tgindex
Muhammadjon | Kitobdor 📚

Muhammadjon | Kitobdor 📚

Статистика
@kitob_konsultantузбекский

Toʻgʻri kitoblar — toʻgʻri qarorlar! Noto‘g‘ri kitob — yo‘qotilgan vaqt! Yaxshi kitob tanlay olish, uni oʻqishdan koʻra muhimroq! Biz sizga eng yaxshilarini tavsiya qilamiz.

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
255
+19 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
177
25 постов
Вовлечённость
69,4%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 29
Упоминаний
2
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
187
1/48двое суток
214
1/72трое суток
231

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.23732из qamarbooks

    Kitobxonlar uchun maxsus uchrashuv! 🔔 🎉 O‘z asarlari bilan kitobsevarlarimiz qalbidan joy olgan yozuvchi Akrom Malik ishtirokida 15-avgust, soat 15:00 dan 17:00 ga qadar, Chorsu filialimizda “Dastxat kuni” tashkil etiladi. Do‘konimizga tashrif buyurib, dastxat tushirilgan “Hayrat ul-Abror” kitoblarini olish imkoniga ega bo‘lasiz! 🔥 Akrom Malikning qaysi asarlarini sevib o‘qigansiz? @qamarbooks

  • 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🌿Salovat Musoboqasiga Marhamat! Siz Azizlarni Salovat aytish Musoboqasiga chorlab qolamiz! Bu musoboqamiz Robi'ul Avval oyining 1- kunidan boshlab 29 - kuniga qadar davom etadi! 🌱Musoboqani sharti juda ham oddiy, shu 1 oy ichida kim koʻp sanoqda salovat aytish boʻladi va mukofoti 1 2 3 oʻrin olgan eng koʻp salovat aytgan ishtirokchilarga sahifamiz tomonidan sovgʻalar beramiz! 1 - Qozi Iyozning "SHIFO" kitobi. 2 - Imom Jazuliyning "DALOILUL XOYROT" kitobi 3 - Mustafo Hafiz Xorazmiyning "MUATTAR SIYRAT DURDONALARI" kitobi 🌱Bu musoboqada qatnashgan boshqa barcha muxlislarga ham Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytilgan salovatlari, fayzlari, nurlari yil davomida birga boʻlishligini tilab qolamiz. 🌱 Ushbu Salovat eng qisqa siygʻalardan boʻlib Ustozlar tarafidan tavsiya qilinadi, xoxlaganlar boshqa siygʻada ham aytishlari mumkin eng qisqasi shunday boʻlishi lozim!🌿 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammadin va a'la alihi va sohbihi va sallim. اللهم صل على سيّدنا محمّد و على آله وصحبه وسلم 🗒️ Qatnashmoqchi boʻlganlar shu postning izohlar qismiga ismlarini yozib qoldirishlari mumkin, biz roʻyxat qilib yozib olamiz va oy oxirida sanoqlarini yozib chiqib e'lon qilamiz! 📌Eslatma: Muborak Robi'ul Avval oyi Avgust oyining 14 - dan kirib keladi yani Robi'ul Avval oyining birinchi kuni 14 - avgust JUMA kuniga toʻgʻri kelar ekan! ©Shayx G'asson Harun hafizahulloh Sahifalarimiz ➡️Yaqinlaringizga ham ulashing!

  • 13 авг.1185из Davlatbek_Mashrab

    <unknown> – Ilohi bandaman

  • 13 авг.993из Davlatbek_Mashrab

    Илоҳи, бандаман, бечорадурман, Ҳавойи нафс ила оворадурман. Эрурман барча нуқсонимға иқрор, Мусулмон ўғли қилмас ишларим бор. Эрурман бандаларнинг сирнигуни, Бўлай ёру биродарлар забуни. Манингдек осий бўлғайму жаҳонда?! Гуноҳим зоҳиримдан кўп ниҳонда.…

  • 13 авг.953из Davlatbek_Mashrab

    Илоҳи, бандаман, бечорадурман, Ҳавойи нафс ила оворадурман. Эрурман барча нуқсонимға иқрор, Мусулмон ўғли қилмас ишларим бор. Эрурман бандаларнинг сирнигуни, Бўлай ёру биродарлар забуни. Манингдек осий бўлғайму жаҳонда?! Гуноҳим зоҳиримдан кўп ниҳонда. Нетай, чун айни ақлим безиёдур, Амал ҳам йўқ, агар қилсам риёдур. Агарчи ман ёмон қул пой то фарқ, Бўлибман маъсият дарёсиға ғарқ. Вале содиқ эрурман бирлигингга, Таёнибман Сани ғофирлигингга. Деса: “Ман роббук” ики абди даргоҳ, Тилимга жори(й) қилғил: “Раббим – Оллоҳ!” Агарчи оси(й)дур, ё Раб, бу банда, Ўзинг бандам дегил, “Роббим” деганда. Агар сен қилмасанг, қуллуқ отин жуд, Манинг “қулман” деганимдан нечук суд? Илоҳи, лутф қил, мунда ва анда, Мани банда этиб, беркит бу банда. Бу сатрлар Сўфи Оллоёр ҳазратларининг қалб изҳорларидир. Муножот дейилади бу. Муножот дегани Аллоҳ ва банда ўртасидаги сирлашувдир. Эшони сўфи раҳматуллоҳи алайҳ айтяптиларки, Илоҳо, бандаман, қулман, бечораман, нафсимнинг ҳавоси, хоҳишлари билан овораман. Барча нуқсонларимга иқрорман, мусулмоннинг ўғли қилмайдиган ишларим, оғир кирдикорларим бор. Барча қулларнинг ичида боши эгилган, юзи қароман, ёру биродарларимнинг ичида энг забуни, энг хокисори ўзим бўлай. Ахир, жаҳонда мен каби осий бўлиши мумкинми? Зоҳиримда – ташқаримда кўриниб турган гуноҳларим кам, ниҳонимда – ичимда эса гуноҳларим бениҳоя кўп. Нетай? Чунки ақлимнинг айни – кўзи нурсиз, кўрдир, сўқирдир, агар озиб-ёзиб бирор амал қилсам ҳам, риёдан иборат. Оёғимдан бошимга қадар ёмонликка ўралган қул бўлсам-да, исён дарёсига ғарқман, яхшилик ҳақида ўйламайман. Аммо Сенинг якка Илоҳ эканлигингга содиқман, Сендан бўлак Илоҳ йўқдир, Аллоҳим, сенинг ал-Ғафур – гуноҳларни кечиришингга умид қиламан. Қабрда икки фаришта – Мункир ва Накир келиб, “Роббинг ким?” – деб савол берса, тилимга “Роббим – Аллоҳ!” – деган сўзни келтиргин. Бу банданг гарчи осий ва гуноҳкор бўлса-да, “Роббим!” – деганда “Бандам!” – дегин. Агар унга қул отини карам қилиб бермасанг, менинг “Қулман!” – деганимдан фойда борми? Илоҳим, лутф қил, мени бу дунё ҳаётида ва охиратда бандам дея бандалик бандига сол. Эшон Сўфи раҳматуллоҳи алайҳ айтмоқдаларки, Аллоҳим, мени бандалик бандига сол. Бандалик бу қулликдир. Яъни Ўзингга бўлган қуллик кишанлари билан кишанла, мен Сени Роббим деган пайтим мени қулим деб ата. Агар Сен мени қулим демасанг, менинг Роббим дея ҳайқирганимдан фойда йўқ. Инсоннинг Аллоҳдан узоқда ахтарган озодлиги шайтоннинг ҳийласидир. Чунки Аллоҳ инсонни яратди, унга раҳмат кўрсатди, лутф қилди, меҳр ва муҳаббат ато этди. Аллоҳнинг қули, бандаси бўлишдан кўра улкан саодат бўлмагай. Аллоҳнинг амрларига, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам суннатларига тобе бўлиш билан Одам боласининг қалби, руҳи ҳеч мисли бўлмаган ҳаловат кашф қилади. Буни ҳеч бир инсоний ғоя тақдим қила олмайди. Инсон ўзини минг хил кўйга солмасин, ўзи истаган барча хоҳишларга эришмасин, у ҳалокат сиртмоғидадир, аммо у Роббиси кўрсатган йўлдан юрса, абадул абад, боши ва охири бўлмаган саодат ва бахт манзилига мушаррафдир. Эшони Сўфи шуни айтмоқдалар. © Мустафо ЮСУФ "САҲРО" романидан.

  • Kitoblarmi? Unda vaqt topiladi! 😉 🤩 Mutolaa uchun bo‘sh vaqt izlashga hojat yo‘q, hatto qulay joy ham u qadar muhim emas... Sababi doim ham bunga imkon topilavermaydi-da. 🏖 Ish, sayohat, uyqu hamda kitob mutolaasi turganda ayni paytda qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? Bizningcha sizning tanlovingiz: sayohat davomida kitob o‘qiyotib, uxlab qolish..? 😅 @qamarnashriyoti

  • 📿SALOVAT MUSOBOQASIGA TAYYORMISIZ? Muborak Robiu'l Avval Mavlid oyi munosabati bilan Salovat musoboqasi boshlaymiz! قال النبي صلى الله عليه وسلم: {مَنْ صَلَّى عَلَيَّ ألفَ مَرَّةٍ لم يَمُتْ حَتَّى يُبَشَّرُ لَهُ بِالجَنَّةِ}. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kimki menga ming marta salavot aytsa, unga jannat haqida xushxabar berilmagunicha vafot etmaydi”. 📢Himmatingizni oshirib turing, Ertaga E'lon qilamiz in shaa Alloh! Sahifalarimiz ➡️Yaqinlaringizga ham ulashing!

  • Assalomu alaykum! Hayratul abrorning dastlabki 3 jildlik sharhidan bir necha dona bor. Oladiganlar boʻlsa, hadya qilinadi. Bemalol 30 — 40 ta olsangiz boʻladi. Kamida 10 ta oladiganlaryozsin. Manzil aytsak, kelib olib ketishingiz ham mumkin. Kitoblar bepul beriladi — hadya qilinadi. Xabarni ulashing. Kitob muxlislariga yetsin! Yozish uchun manzil: @maxdum_2026

  • Kim o'qigan kitoblarini shunaqa tahlil qilib yuritmoqchi bo'lsa, shu kishiga yozinglar, tashlab berishadi, HAMMASI BEPUL ekan @shuhrat13

  • #Mutolaa_vaqti 💬 📜Besh narsani g‘animat bilish Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kishiga nasihat qilib bunday dedilar: “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil: yoshligingni keksaligingdan oldin, sog‘ligingni kasalligingdan oldin, boyligingni kambag‘alligingdan oldin, bo‘sh vaqtingni mashg‘ul bo‘lishingdan oldin va hayotingni o‘limingdan oldin” (Imom Hokim rivoyat qilgan va ikki shayxning shartiga ko‘ra, sahih, degan). 🖋Shayx Nuriddin XOLIQNAZARning “Rabboniy nidolar” kitobidan 📱 @kukaldoshuz – Ko'kaldosh O'MITM rasmiy kanali! 🕸 Kukaldosh.uz 📱 Youtube 📱 Instagram 📱 Facebook

  • 5 авг.196183

    Avtoparkovkachi bilan suhbat Uzoqdan kuzatib oʻtiribman. Bir mashina qoʻygan kishi chiqishida parkovkachiga qanchadir pul berdi, u kishi yana qanchadir pul qaytarib berdi. Men qiziqib, borib soʻradim: - Anavi aka bergan pulini qaytarib berdingizmi? - Yoʻq, 10000 soʻm berdi, 5000 soʻm qaytarib berdim. Birovni oshiqcha puli kerakmas menga. Bu pulni men bolalarimga yediramanda. Kechqurun non, tarvuz olib boraman uyga. - Bir kunda oʻrtacha qancha tushadi oʻzi? - Rizqqa qarabda, ~150 000-200 000 soʻm tushib turadi. Shunda ham, olishimda "rozimiz" deb soʻrayman, rozi boʻlsa olaman, boʻlmasa olmayman. Agar naqd puli boʻlmasa, "Click/Payme" qilaman desa, "Xoʻja Axror Valiy" masjidining ehson fondiga oʻtkazdirib yuboraman. Ehson ham qilib turish kerakda. Oxiratga foyda boʻladi. Qoyil qolmasdan iloji yoʻq! Baʼzi katta-katta kasb egalari qilolmaydigan ishni, oddiy bir mashina tartiblovchi kishi qilyapti. Oʻrnak olinsa arziydi. "Har kim oʻz kasbidan ehson qilsin" deganlari shu boʻlsa kerak-da... @kitob_konsultant

  • #hadis_ilmi ⏺️Ibn Jamoa Kinoniy rohimahulloh aytadilar: "Tolibi ilm hadis ilmi va undagi sahih, zayif, musnad, mursal va hadislarga alohida ahamiyat bersin. Hadis ilm tolibining bir qanoti bo'lsa, unga ko'p foyda beradigan Qur'oni karim esa ikkinchi asosiy qanoti hisoblanadi". 🟢Imom Shofe'iy aytadilar: Kim hadis ilmiga yaxshi e'tibor bersa, uning hujjati kuchli bo'ladi". 🟢Tolibi ilm eng kamida o'qishi kerak bo'lgan hadis kitoblari quyidagilardir: 1. Imom Navaviyning "Qirq hadis"i (Arba'iyn Navaviy) 2. So‘ng "Riyozus solihin" 3. So‘ng "At toj al jomi' lil Usul" 4. So‘ng "Mishkotul Masobih" 5. So'ng "Elous sunan" va sharhi 🟢Shundan keyin esa "Kutubi Sitta" (olti asosiy hadis to‘plami)ni o‘qishga kirishadi: 1. "Sahihul Buxoriy" 2. "Sahihi Muslim" 3. "Sunani Abu Dovud" 4. "Sunani Termiziy" 5. "Sunan Nasoiy" 6. "Sunan Ibn Moja" ⏺️Xulosa: Anbiyolardan qolgan ko'pgina "me'ros" turganda, ozginasiga kifoyalanmang!!! 😎 Telegram | Talabaga ta'lim-adab

  • Axloqning eng yuksak darajasini bilasizmi? 🍃 Axloq masalasida farzlarni ado etish, haromga yaqinlashmaslikdan tortib, sunnat amallarni bajarish, makruhlardan saqlanishgacha boʻlgan mavzular jamlangan “Futuvvat” asari kishini toʻgʻri yoʻlga chorlovchi koʻrsatmalardan iborat. 📔 Futuvvat – sunnatning botinan va zohiran tatbiq etilishi demak. Ana shu goʻzal axloq yoʻlini ushbu asar orqali oʻrganamiz. Mazkur kitob orqali axloq borasidagi fikrlaringiz yana ham teranlashishiga ishonamiz! 🔥 • Muqovasi – yumshoq; • Sahifa – 100 bet; • Narxi – 36.000 so‘m. 🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan. • Xarid qilish uchun: ✍🏻 @qamar_delivery +998712037004 +998998454400 📌 Manzillar: • Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi. • Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida. @qamarbooks

  • Assalomu alaykum, hurmatli ishtirokchilar! @BG202426, ♡🕊, 🦋ديلنورا🦋, Pari, @akbarjon_va, @mujtahida_o9, Bintu Jamshid, Mirzovali! Barchangizning fikrlaringiz bir-biridan ajoyib! Konkursimizda faol qatnashib, mazmunli va qiziqarli sharhlar yozganingiz uchun barchangizga samimiy rahmat! 🌟 Har bir fikr e’tirofga loyiq va dunyoqarashni yanada boyitdi. Sizlarning ishtirokingiz biz uchun juda qadrli. Yana faol bo‘lishingizni kutib qolamiz! 🙌 Hurmat bilan, @kitob_konsultant

  • 🎉 Tabriklaymiz! 🎉 Assalomu alaykum, hurmatli 🦋ديلنورا🦋! Sizni kanalimizda o‘tkazilgan (kichik) konkurs g‘olibi bo‘lganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! 🏆 🎁 Sovg‘a: Sizga mukofot sifatida o‘zbek va turkiy tillarda nashr qilingan “Ibodati Islomiya” kitobi hadya etiladi. Hadyani yuborishimiz uchun manzil yuborishingizni soʻraymiz @kutubdor Ushbu yutuq muborak bo‘lsin! Ilmingiz va tafakkuringiz yanada ziyoda bo‘lishini tilaymiz. 🤲 Hurmat bilan, @kitob_konsultant

  • 📚 KICHIK KONKURS! Ushbu baytning ma’nosini eng chiroyli va tushunarli tarzda sharhlab bering. ✍️ Kim eng yaxshi sharh bersa — 🎁 mukofotga 1 ta sirli kitob hadya qilinadi! Shartlar: — Sharhingizni izohda yozing; — Imkon qadar sodda va mazmunli bo‘lsin; —…

  • 📚 Kitoblar 4 xil boʻladi | Mahmud Usmon Toʻliq suhbat 📌 @kitob_konsultant

  • Hozirgi zamon yoshlari nima oʻqishlari kerak? | Mahmud Usmon Toʻliq suhbat 📌 @kitob_konsultant