tgindex
QDTU Registrator ofisi

QDTU Registrator ofisi

Статистика
@kstu_registration_officeузбекский

🎓 QDTU REGISTRATOR OFISI — RASMIY KANAL Talabalar uchun eng kerakli ma’lumotlar, e’lonlar va imkoniyatlar shu yerda! 📋 Hujjatlar va arizalar 💡 Ilmiy yangiliklar 📢 Universitet hayoti 🚀 Rivojlanish uchun imkoniyatlar 🔹 Biz bilan — aniq, tez va zamonav

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
2
Всего постов
49
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 658
−2 за 2 дн.
Сутки
+2
+0,12%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
1 760
40 постов
Вовлечённость
106,2%
к подписчикам
Постов в день
0,3
всего 49
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
456
1/48двое суток
522
1/72трое суток
563

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 13 авг.44011из QDTU_group

    https://youtu.be/sp1u5wRoF-M?si=Wu_hWevCmJckgf1T

  • #Ogohlik ⚡️ ENERGIYA – UMUMIY BOYLIGIMIZ! ✅ Qarshi davlat texnika universiteti jamoasini energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanishga chorlaymiz! ❗️ Bugungi kunda elektr energiyasini tejash – nafaqat iqtisodiy manfaat, balki atrof-muhitni asrash va kelajak avlod uchun barqaror energetikani taʼminlashning muhim shartidir. 💡 Energiya tejash uchun oddiy qoidalarga amal qilaylik: 🔹 Xonadan chiqishda chiroqlarni oʻchiring; 🔹 Foydalanilmayotgan kompyuter, printer, konditsioner va boshqa elektr jihozlarini oʻchirib, imkon qadar elektr tarmogʻidan uzing; 🔹 Tabiiy yorugʻlikdan imkon qadar samarali foydalaning; 🔹 Konditsioner va isitish tizimlaridan meʼyorida foydalaning; 🔹 Energiya tejamkor LED yoritish vositalaridan foydalaning; 🔹 Elektr jihozlaridan foydalanishda tejamkorlik va masʼuliyat tamoyiliga amal qiling. 🌱 Har bir tejab qolingan kilovatt – iqtisod qilingan mablagʻ va tabiatga koʻrsatilgan gʻamxoʻrlikdir! 🤝 Energiya tejash – barchamizning umumiy vazifamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

  • 6 авг.1 07112

    ⚡️ Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin? ✅ Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin: ✅yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi 👉 ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; 👉 chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar); 👉 mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; 👉 hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar. ✅ umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi 👉 umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari; 👉 vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga. 👉 Barchasini @DTM_Mandat_Bot orqali bilib oling. 🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @DTM_Mandat_Bot sizga mukammal yordam beradi! Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari

  • 1 авг.1 607811

    ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • видео или голосовое, без подписи

  • 31 июл.7303из eduuz

    #TalabaExpo_2026 #Xorazm #live Urganchda️ “TalabaExpo—2026” kasbiy koʻrgazmasi boshlandi Koʻrgazma doirasida yoshlar uchun: ➖ish oʻrinlari yarmarkasi; ➖amaliyot va stajirovka dasturlari haqida maʼlumotlar; ➖startap loyihalarni taqdim etish imkoniyatlari; ➖“Oʻzmilliybank” tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli kreditlar va moliyaviy savodxonlikka oid seminarlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Aziz bitiruvchilar, keling, ishtirok eting va daromadli ish o‘rniga ega bo‘ling! Facebook | Instagram | YouTube|Telegram

  • 31 июл.1 223619

    ❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда. ➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади. ➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқали бевосита онлайн кузатиш имконияти яратилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади. ➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади. ➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди. ➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади. ➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади. ➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди. ➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади. ➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади. ➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди. ➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно). ➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади. @pressuzb

  • 24 июл.2 55020

    видео или голосовое, без подписи

  • 24 июл.2 466626

    🎓 QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 📢 2026/2027-o‘quv yili uchun QABUL BOSHLANDI! Hurmatli abituriyentlar! Qarshi davlat texnika universitetida kunduzgi, kechgi va masofaviy ta'lim shakllari bo‘yicha qabul davom etmoqda. ✅ 70 dan ortiq bakalavriat yo‘nalishlari ✅ 67 dan ortiq magistratura mutaxassisliklari ✅ Zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion ta'lim muhiti ✅ Xalqaro hamkorlik va akademik almashinuv dasturlari ✅ Davlat stipendiyalari hamda xorijda amaliyot o'tash imkoniyatlari 📚 Sizni qiziqtirgan ta'lim yo‘nalishlari, qabul kvotalari va o'tgan yilgi o'tish ballari bilan ilovadagi ma'lumotlar orqali tanishishingiz mumkin. 🌐 Rasmiy sayt: www.kstu.uz⁠ 📞 Call-markaz: +998 75 220-09-24 📍 Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 225-uy. 📢 Registrator ofisining rasmiy telegram sahifasiga obuna bo‘ling va ulashing #QDTU #Qabul2026 #RegistratorOfisi #Abituriyent #KSTU #TalabaBo'ling

  • 18 июл.3 797239

    🎥 Grant taqsimotiga ariza berish bo‘yicha video qo‘llanma Hurmatli talabalar! Grant taqsimotida ishtirok etish uchun ariza yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma tayyorlandi. ▶️ Videoqo'llanma orqali, arizani yuborishni ko'rib chiqishingiz mumkin. 📌 Eslatma: Ariza yuborishdan oldin barcha ma’lumotlaringizni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoni mavjud emas. #ijtimoiyfaollik #hemis #grant #tyutor 🌐hemis.uz 🌐my.hemis.uz 📢HEMIS axborot tizimi telegram kanali 💬HEMIS axborot tizimining telegramdagi guruhi

  • 16 июл.2 14720

    видео или голосовое, без подписи

  • 16 июл.1 805220

    📢 DIQQAT, TALABALAR! 🎓 Davlat grantini qayta taqsimlash uchun arizalar qabuli boshlandi! Davlat grantini qayta taqsimlash tanlovida ishtirok etishni istagan talabalar my.hemis.uz tizimi orqali elektron ariza topshirishlari mumkin. 📝 Ariza topshirish tartibi: ✅my.hemis.uz tizimiga kiring. ✅"Mening grantim" bo‘limiga o‘ting. ✅"Grant arizalari" menyusini tanlang. ✅"Ariza yaratish" tugmasini bosing. ✅O‘zingizga mos grant shaklini tanlang. ✅"Saqlash" tugmasini bosib arizangizni tasdiqlang. 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 15.07.2026 — 20.07.2026 ⚠️ Muhim eslatma: Arizani yuborishdan oldin kiritilgan ma'lumotlarni diqqat bilan tekshiring. Ariza tasdiqlangandan so‘ng uni bekor qilish yoki tahrirlash imkoniyati mavjud emas. 📌 Belgilangan muddatdan kechiktirmasdan ariza topshirishingizni so‘raymiz.

  • 15 июл.1 585118

    ❗️Bugundan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishni koʻchirish va tiklash boʻyicha arizalar qabuli boshlandi 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. 🖥 Arizalar quyidagi platformalar orqali yuboriladi: ➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim tashkilotidan boshqa oliy ta’lim tashkilotiga yoki bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida oʻqishni koʻchirish, shuningdek, bir oliy ta’lim tashkiloti doirasida o‘qishni qayta tiklash bo‘yicha arizalar– “transfer.edu.uz”; ➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”. 🔰 Yangi tartibga koʻra, xorijiy va nodavlat OTTlardan davlat OTTlariga oʻqishini koʻchirishda: ✔️ umumtaʼlim fanlari hamda chet tili boʻyicha milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi; ✔️ xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boshqa hujjatlar bilan birga elektron tarzda yuklanadi. ☝️ Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTTlarining mos va turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishini koʻchirishda chet tili hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi. ⏳ Arizalarni qabul qilish 2026-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar davom etadi.

  • 22 июн.1 78551из eduuz

    #hemis #yangi_versiyasi ❗️HEMIS tizimida amalga oshirilgan barcha o‘zgarishlar va yangi funksiyalar bilan tanishing! Tizimning navbatdagi yangilanishida quyidagi funksiyalar, integratsiyalar va texnik tuzatishlar foydalanishga topshirildi: 1️⃣ Bitiruv ishi himoyasi bo‘yicha DAK bayonnomasini rasmiylashtirish: Tizimga talabalarning bitiruv ishlarini himoya qilganliklari bo‘yicha DAK(yakuniy davlat attestatsiyasi) qarori bayonnomasini shakllantirishfunksiyasi qo‘shildi. DAK bayonnomasi “Ta’lim buyruqlari” bo‘limida rasmiylashtiriladi va imzolanadi. Bayonnomaga YADAga ruxsat berilgan talabalar qo‘shilib, ularga DAK xulosasi, savollar va baholar kiritiladi. DAK raisi va kotibi tomonidan imzolangach, “Bajarish” tugmasi orqali baholar avtomatik ravishda akademik yozuvga (transkriptga) ko‘chiriladi. 2️⃣ Talabalarning yotoqxonadan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalari: Talabalar turar joyida (TTJ) yashovchi talabalarning shartnomalari va to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kuzatish imkoniyati yaratildi. Ushbu ma’lumotlar mas’ullar uchun “Tashqi xizmatlar/TTJ shartnomalari” menyusida, talabalar uchun esa o‘z profillaridagi “Moliyaviy to‘lov/TTJ shartnomalari” sahifasida ko‘rsatiladi. 3️⃣ Talabalarning fanlarni qayta o‘qishi to‘g‘risidagi shartnomalari: Fanlarni qayta o‘qish yoki qayta topshirish bo‘yicha shartnomalar va to‘lovlar monitoringi yo‘lga qo‘yildi. Mas’ullar “Tashqi xizmatlar/kredit shartnomalari” menyusi orqali, talabalar esa o‘z profillarining “Moliyaviy to‘lov/kredit shartnomalari (yoki qayta o‘qish)” sahifasi orqali shartnoma, to‘lov va qarzdorlik ma’lumotlarini ko‘rishlari mumkin. 4️⃣ Talabalarning ijtimoiy faollik ballarini kuzatish: Mas’ul rahbarlar (Rahbariyat rolida) talabalarning ijtimoiy faollik bo‘yicha to‘plagan ballarini kuzatib borishlari uchun “Statistika/ijtimoiy faollik reytingi” menyusi ishga tushirildi. Sahifada tegishli mezonlarni tanlash orqali ballarni saralangan holda ko‘rish imkoniyati mavjud. 5️⃣ Talabalar familiyasi va ismi-sharifini avtomatik inglizchaga o‘tkazish: Talabalar anketasidagi ism-sharifni xalqaro ICAO standarti asosida avtomatik ravishda inglizcha alifboga o‘tkazish tizimi joriy etildi. Talabalar bazasi sahifasida passport ma’lumotlarini tekshirish (Lupa) tugmasi bosilganda, ma’lumotlar Personallashtirish markazi bazasidan yuklanadi va tizim ism-sharifni avtomatik ravishda ICAO standarti bo‘yicha inglizchaga o‘giradi. 6️⃣ Talabalarning ijara shartnomalarini ko‘rish: Tizim O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Mas’ullar “Tashqi xizmatlar/ijara shartnomalari” menyusida, talabalar esa o‘z profillarining “Moliyaviy to‘lov/ijara shartnomalari” bo‘limida shartnomalarni ko‘rishlari mumkin. “Sinx” tugmasi orqali ma’lumotlar soliq bazasi bilan yangilab boriladi. 7️⃣ Diplomlarda talaba ism-sharifini ingliz tilida shakllantirish: Xalqaro ICAO hujjatlari talablariga mos ravishda kirill va lotin alifbosidagi belgilarni ingliz alifbosiga translyatsiya (transliteratsiya) qilish funksionali yaratildi. Tizimda to‘rt xil yo‘nalishda (o‘zbekcha lotin -> inglizcha, o‘zbekcha kirill -> inglizcha, o‘zbekcha lotin -> o‘zbekcha kirill, o‘zbekcha kirill -> o‘zbekcha lotin) o‘girishlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etildi. 8️⃣ Talabalarni familiya va ismi bo‘yicha birgalikda qidirish: Talabalar bazasi va talabalar ro‘yxati bo‘limlarida qidiruv tizimi takomillashtirildi. Endilikda qidiruv maydoniga probel bilan ajratgan holda avval familiya, keyin ismni (yoki ularning bosh qismini) katta-kichik harflarga e’tibor bermasdan kiritib, talabalarni osongina topish mumkin. 9️⃣ Ilmiy daraja va unvonlar ma’lumotlarini avtomatik olish: HEMIS tizimi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) axborot tizimi bilan integratsiya qilindi. Xodim anketasida pasport ma’lumotlarini yuklash yoki ilmiy ma’lumotlar qatoridagi “lupa” tugmasini bosish orqali xodimlarning ilmiy daraja va unvonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar OAK bazasidan avtomatik ravishda tizimga yuklab olinadi. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 11 июн.2 77553

    #Diqqat 🎓 QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 🌟 IQTIDORLI TALABALARI! 🌟 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda 🏅 nomdor davlat stipendiyalari tanlovlari uchun 📑 hujjatlar qabuli boshlandi! ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📄 Tanlov tartibi haqida batafsil ma’lumot: 🔗 https://drive.google.com/file/d/1O8V7OE2YECwCYrLXGSwbOkBNOmyRF6RN/view?usp=sharing ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📌 Talabgorlarning hujjatlari quyidagi ketma-ketlik asosida qabul qilinadi: 1️⃣ HEMIS tizimidan o‘zlashtirish qaydnomasi 📋 Ofis registrator tomonidan tasdiqlangan holatda 2️⃣ Dekan tavsiyanomasi 📝 3️⃣ Ilmiy rahbarning fikr-mulohazasi 🧠 4️⃣ Ilmiy ishlar ro‘yxati 📚 tasdiqlangan holatda 5️⃣ Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari 🖨 6️⃣ Erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar 🏆 diplom, sertifikat va boshqalar 7️⃣ Pasport nusxasi 🆔 8️⃣ Ma’lumotnoma — obyektivka va 3x4 rasm 📑 9️⃣ Chet tili sertifikati 🌍 ✅ majburiy hujjat emas ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari to‘g‘risida nizom: 🔗 https://lex.uz/acts/-1399382 ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 📌 Tanlovda faqat 3- va 4-bosqich talabalari hamda 1-bosqich magistrlar ishtirok etishlari mumkin! 🗓 Hujjatlar 2026-yil 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar qabul qilinadi. 20-iyundan so'ng hujjatlar qabul qilinmaydi. 📍 Hujjatlar Qarshi davlat texnika universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limiga topshirilishi kerak (218-xona) 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 📱 Telegram: @mmkstu 📱 Telefon: +998 90 877 83 84 Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

  • 9 июн.2 222из Ruzmanov Dilshod Usmanovich

    видео или голосовое, без подписи

  • 9 июн.2 493из Ruzmanov Dilshod Usmanovich

    видео или голосовое, без подписи

  • 9 июн.1 974из Ruzmanov Dilshod Usmanovich

    видео или голосовое, без подписи

  • 9 июн.1 4452

    Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по вопросам обеспечения занятости выпускников организаций высшего образования. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

  • 9 июн.1 6531

    #diqqat_tanlov ❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️ Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi iqtidorli yoshlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2026-yilda “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida ilmiy g‘oyalar tanlovida ishtirok eting! Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan asosiy talablar: - O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi; - Yoshi, ilmiy darajasi, unvoni va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi; - Ilmiy g‘oya muallifi Qoraqalpog‘iston Respublikasida istiqomat qilishi; - 1 nafar ishtirokchi faqat 1 ta loyiha bilan qatnashishi lozim. Topshiriladigan ilmiy g‘oyalarga qo‘yiladigan talablar: - Jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi; - Amalga oshirishning eng ko‘p muddati 1 yilgacha bo‘lishi; - So‘raladigan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 400 baravarigacha bo‘lishi zarur; - Ajratilgan mablag‘lar doirasida muallif va ijrochilarga oylik maosh (ish haqi) ko‘rsatish mumkin emas; - G‘olib loyihalar doirasida maket va (yoki) prototip yaratilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi koʻrgazmalar zaliga (show-room) joylashtirilishi shart; - Materiallar ishonchli va ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan bo‘lishi lozim. ❗️Eslatma: Arizalar 2026-yilning 5-iyunidan 4-iyul kuni soat 23:59 ga qadar (26 kun qoldi!) startup.ilmiy.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

QDTU Registrator ofisi — tgindex