Kutubxonachi 📖
СтатистикаInsonni shakllantiradigan eng yaxshi vosita bu kitobdir. Hamid Sodiq . Yondosh kanal: @tohirbektojmuhammad
- Последний пост
- 3 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 224
- 1/48двое суток
- 256
- 1/72трое суток
- 276
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Mavlono aytadilarki: Kun kelib, ochilmaydi degan gullaring ochiladi, Ketmaydi degan gʻam-qayg’u ketadi, Bitmaydi degan vaqting oʻtib ketadi. Hayot shunday bir sirki, avval shukur, soʻng sabr, keyin esa ishonch kerak... 📖 @kalbe_dokunan
Zulmni unutmang! Chunki unutilgan zulm takrorlanadi Aliya Izzatbekovich
без подписи
“Katta bo‘lsang o’tib ketadi” deganlari baxt ekan ... "Büyüyünce geçer" dedikleri şey mutlulukmuş... @kutubxonachi_uzb
Oxirat soati to'ldirilar kun, Yig'lagan ko'zlarni kuldirilar kun, Yopilar qochishning so'ngi bekati - O'limning o'zi ham o'ldirilar kun. @kutubxonachi_uzb
Bechora odam bolasi. Agar, u do'zaxdan faqirlikdan qo'rqqanchalik qo'rqqanida edi, jannatga kirardi. Yahyo ibn Muoz @kutubxonachi_uzb
“...U sirni ham, maxfiyni ham biladir” Toha surasi, 7-oyat @kutubxonachi_uzb
🍽Ovqatlanishning me'yori: 1. Qorning ochgandagina ovqatlan 2. To'ymasdan oldin to'xtat. ©️ Husayn Buxoriy @kutubxonachi_uzb
— Biron narsani bilish uchun shuncha kitob o‘qish shartmi? — Yo‘q. Biron narsani bilmasligingni bilish uchun shuncha kitob o‘qish shart. ©️Gökhan Özcan
O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa... O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Oltin boshning kalla bo'lgani shudir. Bedil qolib Demyan Bedniyni suysa, Qora sochning malla bo'lgani shudir. O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Dod demoqqa palla bo'lgani shudir. Ma'rifatdan ayri o'ynasa, kulsa, Aza chog'i yalla bo'lgani shudir. O'zbek Navoiyni o'qimay qo'ysa, Aldangani, alla bo'lgani shudir. Yulg'ich aziz bo'lib, bilgich xor bo'lsa, Paytavaning salla bo'lgani shudir. El komil bo'lmasa, yurt emas ulug', Beqadr mahalla bo'lgani shudir. Qalb to'la nur xalqning rizqi ham to'lig', Ombor to'la g'alla bo'lgani shudir. O'zbek o'zligini anglasa bekam, Uning "Barakalla" bo'lgani shudir. Olamga Navoiy nasliman degan Ovozi baralla bo'lgani shudir... ©️Erkin Vohidov @kutubxonachi_uzb
без подписи
Ey Shayxim! Kambag'al oilada tug'ildingiz. Otangiz olim bo'lishingiz uchun qattiq harakat qildi. Oldin o'zi olim bo'ldi. Olimlar duosini oldi. Onangiz tahoratsiz emizmadi. Siz uchun juda katta tayyorgarliklar ko'rildi. Moddiy jihatdan ancha qiynaldingiz. Ammo to'xtamadingiz. Maktabda eng oliy baholarda o'qidingiz. Ustozlaringiz va sinfdoshlaringiz doim maqtadi. 7 yillik madrasa ta'limini 3 yilda tugatdingiz. Vaqtingizni bir oninida bekor sarflamasdingiz. Islomning tirik namunasi bo'ldingiz. Sizni qadringizga yetishmadi. Yillar davomida yurtdan olisda bo'ldingiz. Biror marotaba Vatan haqida yomon so'z gapirmadingiz. Aksincha, maqolalaringizda maqtadingiz Qaytdingiz, Katta Musxafni keltirdingiz. Haj nimaligini bilmaydigan xalqqa bu buyuk amalni ado etish imkonini ochib berdingiz. Qanchalik qarshiliklarga qaramay hikmat hassasiga suyanib, xalqni ilmli qilishga oshiqdingiz... Mansab sizga ta'sir qilmadi. Boyu-kambag'alni birdek ko'rdingiz Ta'lif qilgan kitoblaringizni biz o'qib tugatolmayapmiz. Allohning bizga yuborgan haqiqiy do'sti edingiz Sportni kanda qilmadingiz, hatto vafot etgan kuningiz ham sport bilan shug'ullangan edingiz Doim ummatni g'amida bo'ldingiz. Islomni xizmatida bo'ldingiz. Bu yo'lda qop-qora sochlaringiz oppoq bo'ldi... Texnologiyadan ortda qolmadingiz, eng zamonaviylarini foydali maqsadlarda ishlatar edingiz Kitoblaringizni bosishga ruxsat berishmaganida o'zingiz "Hilol-nashr"ni ochdingiz. 2015-yil 10-mart kechqurun sport bilan shug'ullandingiz va shu tun.... Janozangizga "Tafsiri Hilol"laringizni,"Hadis va Hayot" laringizni ko'tarib muxlislaringiz ko'zda yosh ila keldi... Bu umr Islomga bag'ishlandi. Ha Islomga bag'ishlangan umr! Siz haqingizda yozishga loyiq emasman. Qalbimga kelganini yozdim. Zero, mening ojiz qalamim, sizdek insonni ta'riflashga juda zaiflik qiladi... Tirikligingizda ko'ra olmadik. Firdavslarda ko'rishish nasib qilsin! Xotirangiz abadiydir. Ey Shayxim Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf... ©️ Sarvar Nazarboyev
Oʻz vaqtida oʻqilgan kitob — tengsiz yutuq. Hayotingda eng yaqin doʻsting va ustozingdan ham koʻrmagan yaxshilikni undan koʻrishing mumkin. ©️Pavlenko @kutubxonachi_uzb
Menimcha, barcha eski kitoblarni o'qib tugatmagan insonning, yangi kitoblarni ulardan afzal deyishlikka hech qanday haqqi yo'q. ©️ Sharl Lui Monteske 📚 (Fors nomalari)
💡Qanday qilib farzandingizga uy vazifalarini mustaqil bajarishni oʻrgatasiz? Farzandlarning darslarini qildirish ota-onalarning eng katta muammolaridan biridir. Bolalar ham, ota-onalarning oʻzlari ham “Darsingni qil” degan gapdan charchashgan. Bu gapni aytish ota-onalarni qanchalik jonlariga tekkan boʻlsa, farzandlar ham bu buyruqdan shunchalik bezib ketishgan. Bu vaziyatni qanday hal qilish mumkin? Quyida bunga bir necha misollar keltirib oʻtamiz. Dadam menga biror marta ham qattiq gapirib “Darsingni tayyorla” demaganlar. Lekin harakatlarimni kuzatib: “Sendan yaxshi shifokor chiqishi mumkin”, der edilar. Chunki men bolalik chogʻlarimdanoq qoʻgʻirchoqlarimga oʻzimcha dorilar berar, ukol qilar, dugonalarim bilan ham doim “doktor-doktor” oʻynar edim. Hozir ham uyda kimning boshi ogʻrisa, koʻngli behuzur boʻlsa dori qutidan darrov dori olib tutqazaman. Ukalarimning isitmasi chiqsa termometr qoʻyib isitmasini oʻlchayman. “Tez yordam” chaqiraqolaylik, deya hammani shoshirib yuboraman. Oyim gohida “Oʻzimning doktor qizimdan aylanay”, deya erkalab qoʻyadilar. Dadam esa doktor boʻlish uchun, albatta, yaxshilab oʻqish kerakligini, ayniqsa, biologiya, ximiya fanlarini puxta oʻzlashtirishimni taʼkidlaydilar. Shu sababdan boʻlsa kerak, hech kim aytmasa-da, darslarimni vaqtida tayyorlayman. Yuqori sinfga oʻtganimiz sayin fanlar murakkablashib borayotgani sabab qoʻshimcha darslarga qatnashni dadamdan iltimos qildim. Ular rozi boʻldilar. Kelasi haftadan qoʻshimcha darslarga boraman. Dadam va oyim mendan juda xursandlar. 📚 Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuʼtining "Farzand tarbiyasida 700 saboq" kitobidan @kutubxonachi_uzb
✨ Laylatul Qadr rejasi 5-apreldan 6-aprelga oʻtadigan kecha - Ramazonning 27-kechasi, yaʼni Laylatul Qadr boʻlishining eng katta ehtimoli boʻlgan tun. U kechani samarali va barakali oʻtkazish juda muhim Chunki bu kechada qilingan har bir amal 83 yillik amal savobini beradi! 🌜Ayni shuning uchun bu tunda qilinishi mumkin boʻlgan eng ulugʻ savobli amallarni tunning vaqti boʻyicha taqsimlab chiqdik Marhamat! Undan foydalanib, siz ham tuningizni barokatli oʻtkazish rejasini tuzing!👇 https://telegra.ph/Laylatul-Qadr-rejasini-tuzish-2-qism-05-08
Ronaldo Real Madriddan ketganida yig'lab, G'azodagi birodarlari, dindoshlari uchun bir tomchi ko'z yosh to'kmaganlarning holiga faqat achinasan, xolos! @kutubxonachi_uzb
Bir xitoylik talaba yigit aytadi: "Bu yerdagi insonlarni kuzatdim. Itni ham, chuvalchanglarni ham, biz jirkanch deb bilgan barcha narsani yeyishar ekan. Lekin bular bitta narsani yemas ekan. U ham bo'lsa –birovning haqqi" Bizchi, ular kabi jirkanch narsalarni yemasakda, birovni haqqini yeb qo'ymayapmizmi? @kutubxonachi_uzb
Qur’onni qayta-qayta o‘qidim, 90 joyida Alloh rizqqa kafil ekanini, faqat bir joyida shayton insonni faqirlik bilan qo‘rqitishi haqida kelganini ko'rdim. Nadomatlar bo‘lsinki, odamlar Robbisining 90 va’dasini unutib, shaytonning bir yolg‘oniga aldanadi... ©️ Hasan Basriy rohmatullohi a'layh @kutubxonachi_uzb
Ramazonda ayollarning ajru savobi naqadar bisyor: Ular ro‘zaning savobini, uy yumushlarining savobini hamda ro‘zadorga iftor qilib berish savobini oladilar. Allohim, ayollarimizni barcha gunohlardan pokla, jannating bilan siyla! ©️ Ikrom Sharif @kutubxonachi_uzb