Kokand Leader School
СтатистикаKLSning rasmiy telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu yerda maktab hayotidan lavhalar berib boriladi. Biz bilan bog'lanmoqchi bo'lsangiz qo'ng'iroq qiling: +99897 810 70 77 Yoki yozing: @leaderkokand Bizni barcha ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishingiz mumkin.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 13
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 222
- 1/48двое суток
- 254
- 1/72трое суток
- 274
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Ba’zan farzandimiz bizdan o‘yinchoq ham, sovg‘a ham, yangi narsa ham so‘ramaydi. U shunchaki biz bilan birga bo‘lishni xohlaydi. Biz uchun 10 daqiqalik oddiy o‘yin bo‘lishi mumkin. U uchun esa: “Dadam/oyim men uchun vaqt ajratdi” degan xotira. Bugun ishlar, telefonlar, charchoq, “keyinroq”lar orasida yana bir bor “keyin” demasdan, uning yoniga o‘tirib ko‘ring. Chunki bolalik kutib turmaydi. ❤️ Bugun farzandingiz sizni nimaga taklif qilsa, “xo’p” deb ko‘ring. Balki u sizga shunchaki o‘yin emas, o‘z dunyosining eshigini ochayotgandir.
Ha, biz yangi maktabmiz. Buni yashirmaymiz. Bizga endigina 3 yil bo‘ldi. Shuning uchun kamchiliklarimiz ham bor. Ba’zan tizimlarimizni yana qayta ko‘rib chiqamiz. Ba’zan biror qarorimizni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Ba’zan o‘qituvchidan ham, o‘quvchidan ham, ota-onadan ham kelgan fikr bizni o‘ylantirib qo‘yadi. Ba’zan hammasi biz xohlagandek tezlikda ketmaydi. Chunki katta maktab bo‘lib tug‘ilishning iloji yo‘q. Katta maktab bo‘lib shakllanish kerak. Biz hali tajriba to‘playapmiz. Jamoamiz hali o‘smoqda. Ta’lim tizimimiz hali mukammallashmoqda. Har bir yangi yil bizga yangi savollar, yangi vazifalar va yangi mas’uliyat olib kelmoqda. Lekin biz bir narsani o‘zimizga va’da qilganmiz: Kecha qanday bo‘lgan bo‘lsak, bugun ham shunday qolmaymiz. Buni shunchaki gap bilan emas, natijalarimiz bilan ko‘rsatishni xohlaymiz. Xalqaro olimpiadalarda ilk bor qatnashganimizda, biz uchun eng katta yutuq — qatnashishning o‘zi edi. Bolalarimiz xalqaro maydonga chiqdi. Tajriba orttirdi. Hayajonni his qildi. Raqobatni ko‘rdi. Va biz ishtirokchi sertifikati bilan qaytdik. Kimdir uchun bu oddiy sertifikat bo‘lishi mumkin. Biz uchun esa — boshlanish edi. Keyingi yil yana qaytdik. Bu safar qo‘limiz bo‘sh emas edi. Bronza. 🥉 Bizga shu medal bitta narsani ko‘rsatdi: “Demak, biz uddalay olamiz.” Uchinchi yil esa yana bir qadam oldinga bordik. Kumush. 🥈 Ishtirokchidan — bronzaga. Bronzadan — kumushga. Bu uch yil ichida faqat medallar emas, bizning bolalarimiz ham o‘sdi. Ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchi oshdi. O‘qituvchilarimizning tajribasi ortdi. Jamoamiz xalqaro raqobatning qanday ekanini yaxshiroq tushuna boshladi. Va endi… biz oltinni xohlaymiz. 🥇 Lekin oltin medalning o‘zi biz uchun eng katta maqsad emas. Biz bolalarimiz “men qila olaman” degan ishonch bilan ulg‘ayishini xohlaymiz. Biz bola faqat darslikdagi savolga javob topishini emas, hayotdagi murakkab savollarga ham yechim izlay olishini xohlaymiz. Biz faqat yuqori ball oladigan emas, o‘ylaydigan, izlanadigan, savol beradigan, xato qilishdan qo‘rqmaydigan bolalarni tarbiyalashni xohlaymiz. Shuning uchun biz hali mukammal emasmiz. Va ehtimol, yaqin kelajakda ham mukammal bo‘lmaymiz. Chunki bizning maqsadimiz “mukammal ko‘rinish” emas. Har kuni yaxshiroq bo‘lish. Bugun kechagidan yaxshiroq maktab bo‘lish. Bugun kechagidan kuchliroq o‘qituvchi bo‘lish. Bugun kechagidan bilimliroq bola bo‘lish. Ha, bizda kamchiliklar bor. Lekin biz ularni yashirishdan ko‘ra, ular ustida ishlashni tanlaymiz. Chunki bizning 3 yillik tariximiz shuni ko‘rsatdi: Birinchi yil — boshladik. Ikkinchi yil — o‘rgandik. Uchinchi yil — kuchaydik. To‘rtinchi yil — yanada balandroq uchamiz. 🦅 Bir kuni bugungi kunlarga qaytib qaraymiz. Hali maktabimiz yosh bo‘lgan, hamma narsa endigina shakllanayotgan paytlarni eslaymiz. Va balki o‘sha paytda eng qadrli narsa oltin medalning o‘zi emasligini tushunarmiz. Eng qadrli narsa — biz o‘sha oltin sari yurishdan hech qachon to‘xtamaganimiz bo‘ladi. KLS hali 3 yoshda. Lekin biz endi natijalarimizni tasodif deb qabul qilmaymiz. Ishtirokchi → Bronza → Kumush → … 🥇 Keyingi sahifani esa bizning bolalarimiz yozadi. Bu yil — oltin uchun. Va biz bunga ishonamiz. Chunki biz hali yo‘lning boshidamiz. ❤️ Kokand Leader School — mukammal bo‘lish uchun emas, har kuni yaxshiroq bo‘lish uchun.
Aytmoqchi…
Bunday imkoniyat faqat KLSda 😍
FARZANDINGIZ 6 YOSHDA, LEKIN… Maktablar: “7 yoshdan qabul qilamiz”, deyapti.... Endi bu muammo emas. Chunki Kokand Leader School’da Pre-Cambridge Reception sinflari ochildi! 💙💛 5–6 yoshli bolajonlarimiz ham endilikda haqiqiy maktab hayotini boshlashlari mumkin. 😊 🔤🔤🔤 - 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 RECEPTION Bu maktabga tayyorlanish emas — maktab hayotini boshlash. Dastur davomida bolalar: 🇬🇧 English Immersion — to‘liq ingliz tilidagi muhit 🔢 Math & Early Numeracy — matematika va dastlabki hisoblash ko‘nikmalari 📚 Reading & Phonics — o‘qish va fonetika 🧠 Critical Thinking — mantiqiy va tanqidiy fikrlash 🎨 Creative Learning — ijodiy o‘rganish 🗣 Communication Skills — muloqot ko‘nikmalari 🤝 Social & Emotional Skills — ijtimoiy va hissiy rivojlanish 💻 Digital Literacy — raqamli savodxonlik 🌍 Worldview & Cambridge Learning Culture — dunyoqarash va Cambridge ta’lim muhiti Eng muhimi, biz bolani shunchaki harf va raqam yozishga emas, 1-sinfga mustaqil, ishonchli va qiziquvchan o‘quvchi sifatida kirishga tayyorlaymiz. 🕘 09:00–16:00 📅 Dushanba–Juma Farzandingiz maktabni kutib o‘tirmasin. Maktab hayotini hozirdanoq boshlasın. Ro'yxatdan o'tish uchun shu yerni bosing 📞 Qabul va batafsil ma’lumot uchun: 978107077 / 998107077
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи