La tahzan TV 🍃
Статистика🍃Allohning zikri ila qalblar orom topmasmi? 🖤🔐 [13:28] "Baxtli boʻlganlar Jannatdadirlar" [11: 108]
- Последний пост
- 20 авг. 2025 г.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
#tafakkur
Ko‘p yig‘lash va ko‘p g‘am aurani zaiflashtiradi... Aura — bu insonning atrofidagi energiya maydoni. Yig‘lash tanani yengillatadi, his-tuyg‘ularni chiqaradi, shifo beradi. Lekin agar inson o‘zini doimiy ravishda g‘am va ko‘z yoshlar ichida qoldirsa, tananing himoya energiyasi yupqalashadi.Tashqi ta’sirlarga nisbatan yanada ochiq holga keladi. @sihatmaktabi
Tashqaridan ichkariga kirib, ichkaridan biror narsani o’zgartiradigan yoki foyda beradigan har qanday narsa-ozuqadir. Ozuqa 6 hil bo’ladi: -Ko’rish orqali olinadigan ozuqa -Eshitish orqali olinadigan ozuqa -Hid orqali olinadigan ozuqa -Og’iz orqali olinadigan ozuqa -Teri orqali olinadigan ozuqa -Hissiy ozuqa Shulardan eng kuchlisi-hissiy ozuqa bo’lib, u nafaqat tanaga, balki ruhga ham chuqur ta’sir ko’rsatadi.
Kamtarlik — bu zaiflik emas, aksincha, qalbning buyukligidir. Unutma: tuproqdan yaratildik, tuproqqa qaytamiz. Hech kimdan ustun emasmiz... Alloh oldida barchamiz tengmiz. Kamtar bo‘l. O‘zingni hech kimdan afzal deb bilma.
Qalbimdan yozaman... O'zingni qabul qilgan qarorlaringga bunchalik qattiq qo'l bo'lma* ..o'qib qoldim bu jumla ta'sirli ekan judayam bir tafakkur qiling.. Qiz bola judayam qalbi va jismi nozik qilib yaratilgandir. Uni asrab avaylamas ekansan, bir gulga qaragandek e'tiborli bo'lmas ekansan, u so'liydi. Bu gap faqat erkaklarga tegishli emas. Xatto ayollarga ham tegishli. Inson o'ziga ravo ko'rmagan narsasini boshqalarga ham ravo ko'rmasligi kerak, bu mo'minlik. Ayam avval pichoqni o'zingga ur og'rimasa boshqaga deb aytardilar* Har bir muslima qiz, ayol, ona va opa-singillar mehr bilan yanayam go'zallashadi* Bizni mehr ulashishdan, tabbasumla boqishdan ayro qilmasin Robbim..🫂🌷 Muhayyo bilan
Tafakkur qiling… Siz dunyodan o’tdingiz, tez tez tafakkur qilib turasizmi?! Bir kun tug’ilganim singari, xotimam yakunlanar vaqtim bor, u vaqt na mol, va na sevganlarim kor qilmaydigan bir vaqtda Alloh huzuriga dunyodan topgan qaysi amalim bilan boraman, qaysi amalim bilan Allohga yuzlashaman..? Umrim sarhisob qilinganda, oyna kabi qarshimdan o’tkazilganda qaysi amallarim menga naf qiladi. Dunyo hayotida topgan lazzatlarim qiymati, dunyo hayotidagi intilgan baxt, to’kisliklar men bilan birga ketadimi..? Men aslida nima maqsad bilan yashayapman. Alloh bergan sof fitratni qanchalik asrayapman, Alloh roziligi uchun qanchalik shijoatliman, yaqinlarim, do’stlarim, men o’xshashni istagan insonlar kimlar..? Alloh bergan qadardan, rizqdan hikmat izlab, undan Robbimning rizoligini topib yashashga harakat qilyapmanmi, yoki noshukurlik bilan hamon illat izlayapmanmi? Alloh bergan juftdan, oiladan, sinovdan, farzandlarimdan rozimanmi? Bandalik vazifalarimni qay yo’sinda amalga oshiryapman, Robbimning berganlari foydamga hujjat bo’lsin uchun ular ustidan shukr aytishni unutmayapmanmi? Ularni Alloh yo’lida sarf qilyapmanmi. Dunyoda turli dinlar mavjud, men ulardan farqli ravishda musulima o’laroq haq din bo’lgan Islomga rioya qilyapmanmi yoki dunyo fitnalari orasida hamon chalkash yo’llardamanmi? Savollarga javob qay holatda..? @Najiyya_bilan
Qizlar va ayollar oshxonadi ishlaganizda Siz rakavinaga qaynoq suvni oqizasizmi? Bir shayx qaynoq suvni biror chuqurlikka quyishdan oldin Bismillah der ekan. Undan so’rashibdi nega bunda qilasan deb, shunda shayx javob beribdi: “Bir kuni bir oilaga chaqirishdi borsam, ularni jinlar bilan bog’liq muammosi bor ekan. Shayx jindan so’rabdi “nega aybi yo’q odamlarni tinchini buzyapsan?” Jin javob qilibdi : “Bu odam rakavinaga qaynaga suv quydi va suv bolalarimnk ustiga tushdi bittasini o’ldirdi” Shayx aytibdi: “Lekin bilasanku u sani bolalaringni ko’rmagan, insonlar jinlarni ko’rolmaydilar” Shunda jin aytibdi: “Ha nega unda u Bismillah demadi” Qachonki biz Allohni nomi bilan gapirsak, jinlar ogoh bo’ladi va qochadi, bu ularga signal bo’ladi. Jinlar notoza joylarda bo’ladilar, quvurlar ham notoza joy hisoblanadi. Ehtiyot bo’lamiz. Har doim uyga kirayotganda, kiyimni almashtirayotganda, oyoq kiyimni kiyayotganda, qaynoq suvni to’kayotganda Bismillah deyishni unutmaylik azizlar.
Аллоҳ шифони ушбу нарсаларга жойлаган... 🌸
Taqdir taqdirdir, lekin tanlov har doim sizning ixtiyoringizda...📌
Uxlashdan oldin Allah bilan gaplashing...
✍Ibn Xaldun o'zining "Muqaddima"sida aytadi: "Arablar tuya go'shtini yeb, undan rashk va dag'allikni oldilar. Turkiy xalqlar ot go'shtini yeb, undan shiddat va kuchni oldilar. Yevropaliklar cho'chqa go'shtini yeb, undan dayuslikni oldilar. Zanjilar( afrikaliklar) maymun go'shtini yeb, undan o'yin-kulguga muhabbatni oldilar." ✍Ibn Qayyum rahmatullohi alayhi shunday deydilar: "Har kim hayvonot turlaridan biriga o'rgansa, uning tabiatidan va xulqidan o'zlashtiradi, agar go'shtini yeydigan bo'lsa, o'xshashlik yanada kuchliroq bo'ladi. Bizning zamonamizda esa tovuq go'shtini ko'p yeymiz, undan qaqillash, baqirish, boshni egish, uchmaslik va gapdonlikni oldik". Yeb ichayotganini amalidan deb ko'rmas ekan, insonning iymonida komillik bo'lmaydi.. Xushnudbek Xolmuhammad ustoz kanallaridan iqtibos
Dunyo g’amlarini unutmoqchimisan? Madinaga bor…) u yerda faqat Alloh va Rasul sevgisi hukmron... ☘
Erini shoh koʻrgan ayol malikadir. ©️Ustoz Ikrom Sharif
❗️#IBRAT ❗️Namozning jismoniy foydalari Qiyom — tik turish: ➖ beldagi ogʻriqlarni 25%; ➖ tizzalardagi ogʻriqlarni 52%; ➖ kaftdagi ogʻriqlarni 32%; ➖ oyoq barmoqlaridagi ogʻriqlarni 22% kamaytiradi. Rukuʼ holati: ➖ beldagi ogʻriqlarni 18%; ➖ tizzadagi ogʻriqlarni 63%; ➖ kaftdagi ogʻriqlarni 32%; ➖ oyoq barmoqlaridagi ogʻriqlarni 22% kamaytiradi. Sajda holati: ➖ beldagi ogʻriqlarni 24%; ➖ oyoq barmoqlaridagi ogʻriqlarni 13%; ➖ tizzadagi ogʻriqlarni 53%; ➖ bilaklardagi ogʻriqni 28% kamaytiradi. Qaʼda holati: ➖ beldagi ogʻriqlarni 37%; ➖ oyoq barmoqlaridagi ogʻriqlarni 17% kamaytiradi.
без подписи
Bir kishi savat ko'targan qizdan soʻradi: - Savatda nima olib ketayapsan? - Olma. - Kimga? - Sevgilimga - Nechta? Qiz hayron: - Sevgilisiga bergan narsasini sanaydilarmi hech!? Kishining qo'lidagi tasbehi yerga tushib ketdi...
Mehribonlikda baraka Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Alloh mehribon bandalariga baraka beradi" (Musnad Ahmad)
Xayr Andijonim! 🙂
без подписи