- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 25
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 45
- 1/48двое суток
- 51
- 1/72трое суток
- 55
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
Vanihoyat endi mendayam bor) hadya bergan insonni Alloh hadyalasin
Kitob sotib olmaganimga ancha bo’lib ketgandi, o’zi boshqa kitobga kirgandim, qarasam Livaneli’ni kitobi turibdi, sifati juda zo’rmas lekin kam uchraydi, sifati-ku mayli tarjimasi yaxshi bo’lsinda deb ovolaqoldim. “Mukammal saodat yo’li” ni anchadan beri olishni hohlayapkandim. Hilol nashr saytida tugagan ekan, noyoblashib ketmasin deb issig’ida oldim) Chala qolgan kitoblarni tugatishga “motivatsiya” da endi)
Qanchalik oliyjanob ekanimizni qanday aniqlaymiz? Siz hayvonlarga, ovqat tashuvchi kuryerga, yoʻlingizda uchragan har bir begona odamga mehribon boʻlishingiz mumkin. Ammo begonalarga nisbatan yaxshi xulq-atvorda boʻlishimiz bizning asl xarakterimizni koʻrsata olmaydi. Uyimizda qanchalik mehribonmiz, ana shu haqiqiy oʻlchov boʻla oladi. Chunki begonalar bizning tariximizni bilmaydi, ogʻriqlarimizni qo‘zg‘atmaydi. Yillar davomida yuzlashmay kelgan tomonlarimizni bizga ko‘zgudek tutib bermaydi. Buni turmush o‘rtog‘imiz qiladi. Buni farzandlarimiz qiladi. Buni uyimiz ichidagilargina qilishi mumkin. Aynan shu yerda ko‘pchiligimiz tan olishni istamaydigan noqulay haqiqat bor: agar butun muloyimligimiz faqat begonalar uchun saqlangan boʻlsa, demak bu mehribonlik emas, bu tasavvurimizdagi ideal obrazni boshqarish boʻladi. Bizning kim ekanimizni do‘kondagi sotuvchiga qilgan muloyim tabassumimiz emas, balki bizni sevadigan inson bilan qanday ohangda gaplashishimiz belgilaydi. Charchab, boshimiz qotgan paytda farzandlarimizning xarxashasiga qancha sabr qila olishimiz belgilaydi. Yolgʻiz qolishni xohlagan vaqtlarimiz yaqinlarimiz yonimizda bo‘lishni istagan paytda ularga qanday yumshoqlik bilan muomala qilishimiz belgilaydi. Nikohlar bitta katta xiyonat tufayli yemirilmaydi. Ular kundalik e’tiborsizlikdan, mayda hurmatsizliklardan, har kuni tomchilab yig‘iladigan befarqlik va qo‘pol munosabatlardan sekin-asta qulab boradi. Begonalarga halimligimiz bizni ularga yoqimli koʻrsatishi mumkin. Turmush o‘rtog‘imizga, oilamizga mehribonlik esa bizga nisbatan ularning ishonchini oshiradi. Begonalarga koʻrsatilgan yaxshi xulq obraz yaratadi. Uydagi xushmuomalalik esa haqiqiy xarakterni ochib beradi. Agar hamma joyda oliyjanob bo‘lib, o‘z uyimizdagilargagina illatlarimizni chiqarsak, bu ochiq rol ijro etish. Fazilat niqobiga oʻralgan soxta obrazni gavdalantirish boʻladi xolos. “Sizlarning eng yaxshilaringiz — o‘z ahli-oilasiga eng yaxshi bo‘lganingizdir.” ©️psycho_spehere @Kitoblarga_oid
Yozuvchisi sabab hohishlar ro’yxatimga ikkilanmay qo’shgan kitobim. Dazaidan o’qimagan bo’lsangiz, yangi asar nashrdan chiqqunicha albatta o’qib ko’ring.
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Balzakdan men uchun hafta kitobi. Kitobni ichini ochib ko’rmay olgandim, uyga kelib qarasam shunaqa go’zallik kutib turgan ekan🌚 Demak XIX asr Fransiya kiborlari va oddiy xalq hayoti bilan tanishar ekanmiz. Menga yoqimli mutolaa tilang)
видео или голосовое, без подписи
O’qiyotgan kitobingda o’zingni qishlog’ing nomi kelsa)🙂↕️
Oradan yillar o’tgan bo’lsada, millionlab insonlar umriga zomin bo’lgan bu ofat haqida hali hanuz na ilmiy, na siyosiy na ijtimoiy yo’sinda tekshirilib, uning sabab va qo’rqinchli oqibatlari xususida biron tadqiq yasalg’ani yo’q va nima uchundir bung’a bir urinish ham sezilmaydir)
instagramda ozgina book blogerlarni contentini kuzatsam, kitobga bo’lgan rag’batim yanayam oshib ketadi. Hoziram Mahin’ni 5 ta klassik tavsiyasini orasida Remarkni “Uch og’ayni” kitobini ko’rib xotiralarim esimga tushib ketdi. Bahorlarda o’qigan edim o’sha kitobni. Kutubxonadan olganman, 50 betlar o’qiganimdan keyin judayam qiziqib ketib, ishdan qaytishimda avtobusdayam o’qib kelganman. Nimadir yeb kitob o’qiy olmayman lekin, shu darajada qiziqqanimdan elektron variantini ovqatlanyotganimda to’liq diqqat-e’tiborin bilan o’qiganman. Audiosini esa necha martalab eshitib chiqqanman. Balki hozir undan ko’ra qiziqroq, ma’noliroq va yozilish uslubidan ko’ra afzalroq asarni o’qigandirman lekin o’sha paytdagi hislarim qolganlaridan ko’ra qadrliroq bo’lib qolaveradi. * Remarkning menga eng yoqqan uchta asari “Uch og’ayni” “Lissabondagi tun” “Qarzga olingan umr”
Alohida mavzu ko’rsatuvining navbatdagi soni Juft tanlash, baxtli oila qurish, erkak va ayolning oiladagi vazifalari. • Juft tanlashda asosiy e’tibor beriladigan jihatlar • Oilaviy hayotning 4 bosqichi • Qanday murosa qilish • Serfarzandlikning barakasi…
Alohida mavzu ko’rsatuvining navbatdagi soni Juft tanlash, baxtli oila qurish, erkak va ayolning oiladagi vazifalari. • Juft tanlashda asosiy e’tibor beriladigan jihatlar • Oilaviy hayotning 4 bosqichi • Qanday murosa qilish • Serfarzandlikning barakasi • Qaynona bilan yashash haqidagi noto’g’ri tushunchalar Baxtli bo’lishning eng asosiy shartlaridan biri– o’zida bor narsalarga rozi bo’lish, kifoyalanish va qanoat qilishdir. Agar bir odam o’zini baxtli bo’lishini o’zida yo’q bir narsaga bog’lasa va o’sha narsaga erishsa ham hech qachon baxtli bo’la olmaydi. Suhbatni eshitish uchun havola : https://youtu.be/mxBgie7pAUE?si=mgFURDRUkXOzc3l1
📚Mutolaada “ Yaldo kechasi” Bu nechuk tunkim, oni tongi yo’q, Yo muazzinlarning bongi yo’q. @Kitoblarga_oid
видео или голосовое, без подписи
📚Mutolaada “ Yaldo kechasi” Bu nechuk tunkim, oni tongi yo’q, Yo muazzinlarning bongi yo’q. @Kitoblarga_oid
Shunaqa ruchkalisi kitobinglarga zarar yetkazmaydi, halaqit bermaydi✅
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи