TABIIY FANLAR VA IQTISODIYOT FAKULTETI | RASMIY KANALI
СтатистикаQDU Tabiiy fanlar va iqtisodiyot fakulteti YoBIBDOʻ Akmal Alikulov @Akmalalikulov
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 11
- Всего постов
- 135
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 180
- 1/48двое суток
- 206
- 1/72трое суток
- 222
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Natija DIQQAT, E'LON! YAKUNIY TANLOV NATIJALARI (MANDAT) E'LON QILINDI 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📝 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 4️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
“Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovida Qo‘qon davlat universiteti talabasi g‘oliblar safida Yoshlarning innovatsion tafakkurini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda istiqbolli g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Quvonarlisi, tanlov yakunlariga ko‘ra, Qo‘qon davlat universiteti talabasi Mushtariybonu Abdujalilova “Yodli saqich va yodli pechenye” loyihasi bilan tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari safidan munosib o‘rin egalladi. Tanlovning respublika bosqichida mamlakatimizdagi 94 ta oliy ta’lim muassasasidan innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli talabalar tomonidan jami 281 ta kreativ g‘oya taqdim etildi. 👉https://gov.uz/oz/innovation/news/view/206299 Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Qo‘qon davlat universitetida dual ta’lim qamrovi kengaytirilmoqda - Qoʻqon davlat universiteti https://kokandsu.uz/news/595
📢 Қўқон давлат университетида суперконтракт бўйича қабул! 56,7 баллдан юқори тўплаган, аммо танлаган таълим йўналишининг ўтиш баллига 4 баллдан ортиқ етмаган абитуриентлар учун суперконтракт миқдори кўплаб йўналишларда тахминан 29–30 млн сўм атрофида бўлиши кутилмоқда. ❗️Аниқ сумма таълим йўналишига қараб фарқ қилиши мумкин. 📌 Қайси таълим йўналишида суперконтракт қанча эканини мандат натижалари эълон қилинганидан сўнг Қўқон давлат университети қабул комиссиясининг колл-маркази орқали аниқлашингиз мумкин. 🎓 Агар талабларга мос келсангиз, университетга суперконтракт асосида ўқиш учун ариза беришингиз мумкин! 👉 Аниқ маълумот учун мандат натижаларини кутинг ва қабул комиссиясига мурожаат қилинг. Изоҳ: амалдаги тартибга кўра суперконтракт биринчи йил учун тўланади. Кейинги йилдан талаба базавий контракт тўлайди ёки фаоллигига қараб давлат грантига ўтказилиши ҳам мумкин!
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli: 🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi: 29-avgust – (shanba) dam olish kuni; 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram; 🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
🤩 Yana bir yangi loyihani kutib oling! “Qizlar akademiyasi” loyihasi ayol-qizlar uchun biznes sohasining tajribali mutaxassislaridan bepul bilim olish va esdalik sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etadi. “Qizlar biznes marafoni”da 6 nafar biznes sohasining kuchli mutaxassislarining ekslyuziv darslari, qimmatbaho sovg‘alar va maxsus sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniniyati taqdim etiladi! ✅ Marafonda qatnashish mutlaqo bepul va yosh chegaralanmagan! @QizlarAkademiyasiMarafonBot Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
#Imtihon #Natija #Qabul2026 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab, Qoʻqon davlat universitetida kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar diqqatiga! Natijalar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://kokandsu.uz/practical_exam_help 👉Maktabgacha taʼlim I guruh (Texnikum bitiruvchilari) 👉Maktabgacha taʼlim II guruh (Texnikum bitiruvchilari) 👉Kutubxona-axborot faoliyati (Texnikum bitiruvchilari) 👉Kadastr (Texnikum bitiruvchilari) 👉Jismoniy madaniyat (Texnikum bitiruvchilari) 👉Axborot tizimlari va texnologiyalari (Texnikum bitiruvchilari) 👉Transport vositalari muhandisligi (Texnikum bitiruvchilari) 👉Buxgalteriya hisobi (Texnikum bitiruvchilari) 👉Energetika muhandisligi (Texnikum bitiruvchilari) Natijalardan norozi boʻlgan abituriyentlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida apellatsiya komissiyasiga belgilangan tartibda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda! 1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlandi. Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 👉Ariza topshirish uchun: ⏺my.gov.uz’ga kirib, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring. ✅ Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma taqdim etiladi. Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi. Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
#Ogohlik #Rasmiy_munosabat Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi. Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi. Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi. Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi. Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling. ❗Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz: ☎️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253 📞Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
🟦🟦🟦 Ijaraga uy olishda ogoh bo‘ling! Ijaraga uy izlayotganda firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun: ‼️Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazib yubormang! Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🟦🟦🟦🟦🟦 Yakuniga yetgan hafta davomida amalga oshirilgan ishlarning haftalik dayjesti⤵️ 🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Farg'ona viloyat Kengashi hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida Oltiariq bolalar sog'lomlashtirish oromgohida yoshlar orasida harbiy kasbga bo'lgan qiziqishni oshirish, ularda Vatanga sadoqat, yuksak vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash hamda harbiy xizmatning sharafli va mas'uliyatli kasb ekanligini targ'ib etish maqsadida "Vatan himoyachisi – kelajak qalqoni" va "Harbiylik sari ilk qadam" mavzularida vatanparvarlik festivali tashkil etildi. 🏞 Sharqiy harbiy okrugi harbiy qism va muassasalari jamoalari ishtirokida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining okrug bosqichi ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. #OAV_biz_haqimizda 🏞 Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Sharqiy harbiy okrugi hamkorligida harbiy xizmatchilar va "Jasorat maktabi" yoshlari ishtirokida "Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 🏞 Фарғона туманида ёшларга оид устувор вазифалар ижроси ўрганилди 🗓 2026 йил 30 июнь — Ёшлар куни муносабати билан Давлатимиз раҳбари томонидан ёшлар билан ўтказилган очиқ мулоқотда соҳани янада ривожлантиришга қаратилган 50 га яқин устувор вазифалар белгилаб берилган эди. #yoshlar_siyosati 🏞Respublika ishchi guruhi oʻrganishlari mobaynida yoshlarning muammoli masalalarini tizimli hal etish boʻyicha berilgan topshiriq va vazifalar ijrosi Fargʻona tumani misolida tahlil qilindi. #yoshlar_siyosati 👥 Yoshlar murojaatlari bo‘yicha Qo‘shtepa tumanida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri loyixasi doirasida uyushmagan yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi. 🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida harbiy xizmatchilar o‘rtasida giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’molining salbiy oqibatlari hamda ularning oldini olishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. #yoshlar_siyosati 👥 Yoshlar murojaatlari o‘rganilmoqda. 🇺🇿 Farg‘ona viloyati hokimligi ishchi guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumani “Qayrag‘och” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Asqarov Muhammadqodir Abdubannob o‘g‘lining faoliyati va murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. #yoshlar_siyosati 👥 Yoshlar murojaatlari o‘rganilmoqda ⚜️ Farg‘ona viloyati hokimligi ishchi guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumani "Shomirza" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Akbarov Jasurbek Jabborali o‘g‘lining murojaati hamda olib borayotgan faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. #yoshlar_siyosati 👤Yoshlar murojaatlari ijrosi nazoratda 🇺🇿 Farg‘ona viloyati hokimligi ishchi guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumani "Langar" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Alijonov Azamatbek Yunusali o‘g‘lining murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. #yoshlar_siyosati 👤Yoshlar murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda 🇺🇿 Farg‘ona viloyati hokimligi ishchi guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumani "Xumdon" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Voytexov Doniyor Anatoliyevichning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. #yoshlar_siyosati 👥Yoshlar murojaatlari doimiy nazoratda 🇺🇿Farg‘ona viloyati hokimligi ishchi guruhi tomonidan Qo‘shtepa tumani "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Obloberdiyev Muhammadumar Xabibullo o‘g‘lining murojaati yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube
без подписи
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Xalqaro taʼlim sari ilk qadamni Qo‘qon davlat universiteti bilan tashlang! Qo‘qon davlat universitetida 2026–2027-o‘quv yili uchun qo‘shma taʼlim dasturlariga qabul davom etmoqda. Sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda: 👉 Xalqaro taʼlim dasturlarida tahsil olish; 👉 Xorijiy hamkor universitetlar bilan qo‘shma dasturlarda o‘qish; 👉 Ikki davlatning davlat namunasidagi diplomiga ega bo‘lish; 👉 Xalqaro tajriba va keng kasbiy imkoniyatlarni qo‘lga kiritish. Arizalar universitetning rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi: ✅ 1-bosqich – mutaxassislik fanlari bo‘yicha suhbat; ✅ 2-bosqich – taʼlim olib boriladigan xorijiy til bo‘yicha test sinovi. Dasturlar bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun Chexiya, Rossiya, Belarus, Xitoy hamda Qozog‘istonning nufuzli OTMlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. +998903434865 +998903807979 +998916940155 👉https://kokandsu.uz/joint_education Bizdan uzoqlashmang Facebook | Instagram | YouTube
без подписи
без подписи
без подписи