LibKattaqo'rg'on shahar
Статистика⛪️Kattaqo`rg`on shahar Axborot-Kutubxona Markazi rasmiy kanali 📜 Tavsiya etiladigan badiiy asarlar 📰Yangiliklar 💽Audio va Video resurslar 🥇Tanlov va 🎁aksiyalar 🎤Tadbirlar 📝Test 🇺🇿http://kattakurgon.shakm.uz https://t.me/kitobreadbook
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 55
- Всего постов
- 153
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 47
- 1/48двое суток
- 53
- 1/72трое суток
- 58
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Shaxs_bibliografiyasi ERKIN VOHIDOV MEROSI “Ruhlar isyoni” dostonining yaratilishi: Erkin Vohidov “Ruhlar isyoni” dostonini 1979-yil 20-mart kuni Hindistonning Dehli shahrida yozib tugatgan. Shoir dostonning yaratilishi haqida shunday degan: “Doston o‘zining isyonkor she’rlari bilan butun Hindistonni erk uchun, ozodlik uchun kurashga ruhlantirgan otashin bengal shoirining orzu-armonlari, jasorati, fojiali qismati haqida.” “Ruhlar isyoni” garchi bengal shoiri Nazrul Islom haqida bo‘lsa-da, unda Erkin Vohidov shoir hayoti orqali shoirlik, insonlik, fidoyilik, erkka tashna ijodkorning zamonasi va xalqi bilan murakkab munosabati, shuningdek, inson hayotining ma’nosi, hayotning shafqatsiz va adolatli haqiqati haqidagi o‘y-mulohazalarini kitobxon bilan baham ko‘rishga intilgan. 📚 “Ruhlar isyoni” — erk, ozodlik, jasorat va inson qadr-qimmatini ulug‘lovchi yuksak badiiy asardir. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Virtual_koʻrgazma Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi yangi kelgan adabiyotlardan tayyorlangan virtual ko'rgazma. Ushbu adabiyotlarni mutolaa qilish uchun barchangizni Axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
без подписи
#Nostatsionar_xizmat_koʻrsatish #Koʻchma_kutubxona Kitob — ma’naviyat manbai “Kitobsevar millat” umummilliy g‘oyasini hayotga tatbiq etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va aholining mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazi tomonidan navbatdagi “Ko‘chma kutubxona” loyihasi tashkil etildi. Bu galgi kitob targ‘iboti shahrimizdagi Milliy bank filialida o‘tkazilib, xodimlarga turli janrdagi badiiy, ilmiy-ma’rifiy va zamonaviy adabiyotlar taqdim etildi. 📚 Kitob inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi, qalbiga ezgulik va ma’rifat urug‘ini sochadi. Shu bois kitobni inson hayotining ajralmas hamrohiga aylantirish — kelajak avlod ma’naviy kamoloti uchun muhim qadamdir. Zero, kitob o‘qigan millat — tafakkuri yuksak, kelajagi porloq millatdir! 📖✨ Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kitobdan_parcha Har bir sahifa — sizni yanada kuchliroq, ishonchliroq va erkinroq bo‘lishga chorlaydi. O‘zingizni sevishni o‘rganing — chunki bu hayotingizdagi eng katta sarmoyadir. ✍🏻 Alisa Levopetrovskaya: Shunchaki o‘zingni sev Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
без подписи
без подписи
без подписи
#Ayni_damda 📚 Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazida kitobxonlar uchun qulay va mazmunli mutolaa muhiti yaratilgan. 📖 Ayni damda kutubxonaga tashrif buyurgan kitobxonlar o‘zlari qiziqqan badiiy, ilmiy-ommabop va ma’rifiy adabiyotlarni mutolaa qilmoqdalar. 🌿 Kitob mutolaasi — bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, bilimni boyitish va dunyoqarashni kengaytirishning eng yaxshi usullaridan biridir. 🤝 Kutubxona jamoasi kitobxonlarga kerakli adabiyotlarni tanlashda ko‘maklashib, ularning mutolaa jarayonini yanada samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda. 📚 Har bir o‘qilgan kitob — yangi bilim, yangi fikr va yangi imkoniyat sari qadam! Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kichik_hikoya Yaxshilik Bir kuni Jasur yo‘l chetida og‘ir sumka ko‘tarib ketayotgan kampirni ko‘rib, unga yordam berdi. Kampir minnatdor bo‘lib, eski daftaridagi bir jumlani ko‘rsatdi: “Yaxshilikni hech kim ko‘rmasa ham qil. Chunki yaxshilikning eng katta guvohi — sening vijdoning.” Yillar o‘tib, Jasur ulg‘aydi. U boshqalarga yordam berishni odat qildi. Shunda u anglab yetdi: yaxshilik hech qachon yo‘qolmaydi, u albatta bir kun mehr bo‘lib qaytadi. ❤️ Mehr bergan insonning qalbi boyiydi, oqibat qilgan inson esa hech qachon yolg‘iz qolmaydi. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#Siyosiy_maʻrifat_soati 📚 Kattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbir davomida jamiyatimizda ro‘y berayotgan muhim siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy jarayonlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati hamda fuqarolik mas’uliyati haqida fikr almashildi. Siyosiy-ma’rifat soati xodimlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini yanada oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, Vatanga daxldorlik va fuqarolik mas’uliyati tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. 🌱 Ma’rifat — ongni yuksaltiradi, bilim — taraqqiyotga yo‘l ochadi! Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Iqtibos "Bilim — inson hayotini yoritadigan eng buyuk chiroqdir.” ✍🏻 Alisher Navoiy Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Kutubxona_OAV_nigohida 🟦🟦🟦 "Sog'lom ona — sog'lom avlod garovi" shiori ostida ayollar sport festivali o'tkazildi ⚡️ 18:00 12.08.2026 Rasmiy sahifalarimiz:🌐 📱Telegram |📱Instagram | 📱YouTube |
#Birgalikda_mutolaa_qilamiz 📚 Ajdar o'rgatuvchilar. Afsonaning boshlanishi ✍🏻 Kressida Kovell Qadrli kitobxonlar! Afsonaviy sarguzasht o‘zbek tilida! Kressida Kovelning dunyoga mashhur asari — "Ajdar o‘rgatuvchilar" kitobini kutib oling. Vikinglar, dengiz sarguzashtlari va eng qaysar ajdaholar haqidagi ushbu hikoya farzandingiz uchun eng yaxshi sovg‘a bo‘ladi. Kitob bolalarga nimani o‘rgatadi? — o‘ziga ishonch; — haqiqiy do‘stlik; — mehrli bo‘lish; — qo‘rqmaslik. Ushbu kitobni maroq bilan oʻqish uchun Sizlarni Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markaziga kutib qolamiz! Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa
#Virtual_koʻrgazma Kattaqoʻrgʻon shahar Axborot-kutubxona markazi yangi kelgan adabiyotlardan tayyorlangan virtual ko'rgazma. Ushbu adabiyotlarni mutolaa qilish uchun barchangizni Axborot-kutubxona markaziga taklif etamiz. Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Web-sahifa