KIUT(YTIT)_подробно
Статистика📚 Университет битирувчиси томонидан юритиладиган ва барча расмий каналлардан келаётган хабарлар бўйича батафсил ёзиладиган канал. ✍🏻Админга таклиф ва мурожаат: @kiut_podrobnobot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 21:14
- Постов за неделю
- 35
- Всего постов
- 46
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3 636
- 1/48двое суток
- 4 183
- 1/72трое суток
- 4 511
Медиана по постам, которые мы застали свежими и померили через сутки.
Посты
Агар Сиз курсдан курсга ўтмаган бўлсангиз ҳамда шахсий кабинетда (http://student.kiut.uz/) қуйидагича ёзилган бўлса: - "Buyruq tayyorlanmoqda" - унда Сизда ҳеч қанақа муаммо йўқ, фақат расмийлаштириш ишлари қолган ва тез кунларда курсдан курсга ўтасиз; - "Kontrakt to'lovidan qarzdorlik mavjud" - агар фақат шу жумла бўлса, демак академик қарздорлик билан боғлиқ муаммоингиз йўқ, аммо контракт муаммосини зудлик билан ҳал қилиш керак. Муаммо ҳал бўлиши билан Сиз курсдан курсга ўтказиласиз. Агар фикрингизча бу жумла Сизга тегишли бўлмаса, яъни контрактдан муаммоингиз йўқ бўлса, унда ўз деканатингизга боғланинг. Балки ҳужжатлаштиришда нимадир камчиликлар мавжуд. - "43,1% yopilgan. Etmayotgan kredit: 5" (ва шунга ўхшаш бошқа сонлик изоҳ) - демак, курсдан курсга ўтишингиз учун Сизга маълум миқдордаги кредит етмаяпти. Академик қарздор бўлган фанларингиздан камида шунча кредитга тенг бўлган фанни (ёки бир нечта фанни) зудлик билан топширинг. Ундан муваффақиятли ўтишингиз билан Сиз курсдан курсга ўтказиласиз. - "41,8% yopilgan. Etmayotgan kredit: 5,5. Kontrakt to'lovidan qarzdorlik mavjud." - Бинго! Сизда ҳам академик қарздорликдан, ҳам контрактдан муаммонгиз бор. Уларни ҳал қилганингиздан кейин Сиз курсдан курсга ўтказиласиз. * Қўшимча маълумотлар учун ўз деканатингизга учрашиш тавсия этилади.
#Admission2026 DTM ballingiz bilan Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga hujjat topshiring UZBMB (DTM) test sinovlarida to‘plagan ballaringiz asosida Toshkent, Samarqand yoki Namangan kampusiga hujjat topshirishingiz mumkin. Kerakli hujjatlar: — pasport yoki ID-karta; — attestat yoki diplom; — UZBMB (DTM) natijasi ko‘rsatilgan sertifikat. DTM natijasi bilan ro‘yxatdan o‘tish faqat oflayn — Qabul komissiyasida amalga oshiriladi. 📍 Toshkent: Shota Rustaveli ko‘chasi, 156-uy 📍 Samarqand: H. Abdullayev ko‘chasi, 63-uy 📍 Namangan: Chortoq ko‘chasi, 75A-uy Toshkent kampusi: +998 78 129 40 40 (ichki raqam: 1) Onlayn qabul: admission.kiut.uz
Курсдан курсга ўтмаган талабаларга ёрдам сифатида, 2025-2026 ўқув йилида ёпилган кредитлар салмоғи ҳамда курсдан курсга ўтиш учун етмаётган кредитлар миқдори юзасидан маълумот жойлаштирилди.
Курсдан курсга ўтмаган талабаларга ёрдам сифатида, 2025-2026 ўқув йилида ёпилган кредитлар салмоғи ҳамда курсдан курсга ўтиш учун етмаётган кредитлар миқдори юзасидан маълумот жойлаштирилди.
#savol Қайта топширишга қаерда ёзилиш мумкин? #javob Икки йўл бор: онлайн ва анъанавий (офлайн). 👨💻 ONLINE REGISTRATION FOR RETAKE - Ушбу ҳавола орқали фақат 1–5-ҳолатдаги (қайта топширишни биринчи марта расмийлаштираётган) академик қарздорликлар қабул қилинади. Ҳаволага кириб, аризани тўғри тўлдириб юборсангиз, навбатдаги "Retake" имтиҳони ташкил этилади. Аммо ушбу имтиҳонга келмасангиз, академик қарздорлигингиз тўғридан-тўғри 6-ҳолатга ўтади. Шунинг учун аризани “шунчаки” тўлдирманг, жиддий ёндашинг. - Агар қарздорлигингиз 6-ҳолатда бўлса (яъни қайта топшириш имтиҳонидан яна ўтолмаганлар), шахсий кабинетга кириб (http://student.kiut.uz/), “FAILS” саҳифасидан 6-ҳолат бўйича квитанцияни онлайн шаклда юклаб олинг, исталган тўлов тизими орқали тегишли тўловни амалга оширинг ва квитанцияни белгиланган тартибда retakeytit@gmail.com манзилига юборинг. Эътибор беринг: квитанцияда QR-код бўлиши шарт; ушбу код орқали ҳақиқийлиги текширилади. Бунинг учун университетга келиш шарт эмас. 👣 ОФЛАЙН, яъни анъанавий усулда ёзилиш учун иш вақтида қуйидаги хоналардан бирига мурожаат қилинг: - А-305 - MA-310
Академик қарздор талабалар диққатига! 2026 йил 17 августдан бошлаб, "Ёзма иш" ва "Лойиҳа иши" шаклидаги қайта топшириш имтиҳонлари учун шартномалар расмийлаштирилиши ҳамда квитанциялар қабул қилиниши давом эттирилади. Вниманию студентов с академической задолженностью! Начиная с 17 августа 2026 года, продолжается оформление договоров и приём квитанций для пересдачи экзаменов в форме "письменной работы" и "проектной работы".
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
#Tashakkurnoma_ Assalomu aleykum ,dadri baland ,biz uchun qadrli bo'lgan ,ustozlarimiz!!!! 4 yil ham shiddat bilan tezlikda o'tib ketdi.Shu 4 yil davomida bizlar uchun qanchadan qancha ilm berganingiz uchun sizlardan minnatdormiz! Siz ustozlar bergan ilmlari sabab ,barchamiz ta'lim tashkilotlarida hamda turli tashkilotlarda hizmat qilib kelmoqdamiz! Tog'risini aytsam,mana shu universitetga ta'lim olmasimizdan oldin tarix ,o'tmish ,o'zbek tarixchiligi hamda dunyo tarixi haqida unchalik darajada ma'lumotga ega emas edik... Sizlar bergan ilmlaringiz biz uchun hayot yo'limizda ,ta'lim berish jaroyinida juda katta yordam berib kelmoqda.Tarix fani sir- sinoatini ipidan ignasiga erinmay tushintirib ,singdirganingiz uchun sizlarga mingdan ming tashakkurlar aytamiz! Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin ! Bergan bilimlaringizdan .. Sizlarni cheksiz hurmat qilguvchi : #HSTP_709U_gurux_talabalari_
Fail бўлмаслик сири Ўзи буни имкони борми?😏 🫸🏻 Fail - бирон бир фандан биринчи ёки иккинчи семестр якуни бўйича қониқарсиз баҳо олиш, ўша фандан ўта олмаслик, халқ тилида "йиқилиш". 👌🏻Албатта, Fail бўлмай ҳам яхши баҳолар билан ўтиш мумкин. Бунда сизга: Дарсларда фаол қатнашиш, берилган вазифаларни вақтида бажариб, ўқитувчи томонидан қўйиладиган 30 баллдан максимум 30 балл олиш ёрдам беради. ☝🏻100 баллик тизимда = 30 (ўқитувчи томонидан) + 70 (имтиҳондан оладиган баҳойингиз). Бир фандан минимум ўтиш учун 100 дан 60 тўплаш керак 💭Энди ўйланг, энг қийин фандан ҳам ўқитувчидан семестр давомида 30 балл олиб қўйсангиз, якунийда минимум 30 балл сизни Fail бўлмаслигингизга ёрдам беради. 🔅Шундай гаплар. Яна шу мавзуларда ўқиш учун каналга обуна бўлинг 😎 @kiutpodrobno 🤓
Talabalik oltin davr deyishsa ishonmasdim! Bugun amin boʻldim, oltin emas briliant ekan u davrlar. Endi darsda oʻtirishlar,darsdan qochishlar hechqanday oʻtgan sarguzashtlar qaytib kelmaydi. Talabalar bu davrlarni qadriga yeting. Mazza qiling har bir daqiqasidan❤️
🇰🇷#koreystiliustozkerak 🇰🇷 Bizning oilamizga qo'shiling! Biz bilan barcha maqsadlarga erishing, sizni kutib qolamiz ustoz "Topik Grand o'quv markazi Koreys tili ustozini qidirmoqdamiz!" Imkoniyat: 1. Qulay sharoitga ega xonalar 2. Foydalanish uchun elektron jihozlar 3. Qadriyatli ahil jamoadoshlar 4. O'z vaqtida oylik daromadi beriladi 5. Qo'shimcha oilaviy dasturxonda suhbat vaqtlari bo'ladi Talablar: 1. Yuqori darajaga ( 6daraja ) ega va kamida 3yillik tajriba 2. O'quvchilar bilan ishlashda salohiyatli 3. O'z qadriyatiga ega va xushmuomala bo'lishi 4. Dars o'tish metodiga ega bo'lishi kerak 5. Ishga ma'suliyatli ( vaqtida kelish, boshqa oila a'zolariga yaxshi munosabatda bo'lishi kerak ) Ish haqqi: 5,000,000-20,000,000 so’m Oilangiz bilan birga: 9:00dan / 20:00gacha birga bo'lasiz Manzil: Toshkent shahar, Sergeli va Beruniy. Telefon raqam: +998 930090403
bitrb turp diplomni olmagan busam ham hafa emasman chunki yana bir marta borib Unversitetga kirib aylanish imkoniyatim boladi 🥹🫠
Meni eng katta orzularimi amalga oshirgan aynan KIUT boladi Oʻqishga topshirishga kelganman imtxon paytida oʻqish joyimni koʻrib yulimni topolmay qolganman sharoitga oʻqituvchilar oʻquvchilarni korib menham Shu yerda oqimanmi db hayajonlanganman imtxon topshrb bolib javobi chiqishini kutb uhlolmey chiqqaman va siz talabalikka tavsiya etildi dgan habardan osmonlarga uchganman va yugurgilab kelib hujjatlarimni tophsirganman 1 chi kurs ancha hayajonli boʻlgan kotta shahar talabalar katta Unversitet boshqacha muhit hamma hammasi A’lo edi sirtqida oqigan busam ham uzmni huddi ochniyda uqiganday his qildrgan KIUTga va ustozlarimga ming rahmat bizga kop yordam berishdi imtxonlarda test topshirishmizga kattadan katta yordam berdilar Aqida opa Ozoda opa yuragimdan boshqa joy olganlar ularni yutuqlari rossa havasim kegan ularga vaaay man bitrdm lekn ketgim yooo nasb Magistrlikka qaytb kelaman db uzmga vada berdim yana 2 yil busa ham kurishamiz 3 kunli bayramni korib kuzimga yosh keldi bitrb turp diplomni olmagan busam ham hafa emasman chunki yana bir marta borib Unversitetga kirib aylanish imkoniyatim boladi 🥹🫠KIUTga kirgan talabalar slar tugʻri yuldaslar hammelarga omad KIUT vaybdan mazza qilb oʻqib yurish nasb qilsn🥰
Yillar o‘tdi, orzularim yo‘lida, Umid bilan qadam qo‘ydim har kuni. KIUT menga ilm berdi qo‘lida, Unutilmas bo‘ldi talabalik kuni. PRIP_715 — aziz guruhim mening, Birga kuldik, birga yurdik yo‘llarda. Har bir darsda, har bir go‘zal kunim, Xotira bo‘lib qoldi dillarda. Boshlang‘ich ta’lim — tanlagan yo‘lim, Mehr bilan bog‘landi bu kasbga. Har bir bola — qalbimdagi umid, Har bir saboq — kelajakdan bir va’da. Ba’zan charchoq, ba’zan og‘ir sinov, Ammo ortga qaytmadim hech qachon. Har bir mehnat, har bir qilgan harakat, Bugun bo‘ldi faxrim uchun bir nishon. Bir kun qo‘limda kitob, ko‘nglimda orzu, Yo‘l oldim ilm sari ishonch-la to‘lib. Bilmasdim o‘sha kun — kelajak meni, Shunday bir manzilga yetaklar deb. Yillar o‘tdi… Darslar, imtihon, tunlar bedor, Ba’zan charchoq, ba’zan ko‘zlarda yosh. Ammo har safar yiqilgan joyimdan, Yana turib, oldinga bosdim qadam. KIUT — qalbimda qoladi bir umr, Bu maskan menga berdi katta saboq. Bu yerda men faqat bilim olmadim, O‘zimni topdim, ulg‘aydim ko‘p bor. PRIP_715 — mening go‘zal xotiram, Bir guruhdan ko‘ra ko‘proq bo‘ldi u. Birga o‘tgan kunlar, kulgilar, tashvishlar, Yillar o‘tsa ham unutilmas hech qachon. Boshlang‘ich ta’lim — tanlagan kasbim, Bolalar qalbiga yo‘l topish niyatim. Bir kun men ham ustoz bo‘lib, Kimningdir kelajagiga sabab bo‘laman. Va bugun… Qo‘limda qizil diplom turibdi, Ko‘zlarimda quvonch, qalbimda g‘urur. Bu oddiy qog‘oz emas — Bu mening mehnatim, sabrim va orzularimning javobi. Bu diplomda — bedor tunlarim bor, Bu diplomda — duolar yashirin. Bu diplomda — ustozlarimning mehnati, Ota-onamning ishonchi bor mening. 2026 — men uchun oddiy sana emas, Hayotimda qoladigan unutilmas yil. Kecha talaba edim, bugun esa Orzularim sari dadil qadam tashlayman. 🍀Prip_715 sardori Shahzoda😊
"Eng zoʼr unversitet deb baland ovozda baqirdim " bugungi kechada Oʼqituvchilardan oʼzgacha bilim oldim. Sirtqi deb shunchaki oʼqitishmadi. Astoydil oʼrgatishdi. Unversitet dagi muhit esa oʼzgacha. KIUT eng zoʼr pedagoglar tayyorlidi, kelajak sari olgʼa intilishga oʼrgatadi. Ustozimlarimizga alohida rahmat.😍😍😍😍 Man bitiruvchiman Unversitetdan ketish qanaqadur gʼalati tuygu. Bu yil kirgan talabalar siz toʼgri tanlov qilgansz. 👍👍👍 KIUT eng zoʼr .
видео или голосовое, без подписи
Hayotimdagi eng goʻzal yillarim KIUTda o'tdi. Oʻsish rivojlanish hammasi universitetdan boshlandi. Oldinga katta maqsadlar qoʻyish, chetga chiqib oʻqishga boʻlgan ishtiyoq, davraning jamoaning eng oldi boʻlishni universitetimdan, guruhimdan, koreys oʻqituvchilarimdan oʻrgandim. Har bir burchak, har bir xona juda qadrli xotiralar, ulkan bilim va tajribalar barchasini KIUTdan oldim. 4yil tez oʻtdi, esimda 1 kurs oʻqishga kirib, talabaman orzuyimga erishdim endi nima qilaman degan paytim: Universitet va undagi aura menga yangi hayot bagʻishladi. Koreyada oʻqish istagi va sayohat. 1, 2, 3, va sentabrdan 4 kurs talabalari siz allaqachon toʻgʻri joydasiz. KIUTda. Sizdan talab qilinadigani faqat a'lo oʻqish va universitet sha'nini balandlarga koʻtarishdir. Hammaga omad! "Biladigan zotlarlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlurmi? deb ayt" Zumar 9 oyat. Sobiq KORE-73 talabasi Nuraliyeva Nodira