Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (Rasmiy)
СтатистикаVeb sayt: https://gov.uz/oz/kongeotexnazorat Facebook: https://www.facebook.com/kontexnazorat/ Murojaat uchun: @kontexnazorat_murojaat_bot @yer_qari_jamoat_bot info@kongeotexnazorat.uz Manzil:Toshkent sh, M.Ulug'bek ko‘chasi, 49a-uy Tel:71-203-17-77
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 37
- Всего постов
- 263
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 141
- 1/48двое суток
- 161
- 1/72трое суток
- 174
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#Savol_bering_Javob_beramiz 💬 SAVOL: Tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisida buyruqqa qanday maʻlumotlar kiritiladi? ✍️ JAVOB: Nazorat qiluvchi organning tekshiruv o‘tkazish haqidagi buyrug‘i (qarori) rasmiy hujjat bo‘lib, unda quyidagi ma’lumotlar majburiy tartibda ko‘rsatilishi shart: 🟢Tashkilot rekvizitlari: Nazorat qiluvchi organning to‘liq nomi. 🟢Subyekt ma’lumotlari: Tekshiriladigan tadbirkorlik subyektining to‘liq nomi va individual kodi — STIR (INN). 🟢Mansabdor shaxslar: Tekshiruvni o‘tkazishga vakolat berilgan, «Yagona davlat nazorati» tizimida attestatsiyadan o‘tgan xodimlarning F.I.O. va lavozimlari. 🟢Predmet va Muddat: Tekshiruvning maqsadi, yo‘nalishi (savolnomasi), boshlanish va tugash sanalari. 🟢Tekshiriladigan faoliyat davri: Tadbirkorning qaysi sanadan qaysi sanagacha bo‘lgan faoliyati va hujjatlari ko‘rib chiqilishi (masalan: 2023–2025-yillar). 🟢Huquqiy asos: Tekshiruv o‘tkazilishiga asos bo‘lgan hujjat (murojaat, xavfni tahlil etish tizimi ko‘rsatkichlari, muvofiqlashtirish rejasi va h.k.). 🟢Tizim identifikatsiyasi: «Yagona davlat nazorati» axborot tizimidan avtomatik olingan tekshiruvning maxsus ro‘yxat raqami hamda QR-kod. ➡️Manba: Vazirlar Mahkamasining 611-son Qarori bilan tasdiqlangan Nizom. 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
🟦🟦🟦🟦 O‘qing va o‘rganing. Jiddiy kitoblarni o‘qing. Qolganini hayotning o‘zi tushuntirib beradi. Fyodor Dostoyevskiy 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq islohotlarining natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish yuzasidan sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ko‘rib chiqildi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с руководителями судебной системы, посвященную результатам судебно-правовых реформ и приоритетным задачам в этой сфере. На ней была рассмотрена Стратегия «Правосудие – 2030». #Mirziyoyev #uchrashuv #sud #strategiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
без подписи
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Bolaga otasining ismi familiya sifatida berilishi mumkin bo‘ladi Qonun (O‘RQ–1164-son, 13.08.2026-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 📖 Oila kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga, bolaga otaning ismi, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkinligi belgilandi. Ilgari Kodeksda otaning ismi familiya sifatida berilishi nazarda tutilmagan edi. 🏛 “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, elektron arxiv hamda nodavlat arxivlarni tashkil etish tartibi belgilandi. 📋 Elektron arxivlarning o‘ziga xos talablari quyidagilardan iborat: 🔹 elektron arxiv tizimining apparat-dasturiy ta’minoti mavjudligi; 🔹 elektron arxiv fondlari va hujjatlarini yaratish uchun zarur vositalarning, shu jumladan raqamlashtirish qurilmalari va dasturlarining mavjudligi; 🔹 elektron arxiv hujjatlarini qidirish, boshqarish va ularga ishlov berish imkoniyatining mavjudligi; 🔹 elektron shakldagi arxiv hujjatining asl arxiv hujjati bilan bir xilligini ta’minlash; 🔹 elektron arxiv tizimining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etish. 🏢 Milliy arxiv fondining davlatga tegishli bo‘lmagan qismiga kiritilgan arxiv hujjatlarini, shuningdek davlat mulki bo‘lmagan boshqa arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshirish uchun nodavlat arxivlar tashkil etilishi mumkinligi ko‘zda tutildi. ✅ Shuningdek, Adliya vazirligining arxiv ishi sohasidagi vakolatlari aniq belgilandi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
📣📣📣📣📣 📢 Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi jamoaga taklif etadi! Siz MARKSHEYDERLIK sohasida tajribali mutaxassismisiz? Yer osti boyliklarini muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini ta’minlashda o‘z bilimlaringizni ko‘rsating! 🔥 O‘z lavozimingizni tanlang: 🔹 Sharqiy hududiy inspeksiyasi — Bosh mutaxassisi 📍 Ish joyi: Andijon, Farg‘ona, Namangan 👉 https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/131256 🎯 Asosiy talablar: 🎓 Ma’lumoti: Oliy (Marksheyderlik ishi); 💼 Tajriba: Soha bo‘yicha kamida 3 yillik ish staji; 📜 Bilimi: Yer qa’ri to‘g‘risidagi qonunchilikni mukammal bilish; 🗣 Tillar: Davlat tili; 💻 Ko‘nikmalar: Kompyuter va sohaviy dasturlarda ishlay olish. ⚙️ Ish sharoiti: 09:00 – 18:00 (To‘liq bandlik) 📌 Strategik sohada o‘z faoliyatingizni boshlang va arizangizni portal orqali topshiring! 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X
🌀 Pelitlar (Pelite) Yer yuzidagi eng kichik zarralar. Pelitlar — zarrachalarining hajmi 0,01 mm (0,01 millimetr)dan ham kichik boʻlgan har qanday kelib chiqishga ega oʻtirindi (sedimentar) togʻ jinslaridir. Bunga oddiy loy va loyqa jinslar misol boʻladi. 💡 Qiziq fakt: Pelit zarrachalari shunchalik kichikki, ularning shaklini oddiy koʻz bilan emas, faqat kuchli mikroskop ostidagina koʻrish mumkin! #Sohadagi_atamalar #Sedimentologiya #Pelit #Jinslar 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
#Savol_bering_Javob_beramiz 💬 SAVOL: Tekshiruv dasturi nima? ✍️ JAVOB: Tekshiruv dasturi — nazorat qiluvchi organ rahbari (yoki uning o‘rinbosari) tomonidan tasdiqlanadigan, o‘tkazilishi rejalashtirilgan tekshiruvning aniq chegaralari va ko‘lamini belgilab beruvchi sohaviy nazorat savolnomasi va harakatlar rejasi hujjatidir. Tekshiruv dasturi quyidagi muhim unsurlarni o‘z ichiga oladi: ➡️Tekshiruvning maqsadi, predmeti va o‘tkazilish muddati; ➡️Tekshirish lozim bo‘lgan masalalar va savollarning batafsil va tugal ro‘yxati (nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi dasturga kiritilmagan masalalar bo‘yicha hujjatlarni talab qilishga haqli emas); ➡️Tekshiruvda ishtirok etuvchi va maxsus attestatsiyadan o‘tgan mansabdor shaxslarning tarkibi. 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
🟦🟦🟦🟦 Vatanga bo‘lgan muhabbatim meni xorijiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, vatanimni jahondagi g‘aznalar bilan yana-da shunchalik boyitgim keladi. Volter 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
без подписи
без подписи
💠 O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi yutuqlari, loyihalar, mahsulotlar haqida “OKMK” AJ faoliyati misolida maxsus ko‘rsatuv. Dasturga vazir o‘rinbosari U. Yusupovning intervyusi ham kiritilgan. Euronews telekanali Business Line Uzbekistan 🔹 🔹 🔹 💠 Специальный выпуск, посвящённый развитию горнодобывающей промышленности и геологии Узбекистана, ключевым проектам и производственной деятельности АО «АГМК». В программу также вошло интервью с заместителем министра У. Юсуповым. Телеканал Euronews, программа Business Line Uzbekistan #kongeologiya #mingeo #etirof #OKMK #Euronews #Business_Line_Uzbekistan #maxsus_korsatuv #yutuqlar #loyihalar #Yoshlik1_koni #Qalmoqqir_koni #OAVKTM Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube | LinkedIn
без подписи
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️ Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi Adliya vazirligi fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3921, 2026-yil 11-avgust). 🔰 Ushbu Nizom “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari tomonidan fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 🔎 Hududiy bo‘limlar tomonidan qonunchilikda belgilangan quyidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli xizmatlar bepul amalga oshiriladi: 🤓 paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlari; 🤓 yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga ularning ixtiyoriga ko‘ra dastlabki 6 oy davomida soliq va moliyaviy hisobotlarni yuborish xizmatlari; 🤓 boshlig‘i yoshlar bo‘lgan yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga 2 yil davomida ko‘rsatiladigan xizmatlar. ✅ Hududiy bo‘limlar tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: ➖ fermer xo‘jaligini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatini ko‘rsatish tizimiga qabul qilish; ➖ buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish; ➖ fermer xo‘jaligi xodimlari uchun ish haqi, soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash; ➖ fermer xo‘jaligining soliqlari va yig‘imlari hisobini yuritish; ➖ soliq va moliyaviy hamda statistika hisobotlarini tuzish; ➖ inventarizatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish. 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
🌀 Pegmatit (Pegmatite) Gigant kristallik moʻjiza. Pegmatit — bu asosan magmaning oxirgi bosqichda sovishidan hosil boʻladigan, juda yirik (baʼzan bir necha metrli) kristallardan tashkil topgan gʻaroyib togʻ jinsi. Ular koʻpincha tomir yoki uya shaklida uchraydi. 💡 Qiziq fakt: Dunyodagi eng qimmatbaho asil toshlar (zumrad, topaz, akvamarin) hamda nodir metallar aynan pegmatit tomirlari ichidan topiladi! #Sohadagi_atamalar #Pegmatit #Minerallar #Geologiya 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
#Savol_bering_Javob_beramiz 💬 SAVOL: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar nechta va qaysi normativ hujjatda aks ettirilgan? ✍️ JAVOB: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan nazorat qiluvchi organlar soni 27 tani tashkil etadi. ➡️Sohaviy normativ-huquqiy hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori («Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida») hamda mazkur Qarorga 1-ilova hisoblangan «Nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati». ➡️ Muhim qoida: Ro‘yxatga kiritilmagan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazilishi qat’iyan taqiqlanadi. 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
#Savol_bering_Javob_beramiz 💬 SAVOL: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar nechta va qaysi normativ hujjatda aks ettirilgan? ✍️ JAVOB: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan nazorat qiluvchi organlar soni 27 tani tashkil etadi. ➡️Sohaviy normativ-huquqiy hujjat: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori («Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida») hamda mazkur Farmonga 1-ilova hisoblangan «Nazorat qiluvchi organlar va ularning nazorat sohalari ro‘yxati». ➡️ Muhim qoida: Ro‘yxatga kiritilmagan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazilishi qat’iyan taqiqlanadi. 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram
🟦🟦🟦🟦 Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan adolat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Vatanning qiymati – sen u yerda boshqa joylardagiga nisbatan muhabbat ko‘proqligini ko‘rishingdir. Agar Vatan himoya, adolat va muhabbatdan xoli bo‘lsa, fuqarolar musofirga aylanib qoladi. Mustafo Amiyn 🌐Veb-sayt |🌐Telegram | 🌐Facebook | 🌐 Instagram