tgindex
kitobchi
@kitobxonchaузбекский

Kitoblar shunchaki matn emas, balki hayotni, kelajakni va texnologiyalarni tushunish kalitidir. masʼulga yozish: @kitobchiblogi_bot

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
8
Всего постов
31
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 962
−27 за 2 дн.
Сутки
−2
−0,10%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 017
31 постов
Вовлечённость
51,8%
к подписчикам
Постов в день
1,1
всего 31
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
477
1/48двое суток
546
1/72трое суток
589

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 13 авг.4964115

    Insonning kelajagini bashorat qilish uchun uning vaqtini nimaga sarflayotganiga qarash kifoya. Uinston Cherchill. @kitobxoncha

  • Xogvartsga yoʻllanma olgan yagona real inson: Natali Makdonald Kitobxonlar orasida "Garri Potter" olamidagi ism va sehrli qahramonlar muallifning tasavvur mahsuli degan qarash bor. Ammo asarda shunday bir qahramon borki, u Xogvarts devorlari orasiga haqiqiy hayotdan kirib kelgan. Ha, ha, shunday. "Garri Potter va olov kubogi" asaridagi taqsimlash marosimini eslang. Taqsimlovchi shlyapa Natali Makdonald ismli qizni jasurlar fakulteti — "Griffindor"ga yuboradi. Gap shundaki, Natali Makdonald — toʻqima personaj emas. U 1999-yilda Kanadaning Toronto shahrida leykemiya kasalligi bilan mardona kurashgan 9 yoshli qizaloq edi. Garri Potterning ixlosmandi boʻlgan Natalining ahvoli kundan-kunga ogʻirlashib borardi. Shunda oilaning yaqin doʻsti Enni Kidder muallifning noshiriga bogʻlanib, J.K. Roulingdan qizaloqqa keyingi kitoblarda bosh qahramonlarni nima kutayotgani haqida hech boʻlmasa qisqacha yozishini iltimos qiladi. Taʼtildan qaytib, xatni kechikib oʻqigan yozuvchi darhol javob yozishga kirishadi. U qizning onasi Valeriga xat yoʻllab, asar qahramonlarining kelajagi hamda sirlar yechimi haqida barcha tafsilotlarni ochiqlaydi. Afsuski, xat manzilga yetib borganida, kichkina Natali bu yorugʻ olamni tark etib boʻlgan edi... Qizaloqning irodasi va uning bevaqt oʻlimidan taʼsirlangan Rouling Natalini oʻz asarida abadiylashtirishga qaror qiladi. U yosh muxlisini "Olov kubogi" kitobiga kiritib, ogʻir dard bilan qoʻrqmasdan kurashgani uchun aynan jasurlar va dovyuraklar fakulteti — Griffindorga munosib koʻrgan. Rouling keyinchalik, 2000-yildagi safari chogʻida qizaloqning oilasi bilan shaxsan koʻrishgan. Agar turkumning "Olov kubogi" qismini mutolaa qilsangiz, Natali ismiga koʻzingiz tushganda, asar sahifalari orasida jasur qizaloqning xotirasi ham yashayotganini his qilasiz. 🔖 @kitobxoncha

  • Balo kelsa, sevinchga yoʻyib sabr qil, qiyinchilikni ichingda saqlab, shodlik kelishini kutib tur. Ahmad Yugnakiy 🔖 @kitobxoncha

  • Ba'zi foydali deb bilganim postlarni ulashib turaman: Rasmda belgilangan matn tarjimasi: "O‘ziga va o‘zi ta’minlaydigan kishilarga yetarli bo‘lganidan ortganini sadaqa qilish mustahabdir. Qaramog‘idagilarning ta’minotini noqis qilib boshqaga bersa, gunohkor bo‘ladi. Masalan, o‘zining bolasi och-nahor, uning ovqatini qo‘shnisiga ehson qilib bersa. Chunki farzandning ta’minoti ota zimmasiga vojibdir. Qoidaga ko‘ra: "تقديمُ المستحبّ على "الواجب معصيةٌ" -- Mustahabni vojibdan oldinga qo‘yish ma’siyat sanaladi. D. Muhammad Aliy an-Nadavining الفقه الميسر على مذهب الإمام أبي حنيفة kitobidan. __ Qaysi yili edi, tanish ayol karyerasi uni juda band qilayotganini, talabalarining darslari bilan bo‘lib, farzandlariga kelganda kuch-quvvat qolmayotganini, uyga juda charchab qaytayotganini aytib qoldi. Hatto bolalari bilan gaplashib o‘tirishga vaqti qolmaskan. Eshitib o‘tirganlar buni fidokorlikka yo‘ygani, millat uchun qayg‘urish deb qabul qilgani va alqagani yodimda. Aslida bu ibratli holat emas edi. O‘z bolalarining ta’limiga qaramay boshqalarni o‘qitishga borini sarflab yuborish — tahajjud o‘qib-o‘qib bomdodga uxlab qolishga o‘xshaydi. Boshqalarning farzandlarini o‘qitish - fazilatli va mustahab ish, lekin kishining o‘z farzandi birinchi o‘rindagi, eng haqli talabasi bo‘ladi, uning ta’lim-tarbiyasi - vojib. Prioritetlarning buzilishiga oid yana boshqa misol: Qarzdor odam. 1000$ qarzi va shuncha puli bor, ehson qilib faqirlarga osh bersam deydi, ehson qiladi, lekin qarzini to‘lamaydi. Pediatriya instituti talabasi. Tibbiyotga oid o‘qiydigan narsasi qalashib yotibdi, lekin u "O‘tkan kunlar"ni o‘qib, Zaynabni qarg‘aydi, tarix kitoblarini o‘qib, karfagenliklarning mag‘lubiyati uchun yig‘laydi. Bir qarasang, ikki frontda jang qilishni eplolmay "kaput" bo‘lgan Hitlerni bilan boshini band qilib yuradi. O‘qish yillari shu zaylda bitgach, bolalar hayoti masalasi unga topshiriladi. Shu kabi o‘rnaklar har birimizning hayotimizda bor. Dinimiz ishlarning muhimlik darajalari va ularning bajarilish tartibini qat’iy belgilaydi, ibodat va muomalat — har bir masalada bunga izchil amal qilishga buyuradi. Birgina namozimiz misolida tahlil qilib ko‘rsak, farz, vojib, sunnat mustahab vhkz hukmlarni ketma-ketlik bilan ado etish bizga tartib va ustuvorlikni (prioritetni) saralashni, ishni o‘z vaqtida, kerakli o‘rinda bajarishni o‘rgatayotganiga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, Islom muhim ishlarni qo‘yib, ikkinchi (balki uchinchi, to‘rtinchi) darajali narsalar bilan o‘ralashib yurishni gunoh deb deydi. Ishlarni tartiblayotganda muhimni nomuhimdan ajratib olish kerak, bu - muvaffaqiyatning teng yarmi. Qolgan yarmi esa - unga amal qilish bilan bo‘ladi. Alloh taolo hammamizga buni oson qilsin. Amin! ©️Robiya Najmiddinova 🔖 @kitobxoncha

  • Graf Monte-Kristo va feyklar Internet makonida nima ko‘p - yolg‘on ma’lumot ko‘p, buni "feyk" deb ataymiz. Ba’zi manbalarga ko‘ra, feyklar va ularga asoslangan tizimli dezinformatsiya olami yiliga $400 milliard dollardan oshiq zarar keltirmoqda ekan. Ba’zilar feykni "yaxshi" va "yomon"ga ham ajratar ekan, uning yaxshi yo yomon ekanligi ham o‘zgaruvchan, manfaatlar va kimga qanday ta’sir qilishiga bog‘liq, lekin umuman olganda uning nomi baribir yolg‘on ma’lumot - feyk. Ba’zi mashhur asar qahramonlari ham bu quroldan ustomon foydalanib qo‘yishadi. Masalan, deyarli 2 asr avval yozilgan Aleksandr Dyumaning "If qal’asining mahbusi" asarida Graf Monte-Kristo janobi oliylari. Keling, avval soqqaga oid qisqa hisob-kitobni qilib olaylik) Asardagi pul birligi bu - frank. XIX asrda frank oltinga bog‘langan edi (1 frank ≈ 0,29 g sof oltin). 1 million frank = 290 kg oltin. Bugungi narxda bu — taxminan 40 million dollar degani. Asardagi bankir Danglarning butun boyligi 15 million frank edi (hozirgi hisobda qariyb 600 million dollar). Graf esa buni bemalol arzimagan pul deb kamsitadi! Xo‘sh, u mana shu ulkan imperiyani qanday yiqitdi? Oltin yo kuch bilan emas, feyk ma’lumot bilan. Asarda feyk qanday ishlagan? Graf Parij yaqinidagi Monlyeri telegraf minorasi xodimi bo‘lgan kambag‘al bog‘bonga 25 000 frank beradi. Evaziga atigi uchta soxta signal uzatiladi. Ertasiga gazetalar yozadi: "Don Karlos qochib Ispaniyaga qaytdi, Barselona ko‘tarildi". Danglars vahima ichida ispan qimmatli qog‘ozlarini sotib yuboradi. Bir kundan so‘ng yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi, kurs tiklandi — ammo endi kech edi. Natija: bir kunlik yolg‘on bankirga 1 million frank zarar keltirdi. Grafning xarajati esa — bor-yo‘g‘i 25 ming frank. (Kitob oxirida Danglarning cho‘ntagida arzimagan 50 000 frank qoladi xolos). Dyuma o‘ylagan sxema bugun ham o‘zgarmadi. Faqat narxi tushdi: telegrafchini sotib olish 25 000 frank turgan bo‘lsa, bugun soxta xabar va surat yasash — 30 soniya va 0 so‘m turadi. Yolg‘onga to‘la internetdan oziqlanayotgan AI ham yolg‘onlar zavodiga aylanib boryapti. Shu sabab axborotga tanqidiy-tahliliy yondashuvni, erinmay tekshirish va savollar bera olish ko‘nikmalarini shakllantiring - ko‘p foydasi tegadi. 🔖 @kitobxoncha

  • Insonning aqli cheklangan, qalbi esa chegara bilmaydi. Antuan de Rivarol 🔖 @kitobxoncha

  • 9 авг.809357

    Diqqat, bugun bizning qonuniy bayramimiz! Bugun — 9-avgust Xalqaro kitobsevarlar kuni ekan! 🎉 Boshqacha aytganda, bugun "Oʻqilmagan kitoblarim koʻp-ku, nega yana sotib oldim-a?!" deb oʻzini koyiydiganlar yoki kitob doʻkonidan hech qachon quruq qoʻl bilan chiqmaydiganlarning bayrami! 😎 Keling, bundoq qilamiz: fiklashingizga jiddiy taʼsir qilgan kitobni izohlarda emojilar yordamida tushuntiring, qolganlar esa topishga harakat qilib koʻradi. Men boshlab beraman: 🏔️ 🙍🏻‍♂ 🏹 😩 Mol boqib kitob oʻqiganlar bilan qalban yaqinmiz) 🔖 @kitobxoncha

  • 9 авг.782364

    Aql kishiga faqat o'zining noma'qul yashayotganini bilish uchungina emas, balki oqilona yashash uchun ham beriladi. Vissarion Belinskiy 🔖 @kitobxoncha

  • 8 авг.903225

    -- --- .-. --.. . / .- .-.. .. ..-. -... --- ... .. oʻqishga urinib koʻring) XIX asrgacha London va Nyu-York orasidagi narx-navoni bilish uchun haftalar kerak edi. Ammo Samuel Morze butun boshli global bozor o‘yinini o‘zgartirib yubordi. Fojiadan tug‘ilgan kashfiyot Rassom va ixtirochi Samuel Morze telegraf ustida ishlayotga paytda xotini og‘ir kasal bo‘lib qolgan. Unga xabar kechikib yetgani uchun Morze xotinining so‘nggi damlarida yonida bo‘la olmaydi. Shundan so‘ng u ma’lumotni masofaga zudlik bilan uzatish chorasini topishga astoydil kirishadi. Ilk xabar. 1844-yilda u o‘zining mashhur "Xudo naqadar buyuk ishlarni yaratdi!" jumlasini birinchi bo‘lib telegraf orqali yuboradi. Morze kodi orqali tezkor axborot olish imkoniyati paydo bo‘ladi. Savdogarlar birjalardagi narx farqlaridan soniyalar ichida foyda ko‘ra boshladi. Dunyoning turli burchaklaridagi tovar narxlari bir-biriga moslashib, zamonaviy global iqtisodiyotga poydevor qo‘yildi. Ma'lumot o'rnida, "Interstellar" filmida Kuper qora tuynuk ichidagi tesserakt orqali qizi Myorfiga bergan soatning soniya millarini tortishish kuchi yordamida boshqarib, Morze alifbosida signal yuboradi. Bu signal keyinchalik ikkilik (binar) kodga aylantiriladi va Myorf buni tortishish tenglamasini yechishda ishlatadigan muhim ma'lumot sifatida tushunib oladi. 🔖 @kitobxoncha

  • видео или голосовое, без подписи

  • 8 авг.8877010

    Qunduz amakiga bu stul aniq yoqqan boʻlardi. Nima dedingiz?) 🔖 @kitobxoncha

  • 7 авг.1 042588

    "Kichkina shahzoda" va uning "vorisi" "Kichkina shahzoda"ni o'qib, "chuqur falsafiy asar" deysiz. "Bolakay, ko'rsichqon, tulki va tulpor"ni o'qib, "bolalarcha sodda" deysiz. Bu ikki asarni deyarli 80 yil ajratib tursa-da, har ikki asarda ayrim umumiy jihatlar ko'zga tashlanadi. Ba'zi kitobxonlar "yangi Kichkina shahzoda" deb ta'riflayotgan "Bolakay, ko'rsichqon, tulki va tulpor" bizga qanday "yangilik" bera oladi? 🤔 🦊 Har ikkala asarda ham tulki obrazi bor. Ekzyuperining tulkisi biroz sirliroq — u sizga eng muhim narsa ko'zga ko'rinmas yerda yashiringanini o'rgatadi. Uning gaplarida "qatlamlar" bor, ularni har safar o'qiganingizda yangicha tushunasiz. Bu xuddi ichi qiyomli konfet kabi 🍬. Makkizi tulkisi esa yarador, yordamga muhtoj va biroz xavfli. Avval boshida oddiy qahramondek tuyulsa-da, keyinroq uning donolashib borayotganini his qilasiz. Ko'rsichqonning jasorat bilan uni qutqargani uning ijobiy tomonga o'zgarishiga xizmat qiladi. Ikkala tulki ham yaxshi hamroh — ikkisi ham hayotning asl mohiyati ega chiqishda emas, mehr va g'amxo'rlik bilan bog'lanishda ekanligi haqida gapiradi. Bu farq faqat tulkida emas, butun asar qurilishida ham ko'rinadi. "Kichkina shahzoda"da har bir sayyora kattalar dunyosining bir illatini ifodalaydi. Asar kattalarning mulk, mavqe, raqamlarga qiziqishi — lekin sevgi, do'stlik, mas'uliyat kabi asl narsalarni unutishi haqida so'z yuritadi. Ekzyuperining kuchi — tafakkurga undab, savollar tug'dira olishida. 🪐 Makkizining kitobi esa nisbatan sodda. U oddiy haqiqatlarni to'g'ridan-to'g'ri aytadi: "yordam so'rash — jasorat", deydi-qo'yadi. Buning ortida hamma narsa ham murakkab va mushkul emas, degan g'oya bor. Biz odamlar kichik narsalarni ham murakkablashtirib yuboramiz, aslida esa unday emas, deydi u. Makkizi asarining kuchi aynan mana shu — soddalik. ✨ Bu soddalik shunchaki so'zlarda emas, sahifaning o'zida ham ko'rinadi. Makkizining sahifalarida so'z kam, bo'sh joy ko'p. Rasmlar oddiy chiziqlar bilan ishlangan. Bu bo'shliq o'quvchiga o'ylash, nafas olish, gapni ichiga singdirish uchun joy qoldiradi — xuddi Ekzyuperining savollari o'quvchiga fikrlash uchun joy qoldirganidek. Ekzyuperining sahifalarida esa chizmalar nisbatan kam, ancha sodda, oq-qora, deyarli har kim chiza oladigan darajada. Kichkina shahzodada suratlar Makkiziniki kabi mo'l-ko'l bo'lmasa-da, o'quvchida tasavvur uyg'otish uchun yetarli. 🎨 Makkizining "yangiligi" — yangi g'oyada emas, avvalgilarini soddalashtirishda. Ekzyuperi bizni savol bilan qoldiradi, Makkizi esa javob bilan quchoqlaydi. Biri asosiy taom kabi to'yimli va kuchli — yeb bo'lgach uni hazm qilish uchun biroz vaqt kerak bo'ladi. Ikkinchisi esa desert kabi — har bir kichik qoshiqda yengil, shirin ta'mni tuyasiz, hazmi ham osonroq. 🍰 Sizga asosiy taomni ham, xushta'm desertni ham ta'tib ko'rishni tavsiya qilaman. Bon appétit! 🍽️ 🔖 @kitobxoncha

  • 3 авг.1 4625411

    "1984"ni ko‘pchilik "Katta Og‘a seni kuzatyapti" degan ogohlantirish deb o‘qiydi. Lekin menimcha, Oruellning asl xabari nazorat haqida emas. Asl xabar bundan dahshatliroq: inson qanchalik sodiq bo‘lmasin, uni sindirish uchun sabab baribir topiladi. Har kimning o‘z sinish nuqtasi, o‘z "101-xonasi" bor. Uinston oxirgi qiynoqqacha chidaydi, sevgilisi Juliani sotmaydi. Lekin qiynoqchilar uning eng chuqur qo‘rquvi, kalamush fobiyasini ishga solganda, u eng yaqin insonini o‘z ixtiyori bilan tutib beradi: "Menga emas, Juliaga qilinglar!" Oruellning xulosasi shu: qiynoq odamni shunchaki gapirtirmaydi, u senga eng azizingni o‘z qo‘ling bilan sottiradi. Shundan keyin sendan nima qoladi? Muallif: Saud Abdulwahed 🔖 @kitobxoncha

  • 3 авг.1 594504

    Assalomu alaykum, kitobxo‘r do‘stlarim! Mening ismim Aqrab. Ismim sizni aslo cho‘chitmasin — men odatiy zaharli chayon emas, balki kitob chayoniman (ilmiy tilda: Chelifer cancroides, inglizcha: book scorpion yoki pseudoscorpion, ruscha: книжный ложноскорпион). Ajdodlarim asrlar davomida eski kutubxonalarning sirli javonlarida, sarg‘aygan sahifalar orasida yashab kelgan. Oilamizning eng katta vazifasi — kitoblarni yeb bitiruvchi mayda zararkunandalar va chang kanalarini ovlab, asarlarni yemirilishdan asrab qolish bo‘lgan. Ya’ni, kitoblarni qo‘riqlash va ularga g‘amxo‘rlik qilish qonimda bor! Endi esa bu mas’uliyatli va sharafli ishni zamonaviy olamda — ushbu blog sahifalarida davom ettiraman. Faqat endi kitoblarni jismoniy zararkunandalardan emas, qimmatli vaqtingizni o‘g‘irlaydigan "zerikarli" mutolaadan himoya qilishga harakat qilaman. Siz uchun sara asarlarni tanlab, tahlil qilib, chinakam adabiyot javonini yaratishda yangi adminga (soʻnggi oydagi postlar yangi admin tomonidan yozilgan) yordam beraman. Hali chiqishib ketamiz. Menga toʻgʻridan-toʻgʻri Aqrab deb murojaat qilavering. Yoqimtoyman-a)) 🔖 @kitobxoncha

  • 29 июл.2 0725549

    "Rumiy va Rabg‘uziy O‘zbekistonda ruxsatsiz tarqatish mumkin bo‘lmagan adabiyotlarmi? Navoiy-chi?" Kechqurun sizlarga yuzdan ortiq kitoblar ro‘yxatini tashlab, ularni nima birlashtirib turgani haqida so‘ragan edim. Javoblar turlicha bo‘ldi, ammo asl haqiqat…

  • 26 июл.2 2303913

    ➖ Shunday yillarni ko‘rdikki, baxtli bo‘lish uyat edi. ➖ Kitob – boylik. Lekin sotib olgani emas, o‘qilgani. ➖ Yozuvchi yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi. ➖ O‘zimizda bo‘lgan tuyg‘ularni yashirish qiyinmi yoki o‘zimizda bo‘lmagan tuyg‘ularni ifodalashmi? Shukur Burxon mening bu savolimga shunday deb javob bergan edi: ikkalasiga ham artistizm kerak. ➖ Yolg‘on o‘zi uncha xavfli emas, uning haqiqatga o‘xshab ketishi xavfli. Asqad Muxtor “Tundaliklar”idan 🔖 @kitobxoncha

  • 24 июл.2 1185416

    Qanday_kitoblar?.pdf

  • 23 июл.1 4763025

    Bu faylda 100 dan ortiq kitoblarning muqova surati berilgan. Bu kitoblarning barchasini birlashtirib turuvchi bir nuqta bor. Xo‘sh, qaysi jihati bu kitoblarni birlashtirib turadi? Bu kitoblarning kamida 1-2 tasi kitob javoningizda topilsa kerak. Aynan qaysilari bor va nechanchi yilgi nashr? Javobingizni yozing. Shu haqida biroz jiddiyroq post yozaman. Ungacha xayrli tun! 🔖 @kitobxoncha

kitobchi — tgindex