kitobplus.uz
СтатистикаKitobPlus.uz — Oʻzbekistonda birinchi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun onlayn audio kutubxona. Android: http://bit.ly/kitobplus iOS: http://bit.ly/kitoblus-ios 💬 Chat: @kitobplus_chat 📲 Tel: +998 (90) 808-73-31 @sharoitplus loyihasi
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 4
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🏫 Uyatchan oʻquvchilarni darsga jalb qilish usullari ma'lum qilindi Oʻqituvchilar sinfdagi jim va uyatchan oʻquvchilarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirishi hamda ularni oʻquv jarayoniga jalb qilishi uchun alohida yondashuv talab etiladi. Edutopia.org nashrining yozishicha, bunday oʻquvchilarni "koʻproq gapir" deb qistash ulardagi ijtimoiy xavotirni kuchaytirishi mumkin. Buning oʻrniga ularning yozish qobiliyati kabi kuchli tomonlarini ragʻbatlantirish tavsiya etiladi. ✅ Telegram ✅ Instagram ✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Xogvartsga yoʻllanma olgan yagona real inson: Natali Makdonald Kitobxonlar orasida "Garri Potter" olamidagi ism va sehrli qahramonlar muallifning tasavvur mahsuli degan qarash bor. Ammo asarda shunday bir qahramon borki, u Xogvarts devorlari orasiga haqiqiy hayotdan kirib kelgan. Ha, ha, shunday. "Garri Potter va olov kubogi" asaridagi taqsimlash marosimini eslang. Taqsimlovchi shlyapa Natali Makdonald ismli qizni jasurlar fakulteti — "Griffindor"ga yuboradi. Gap shundaki, Natali Makdonald — toʻqima personaj emas. U 1999-yilda Kanadaning Toronto shahrida leykemiya kasalligi bilan mardona kurashgan 9 yoshli qizaloq edi. Garri Potterning ixlosmandi boʻlgan Natalining ahvoli kundan-kunga ogʻirlashib borardi. Shunda oilaning yaqin doʻsti Enni Kidder muallifning noshiriga bogʻlanib, J.K. Roulingdan qizaloqqa keyingi kitoblarda bosh qahramonlarni nima kutayotgani haqida hech boʻlmasa qisqacha yozishini iltimos qiladi. Taʼtildan qaytib, xatni kechikib oʻqigan yozuvchi darhol javob yozishga kirishadi. U qizning onasi Valeriga xat yoʻllab, asar qahramonlarining kelajagi hamda sirlar yechimi haqida barcha tafsilotlarni ochiqlaydi. Afsuski, xat manzilga yetib borganida, kichkina Natali bu yorugʻ olamni tark etib boʻlgan edi... Qizaloqning irodasi va uning bevaqt oʻlimidan taʼsirlangan Rouling Natalini oʻz asarida abadiylashtirishga qaror qiladi. U yosh muxlisini "Olov kubogi" kitobiga kiritib, ogʻir dard bilan qoʻrqmasdan kurashgani uchun aynan jasurlar va dovyuraklar fakulteti — Griffindorga munosib koʻrgan. Rouling keyinchalik, 2000-yildagi safari chogʻida qizaloqning oilasi bilan shaxsan koʻrishgan. Agar turkumning "Olov kubogi" qismini mutolaa qilsangiz, Natali ismiga koʻzingiz tushganda, asar sahifalari orasida jasur qizaloqning xotirasi ham yashayotganini his qilasiz.
"Ijodkor uchun ikki narsa eng muhimi: jasorat va mahorat. Jasorat — "zamon koʻtarmaydigan gap"ni ham badiiy ifodalashning yoʻlini topish. Badiiy ifoda eta olish - bu mahorat. Ichida ideal dunyosi bor odam ijodkor boʻladi. Xudo bergan isteʼdodga Xudo bergan fitrat, qalb ham kerak." (Olim Toʻlaboyev)
"Jodugar Arxetipi" Empat-rahmli odam ichida uyg‘onadigan yangi kuch. Karl Yungdan.
🌿 DIQQAT, E’LON! 🌿 Kashtado’zdan maxsus🕊 Ko’zi ojiz va nogironligi bo’lgan shaxslarni 1 oylik bepul kashtachilik kursiga taklif qilamiz! Siz kashtachilikni o’rganishni xohlaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun! Kurs davomida siz: 🧵 Oddiy iplar bilan kashta tikishni; ♻️ Plastik paketlardan kashta tikishning noyob usullarini; 🎨 Chiqindi plastik paketlarni san’at asarlariga aylantirish sirlarini o’rganasiz. Kurs yakunida: 📜 Har bir ishtirokchiga KOICA Koreya va Kashtado’z tomonidan sertifikat taqdim etiladi. 🖼 Siz yaratgan ijodiy ishlar oktyabr oyida bo’lib o’tadigan xalqaro ko’rgazmada namoyish etiladi. 💰 Shuningdek, o’z mahsulotlaringizni sotish va daromad topish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Keling, kashtachilik orqali tabiatni asrashga va plastik chiqindilarga yangi hayot baxsh etishga birgalikda hissa qo’shaylik! 📞 Murojaat uchun: +998 99 833 83 14 📍 Ro’yxatdan o’tish joyi: Sharoit Plus nogironlar jamiyati 📍 Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko’chasi, 1/1. Barcha viloyatlardan ishtirokchilar qabul qilinadi! Sizni kursimizda intiqlik bilan kutamiz!
Iroda 900 betlik "Garri Potter (5)" asarini o'qib tugatdilar. Mehnatkash, qobiliyatli ushbu suxandonimizga volontyorlik faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Suxandon: Iroda Mirvohidova Asar: Garri Potter 5 Muallif: Juanna Rouling
Suxandon: Iroda Mirvohidova Asar: Garri Potter 5 Muallif: Juanna Rouling
Suxandon: Iroda Mirvohidova Asar: Garri Potter 5 Muallif: Juanna Rouling
Chamasi bir haqiqatni unutgan ko'rinasiz: oʻz qalbiga qarshi chiqqan inson, baribir yutqazadi! (Hind kinosidan)
Ko’zi ojiz odam qanday qilib telefon ishlatadi? YouTube’da yangi son chiqdi. Bu bizning birinchi podcast format videoimiz. https://youtu.be/heZMPTeTkUo?si=ILaawuzZLbIajOaT
Jamoamizning jonkuyar ekspert va montajchisi Shirin O'lmasova o'zga ijodiy ishlarga bel bog'lagani bois audiokitoblar va "kitob plus" doirasidagi faoliyatini yakunlashini ma'lum qildilar. Ularga kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz! Shirin Iroda Mirvohidova ijrosidagi "Garri Potter"ning qolgan qismlarini yakuniy tuxfa sifatida taqdim etishga astoydil harakat qilishlarini aytdilar. Asarni ko'ngilli tarzda o'qiyotgan suxandonimiz - Irodaga ham kuch-quvvat tilaymiz!
Ilm- olinmaydi, Ilm- yuqadi * Vaqt- hech qachon kelmaydi, vaqt- ketadi
Odamning xatosi emas, xatosiga munosabati uning kimligini belgilaydi. * Odamning boshqa odam oldidagi o'z xatosiga (masalan, lafzini ustidan chiqa olmaganiga) munosabati u odam uchun "boshqa odam"ning kimligidan, uni kim deb bilishidan darak beradi.
"Aslida siz aytganday men tug‘ma iste’dod egasi emasman, tug‘ma ta’sirchanman. Xullas, menga hamma narsa, bu dunyoning barcha NOMUTANOSIBLIGI ta’sir qiladi." "Giryon" Nazar Eshonqul
📀 Audio nomi: Shahzoda ✏️ Janri: Hikoya 👤 Muallif: Krishan Chandar 🗣 O‘qidi: Shirin O'lmasova 2019-yil
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи