6-БКУҚ
Статистика"Навоийуран" Давлат корхонаси ходимлари касаба уюшмасининг канали Мы в Facebook https://www.facebook.com/groups/173357457900617/ Для личных вопросов Шахсий саволлар учун @davrbektemirov
- Последний пост
- 20 июл.
- Последнее чтение
- 17 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 61
- Тип
- открытый
- Язык
- русский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 289
- 1/48двое суток
- 331
- 1/72трое суток
- 357
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
👍👍👍👍👍 #ijtimoiy_masʻuliyat #inson_qadri_uchun Aydarko‘l bag‘rida mazmunli dam olish tashkil etildi ➡️ "Navoiyuran" davlat korxonasi 6-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan joriy yilning 18–19 iyul kunlari Jizzax viloyatidagi go‘zal Aydarko‘l sohilida joylashgan “Resorts” dam olish maskaniga "Zafarabod" kon boshqarmasining 50 nafar ishchi-xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun ikki kunlik madaniy-dam olish sayohati tashkil etildi. 🟢Mazkur sayohatdan ko‘zlangan asosiy maqsad mehnat jamoasi va ularning oila a’zolari uchun mazmunli hordiq chiqarish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoada o‘zaro hamjihatlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 🟢Dam olish davomida ishtirokchilar Aydarko‘lning betakror tabiatidan bahramand bo‘lib, cho‘milish, sport va ko‘ngilochar o‘yinlarda ishtirok etdilar. Shuningdek, turli madaniy dasturlar, oilaviy tanlovlar va qiziqarli bellashuvlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. 🟢"Navoiyuran" davlat korxonasida xodimlar va ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mazmunli dam olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. https://navoiyuran.taplink.ws/
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
👍👍👍👍👍 #ijtimoiy_masʻuliyat #gender_tenglik Xotin-qizlarning muammo va takliflari o‘rganildi ➡️ Korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda mehnat sharoitlarini yaxshilash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash maqsadida “Nurobod” ishlab chiqarish maydonida onlayn sayyor qabul tashkil etildi. 🟢Uchrashuv davomida korxona xotin-qizlarining muammo va takliflari maxsus ishchi guruh tomonidan o‘rganildi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabulda mas’ul rahbarlar hamda ishlab chiqarish maydoni rahbariyati bevosita ishtirok etib, murojaatlarni tingladilar. 🟢Har bir masala individual tartibda ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda ularning yechimi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. 🟢O‘rganishlar yakunida murojaatlarni atroflicha ko‘rib chiqish, ularga amaliy yechim topish va ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi. 🟢Xotin-qizlarning manfaatlarini ta’minlash, ularning tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash korxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. https://navoiyuran.taplink.ws/
#muhim_tavsiya Jazirama issiqda o‘zingizni va yaqinlaringizni qanday asrashni bilasizmi? ☀️ Yoz jaziramasini yengil o‘tkazish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘zining qator tavsiyalarini ishlab chiqqan va uni har yili yangilab boradi. ➡️ Quyida JSST tavsiyalari bilan tanishing: Kimlar uchun xavfli? Issiq havo, birinchi navbatda, qariyalar, chaqaloqlar, surunkali kasalligi bor bemorlar va ochiq havoda ishlaydiganlar uchun xavfli. Issiqda uzoq qolish yurak-qon tomir, nafas olish va buyrak kasalliklarini va ruhiy salomatlik muammolarini kuchaytirishi mumkin. Yozning yana bir katta muammosi: yoshman, sog‘lomman, deb hisoblab, issiqni nazar-pisand qilmaslik va oqibatda quyosh urishi yoki undan ham yomoni, issiqlik urishidir. Oqibatda tana suvsizlanib, bosh og‘rig‘i, tana harorati oshishi, ko‘ngil aynishi, holsizlik, burundan qon ketishi va hatto xushdan ketib, yiqilish holatlari kuzatiladi. 📌Shunday noxush holatga tushmaslik uchun: ⚠️Quyosh nuri faol bo‘lgan vaqtda ko‘chaga chiqmaslik: 12:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘i eng xavfli hisoblanadi. ⚠️Derazalardan quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushishining oldini olish: kunduz kunlari qalin parda yoki jalyuzi bilan to‘sish yordam beradi. ⚠️Xona harorati kunduz kunlari 32 darajadan, kechki vaqtda esa 24 darajadan oshib ketmasligini nazorat qilib turish kerak. ⚠️Og‘ir jismoniy ishlarni kunning salqin vaqtida bajarish tavsiya qilinadi. ⚠️Bolalar va hayvonlarni avtomobil ichida qoldirish o‘ta xavfli. ⚠️Tana suvsizlanishining oldini olish uchun chanqamasangiz ham, tez-tez va oz-ozdan suv ichib turing. ⚠️Kofe, energetik va spirtli ichimliklar, shakarli shirin suvlar issiqda tanani qiynaydi, xolos. ⚠️Oddiy suv, turli damlamalar, ayron, limonli suv esa yengillik beradi. ⚠️Yog‘li va oqsilga boy ovqatlarni kamroq iste’mol qilgan ma’qul. ⚠️Iliq dush qabul qiling. Bu usul tanadagi ortiqcha issiqlikni chiqarishga yordam beradi. ⚠️Tabiiy matodan tikilgan, ochiq rangli va keng kiyimlar kiyishga harakat qiling. ⚠️Kunduz kunlari bosh kiyim, quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynaksiz ko‘chaga chiqmang. ⚠️Dorilarni saqlashda ham yozda ko‘proq e’tiborli bo‘lish kerak. 25 gradusdan baland haroratda dori sifati o‘zgaradi. https://navoiyuran.taplink.ws/
👍👍👍👍👍 #xayriya_aksiyasi "Ezgulik yo'lida birlashaylik" loyihasi doirasida qon topshirish aksiyasi o'tkazildi ➡️ "Navoiyuran" davlat korxonasi Nurobod ishlab chiqarish maydoni ishchi-xodimlari "Ezgulik yo'lida birlashaylik" loyihasi doirasida ixtiyoriy ravishda qon topshirish aksiyasida faol ishtirok etdilar. 🟢Mazkur xayriya tadbiri inson hayotini saqlab qolishga hissa qo'shish, jamiyatda beg'araz yordam va mehr-oqibat qadriyatlarini keng targ'ib etish maqsadida tashkil etildi. 🟢Aksiya davomida ishtirokchilar yuksak fuqarolik mas'uliyati va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etib, ezgulik yo'lidagi ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatladilar. https://navoiyuran.taplink.ws/
без подписи
без подписи
👍👍👍👍👍 #xayriya_aksiyasi "Ezgulik yo'lida birlashaylik" loyihasi doirasida qon topshirish aksiyasi o'tkazildi ➡️ "Navoiyuran" davlat korxonasi Nurobod ishlab chiqarish maydoni ishchi-xodimlari "Ezgulik yo'lida birlashaylik" loyihasi doirasida ixtiyoriy ravishda qon topshirish aksiyasida faol ishtirok etdilar. 🟢Mazkur xayriya tadbiri inson hayotini saqlab qolishga hissa qo'shish, jamiyatda beg'araz yordam va mehr-oqibat qadriyatlarini keng targ'ib etish maqsadida tashkil etildi. 🟢Aksiya davomida ishtirokchilar yuksak fuqarolik mas'uliyati va insonparvarlik fazilatlarini namoyon etib, ezgulik yo'lidagi ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatladilar. https://navoiyuran.taplink.ws/
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи