ZEBOXON QOBILOVA KANALI
СтатистикаBu kanal adabiyotshunos olima , Qo'qon unversiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, professor Zebo Qobilova ilmiy faoliyati haqida
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 289
- 1/48двое суток
- 331
- 1/72трое суток
- 357
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Baxtli odam kim o’zi?! Baxt — u har yerda, har bir narsada, hayotimizning har bir onida mujassam. Omon Matjon ham baxtning asl mohiyatini o‘zining “Baxtlidur” she’rida o‘ziga xos falsafiy va samimiy tarzda ifodalaydi. 🏫 Bugun esa Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari universitetimizning aziz bitiruvchilarini ana shunday baxtli onlar — bitiruv ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi. Qadrli bitiruvchilar! Sizlar uchun yangi hayot, yangi imkoniyatlar va katta marralar sari yo‘l ochilmoqda. Universitetimiz ustozlari sizlarga kelgusi faoliyatingizda ulkan omad, yorqin zafarlar va eng muhimi — chinakam baxt tilaydi. Har bir qadamingiz omadli, har bir kuningiz mazmunli, har bir orzuingiz ro‘yobga chiqsin! Qaldirg‘ochlarimiz, parvozingiz baland bo‘lsin! Sizga faqat omad va baxt tilaymiz! Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
БАХТЛИ ОДАМ КИМ ... https://t.me/omonmatjonijodi
🍿 Nuriddin Rahmon sheʼrini isteʼdodli aktyor - Azizbek Qobilov oʻqidi 🔗 https://www.youtube.com/watch?v=-P3cH2mv-mk 📺 720p 📥 @TopSaversBot
🍿 Nuriddin Rahmon sheʼri - Aktyor Azizbek Qobilov oʻqigan #nuriddinrahmon #azizbekqobilov #qaqnus 🔗 https://www.youtube.com/watch?v=Tlvo9T6vnI0 📺 720p 📥 @TopSaversBot
📚 Yoz oqshomini she’riyat bilan bezaylik! Yozning qaynoq kunlarida ham ijod nafasi so‘nmaydi. Sizni “Mushoira” klubining navbatdagi onlayn ijodiy uchrashuviga taklif qilamiz! 🖋Uchrashuv shiori: Shoir. She’r. Shuur. Bu oqshom sizni: 📖Qalblarni uyg‘otuvchi she’rlar mutolaasi; 💬 Ijod va ilhom haqidagi samimiy suhbatlar; 🎙 Yosh ijodkorlarning yangi ijod namunalari; 📖 Adabiyot va ma’naviyat ixlosmandlari davrasi kutmoqda. She’ringiz, fikringiz va qalbingizdagi eng go‘zal tuyg‘ular bilan bizga qo‘shiling! 🔜Vaqt: Bugun, soat 21:00 📞 +998 73 545-55-55 📞 +998 73 545-44-44 ✔ Bog‘lanish uchun: 🌐 Instagram 🌐 YouTube 🌐 Web-Site 🌐 Facebook 🌐 Telegram 👥 Group
без подписи
“Sheʼriy lahzalar” ruknida Soʻz qalbdan chiqqanda, u sheʼrga aylanadi. 🏫 Qoʻqon universitetining ijtimoiy tarmoqlaridagi “Sheʼriy lahzalar” ruknida Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning qalblarga yaqin sheʼrlaridan biri — “Dunyoni qizgʻanma mendan, azizim” asari universitet prorektorlari ijrosida yangraydi. Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
Бир байт шарҳи рукнидан (Қўқон адабий муҳити шоирлари шоҳбайтлари шарҳи) Йўқтурур инсон тараққи-ю таназзулдин барий, Ер-у кўкни то яратти Холиқи арз-у само. Адо (Султонхон тўра Аҳрорий) Луғавий шарҳ Йўқтурур – йўқдир, мавжуд эмас. Инсон – одам, башар. Тараққий – юксалиш, камол топиш, ривожланиш. Таназзул – пасайиш, инқироз, тубанлашиш. Барий – холи, озод, четда. То – буён, бери. Холиқи – Яратувчи. Арз – ер. Само – осмон. Шоир бу байтда инсон ҳаётининг азалий қонуниятини жуда ихчам ва ҳикматли тарзда ифода этади. Инсон умр йўли доимо бир хил кечмайди. Баъзан у юксалади, баъзан эса синов ва қийинчиликларга дуч келади. Демак, тараққий ва таназзул ҳаётнинг табиий алмашинувларидир. Байтнинг биринчи мисрасида “тараққий” ва “таназзул” сўзлари ўртасида тазод (қарама-қаршилик) санъати яратилган. Бу қарама-қаршилик ҳаётнинг икки қутбини ифодалайди: бири камолот сари ҳаракат, иккинчиси эса заифлашиш ёки ортга кетиш. Шоирнинг фикрича, бу икки ҳолатдан мутлақо холи бўлган инсон йўқ. Иккинчи мисрада эса фикрнинг ишончлилиги кучайтирилади. Шоир бу қонуниятни вақт билан боғлайди: Еру осмон яратилганидан буён шундай бўлиб келган ва бундан кейин ҳам шундай давом этади. Тасаввуфий талқин Тасаввуф нуқтаи назаридан тараққий соликнинг руҳий камолот сари кўтарилиши, мақом ва ҳолларни босиб ўтиши демакдир. Таназзул эса нафснинг ғолиб келиши, ғафлат, синов ёки руҳий сустлик ҳолатларини англатади. Аммо орифлар назарида таназзул ҳам мутлақ ёмон эмас. Баъзан у инсонни ўз камчиликларини англашга, тавбага ва янада юксак камолот сари интилишга сабаб бўлади. Шу боис солик на тараққийдан мағрурланади, на таназзулдан ноумид бўлади. Ҳар икки ҳолатни Ҳақнинг тарбияси деб билади. Байтнинг ғоявий аҳамияти Шоир ўқувчини ҳаётнинг ўзгарувчанлигига ҳушёр бўлишга чақиради. Инсон бугун юксалса, эртага синовга дуч келиши мумкин; бугун қийинчиликда бўлса, эртага камолот сари юз тутиши мумкин. Демак, муваффақиятга ҳаддан ортиқ мағрурланмаслик, муваффақиятсизликдан эса тушкунликка тушиш керак эмас. Хулоса қилиб айтганда, байтда инсон ҳаётининг фалсафий ҳақиқати мужассам: тараққиёт ва таназзул – ҳаётнинг ажралмас қонунидир. Еру осмон яратилганидан бери ҳеч бир инсон бу икки ҳолатдан мустасно бўлмаган. Шу сабабли инсон ҳар қандай вазиятда ҳам матонат, тавозе ва сабр билан яшаши, юксалишда шукр, таназзулда эса сабр ва тавба йўлини тутиши лозим. Устозим Иброҳим Ҳаққул айтганларидек: “ҳар қандай музаффариятда мағлубият, ҳар қандай мағлубиятда эса музаффарият бор. Бунинг ҳикматини ангалаган инсон бу ҳаётда ҳеч қачон синмайди!”
41 ta xorijiy atamaning rasmiy o’zbekcha muqobili tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi tomonidan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalarning ro’yxati e’lon qilindi. Jumladan: Антракт ➔ Tanaffus Банкет ➔ Ziyofat Брекеты ➔ Tishsim Бренд ➔ Xosnom Датчик ➔ Sezgich Дедлайн ➔ So'ngmuddat Декорация ➔ Sahnabezak Миксер ➔ Qorg'ich Палатка ➔ Chodir Раковина ➔ Chanoq Распродажа ➔ Arzonsotuv Суфлёр ➔ Shivirchi Фрилансер ➔ Erkin ishchi Эможи ➔ Hisbelgi Хештег ➔ Kalitso'z Хостел ➔ Qoʻnoquy 👉 @xushnudbek 👈
“Aylagay” g‘azali Buyuk mutafakkir va so‘z mulkining sultoni — Hazrat Alisher Navoiy qalamiga mansub “Aylagay” g‘azali Qo‘qon universiteti professor-o‘qituvchilari ijrosida. #SheriyLahzalar 🇺🇿 Websayt |🌐 Facebook | 🌐 Instagram | ▶️ YouTube | 🌐 Telegram | 🌐 TikTok | ✅ Pinterest | 🟡 OK
Қўқон – “Адабиёт шаҳри” мақоми сари: тарихий асослар ва амалий қадамлар http://uza.uz/posts/879574
— Seni sayyorangda odamlar besh mingta atirgulni ekib ham oʻzlari izlagan narsani topolishmas ekan! Axir izlayotganlarini faqatgina bitta atirguldan qidirishlari kerak-ku? ✍ ''Kichkina Shahzoda" multfilmi Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | X
Qo‘qon shahrida O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi rahbariyati va ijodkorlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi 🇺🇿 Websayt |🌐 Facebook | 🌐 Instagram | ▶️ YouTube | 🌐 Telegram | 🌐 TikTok | ✅ Pinterest | 🟡 OK
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
UzA kunlari / "Birgalikda ochiq axborot sari” 🏫 Qo‘qon universitetida “O‘zbekiston milliy axborot agentligi kunlari — Birgalikda ochiq axborot sari” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirokchilarga ochiq va ishonchli axborotning ahamiyati, media savodxonlik, soxta xabarlarni aniqlash hamda axborot bilan mas’uliyatli ishlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
UzA kunlari / "Birgalikda ochiq axborot sari” 🏫 Qo‘qon universitetida “O‘zbekiston milliy axborot agentligi kunlari — Birgalikda ochiq axborot sari” loyihasi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirokchilarga ochiq va ishonchli axborotning ahamiyati, media savodxonlik, soxta xabarlarni aniqlash hamda axborot bilan mas’uliyatli ishlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Kokanduni.uz | Instagram | Facebook | YouTube
без подписи