda tutganim -bir siqim tuproq, Onamdek mushtipar, otamdek panox. Mardlarning onasi -yuragi mushtoq Ey! aziz vatanim, sen aziz dargox! O'ttiz besh yildirki erkin nafasing, Sen erkin, men erkin, qadamlar erkin. Quyoshing charog'on, porlar yuldizing, Imkonlar cheksizdir, ijodlar erkin. Bebaho bu vatan ostonasini, Begona qo'llarga bermaslik uchun, Mustaqil bu kunlar shukronasini, Yurakka jo qilib yashaylik bugun!
Ўрадаги бахт Кунлардан бирида уч ака-ука сафарга чиқибди. Узоқ йўл босиб ўтган инилар бир дарахтнинг соясида нафас ростламоқчи бўлишибди. Лекин дарахт ёнига яқинлашиб, унинг остида бир чуқурни кўриб қолишди. Бу ўрага Бахт тушиб кетган ва ўзи мустақил равишда тепага чиқишни уддалай олмаётган экан. Шунда йигитлардан тўнғичи чуқурга яқинлашибди. Бахт ундан: – Сен нимани истайсан? – деб сўрабди. – Бадавлат бўлишни хоҳлайман, – дея жавоб берибди йигит. Бахт унинг қаршисида кўп пул ва зебу зиёнатлар пайдо қилибди. Катта ўғил уларни олиб, йўлида давом этибди. Бахт ўрага яқинлашган ўртанча ўғилга ҳам худди шу саволни берибди. У эса бироз ўйланиб: – Дунёдаги энг гўзал аёлга уйланишни истайман, – дебди. Бахт унинг хоҳишини ҳам муҳайё қилибди. Ахийри чуқурга яқинлашган кичик ўғил Бахтнинг «Қандай истагинг бор?» деган саволига жавоб бериш ўрнига «Ўзинг нимани истайсан?» деб сўрабди. – Менга шу чуқурдан чиқиб олишимга ёрдам бер. Кенжа ўғил Бахтни ўрадан тортиб олиб, уни қутқарибди. Бахт эса унинг ортидан эргашибди. Гулчеҳра АЗИМОВА таржимаси.
🗣Chumolilar yolg‘onni kechirmadi Bir kishi o‘zi guvoh bo‘lgan g‘aroyib hodisani shunday hikoya qiladi: 🐜 “Bir chumolining xurmo mevasi bo‘lagi yoniga kelganini ko‘rdim. Uni diqqat bilan kuzatdim. Chumoli xurmo bo‘lagini tishladi, lekin yerdan ko‘tarishga kuchi yetmadi. Tortib ko‘rdi, ammo o‘rnidan qo‘zg‘atolmadi. So‘ng uzoq vaqt o‘tmay, o‘zi bilan bir gala chumolini boshlab keldi. U kelganida xurmo bo‘lagini yerdan ko‘tardim. Shunda chumoli va uning sheriklari xurmo o‘rni atrofida aylandi. Ammo hech narsa topa olishmagach, ortlariga qaytishdi. Men xurmo bo‘lagini joyiga qo‘yib qo‘ydim. Chumoli yana ortiga qaytdi, uni yerdan ko‘tarishga yana kuchi yetmadi. Sudrashga urindi, bo‘lmadi. Tezda uzoqqa ketib ulgurmagan sheriklarini yana boshlab keldi. Men esa yana xurmoni yerdan ko‘tardim. Chumolilar o‘tgan galgidek atrofni aylanib, yana ortlariga quruq qaytishdi. ♦️Xurmoni joyiga qo‘ydim. O‘sha chumoli qaytib, yana sheriklarini olib keldi. Yetib kelishganida esa xurmoni qo‘limga oldim. Ular aylanib, bu safar ham hech narsa topa olishmagach, o‘sha chumoli atrofida halqa qurishdi. Kutilmaganda uning ustiga yopirilib, mayda-mayda qilib tashlashdi. ❗️Men esa hayratdan qotib qoldim. Chumolilar yolg‘onni kechira olishmagan edi. Qabih ishim uchun o‘zimdan qattiq nafratlandim… ©️Muslima Zohidjon qizi tarjimasi Sahifamizga obuna boʻling: @kitob_26
Kitobni endi oʻqishni boshlayman degan kitobxonlar uchun. Muddat: 5-31- avgustgacha.
⭐️ Dunyodagi eng qimmat kitob qaysi? • Dunyodagi eng qimmat kitob Leonardo da Vinchining “Lester kodeksi” kitobi hisoblanadi. U 72 sahifadan iborat bo‘lib, atrofimizdagi dunyo haqidagi g‘oyalar aks ettirilgan. Shuningdek, unda Leonardoning kichik eskizlari tasvirlangan. 💰 Kitobni 1994 yilda Bill Geyts sotib oldi. Sababi, u kitobni dunyo bo‘ylab muzeylarda muntazam ravishda namoyish qilinishini istadi. Buning uchun Geyts 30,8 million dollar sarfladi. — Siz sotib olgan eng qimmat kitob qaysi va narxi qancha edi?
Tanlov uchun qoʻyilgan Togʻay Murodning Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi asarini oldin oʻqiganlar yoki oʻqishni boshlaganlar bormi oramizda? Izohga javobizni yozing 👇 • Oldin oʻqib tugatganman — ❤️ • Oʻqishni boshladim — 🔥 • Endi boshlayman — ❤️🔥
Bolalik.... 🤎 Bu beg'uborlik, samimiylik, yolg'on, g'iybat yo'qlik... 🤎 Qanchalar oppoq qalbni mustahkamligi... 🤎 Tarifga til ojiz.. 🤎 Seni sog'indim bolaligim
#BOOKTREYLER Choʻlpon ijodi – millat qalbi, inson qadr-qimmati va hayot haqiqatlarini teran aks ettirgan bebaho merosdir. "Qor qoʻynida lola" asari ham ana shu ruh bilan sugʻorilgan boʻlib, unda inson kechinmalari, murakkab hayot sinovlari va qalbning eng nozik tuygʻulari badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Tayyorlangan booktreyler asarning mazmunini toʻliq ochib bermaydi, aksincha, uni mutolaa qilishga qiziqish uygʻotadi. Har bir kadr Choʻlponning badiiy olamiga yetaklaydi, har bir lavha esa kitob sahifalarini varaqlash istagini uygʻotadi. Agar siz ham oʻzbek adabiyotining nodir namunalaridan birini yangicha nigoh bilan kashf etishni istasangiz, ushbu booktreylerni tomosha qiling. Zero, ayrim asarlar faqat oʻqilmaydi — ular qalb bilan his etiladi. ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
#BOOKTREYLER 📚 Dundar Alpning "Sharqning eng buyuk hukmdori Temur" — bu shunchaki tarixiy asar emas, balki buyuk sarkarda Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy iste'dodi va yuksak strategik tafakkurini yorituvchi muhim manbadir. Asarda Temurning yirik yurishlari, Anqara jangida Boyazid Yildirim ustidan qozongan gʻalabasi, markazlashgan qudratli davlat barpo etish yoʻlidagi saʼy-harakatlari hamda ilm-fan va bunyodkorlikka bergan eʼtibori tarixiy dalillar asosida bayon etiladi. Temur kuchni faqat jang maydonida emas, balki adolatli boshqaruv, puxta reja va uzoqni koʻra bilish orqali namoyon etgan hukmdor sifatida gavdalanadi. Shu bois uning hayoti va faoliyati bugun ham tarix ixlosmandlari uchun bebaho saboqdir. Kitobni mutolaa qiling va Sharq tarixida oʻchmas iz qoldirgan buyuk sarkarda Amir Temurning hayot yoʻli bilan yanada yaqindan tanishing! ⬇️Sahifalarimizga obuna buling⬇️ Veb sayt | Telegram | Instagram | X | YouTube | Facebook|
"Kitobxonlar Kubogi 🏆” tanlovi haqida: 💬 Unda biz tomonimizdan tanlangan ma’lum kitobni mutolaa qilishni vazifa qilib beramiz va ma’lum muddat beramiz. ⌛️ Muddat davomida kitobxonlar ana oʻsha kitobni mutolaa qiladilar. Bu kitob Togʻay Murodning "Bu dunyoda oʻlib boʻlmaydi" asari ⏱ Mutolaa qilish uchun berilgan vaqt tugaganidan keyin esa kitobxonlarga maxsus testlar taqdim qilinadi. Testlar vazifa qilib berilgan kitobdan tuzuladi. 💰 Testlarda eng yaxshi natijani koʻrsatgan kitobxonlar esa maxsus sovrinlar topshiriladi. Sizga shunday tanlov qiziqmi?🏆 Ha bo’lsa, “🔥” qoldiring.
Kimga nechta kitob kerak 🙃 📝Kammentga yozingchi qani kimga nechta kitob kerak ekan 😉 Ha aytgancha bugun kitobxonlar xursand boʻladi sababini birozdan keyin aytaman ungacha reaksiyalarni koʻpala bosib turinglarchi ☺️
Jadidlar rivoyati Munavvar qori ABDURASHIDXONOV IKKI YO‘LDOSH Ikki kishi do‘st va yo‘ldosh bo‘lib, safarga chiqdilar. Yo‘lda bir ayiq chiqib, bularga yugurib hujum qildi. Bularning biri yosh va chaqqon edi. Shu sababli tezlik ila qochub bir yerga berkindi. Ammo ikkinchisi o‘zining keksaligi va kuchsizligidan qocholmay qoldi. Nachora, o‘zini bir yerga tashlab,o‘likga o‘xshab qimirlamay yotdi. Ayiq kelib, buni iskab-iskab, o‘luk gumon qilib, zarar yetkurmay tashlab ketdi. Ayiq ketgandan so‘ngra yo‘ldosh bekingan yeridan chiqib keldi. Va kulib aytdiki: —Ey yo‘ldosh, qulog‘inga ayiq nima deb pichirladi? Yo‘ldosh javob berdi: — Ayiq qulog‘imga, bunday ojizlik vaqtida seni tashlab ketadurg‘on kishiga bundan so‘ng aslo yo‘ldosh bo‘lma, deb shivirladi. Manba: Munavvar qori Abdurashidxonov, “Men sendamen...” kitobi, 112-bet.
🇺🇿 "VATAN – MENING NAZDIMDA" IJODIY TANLOVI 4-ishtirokchi Fargʻona shahar. 18- umumiy oʻrta taʼlim maktabining 2-sinf oʻquvchisi Abdurahmonova Zilolaxon Baholash mezoni: ✅1-mezon — ijodiy ish uchun yigʻilgan layklar soni. ✅ 2-mezon — Ha'kamlar hayʼati tomonidan ishtirokchining iqtidori va ijodkorligi baholanadi. Tanlovda barcha yosh toifalari ishtirok etishi mumkin. Ishlar Mustaqillik, Vatan, tarix, milliy qadriyatlar va yurt taraqqiyoti mavzulariga bagʻishlanishi lozim. 🏆 Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Murojaat uchun:@mokhira_akm_uz Sahifamizga obuna boʻling: @kitob_26
🇺🇿 "VATAN – MENING NAZDIMDA" IJODIY TANLOVI Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Vatan – mening nazdimda" ijodiy tanlovi e'lon qilinadi! Tanlov yoʻnalishlari: 🎨 Rasmlar tanlovi – "Vatan ranglarda" 🎤 She'rlar ijrosi tanlovi – "Vatan madhiyasi" 🎥 Videorolik tanlovi – "Mening Vatanim" Tanlov muddati: 📅 15-iyul – 29-avgust, 2026-yil Tanlov shartlari: ✅1-mezon — ijodiy ish uchun yigʻilgan layklar soni. ✅ 2-mezon — Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchining iqtidori va ijodkorligi baholanadi. Tanlovda barcha yosh toifalari ishtirok etishi mumkin. Ishlar Mustaqillik, Vatan, tarix, milliy qadriyatlar va yurt taraqqiyoti mavzulariga bagʻishlanishi lozim. Har bir ishtirokchi bir yoki bir nechta yoʻnalishda qatnashishi mumkin. 🏆 Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Murojaat uchun:@mokhira_akm_uz Aziz yurtdoshlar!Vatanga bo'lgan muhabbatingizni ijodingiz orqali namoyon eting! Sizni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sahifamizga obuna boʻling: https://t.me/libnurobod @kitob_26
Tarix takrorlanib turadi, degan gap bor. Insoniyat ibtidoiy jamoaga qaytishi mumkin. Buning ilk belgilari hozirdan ko‘rinyapti: kitob o‘qiydiganlar kamayib boryapti. ©️ Oʻtkir Hoshimov "Daftar hoshiyasidagi bitiklar"
Butun olam — teatr, unda har bir odam — aktyordir...! 🎭 ©Shekspir
«ҲАМКАСБЛАР» Бўрилар итни ўраб олишди ва ғажиб ташламоқчи бўлишди. Ит улардан ўлдирмасликни сўради, бунинг эвазига қўйларни овлашга ёрдам беришга ваъда қилди. Бўрилар ўйлаб кўриб, итни тўдада қолдиришди. Икки йил давомида ит уларга яхши ёрдам берди, ҳамма нарсани ўргатди, тирикчилик учун қулай жойларни кўрсатди, улар билан ов қилди... Сўнг совуқ қиш келди, очлик уларни қийнай бошлади. Овлар муваффақиятсиз, бўрилар эса умидсиз эди. Нима қилиш керак? Улар барибир итни ейишга қарор қилишди. Ейишди. Суякларини кўмишди. Кейин қабр тоши қўймоқчи бўлишди. Унга нима деб ёзишни ўйлаб, бошлари қотди.«Хўш, кимдан деб ёзамиз?» «Дўстлардан» дейишсинми? Йўғ-е, улар қанақа дўст... Ахир уни еб қўйишди-ку... «Душманлардан» деб ёзишсинми? Бу ҳам мос эмас, ахир икки йил давомида у билан ёнма-ён яшашди, ов қилишди, биров-бировдан хафа бўлмади ... Охири, «Ҳамкасблардан» деб ёзишди. Манзура БАХТИЁР таржимаси.
Sen taniydigan har bir insonning ichida sen tanimaydigan boshqa inson bor...!🎭 ©Mustafo Rofeʼiy