tgindex
Samarqand tuman “Kitobsevarlar klubi”📖

Samarqand tuman “Kitobsevarlar klubi”📖

Статистика
@kutubxonlar_klubiузбекский

Samarqand tuman axborot-kutubxona markazining rasmiy telegram kanali Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring https://taplink.cc/samtakm

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
15
Всего постов
57
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
54
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
8
40 постов
Вовлечённость
14,8%
к подписчикам
Постов в день
2,1
всего 57
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
7
1/48двое суток
8
1/72трое суток
8

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 📚 KITOB MUTOLAASI ✨ Chingiz Aytmatov — “Bo‘tako‘z” va “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar” Chingiz Aytmatov asarlari inson qalbi, tabiat va hayotning murakkab haqiqatlarini o‘ziga xos mahorat bilan yoritishi bilan qadrlidir. 📖 “Bo‘tako‘z” hikoyasida insoniy tuyg‘ular, mehr, sadoqat va hayot sinovlari tasvirlansa, “Sohil bo‘ylab chopayotgan olapar” asarida inson va tabiat o‘rtasidagi munosabat, jasorat, mas’uliyat hamda hayot uchun kurash kabi mavzular chuqur aks etadi. 🌊 Asarni mutolaa qilarkanmiz, qahramonlarning kechinmalari orqali insonning ichki dunyosi, tabiatga munosabati va hayotning qadrini yanada chuqurroq his qilamiz. 💭 Chingiz Aytmatov asarlari — o‘qibgina qolmay, qalban his qilinadigan asarlar. 📍 Ushbu kitob Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida mavjud! 📚 Kitob o‘qing, mutolaa qiling va Chingiz Aytmatov olamiga sayohat qiling! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • 📚 KITOB TAVSIYASI ✨ So‘ngul Ünsal — “Yaralangan joyingizdan gullaysiz” Ba’zan hayotdagi mag‘lubiyatlar bizni sindirish uchun emas, yanada kuchli bo‘lishimiz uchun beriladi. 🌱 📖 So‘ngul Ünsalning “Yaralangan joyingizdan gullaysiz” kitobi insonni o‘zini anglashga, boshidan kechirgan qiyinchiliklardan saboq olishga va har qanday vaziyatda umidni yo‘qotmaslikka chorlaydi. 💭 “Har bir mag‘lubiyat — o‘zingizni topishingiz uchun bir o‘git.” Agar siz ham hayotingizga yangi nigoh bilan qarashni, o‘zingizni ruhlantirishni istasangiz, bu kitob siz uchun qiziqarli mutolaa bo‘lishi mumkin. 🌷 📍 Kitob Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida mavjud! 📚 Kitob o‘qing — qalbingizni boyiting, o‘zingizni kashf eting! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • #KITOB_ZAVQI 🌧 O`lmas Umarbekov — “Yoz yomg‘iri” Ba’zan bir asar insonni shunchaki o‘qishga emas, o‘ylashga, his qilishga va hayotga boshqacha nigoh bilan qarashga undaydi. 📖 O`lmas Umarbekovning “Yoz yomg‘iri” asari ham o‘quvchini insoniy kechinmalar, munosabatlar, hayotning turli sinovlari haqida mushohada qilishga chorlaydi. Asarda samimiy tuyg‘ular va hayotiy voqealar orqali inson qalbidagi nozik kechinmalar tasvirlangan. 🌦 Yozning iliq yomg‘iri kabi sokin, ammo qalbda iz qoldiradigan ushbu asarni mutolaa qilishni tavsiya qilamiz. 💜 Kitob o‘qing — qalbingizga yaqin hikoyalarni kashf eting! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • #Bibliografiya_xizmati #Virtual_sharh 📚Zeynep Gezikining "Faryod" kitobi 📍Samarqand tuman axborot- kutubxona markazi kitobxonlariga navbatdagi virtual sharhimizni taqdim etamiz. 📕Zeynep Gezikining "Faryod" asari inson qalb kechinmalari, hayot sinovlari, sabr-toqat va umid haqida hikoya qiluvchi ta’sirchan kitoblardan biridir. Asarda insonning ichki dunyosi, ruhiy iztiroblari va hayot yo‘lida duch keladigan murakkab vaziyatlari chuqur yoritilgan. 📙Kitob o‘quvchini mehr-oqibat, insoniylik, oilaviy qadriyatlar va hayotning qadriga yetish kabi muhim tushunchalar haqida fikrlashga undaydi. Muallif qahramonlar taqdiri orqali qalbdagi og‘riq, sog‘inch va umid tuyg‘ularini mahorat bilan aks ettirgan. 📘Faryod"— o‘quvchini befarq qoldirmaydigan, qalbga yaqin va hayotiy saboqlarga boy asar. Ushbu kitob barcha kitobsevarlar uchun tavsiya etiladi. 📖 Kitob o‘qing, ma’naviy olamingizni boyiting! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • #milliy_kontent #yangiruhiyat #inson "Juda boʻlmasa bolalarni kallasida nimadir (kitobdan) qoladi." 🎬 "Novda" filmidan parcha Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram|Instagram| Facebook

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #ZAKOVAT #YOSHLAR_KELAJAK_BUNYODKORLARI 🧠 “Yoshlar kuni” doirasida — ZAKOVAT bellashuvi! Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Madaniyatlararo muloqot va intellektual salohiyat kuni” munosabati bilan tumandagi “Kelajak markazi”da yoshlar ishtirokida qiziqarli “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi. 🤝 Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy muloqot qilinib, buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Jaloliddin Rumiyning hayoti, ijodi va boy ma’naviy merosiga oid qiziqarli savollar o‘rtaga tashlandi. 🧠 Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘z bilimlari, tezkor fikrlashi va topqirligini namoyon etib, har bir savolga jamoaviy hamjihatlik bilan javob izladilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. 📚 Zakovat — bu nafaqat bilim, balki tafakkur, jamoaviylik va topqirlik sinovi! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • #Bibliografiya_xizmati #Byulleten Yangi adabiyotlar — yangi bilimlar sari yo‘l! Samarqand tuman axborot-kutubxona markazida kitobxonlarimiz uchun yangi kelib tushgan adabiyotlar jamlanmasi taqdim etilmoqda. 📙Ushbu byulletenda o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalari, ma’naviy-ma’rifiy, badiiy hamda ilmiy-ommabop kitoblar haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • 📖 “ODAMLAR ORASIDA” — Saida Zunnunova Inson hayoti, uning qalbidagi kechinmalari, odamlar o‘rtasidagi munosabatlar va hayotning turli sinovlari… Bularning barchasi Saida Zunnunovaning “Odamlar orasida” asarida o‘ziga xos badiiy ruhda aks etadi. 🌿 Asar o‘quvchini insonlarni anglashga, hayotga teranroq nazar bilan qarashga va odamlar orasidagi samimiyat, mehr-oqibat hamda munosabatlar haqida o‘ylashga undaydi. 📚 Yaxshi asar — o‘qib tugatiladigan emas, qalbda davom etadigan asardir. Siz “Odamlar orasida” asarini o‘qiganmisiz? 💬 Fikringizni izohlarda yozib qoldiring! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • 📚 KITOB MUTOLAASI 💳 “BANK 4.0” — kelajak banki qanday bo‘ladi? Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga, jumladan, bank tizimiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Brett Kingning “Bank 4.0” kitobi aynan shu o‘zgarishlar — zamonaviy bank xizmatlari, raqamli moliya va kelajakdagi bank tizimi haqida hikoya qiladi. 📖 Kitobda bank xizmatlarining an’anaviy shakldan raqamli va mijoz hayotiga yanada yaqin tizimga o‘tishi, texnologiyalarning moliyaviy sohadagi o‘rni hamda kelajakdagi imkoniyatlar haqida qiziqarli fikrlar berilgan. 💡 “Bank 4.0” — moliya, texnologiya, biznes va zamonaviy innovatsiyalarga qiziqadigan kitobxonlar uchun foydali manba. 📌 Kitob mutolaasi — yangi bilim va yangi imkoniyatlar sari yo‘l! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • #KITOB_TAVSIYASI O‘lmas Umarbekovning “Yoz yomg‘iri” asari — inson taqdiri, hayot sinovlari va murakkab insoniy munosabatlarni o‘zida mujassam etgan qiziqarli qissalardan biridir. Asardagi voqealar, qahramonlar kechinmalari va hayotiy tasvirlar kitobxonni befarq qoldirmaydi, chuqur mushohada yuritishga undaydi. 📖 Samarqand tuman axborot-kutubxona markazi barcha kitobxonlarni ushbu asarni mutolaa qilishga chorlaydi! 📲Rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling ✅ Telegram | Facebook | Instagram |Website | YouTube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи