tgindex
Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Kompyuter Bilimlari | Windows Blog

Статистика

O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog! Mundarija: @kompyuterbilimlariuz Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596 Asoschi: @rvraul Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!

Последний пост
3 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
47
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
10 566
−28 за 5 дн.
Сутки
−4
−0,04%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
6 332
40 постов
Вовлечённость
59,9%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 47
Упоминаний
6
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1 140
1/48двое суток
1 306
1/72трое суток
1 409

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 3 авг.1 28642

    📚 O‘qish mavsumi yaqin! Smartfoningizni yangilashning ayni vaqti. 1-avgustdan 15-sentyabrgacha HONOR “Foydali xaridlar mavsumi” aksiyasini o’tkazmoqda. Aksiyada ishtirok etayotgan HONOR smartfonlaridan birini xarid qilsangiz, yoqimli sovg‘aga ega bo‘lasiz — aqlli soat, simsiz quloqchin, ryukzak va boshqa aksessuarlar (tanlangan modelga qarab). Batafsil

  • 30 дек.8 599306

    Ассалому алайкум каналимиз аъзолари. Холмуродова Имронага овоз беринг илтимос. Илм ўрганиб келаётган фарзадимизга мотивация бўлсин. Олдиндан раҳмат. Аллоҳ Сизлардан рози бўлсин.

  • 19 нояб.9 8241213

    t.me/zarinlightok

  • без подписи

  • без подписи

  • “KEY TECH: AI in Retail & E-commerce” konferensiyasida InfinBANK sun’iy intellekt va raqamli yechimlarini taqdim etdi. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan KEY TECH: AI in Retail & E-commerce xalqaro konferensiyasida InfinBANK o‘z texnologik salohiyati va sun’iy intellekt sohasidagi ilg‘or amaliy yechimlari bilan ishtirok etdi. Bankning maqsadi mijozlarga xizmat ko‘rsatishda raqamli texnologiyalardan foydalanish va moliya sohasidagi innovatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashishdan iborat bo‘ldi. Konferensiyada InfinBANK Sun’iy intellektni rivojlantirish departamenti direktori Aziz Siyaev “Sun’iy intellekt zamonaviy bankni qanday o‘zgartirmoqda” mavzusida taqdimot qildi. U nutqida AI yechimlarining bank ekotizimida bosqichma-bosqich tatbiq etilayotgani, raqamli transformatsiyaning amaliy natijalari va sun’iy intellektning mijozlar uchun yaratayotgan yangi imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Shu orqali InfinBANK o‘zini ilg‘or, texnologik va raqamli innovatsiyalarga intilayotgan bank sifatida namoyish etib, mamlakatning texnologik jihatdan eng ilg‘or banklari qatoridagi o‘rnini mustahkamlamoqda.

  • Biz qaytdik! 🔺 Kompyuter bilimlari kanalining sobiq prime admini Raulbek Ataxonov community ni qaytadan qurdi. 🔵Blogimda shaxsiy rivojlanish va raqamli marketing bo’yicha yirik kanalni asta sekin qurishni boshladim, undan tashqari fikrlash va psixologiya bo’yicha ham foydali postlar joylanadi, 2026-yilgacha o’zinggizni qayta qurish vaqti keldi! 🌐 Obuna bo’ling – @raulbek_ataxonov

  • Келгуси 10 йил ичида ҳисоблаш қуввати миллион баробарга ошиб кетади. Бугун 2025 йил 28 август куни Nvidia асосчиси ва бош директори Jensen Huang махсус интервьюсида жуда катта даъво билан чиқди: Бу ҳар йили 4 баробардан ортиқ экспоненциал ўсиш орқали юз бериши мумкин. Демак, 2035 йилга келиб биз ҳозирги GPU (Видео хотира) ва дата-марказлардан миллион марта кучлироқ ҳисоблаш тизим яратилади. Сунъий интеллект моделлари — ҳозирги GPT, Claude ёки Gemini каби моделлар билан чекланиб қолмайди, балки триллионлаб параметрли, янада ақлли тизимлар пайдо бўлиши мумкин. Илмий ҳисоблаш — дори кашфиётлари, иқлим моделлари ва астрофизика каби соҳаларда инсоният ҳеч қачон ўйламайдиган даражадаги ҳисоблаш имкониятига эга бўлади. Қулайлик ва хавф — бу ўсиш фақат фойда эмас, балки энергия сарфи, хавфсизлик ва қонунчилик соҳаларида ҳам катта синовларни олиб келади. Демак, Аллох насиб этса янги 10 йиллик мисли кўрилмаган ўзгаришларни кўрамиз. @kompyuter_bilimlari — технология ҳақида чуқур ва содда тилда

  • Toshkent koʻchalari robot kuchuk. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

  • ⚡️ Elektr o‘chib qolsa yozganlaringiz yo‘qolmasligi uchun nima qilish kerak? Siz uzoq vaqt Microsoft Office (Word, Excel va hokazo) dasturida ishlayapsiz. Noga’yon elektr o‘chib qolsa yoki kompyuter o‘chsa — barcha yozganlaringiz uchib ketishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun: 1️⃣ Автосохранение’ni yoqing 🔧 Файл → Параметры → Сохранение bo‘limiga kiring va Автосохранение каждые 5 минут (yoki 1 daqiqa) qilib qo‘ying. 2️⃣ OneDrive’dan foydalaning ☁️ Agar faylni OneDrive’ga saqlasangiz, avtomatik ravishda bulutda saqlanadi va hech qachon yo‘qolmaydi. 3️⃣ Ctrl + S tugmasini odat qiling 💡 Har 2–3 daqiqada Ctrl + S bosib, hujjatni qo‘lda saqlab turing. 4️⃣ AutoRecover fayllari 🛟 Office avto-saqlash fayllarini yaratadi. Elektr o‘chib qolsa, keyin dastur ochilganda “Document Recovery” oynasidan hujjatni qayta tiklashingiz mumkin. ✅ Demak, asosiy qoidalar: Автосохранение yoqilgan bo‘lsin, Faylni tez-tez saqlang, Bulutdan foydalanishni unutmang. Shunda yozganlaringiz hech qachon yo‘qolmaydi! ✨ @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

  • 💻 Windows’da noutbuk foydalanuvchilari uchun maxsus funksiyalar Ko‘pchilik bilmagan, lekin juda foydali imkoniyatlar: 1️⃣ Batareya tejash rejimi 🔋 Win + I → Система → Питание и батарея orqali yoqiladi. 2️⃣ Touchpad Gesture’lar 👉 3–4 barmoq bilan yuqoriga sursangiz – все окна, chap/o‘ngga sursangiz – переключение между окнами. Samolyot rejimi ✈️ Barcha simsiz aloqa (Wi-Fi, Bluetooth)ni o‘chiradi. Win + A orqali tez yoqish/o‘chirish mumkin (Режим «В самолёте»). 3️⃣ Ko‘z uchun qulay rejim (Night Light) 🌙 Ekran rangini yumshatib, ko‘zni himoya qiladi. Win + I → Система → Дисплей → Ночной свет. 4️⃣ Batareya hisobotini olish 📊 Batareyangizning ishlash tarixini ko‘rish uchun: Win + R → cmd → yozing: powercfg /batteryreport Natija отчёт о батарее fayli ko‘rinishida chiqadi. 5️⃣ Ikkinchi ekran rejimi 🖥 Noutbukni televizor yoki proyektor bilan ulash uchun Win + P. (Подключение второго экрана) @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda.

  • Noutbuk batareyasi holatini tekshirish Ko‘p odamlar faqatgina batareya foizini ko‘radi, ammo batareyaning asl holati haqida bilmaydi. Windows’da yashirin buyruq orqali siz batareyangiz qancha vaqt xizmat qilishini oldindan bilishingiz mumkin. 🔎 Qanday tekshiriladi? 1. “CMD” yoki “PowerShell”ni admin huquqi bilan oching. 2. Quyidagini yozing: powercfg /batteryreport 3. Hujjat sifatida batafsil hisobot hosil bo‘ladi. 📑 Hisobotda nimalar chiqadi? Batareyadan foydalanish tarixi Qancha marta quvvatlangan va zaryadsizlangan Batareyaning asl quvvati va hozirgi real quvvati. Agar raqamlar orasida katta farq bo‘lsa, batareyangiz eskirgan degani. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

  • Gamerlar uchun — adrenalinni oshiradi, Ofisdagilar uchun — sport mashg‘ulotini eslatadi! @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda Biz bilan bogʻlanish uchun @Nurik11_leader

  • ⚡ Kompyuter tok kelishi bilan avtomatik yonishi Ba’zan kompyuter doimiy ishlashi kerak bo‘ladi — server, kamera tizimi yoki kassalar uchun. Lekin elektr o‘chib-yonganida uni qo‘lda yoqish noqulay. Aslida Windows emas, balki BIOS/UEFI sozlamalari orqali bu muammoni hal qilish mumkin. 🔧 Qanday yoqiladi? 1️⃣ Kompyuterni qayta yoqing va BIOS/UEFI ga kiring (Del, F2, F10 yoki Esc tugmasi orqali). 2️⃣ Power Management yoki ACPI Configuration bo‘limini toping. 3️⃣ Quyidagi opsiyalarni izlang: AC Back / Restore on AC Power Loss After Power Failure Power On after Power Loss State After G3 4️⃣ Ularni Power On yoki Last State ga sozlang: Power On → Tok kelishi bilan kompyuter doim yonadi. Last State → Tok uzilishidan oldingi holatni tiklaydi. 5️⃣ Sozlamani saqlang (F10 → Save & Exit). ✅ Endi elektr qaytishi bilanoq kompyuteringiz avtomatik yoqiladi. Juda qulay! @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda Biz bilan bogʻlanish uchun @Nurik11_leader

  • 💻 Kompyuterga nechta monitor ulash mumkin? Bu nimalarga bog‘liq? Ko‘pchilik “kompyuterga nechta monitor ulasa bo‘ladi?” degan savolga qiziqadi. Aslida, bitta kompyuter bir nechta monitorda birdan ishlashi mumkin. Lekin bu imkoniyat quyidagi omillarga bog‘liq: 🔹 1. Videokarta (grafik karta) Har bir videokartada nechta chiqish porti (HDMI, DisplayPort, DVI, VGA) bo‘lsa, shuncha monitorni ulash mumkin. Zamonaviy o‘yin va dizayn kompyuterlari odatda 2–4 ta monitorni qo‘llab-quvvatlaydi. 🔹 2. Integratsiyalashgan va tashqi videokartalar Ba’zi kompyuterlarda ichki (integratsiyalashgan) va tashqi (discret) videokarta bo‘ladi. Ikkalasidan foydalanib, yana ko‘proq monitor ulash imkoniyati tug‘iladi. 🔹 3. Operatsion tizim va drayverlar Windows, Linux yoki macOS kabi tizimlar bir nechta monitor bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlashi kerak. Drayverlar yangilangan bo‘lishi ham muhim. 🔹 4. Adapter va splitterlardan foydalanish Maxsus adapter yoki USB–HDMI konvertorlar yordamida ham qo‘shimcha monitor ulash mumkin. Lekin splitter bir xil tasvirni takrorlaydi, mustaqil ekran bermaydi. Oddiy ofis kompyuterlari odatda 2 ta monitorni qo‘llab-quvvatlaydi. Kengaytirilgan videokartalar esa 3–4 ta monitorgacha ishlatishi mumkin. Professional grafik stansiyalarda esa 6 va undan ortiq monitor ulash imkoniyati mavjud. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda Biz bilan bogʻlanish uchun @Nurik11_leader

  • 🧭 Windows’ning yashirin vositasi — Reliability Monitor Kompyuteringiz nega “osilib qoladi” yoki dasturlar to‘satdan yopilib ketadi? Buni bilish uchun ko‘pchilik ishlatmaydigan, lekin juda foydali vosita bor — Reliability Monitor. 🛠️ Qanday ochiladi? 🔎 Start menyusiga “reliability” yozing → View reliability history yoki ⌨️ Win+R tugmasini bosing → perfmon /rel deb kiriting 📊 Nimani ko‘rish mumkin? So‘nggi kun va oylar bo‘yicha barqarorlik darajasi Xatoliklar, osilishlar, driver muammolari va yangilanishlar Har bir voqeaning batafsil sababi ✅ Qanday foyda beradi? O‘yin paytida chiqib ketganida qaysi driver sabab bo‘lganini ko‘rish Windows yangilangandan keyin sekinlashish sababini aniqlash Kompyuteringizda vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan nosozliklarni kuzatish 💡 Qo‘shimcha imkoniyat: ⌨️ perfmon /report yozsangiz, Windows atigi 1 daqiqada kompyuterning to‘liq salomatlik hisobotini chiqarib beradi. 🧩 Nega aynan shu vosita? Event Viewer juda chalkash bo‘lishi mumkin. Reliability Monitor esa oddiy jadval va grafik orqali muammoni aniq va tez ko‘rsatadi. — @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

  • 🧠 Zamonaviy dunyoda eng kuchli qurol — mantiqiy va tanqidiy fikrlash Bugungi kunda texnologiya, ayniqsa sun’iy intellekt juda tez rivojlanmoqda. Bu bizga ko‘plab qulayliklar yaratmoqda — tezkor javoblar, avtomatlashtirilgan ishlar, vaqtni tejash. Lekin bir narsani unutmang: sun’iy intellekt ham xato qilishi mumkin. U har doim ham aniq va to‘g‘ri javob bera olmaydi. Shuning uchun unga topshiriq berishda va olgan javoblaringizni baholashda mantiqiy va tanqidiy fikrlash juda muhim. 🔹 Nega kerak? Javobning to‘g‘riligini tekshirish uchun Keraksiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotni ajratib olish uchun Vazifalarni aniq qo‘yish va to‘g‘ri natija olish uchun Shu sababli butun dunyoda mantiqiy va tanqidiy fikrlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Hatto fundamental bilimlardan ko‘ra, oliy ta’lim muassasalariga kirishda bu ko‘nikmalarga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Chet el universitetlarida ham kirish imtihonlarining asosiy qismi mantiqiy va tanqidiy fikrlashni sinovdan o‘tkazishga yo‘naltirilgan. 💡 Mantiqiy va tanqidiy fikrlash — zamonaviy dunyoda eng kuchli qurolingiz. U sizga texnologiyadan samarali foydalanishga, noto‘g‘ri qarorlardan qochishga va haqiqiy natijaga erishishga yordam beradi. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

  • 🇨🇳 Xitoyda “inson nusxasi” robotlar tayyorlanmoqda! 🤖 Endi robotlar nafaqat qo‘l va oyoqqa ega, balki mijoz xohishiga qarab bo‘yi, vazni, qiyofasi ham moslab beriladi. Ular yuradi, yuguradi, yuk ko‘taradi, odam bilan gaplashadi, hatto choy damlab berishi ham mumkin. Faqat… tug‘maydi 😄 🔹 Asosiy maqsad nima? Bugungi kunda dunyodagi eng katta muammolardan biri — yolg‘izlik. Shu sababli Xitoy kompaniyalari yolg‘iz insonlarga suhbatdosh va hamroh bo‘ladigan aqlli yordamchi robotlarni yaratmoqda. Ular siz bilan suhbatlashadi, savollaringizga javob beradi, dunyo yangiliklaridan xabardor qiladi va vaqtni maroqli o‘tkazishga yordam beradi. Shuningdek, og‘ir jismoniy ishlarda ham ko‘makchi bo‘lishi mumkin. 🔹 Kimlar ishlab chiqmoqda? Fourier Intelligence — 1.65 m balandlikdagi GR-1 modeli 50 kg yuk ko‘taradi. AgiBot — uy ishlari va zavod uchun robotlar tayyorlaydi. 80 kg yuk ko‘taradigan modeli bor. UBtech Robotics — batareyasini o‘zi almashtira oladigan robot yaratgan. EngineAI Robotics — sakraydigan, oldinga ag‘dariladigan sportchi robotlar ishlab chiqadi. 🔹 Nimalar qila oladi? Yurish, yugurish, to‘siqlardan o‘tish 🚶‍♂️🏃‍♂️ Yuk ko‘tarish va nozik ishlar qilish 🛠 Odam bilan suhbatlashish, yangiliklar aytish 💬 Savollarga sun’iy intellekt orqali javob berish 🧠 Mustaqil ishlash va qaror qabul qilish 💡 Mutaxassislar aytishicha, 2030-yilgacha bunday robotlar arzonlashadi va ommaviy sotuvga chiqadi. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

  • 💾 SSD turlari va avlodlari — Qaysi biri tezroq, qanaqasini tanlash kerak? SSD (Solid State Drive) — ma’lumotlarni mexanik HDD’lardan bir necha barobar tezroq saqlash va o‘qish imkonini beradi. Lekin SSD’larning ham turlari va avlodlari bor. 🔹 1. SSD turlari (Ulanish interfeysi bo‘yicha) 1️⃣ SATA SSD (2.5") Keng tarqalgan klassik SSD turi. Tezligi: 500–600 MB/s. HDD’dan ancha tez, lekin NVMe’dan sekin. Ko‘p eski kompyuter va noutbuklar bilan mos. 2️⃣ mSATA SSD Mini PCIe shaklida, ko‘proq eski ultrabook va mini-PC’larda ishlatilgan. Tezligi SATA bilan bir xil (~500 MB/s). Yangi qurilmalarda deyarli ishlatilmaydi. 3️⃣ M.2 SATA SSD Ixcham format, to‘g‘ridan-to‘g‘riga asosiy plata (materinskaya plata)ga ulanadi. Tezligi oddiy SATA SSD bilan bir xil (~500 MB/s). M.2 slotiga ega bo‘lsa-da, NVMe tezligini bermaydi. 4️⃣ M.2 NVMe SSD PCIe shinasidan foydalanadi, juda tezkor. Tezligi: PCIe versiyasiga qarab 2000 MB/s dan 10 000 MB/s gacha. Zamonaviy o‘yin, dizayn va ish stansiyalari uchun eng yaxshi variant. 5️⃣ PCIe AIC SSD To‘g‘ridan-to‘g‘ri PCI Express slotiga ulanadi (desktop va serverlarda). Katta o‘lcham va maksimal tezlik (ko‘p kanal). 🔹 2. NVMe SSD avlodlari (PCIe versiyasi bo‘yicha) PCIe 3.0 — 3 000–3 500 MB/s. PCIe 4.0 — 5 000–7 000 MB/s. PCIe 5.0 — 10 000 MB/s va undan yuqori. (PCIe avlodlari ishlashi uchun asosiy plata va protsessor mos bo‘lishi shart) 🔹 3. Tanlov bo‘yicha muhim eslatma SSD tanlash imkoniyati sizning asosiy plataning (materinskaya plata) slot turiga bog‘liq bo‘ladi. Agar faqat SATA port bo‘lsa — faqat SATA yoki mSATA ishlaydi. Agar M.2 slot bo‘lsa — uning SATA yoki NVMe’ni qo‘llashini tekshirish kerak. Yangi avlod kompyuterlarning aksariyatida NVMe sloti bor, shuning uchun tezkor SSD o‘rnatish imkoniyati mavjud. 🔹 4. Qaysi birini tanlash kerak? Oddiy ofis ishlari — SATA yoki mSATA ham yetarli. O‘yin va og‘ir dasturlar — M.2 NVMe PCIe 3.0 yoki 4.0. Kelajak texnologiyalari — PCIe 5.0. 💡 Xulosa: SSD tanlashda faqat hajmga emas, uning interfeysi (SATA/mSATA/M.2) va avlodiga (PCIe 3/4/5) e’tibor bering. Tezlik va moslik — eng muhim mezonlar. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda

  • 💾 SSD’da ma’lumot saqlash mumkinmi? SSD — tezkor va jim ishlaydigan xotira qurilmasi. Lekin unda muhim ma’lumotlaringizni doimiy saqlash tavsiya etilmaydi. Nega? 1️⃣ Nosozlikda ma’lumotni tiklash qiyin — SSD ishlamay qolsa, uni qayta tiklash jarayoni HDD’ga qaraganda murakkabroq. 2️⃣ Ishlab chiqaruvchi ham tiklab bera olmasligi mumkin — jiddiy texnik shikast bo‘lsa, hatto zavod darajasida ham ma’lumot qaytarilmaydi. 3️⃣ Tiklash juda qimmat — oddiy HDD’dan ma’lumot tiklash nisbatan arzonroq, SSD’dan esa bir necha barobar qimmat, ba’zi hollarda esa umuman imkonsiz. 💡 Eng yaxshi yechim: SSD’ni asosan operatsion tizim va dasturlar uchun ishlating, muhim fayllarni esa qo‘shimcha HDD yoki tashqi xotirada saqlang. @kompyuter_bilimlari — texnologiya haqida chuqur va sodda tilda