Hoʻqandi Latif kitobxonlari | Rasmiy kanal
СтатистикаAssalomu alaykum qizuquvchan, ilmga chanqoq kitobxonlar. Sizlar uchun yana bir ajoyib kanal yuritishni boshladik.📚 Bu kanalni yuritishimizdan maqsad avvalo insonlarni kitobga va uning mutolaasiga bo'lgan muhabbatni oshirish.
- Последний пост
- 16 июл.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Asardagi barcha falsafiy suhbatlar va hayotiy xulosalar 4 ta ramziy qahramon örtasida keçadi. Har bir qahramon hayotning bitta muhim ustunini ifodalaydi: 👑 Kuntugʻdi (Hukmdor) — ADOLAT timsoli U davlatni boşqaruvchi elik (şoh). Uning vazifasi — mamlakatda qonun va adolatni örnatish. Adolatli jamiyat qurişning ramzi hisoblanadi. 🌙 Oytöldi (Vazir) — BAXT va DAVLAT timsoli. U şohning eng yaqin ko‘makçisi. Baxt va iqbol kabi özgaruvçan, tez kelib-ketuvçi tuşunçalarni ifodalaydi (şuning uchun ham ismi Oytöldi, ya'ni tölgan oy kabi goh yoruğ, goh qoronğu). 💡 Ögdulmish (Dono vazirning öğli) — AQL va ZAKOVAT timsoli U jamiyatni va odamlar hayotini faqatgina ilm, aql va zakovat orqali tartibga soliş mumkinligini körsatib beradi. Muammolarga eng oqilona yeçim topuvçi obraz. 🕯Özgurmish (Zohid) — QANOAT va OXIRAT timsoli U vazirning qarindoşi bo‘lib, bu dunyoning o‘tkinchi taşvişlaridan uzoqlaşgan, ma’naviy poklik va qanoatni birinçi o‘ringa qo‘ygan inson. Bizga hayotda faqat moddiy narsalar emas, balki ruhiy xotirjamlik ham kerakligini eslatadi. 👉 Xulosa: Muallif bu to‘rt obraz orqali jamiyatda mukammal muvozanatni qanday o‘rnatish mumkinligini ko‘rsatgan. Adolat, Baxt, Aql va Qanoat birlashsagina haqiqiy saodatga erishiladi.
#tavsiya 📘 "Qutadğu bilik" — Saodatga eltuvçi bilim Bugun turkiy adabiyotning tengsiz durdonasi, deyarli 1000 yillik tarixga ega bölgan va hamon öz qiymatini yöqotmagan buyuk asar — Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilik" dostoniga töxtalamiz. Ushbu asar shunchaki she’riy töplam emas, balki XI asrdayoq mukammal jamiyat va adolatli davlat tizimini qurish loyihasini taqdim etgan haqiqiy hayotiy qomusdir. 🌟 Asarning boş ğoyasi nima? Asarning nomi özbek tiliga "Saodatga eltuvchi bilim" yoki "Baxt keltiruvchi aql" deb tarjima qilinadi. Muallifning maqsadi oddiy va ayni paytda juda murakkab bölgan savolga javob topish edi: Inson bu dunyoda qanday qilib haqiqiy baxt va saodatga erişişi mumkin? Yusuf Xos Hojib bu savolga javobni to‘rtta asosiy ramziy qahramon o‘rtasidagi suhbatlar va bahslar orqali ko‘rsatib beradi. Agar siz öz xulqingizni tahlil qilishni, şaxs va rahbar sifatida o‘sişni istasangiz, uşbu asar eng yaxşi qöllanmadir. "Behad oz bilimdon, köpdir bilimsiz, Aqlsiz beadad, aqlli aziz." Yusuf Xos Hojib
Mömin jannatni dunyodan qidirmaydi, bilaks jannatga erişiş yöllarini izlaydi.
видео или голосовое, без подписи
Nihoyat yangi alibo Senatga kirib ketdi. Eski hujjatlar, milliy valyuta, muhr va peshlavhalar oʻz kuchida qoladi. Ularni zudlik bilan almashtirish talab etilmaydi. Tasdiqlash va alifboga oʻtish uzoq choʻzilmasa boʻldi ishqilib. @birgap
Nima uchun 5:0 bo’lganini bildim. 😂
Olğa Õzbekiston🎉🎉🎉
#alifbo Kecha kitob do‘konida mijoz va sotuvchi o‘rtasidagi dialog qulog‘imga chalindi. Mijoz sotuvchidan so‘radi: o‘zbekcha kitoblar qayerda? Sotuvchi mijozning to‘g‘risidagi javonni ko‘rsatdi: mana bu yerda. Mijoz bir oz taraddudlandi-da keyin izoh berdi: lekin kirillitsada ekan bular. Mening diqqatimni tortgan joyi mijozning o‘zbekcha so‘zini qo‘llaganda lotin alifbosida chop qilingan kitoblarni nazarda tutgani bo‘ldi. Mening ham savodim kiril alifbosida chiqqan. Norasmiy matnlarni o‘sha alifboda yozaman. Badiiy adabiyotni ham kiril alifbosida o‘qishni maʼqul ko‘raman. Chunki miyamda bolaligimdan shakllangan vizual leksikon aynan shu alifboda. Lekin yoshlar o‘zbekcha deganda lotin alifbosidagi matnni tushunadi. Katta avlod to yoshlar bilan yaqindan muloqotni xohlasa, o‘zining yozganlari yosh avlodga yetib borishini xohlasa, lotin alifbosidan foydalangani maʼqul ekan, degan o‘y o‘tdi. @psixolingvist
Adabiyot atomdan kuchli, lekin... (A.Qahhor)
Bugun imtihonda qiziq voqea bo'ldi. "Krablar mentaliteti" (Crab Mentality) haqida matn tahlil qilayotgan edim. Bilasiz-a, bu tushunchani? Bir chelakdagi krablar tepaga intilayotgan sherigini oyog'idan tortib, o'zlari bilan birga pastda qolishga majbur qilishi haqidagi metafora. Shu qismini chuqur mulohaza qilib, o'zimcha tahlil qilayotgan edim (shovqin qilganimni o'zim sezmabman ham). Birdan yonimdagi talabgor kuzatuvchini chaqirib, ustimdan shikoyat qilib qolsa bo'ladimi? 😅 O'sha soniyada miyamda "shiq" etgan ovoz keldi: "Mana senga krablar effekti!" U mening ovozimdan ko'ra, diqqatimni jamlab "oldinga qarab ketayotganimdan" bezovta bo'lgandek tuyuldi. Matnni tushunishim uchun bundan ortiqroq "vizual effekt" kerak emas edi. Hayotda ham shunday: siz chelakdan chiqmoqchi bo'lsangiz, albatta oyog'ingizdan tortadigan "krablar" topiladi. Muhimi — to'xtamaslik.
видео или голосовое, без подписи
DIQQAT E'LON !!!! MILLIY SERTIFIKAT IMTIXONIGA TAYYORLANAYOTGANLAR UCHUN BOMBA YANGILIK🔊🔊🔊 5 KUNLIK BEPUL MARAFON DARSLARGA START BERAMIZ !!! 1 _KUN MORFEMIKA DARSI 2_KUN FE'L SO'Z TURKUMIDAN SIZ QIYNAGAN MUAMMOLARGA YECHIM OLASIZ 3 _KUN SINTAKSIS 4_KUN ILMIY MATN TAHLIL QILISH YO'LLARI 5_KUN ESSE DARSI DARSLAR MAXSUS YOPIQ GURUHDA BO'LIB O'TADI QO'SHILMOQCHI BO'LGANLAR SHU E'LONNI 5 TA ONA TILI VA ADABIYOTGA OID GURUHGA YUBORIB SKRINSHOTNI @UmmuMirabror ga yuboring ASOSIY GURUHhttps://t.me/onativaadabiyot https://t.me/onativaadabiyot https://t.me/onativaadabiyot
https://www.instagram.com/reel/DXO8uQkiM7I/?igsh=ZW13ZTI5M3VzYnIy
Õzbek ayollari fenotipi
Oltoy-turk ayollari fenotipi.
#yondaftarga_yozganlarim Qalbim bilan yolg‘iz qolganda, Sukut ichra sirlar uyg‘ondi. Yastanib yotardi sahro misoli, Bag‘rida qolgan izlar to‘lg‘ondi. "Kimning izi?" — dedim hayratda, Qalbim javob qildi, yiğladi, kuldi "Manzilin qidirgan daydi yo‘lovchi…
#yondaftarga_yozganlarim Qalbim bilan yolg‘iz qolganda, Sukut ichra sirlar uyg‘ondi. Yastanib yotardi sahro misoli, Bag‘rida qolgan izlar to‘lg‘ondi. "Kimning izi?" — dedim hayratda, Qalbim javob qildi, yiğladi, kuldi "Manzilin qidirgan daydi yo‘lovchi, Yõling õzing tomon, toparsan", dedi. Shu on butun dunyo jim bo‘lib qoldi, Nafsim soya kabi ortga yo‘qoldi. Angladim: eng uzun, eng buyuk safar — "Men"dan kechib "Haq"ni topganda tugar.
#motivation «Inson ongi nimani tasavvur qila olsa va nimaga ishonsa, o‘shanga erisha oladi.» ✍Napoleon Hill 💡 Muvaffaqiyat — bu avvalo fikrlash tarzi. 🗝 Sizning hozirgi holatingiz — kechagi o‘y-fikrlaringiz natijasi. Ertangizni o‘zgartirish uchun bugun…
#motivation «Inson ongi nimani tasavvur qila olsa va nimaga ishonsa, o‘shanga erisha oladi.» ✍Napoleon Hill 💡 Muvaffaqiyat — bu avvalo fikrlash tarzi. 🗝 Sizning hozirgi holatingiz — kechagi o‘y-fikrlaringiz natijasi. Ertangizni o‘zgartirish uchun bugun g‘oyalaringizga ishoning. 🔥 Katta maqsadlar qo‘rqinchli emas, ularga ishonmaslik qo‘rqinchli!
#iqtibos_vaqti Inson o’zini bo’shliqqa qo’yib yuborganida keraksiz hayollar ishlab chiqaradi. Ana o’sha paytda shayton oraga kiradi va vasvasa qiladi. Shuning uchun bir ish tugaganidan keyin boshqa ishni qilishimiz kerak. Inson bo’sh qolmasa, shaytonga ham vasvasaga ham ergashib ketmaydi. ✍Mehmet Yıldız