tgindex
Pedagog nigohi | Jamoliddin Ilyosov

Pedagog nigohi | Jamoliddin Ilyosov

Статистика
@kitobdan_keyinузбекский

📚 Kitobxonlik, pedagogika va hayotiy mulohazalar. Fikrlar — o‘qilgan kitoblardan, hayotdan va kuzatuvlardan.

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
113
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
218
+5 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
190
40 постов
Вовлечённость
87,2%
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 113
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
124
1/48двое суток
142
1/72трое суток
153

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • #Kun_mulohaza Ba'zan bir insonni juda yaxshi taniyman, deb o‘ylaysiz. Fe'lini ham, qalbini ham, qanday vaziyatda qanday yo‘l tutishini ham bilaman, deysiz. Keyin u shunday bir ish qiladiki... Siz undan xafa bo‘lishdan ham oldin, uni aslida hech qachon tanimaganingizni anglaysiz. Eng og‘rig‘i qilgan ishi emas. Eng og‘rig‘i — siz ishongan inson bilan asl insonning bir odam emasligini tushunish. Shunda odamlar o‘zgarib qolmaydi, balki ba'zan shunchaki aslini kechroq ko‘rsatadi, degan fikr xayoldan o‘tadi. 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • #FIKR Qachonki odamlar haromdan emas, sharmandalikdan qo‘rqayotgan, mantiq o‘rniga udumlarga rioya qilayotgan, dindan ko‘ra dindorni ko‘proq hurmat qilayotgan bo‘lsa, demak jamiyatda «aynib qolish» virusi keng tarqalibdi. Endi siz ham bu kasallikka chalinmay, desangiz, ulardan aqliy masofa saqlash tavsiya etiladi. 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Ba’zan o’zimga o’zim shunday deb turaman: Agar Alloh ayblarimni insonlarga ko’rsatib qo’yganida, menga hatto salom ham berishmas edi… 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Биз исталган пайт тугаши мумкин бўлган ҳаёт учун ҳаддан ташқари кўп сиқиламиз... 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Alloh meni juda ko'p asradi garchi men to'g'ri yo'lda yurmasam ham 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Abdurrahmon Saqqof o'zining "Hind yog'ochi" nomli ajoyib kitobida keltiradi: — Ayriliqdan faqatgina oliyjanob nafslargina ta'sirlanadi. E'tibor bersangiz, eshak bilan otni bir zamon birga bog'lab qo'ysangiz va so'ngra ularni ajratsangiz eshakka bu ta'sir qilmaydi. Ammo ot bir qancha vaqt bu ayriliqdan ta'sirlanib bezovta bo'lib yuradi. Firoq unga yomon botadi. Shunday ekan, do'stligingizga yengil qaraydiganlardan ajablanmang. Siz bilan oson ajralib ketadiganlarga e'tibor qilmang. Odamlar ichida ham eshak kabi insonlar bisyor!". 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • ORTIQCHA MAQTOV HAQIDA “Marry, sir, they praise me and make an ass of me; now my foes tell me plainly I am an ass…” — William Shakespeare “Meni maqtayverib, eshak qilib qo‘yishadi; dushmanlarim esa ochiqchasiga eshak ekanimni aytishadi.” Ba’zan insonga haqiqatidan ortiq baho berish — uni ulug‘lash emas, o‘zining asl qiyofasini unutishiga sabab bo‘lishdir. Eshakka ko‘p baho bersangiz, bir kun kelib o‘zini saman ot deb o‘ylashi mumkin. Haqiqiy baho — maqtovda emas, amalda bilinadi. 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Ho'kizga oldidan, eshakka ortidan yaqinlashma. Ahmoqqa esa hech qaysi tarafdan yaqinlasha ko'rma... 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • #kitob_uqi 28-kitob Tugash sanasi: 09.08.2026 Qadimgi davr maktablaridan tortib hozirgi kungacha bo‘lgan davrni qamrab olgan ushbu kitobda ta’lim nima uchun o‘zi bosib o‘tgan yo‘ldan borgani va uni yaxshilash uchun nima qilishimiz mumkinligi tushuntiriladi. Ta’lim bo‘yicha mutaxassis Hari Tomas ta’limning ba’zi yirik masalalari va vaqt o‘tishi bilan sohada sodir bo‘lgan burilishlar va o‘zgarishlarni chuqur o‘rganadi. Nima uchun ta’lim so‘nggi paytlarda testga yo‘naltirilgan bo‘lib qoldi degan savolga qayta-qayta murojaat qiladi va uning bu ommalashuvi natijasida bolalarda kuzatiladigan oqibatlarga baho beradi. Shuningdek, o‘qituvchilar va siyosatchilarning maktablarda olib borilayotgan islohotlarga qaratilgan say-harakatlarini ko‘zdan kechiradi. Kitob muqovasi: yumshoq Sahifasi:  136 bet ​📖 Kitob: " Taʼlim" ✍️ Muallif: Hari Tomas 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • #Ҳикмат 🟢 Япроқсиз қолдим деб, бутун шохларингни кестириб ташлама. 🟢 Ҳали бу кунларнинг баҳори ҳам бор! Ҳазрати Мавлоно Жалолиддин Румий қуддиса сирруҳу 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Muammoli vaziyat Ko'pchilik uchun tanish holat. Bir muammo ustida o'ylanamiz. Siqilamiz. Ba'zan nima qilishni bilmay qolamiz. Bunday vaziyatlarda eng yaxshi yechim bu "muammoni" bir do'st yoki ustozga aytib berish. Maslahat so'rab emas, shunchaki aytib berish. Bu nima beradi: - Muammoni aytib berish jarayonida unga o'zimiz yechim topishimiz ehtimoli katta - Do'st yoki ustoz muammoga boshqa burchakdan qaragani uchun bizga ko'rinmagan yechimni aytishi mumkin - Muammoni aytib berishlik hissini o'zi bizni yengillashtiradi 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • “КИМДА НИҚОБГА ЭҲТИЁЖ ЙЎҚ?” Ҳақиқатни гапирадиган ва ўзининг ҳақиқий ҳис-туйғуларини яширмайдиган инсонлар асло заиф, аҳмоқ ёки содда эмас. Аксинча, улар шу қадар кучлики, ниқоб тақишга эҳтиёж сезмайдилар. Рус тилидан Жалолиддин Сафоев таржимаси 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • “Адолат билан бир соат ҳукм юритиш қирқ йиллик ибодатдан афзалдир.” -Ҳадис 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • #kitob_uqi 27-kitob Tugash sanasi: 05.08.2026 Hozir siz o‘qimoqqa shaylanib, qo‘lingizda tutib turgan ushbu asar g‘ayritabiiy va noodatiy ko‘rinishi bilan dunyoga kelgan hamda boshqalardan farqli o‘laroq, yoshini yashab, umr ko‘rishda umuman teskari hayot tarzini, ya’ni qarilikdan go‘daklikka qarab yashab o‘tgan Benjamin Battonning hayoti haqida bo‘ladi. Juda ko‘p ertak tinglab ham bunaqasini eshitmagansiz yoki o‘qimagansiz, to‘g‘rimi? Mana, hozir qo‘lingizda tutib turgan ushbu kitob orqali siz g‘aroyibu ajoyib hayot ko‘rgan Benjamin Battonning sirli va sarguzashtga boy hayoti bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Kitob muqovasi: qattiq Sahifasi:  300 bet ​📖 Kitob: " Benjamin Battonning sirli o‘tmishi" ✍️ Muallif: Frensis Skott Fijerald 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Китобхонлик инсонга тавозени ўргатади. Инсон ҳар бир китобни ўқиб битиргани сари, у билмаган бир илм, бир маълумот, бир тажриба борлигини ўрганади, тан олади. Шу нарса уни ҳаётда кибрланиб кетишдан, ховлиқиб кетишдан тийиб туради. IkromSharif 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Умидга  сабрни қўшиб  аралаштиринг ва бир  умр  ичинг! Ҳаётнинг  дориси  шу! ✍️Шуҳрат  ОРИФ 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • SAHRO | Roman | 6-bob ✍️ Mustafo Yusuf 🎙 Abdukarim Mirzayev 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Tarbiyada kech bo‘lmaydi! 0:48​ - Uchdan keyin kech 3:50​ - Tarbiyadagi nazariyalar 5:35​ - “Meta” dars 9:19​ - Hech qachon kech emas 12:05​ - Ideal ota-ona boʻlmaydi 15:15​ - Xato kechiriladi 17:44​ - Yaxshi ota-ona qanday boʻladi? 18:05​ - Chidamlilik baxtlilikdan yaxshiroq 21:12​ - Bola xafa boʻlishni oʻrganishi kerak 📚 @kitobdan_keyin 🧠

  • Сиз эга бўлган энг қимматли бойлик — пул эмас. Бу — сизни чалғитиш учун яратилган дунёда аниқ ва равшан фикрлай олиш қобилиятингиздир. Ақлий равшанлик — ҳақиқий бойликдир. 📚 @kitobdan_keyin 🧠