- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 16
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 45
- 1/48двое суток
- 51
- 1/72трое суток
- 55
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
🌟 Husayn Buxoriy https://youtu.be/OwL8n2quqQQ?si=LbvLPmeAbIH4gUtF
#fikr 🟠Inson nimadandir norozi bo‘lsa, yoki o‘ta charchasa, kuzataman "Yoo Xudoyim, Yo Allohim", - deb ko‘p ishlatadi . 🟠Aytadigan so‘zlarimiz bajaradigan ishlarimizga, kayfiyatimizga ta‘sir qiladi . O‘rniga "Shukr", "Alhamdulillah" qo‘shsakchi ? 🟠Lug‘atimda "ha, mayli boriga shukr" ko‘p ishlatganim - tarbiyalagan . 🟠Pulim juda kam qolsa yoki noqulay vaziyatda bo‘lsam, ilgarigidek tashvishlanmayman . Xotirjam his qilaman . Berguvchi ham, olguvchi ham ALLOH . ➡️ Norozilik hech narsani o‘zgartirmaydi, shukr ne‘matni ziyoda qiladi
#subh 🟢Inson ko‘p uxlashi mumkin, lekin to‘ymaydi . Ko‘p yeyishi mumkin, lekin qoniqmaydi . 🟢Kam uxlab, to‘yib turishi ham mumkin . Kam yeb, tetik his qilishi ham mumkin . 🟢E‘tibor berganmisiz, "yegan - ichganimizni ibodatingga, yaxshilikka quvvat qilgin Allohim", - deymiz . Nasiba . Lozimi - kifoyasi . Allohim, har ishda baraka ato qil, boriga qalbimizni qanoatli qilgin, quvvat bergin .
Yo‘lovchi ✨️ pinned a file
Bir Qadam eslatma ro'yhat.pdf
📋UzPost pochta manzillari ro‘yxati 📬UzPost pochtaning Bir Qadam xizmati orqali Toshkentdan O‘zbekiston bo'ylab va qarama-qarshi yo‘nalishlarda 24 soat ichida yetkazib beriladi. Viloyatlar orasida esa yetkazib berish 2-3 kun ichida amalga oshiriladi. UzPost pochta xizmatini to‘lovini oldindan amalga oshirish kerak (pochta qonun-qoidasi bo‘yicha). 💸Xizmat narxi: 1 kg gacha - 15 000 so'm • Qo'shimcha har bir kilogram uchun 3 000 so'mdan • Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikasi yo'nalishlarida 7 000 so‘m qo‘shiladi 🚛Jo'natmalar belgilangan bo'limlar orasida amalga oshiriladi. ‼️Ushbu xizmat bo'yicha jo'natmani oxirgi bo'limda saqlash muddati - 5 kun. Batafsil ma'lumot uchun havola: 👉 https://uz.post/uz/xizmat/11 📚 «Safo» — asl kitobxon sahifasi
без подписи
без подписи
Assalomu alaykum va rohmatulloh, fevraldan buyon @Xazinalar_ombori shu kanaldan online kitob olaman, Andijondan jo'natadilar . ➡️ Detektiv, she‘riy, diniy - xohlagan mavzungizdagi eski - yu yangi, nodir kitoblarni topish mumkin . ➡️ Kanal ham tartibli, chat bo‘lib ketmagan . ➡️ Farididdin Attor, Ahmad Yassaviy hazratlari hikmatlari kabilarni shu kishidan oldim . Xolis, tavsiya .
#subh O’zidan yuz o’girganning ham rizqini to’xtatmagan ALLOH, O’ziga yo’nalganlarga nimalar qilmaydiki ... ✍️ Imom G’azzoliy rohimahulloh
☕️☕️ ☕️☕️ Mana shunday issiq kunlarda himmatni oshiradigan, odob haqida, o'ylantiradigan, jamiyatdagi dolzarb mavzular yozilgan o'qishga yengil kitob qidiryapsizmi ? 🌿 Odinaxon Muhammad Sodiq ustozaning "Go'zal o'rnak" kitobi ayni muddao ! ☕️ Hadislar orqali yangi boshlaganlar uchun ham "chertib" o'qiydiganlar uchun ham munosib tanlov . 🕯️ Sodda tilda yozilgan va qayta murojaat qilish, eslatma uchun qulay Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Qiyomat kuni mo'minning mezonida go'zal xulqdan ko'ra og'irroq narsa bo'lmas" dedilar . (Termiziy rivoyat qilgan) #nihoya 12.08.2026
🌟 Shayximiz haqlaridagi kitobni 2023 - yil o'qiganimda u kishining 1 oyda 260 ta kitob o'qib tugatganlarini, kutubxonachi tashiyverib charchaganini , hattoki uydagi javonida qaysi qayerda turishini yoddan bilishini o'qib, havas qilganman . Bu rasmdagi kitoblar…
Qiz bolaning baland ovozda kulishi, baqirib so‘zlashi, jamoat joylarida o‘zini tuta bilmay, har xil qiliqlar qilishi o‘ta xunuk holatlar hisoblanadi. Boshini orqaga tashlab, og‘zini katta ochib kulayotgan qizlarga qarab turib, oynai jahonning salbiy ta’sirini ko‘rgandek bo‘laman. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kulgilari faqatgina tabassumdan iborat bo‘lganini bilisharmikin? 🌿 Odinaxon Muhammad Sodiq «Qizlarjon» kitobidan
без подписи
Bu dunyoda nima bilan band bo'lsang, u yerda ham... Ibn Javziy aytadi: "Menga yetib kelgan xabarga ko'ra, u kishi vafot etganidan keyin bir kishi uni tushida ko'rgan ekan. Tushda Ibn Xushshob devorlari kitobidan bo'lgan bir shaharda yashar, atrofida son-sanoqsiz kitoblar bor ekan. Shunda u kishiga: "Namuncha kitoblar ko'p?" deyilsa, "Alloh taolodan bu yerda ham dunyoda mashg'ul bo'lgan narsam bilan band qilishini so'ragan edim, menga izn berdi", deydi". 📖 "Sahifalar" (Abulfattoh Abu G'udda) Alhamdulillah 🌝, olish nasib qildi)
Sen g'aniysan, menda bisyor ehtiyoj ✍️ Nodirabegim @yölovchi
KO'PRIK 🟠Hazrat Navoiy rohimahulloh muhabbatning turlarini uchga boʻlgan ekanlar. Birinchisi, oila qurish bilan izohlansa, qolgan ikkitasi mulohaza nuqtasidir. 🟠Naqshbandiy hazratlarining "Tasavvuf va suluk" nomli kitoblarida "Mavloga olib boruvchi yoʻllar, albatta, bir Laylodan oʻtadi" deyilgan ekan. Yana shunga oʻxshash "majoziy muhabbat ilohiy muhabbatga koʻprik boʻladi" qabilidagi gap ham bor . 🟠Bu yerdagi "Laylo" albatta bir odam boʻlishi shart emas. Inson bu dunyoda sinovga uchrashi mumkin boʻlgan har kim, har narsa bu yerda nazarda tutilgan "Laylo" boʻlishi mumkin. 🟠Muhimi, "Laylo" larda toʻxtab qolmay Mavlosi tomon siljimoqdir . Darhaqiqat, inson "Laylo"larni lozim tutaverarkan va Mavlosining rioyasini qilmas ekan, u , shubhasiz, ziyonda boʻlur ! ©Xitob_EyKongil
Men bir ajab holda keldim, Kimsa holim bilmas mening . Men so‘ylayman, men tinglayman - Kimsa tilim bilmas mening *** Men yurarman yona - yona, ishq bo‘yadi meni qona Na oqilman, na devona, kel, ko‘r meni, ishq nayladi *** Alhamdulillah, ayrim kitoblar bilan bog‘liq sog‘inchli xotiralar bo‘ladi, avval avtobusda o‘qib ketardim, sotuvda qidirib zo‘rg‘a topdim, fazli ila 🌝
#hayotiy 🌙 O‘shanda 10 - sinfga endi o‘tgandik, saralash bo‘lib ayrim o‘quvchilar boshqa sinfga o‘tishi kerak ekan . 🔸 Chet tili ustozim meni qo‘ymay jo‘natdilar, "boshqa sinfni istamayman", - deb qaytib keldim . Yangi kelgan sinf rahbar "Vatandan chiqqanlar kim bo‘ladi bilasizlarmi ? - "Xoin"(sotqin), - dedi . ⚫️ 9 yil birga o‘qigan sinfdoshlarim bir kunda xuddi begonaga aylanishdi, ajratib tashladi . Bu hayotimdagi ilk zarba edi ... ⚫️Shunda ham ularni yaxshi ko‘rardim, odatlanganim joy - ketmadim . Oxiri bildimki, voz kechish kerak . ⚫️Yangi "v" sinf o‘qishga chanqoq edi, hurmat qilishdi, xuddi ilgaridan qadrdondek . 📤 Nima demoqchiman, sizni nuringizni so‘ndiradigan, ayblayveradigan insonlardan uzoq turing . 💕Sizni Allohga, ilmga yaqinlashtiradigan, boringizcha qadrlaydigan, ko‘nglingizni rioyasini qiladigan insonlar davrasida bo‘ling