Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi rasmiy kanali~
СтатистикаKitob bu inson orqali kòriladigan dunyodir.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 27
- Всего постов
- 144
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 27
- 1/48двое суток
- 30
- 1/72трое суток
- 33
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#tavsiya_etamiz Gi de Mopassanning "Marhumaning sirli sevgisi" nomli hikoyasi nomi bilan jamlangan ushbu to'plamdan bir qator taniqli adiblarning hikoyalari o'rin olgan. Bu hikoyalar har bir o'quvchini o'ylashga, fikr yuritishga chorlashi bilan e'tiborlidir.
#tavsiya_etamiz Ushbu to'plamni Eliza Rileyning "Yangi umid tashrifi" hikoyasi bilan nomladik. Shuningdek, ushbu to'plamdan jahonga mashhur adiblarning sara hikoyalari ham o'rin olgan. Bu hikoyalarda qalamga olingan voqealar sizni o'ylashga, fikrlashga chorlaydi.
#Iqtibos O'qi, ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo'l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, ammo to'rtinchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan. ✍🏻 Abulqosim Zamaxshariy
#Iqtibos 🖇 Kitob sizdan non-osh so‘ramaydi. Uni har qaydan topsa bo‘ladi. Beminnat suhbatdosh, beminnat maslahatgo‘y. Yoqmasa, yopib qo‘yishingiz mumkin, bir chetga tashlab qo‘yishingiz mumkin. Ammo mutolaa zavqini tatib ko‘rgan inson keyin bir umr kitobdan ajralolmaydi, bir umr xumori bo‘lib qoladi. Turmush tashvishlari yoki boshqa sabab bilan hadeganda qo‘liga kitob ololmas, biroq undan butkul ko‘ngil uzmaydi, imkon topildi deguncha yana mutolaaga qaytaveradi. Kitob ana shunday ohanrabo! ✍️ Erkin A’zam
#KUN_HIKMATI Yaxshi kitob o‘qisangiz, bir necha kun uning ta’sirida yurasiz. Hayajoningizga kimnidir sherik qilgingiz keladi. O‘zingizga yoqqan misrani lablaringiz ohista pichirlaydi. Kutilmagan tashbeh, go‘zal istioralardan, she’riy san’atlardan bahramand bo‘lib qalbingiz nurga to‘ladi.
#kun_hikmati📚 📕Kitob—beminnat ustoz, bilim va ma`naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai ✍️ Alisher Navoiy
Assalomu alaykum! Yangi kun xayrli bo’lsin! Siz tomondan qalban qilingan har bir samimiy yaxshilik, berilgan mehr albatta ko’proq bo’lib o’zingizga qaytsin. Yangi kun xayrli ishlarga, omadga, xursandchiliklarga to’la bo’lsin.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
2026 yilning 12-avgust kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazida Kogon tuman Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda “Ekologiya va inson huquqlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi – aholi orasida ekologik ongni oshirish, ekologik muammolarni va ularning inson huquqlariga ta'sirini yoritish, shuningdek, ekologik adolatni ta'minlash uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni berishdir.
#Tavsiya_etamiz 📚 «Ming bir jon» — Abdulla Qahhor ijodining eng saralari jamlanmasi! ✨ "Adabiyot — bu insonga insonni tanitadigan ko‘zgu." 📖 Taniqli o‘zbek yozuvchisi, so‘z san’atining ustasi Abdulla Qahhorning ushbu turkum asarlari o‘zbek adabiyotining oltin fondidan joy olgan! 📜 Bu jamlanmada yozuvchining o‘tkir satira, chuqur psixologizm va xalqona til bilan yozilgan eng mashhur hikoyalari o‘rin olgan. Nima uchun bu kitobni o‘qishingiz kerak? 🤔 🔍 Hayotiy Haqiqat: Abdulla Qahhor asarlarida hayotning har bir lahzasi, oddiy insonlar taqdiri bor bo‘y-basti bilan ko‘rsatiladi. 🧠 O‘tkir Satira va Hazil: Yozuvchi jamiyatdagi illatlarni, insoniy xatolarni nozik hazil va o‘tkir satira orqali ochib beradi, o‘quvchini ham kuldiradi, ham oylashga majbur qiladi. 🖋 Badiiy Mahorat: Qahhorning har bir hikoyasi kichik bir asar emas, balki hayotning katta bir parchasidir. Uning tili sodda, tushunarli va ayni paytda juda boy.
без подписи
без подписи
без подписи
2026 yilning 11 - avgust kuni Kogon tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tumanda joylashgan Kogon tuman Siyoz-poyon OShPdagi ko’chma kutubxonada “Bir kitob-bir hayot” mavzusida davra suhbati tashkil etishdi. Mutaxassislar o’quvchilarga kitoblarning nafaqat bilim manbai, balki hayotdagi muhim vazifalarni bajarishda yordam beruvchi vosita ekanligini tushuntirishdi. Har bir kitob o'z ichida bir hayotni, yangi g'oyalar va fikrlarni saqlaydi.
Boshingga eng qiyin kunlar tushib, Sen bardosh bera olmaydigan nuqtaga kelganingda aslo sabringdan voz kechma... Ana shu nuqta Taqdiringni o‘zgartiradigan nuqtadir. ✍️Jaloliddin Rumiy
Xayrli kun, aziz kitobxonlar! 📚 Yangi kun, yangi imkoniyatlar va yangi sahifalar muborak boʻlsin! Kuningiz sermazmun va omadli oʻtsin. "Yaxshi kitob — xuddi yaxshi suhbatdosh kabidir: u sizni faqat tinglamaydi, balki fikrlashga ham majbur qiladi." — Alisher Navoiy Bugun oʻzingiz uchun kichik boʻlsa ham yangi bir bilim kashf etishni unutmang. Ishlaringizga rivoj!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: https://link.libraries.uz