Raxmatillayeva | Official🇺🇿
СтатистикаLearnity – Your go-to source for the latest updates on universities, scholarships, and education. Get useful tips, insights, and resources to make your learning journey easier and invest in your future! 🎓📚
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- английский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 13
- 1/48двое суток
- 14
- 1/72трое суток
- 16
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❗️ Mandat chiqquncha abituriyentlar nimalar qilishi kerak? 1️⃣ Hujjatlaringizni tayyor holga keltiring Pasport, diplom/attestat, sertifikatlarni tayyorlab qo‘ying. 2️⃣ Turli variantlarga tayyor bo‘ling ➖ Asosiy tanlagan yo‘nalishingizdan tashqari, boshqa OTM yoki kasb-hunar imkoniyatlarini ham o‘rganing. ➖ Grant yoki kontrakt imkoniyatlarini oldindan solishtirib chiqing. 3️⃣ Moliyaviy reja ➖ Ijarada yashash, yotoqxona yoki o‘z shaharingizda o‘qish uchun xarajatlarni taxminan hisoblang. ➖ Transport, ovqatlanish va o‘quv materiallari uchun byudjet tuzishni boshlang. 4️⃣ Yangi joy haqida ma’lumot yig‘ing ➖ Tanlagan OTMingiz joylashgan hududni xaritada ko‘rib chiqing. ➖ Yaqinidagi yotoqxonalar, ijara uylar va transport yo‘nalishlarini o‘rganing. 5️⃣ O‘z ustingizda ishlashni davom ettiring ➖Asosiy fanlaringizdan bilimlaringizni mustahkamlang. ➖ Chet tillar, IT ko‘nikmalari yoki boshqa foydali kurslarga yoziling. Mandat javobini kutayotgan abituriyent tanishlaringizga yuborib qo'ying. Abituriyentlarga yuboring! 📊 Mandat natijangizni oldindan taxmin qiling: @DTM_Mandat_Bot Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info
Bu mandat degani yo bugun kechga yo erta chiqadi nasib bo'lsa MANDATNI kutayotganlar bormi reaksiya qoldiring😜
Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning dastlabki natijalari bilan tanishing! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qaroriga asosan, institutda tuzilgan Akademik o'zlashtirish hamda ijtimoiy faolliknni aniqlash komissiyalari tomonidan 2025/2026 o‘quv yili yakuni uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 1-2-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 1-bosqich talabalari uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yuzasidan dastlabki natijalar e’lon qilindi. Akademik faoliyat ballari Ijtimoiy faollik ballari ❗️ Akademik va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlari bo‘yicha e’lon qilingan dastlabki natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar mazkur natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 48 soat davomida Termiz davlat universiteti Grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash jarayonini bo‘yicha apellyatsiya komissiyasiga ariza topshirishlari mumkin. ❗️ Ta’lim grantlarini qayta taqsimlash tanlovining yakuniy natijalari 2026-yil 25-avgustga qadar Termiz davlat universitetining rasmiy veb-sayti va rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi. Bizni kuzating Telegram| Instagram | Facebook | You tube | Sayt.
O'zingizni majburlang! Ba'zida shunaqa paytlar bo'ladi o'qigiz kelmay qoladi, kursga qo'shilgansiz lekin uy ishlarini qilgiz kelmaydi. Ich-ichizdan qiziqishiz so'nadi. Ayniqsa buni ta'mini self-study qilishga urinib ko'rganlar yaxshi tushinadi, shundaymasmi? Bir paytlarda Ingliz tilini o'rganishni endi boshlaganimda mendayam bo'lgan bunday narsa. Lekin baribir, bilasiz Ingliz tilini yaxshi o'rganvolsayiz sizni yaxshi ish kutib turibdi. Bilasiz Ingliz tili sertifikatiz bo'lsa chet elda bemalol o'qiy olasiz va Ingliz tilini bilish sizni xayotizni, kelajagizni anchagina o'zgartiradi. Shunday ekan, Ingliz tili sizni rivojlantirishini bilsayiz, ustoziz bergan vazifalarni xohlamasayizam, ichizdan qiziqish bo'lmasayam, charchagan bo'lsayizam bajaring. O'zizni majburlang! O'sha siz taniydigan IELTS 8.5/9.0 olgan mashhur ustozlar Ingliz tilini o'zi qiziqib o'rgangan deb o'yleslarmi? Yo'q. Ularda shunchaki intizom kuchli bo'lgan. Intizomli insonlar nimadur o'rganishni boshladimi, qancha band bo'lsa ham, xohlamasa ham, zerikib ketsa ham, charchasa ham o'zini majburlab o'qiydi, o'rganadi Shaxsan menda ham boshida Ingliz tilini o'rganishga kuchli xohish, intilish, qiziqish bo'magan. Men shunchaki men buni qilishim kerak chunki ertaga menga aniq foydasi tegadi deganman va o'qiganman. P.s: Tanani his-tuyg'ularmas miyya boshqarsa to'g'riroq qarorlar qabul qilasiz. Azimjon Xudoyberdiyev ingliz tili ustoz 👆
#Chet_tili_imtihonlari 📢 DIQQAT, E'LON! 🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkaziladi 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi tillardan test sinovlarini o‘tkazishi belgilandi: 🇬🇧 Ingliz tili 🇩🇪 Nemis tili 🇫🇷 Fransuz tili 🇹🇷 Turk tili 🇸🇦 Arab tili 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 🆔 Test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. ✅ Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 12-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 13-avgust hisoblanadi. 📆 Test sinovlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❗️Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz. 👨💻 Qo‘shimcha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❗️KVOTA-2026 #abituriyent 📚 BAKALAVR: ➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta; ➖ KECHKI — 28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta; ➖ Davlat granti ulushi taqsimoti; ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi. 🎓 MAGISTRATURA: ➖ KUNDUZGI — 22 ming 50 ta; ➖ KECHKI — 1 ming 393 ta; ➖ MASOFAVIY — 892 ta. ❇️ MAQSADLI QABUL: ➖ Sog‘liqni saqlash (1 ming 31); ➖ Maktab ta’limi (648); ➖ San’at sohasi (4). 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656); ➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56); ➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); ➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828); ➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); ➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828). ➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35); ➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); 🔰BOSHQA KVOTALAR: ➖ O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming); ➖ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200); ➖ Green University uchun (930); ➖ Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70); ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR: ➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati; ➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati; ➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati. 👉 Azimjon ustoz ingliz tili Angor 👈
Rahbarlarga muhim tavsiya... 👉To‘liq suhbat havolasi: https://youtu.be/@abduqodir_toshqulov Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️ Stipendiya kundalik xarajatlarga yetmayapti: Miqdorni oshirish taklif qilindi Mamlakatda talabalar olayotgan stipendiya kundalik xarajatlarga yetmayotgani bois to‘lov miqdorini oshirish zarur. Bu taklif 30-iyul kuni Toshkent shahrida o‘tgan fiskal muloqotda bildirildi. Ma’lum qilinishicha, hozirgi stipendiya tizimida qator muammolar mavjud. Bugun 1,6 million nafar talabaning atigi 118 ming nafari yoki 7,3 foizi stipendiya olmoqda. Bazaviy stipendiya esa minimal iste’mol xarajatlaridan past va talabaning ijtimoiy holatini yetarli darajada hisobga olmaydi. Bu degani, stipendiya talabaning kundalik xarajatlarini qoplashga yetmayapti. “Manzilli stipendiya qo‘llab-quvvatlovini joriy etish va stipendiya miqdorini minimal iste’mol xarajatlari darajasigacha oshirish muhim. Shu bilan birga, turar joy ijarasi uchun subsidiyalarni saqlash, vazirliklar, idoralar va ish beruvchilarga ham to‘lanadigan stipendiyalarni kengaytirish taklif etiladi”, deydi Fiskal tahlillar instituti mas’ullari. Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Yana jimlik, yana sukanat, To‘lib ketar hech narsadan dil. Hech narsadan boshlanadi gap, Hech narsani so‘zlar yana til. Qichqiradi bezabon xulyo, Sukunatda qiynaladi jon. Hech narsani tan olmas go‘yo Hech narsadan boshlangan jahon. © Rauf Parfi 👉🏻@AzizaAzamatovnaa👈🏻
#Rasman #Qabul2026 📌RASMAN Magistratura 2026-2027 yil uchun qabul yopildi. Bizni kuzatishda davom eting. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда. ➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади. ➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқали бевосита онлайн кузатиш имконияти яратилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади. ➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади. ➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди. ➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади. ➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади. ➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди. ➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади. ➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади. ➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди. ➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно). ➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади. @pressuzb
📌GPA nima va nega u muhim? Ko‘pchilik GPA haqida faqat grant tanlovi boshlanganda eslaydi. Aslida esa GPA — talabalik davridagi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri. 🎓 GPA (Grade Point Average) — bu siz barcha fanlardan olgan baholaringizning o‘rtacha reytingi. U odatda 4 ballik tizim asosida hisoblanadi. Masalan: 🔹 4.0 — aʼlo natija; 🔹 3.5+ — juda yaxshi; 🔹 3.0 — yaxshi; 🔹 3.0 dan past — ko‘plab imkoniyatlarni cheklashi mumkin. 📌 GPA nima uchun muhim? ✅ Davlat granti va grant-kontrakt tanlovlarida ishtirok etish uchun; ✅ Magistratura va doktoranturaga qabulda; ✅ Xorijiy universitetlarga o‘qishga topshirishda; ✅ Turli stipendiya va akademik almashinuv dasturlarida; ✅ Ayrim ish beruvchilar tomonidan nomzodlarni baholashda. ⚠️ Esda tuting: Bir semestrdagi past baholar GPAʼni tushirib yuborishi va kelajakdagi ko‘plab imkoniyatlardan mahrum qilishi mumkin. 🎯 Shuning uchun GPA haqida faqat bitiruv oldidan emas, 1-kursdan boshlab qayg‘urish kerak. Bugungi baholaringiz ertangi imkoniyatlaringizni belgilaydi. 👉 Barchasini @Uzbmb_MandatiBot orqali bilib oling. 🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @Uzbmb_MandatiBot sizga mukammal yordam beradi! ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari
❓Hozir abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak? #abituriyent Ayni kunlarda tanlovning 2-bosqichi boshlangan va 8-avgustgacha abituriyentlar quyidagilarni tanlashi kerak: 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 Yuqorida tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishish mumkin. ‼️Yo’nalish tanlamagan abituriyentlar o’qishga kira olmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
❗️Tuzatish va to’ldirish: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-sonli qarori 3-“v”-bandiga ko’ra, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining oʻqishini koʻchirib oʻtkazish (mahalliy va xorijiy) davlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Shu sababli joriy yildan quyidagi hollarda “perevod” tartibi o’zgargan: ➖Davlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni orqali o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi. *** Garchi bu ayni kunlarda talab qilinayotgan yangi qoida bo’lgani bilan amaliyotda kutilmagan jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sababi davlat yoki nodavlat oliygohidan boshqa nodavlat oliygohga o’tkazishda qanaqadir ommaviy o’yinlar yoxud qing’irliklar kuzatilmaydi. Bu asosan kontrakt narxining qimmatligi, sharoit yomonligi, o’qish jarayonlarining sifatsizligi yoki aksincha talab qattiqligi (qiyinligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunaqa holatlarda talabalarning erkini cheklash noto’g’ri, menimcha. Ayni shu sabablar tufayli hozirda mazkur tartibga o’zgarish tayyorlanmoqda ekan. Tegishli mas’ullar bilan bu haqda gaplashdim, ular tez orada tartib yengillashtirilishi kutilayotganini ma’lum qilishdi. Kutilayotgan yengilliklar nimadan iborat bo’ladi: ➖Davlat oliygohdan nodavlatga — bunda mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda davlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — bunda ham mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda boshqa nodavlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni saqlanib qoladi, ammo o’tish bali aynan davlatniki bilan bir xil bo’lmaydi. Yo’nalishlar kesimida o’tish ballarini nodavlat oliygohlarning o’zi belgilaydi, faqat asosiy sharti 56,7 balldan kam bo’lmasligi kerak.
📢 Abituriyentlar diqqatiga! Test sinovida ishtirok etgan boʻlsangiz, qabul jarayoni davom etayotganini unutmang! 🗓 25-iyuldan 8-avgustga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali: ✅ oliy taʼlim tashkiloti; ✅ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✅ taʼlim shaklini (kunduzgi, kechki yoki masofaviy) tanlashingiz shart. 📌 5 tagacha oliy taʼlim tashkiloti va yoʻnalishni tanlash mumkin. ⚠️ Tanlovni 8-avgustga qadar oʻzgartirish mumkin. Muddat tugagach esa hech qanday oʻzgartish kiritilmaydi. 📄 Tanlovni tasdiqlagandan keyin shakllanadigan «Abituriyent qayd varaqasi»ni yuklab olib, saqlab qoʻyishni unutmang. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Hasadgo'ylar ko'p jamoada mehnat unumdorligi past bo'ladi... 👉To‘liq suhbat havolasi: https://youtu.be/@abduqodir_toshqulov Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
⚡️ Davlat oliygohlarida yo‘nalish tanlash boshlandi! 🤖 Qulaylik: O‘z natijangizga mos yo‘nalish tanlashda @Uzbmb_MandatiBot sizga mukammal yordam beradi! 🗓 25-iyuldan 8-avgustgacha abituriyentlar OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari mumkin. 📌 my.uzbmb.uz orqali: • tanlov ustuvorligi va maqsadli qabulni belgilang; • 5 tagacha OTM va yo‘nalishni (ta’lim shakli bilan) tanlang; • SMS-kod orqali tasdiqlang. Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari
#Qabul2026 ❗️Ertadan abituriyentlar uchun eng muhim bosqich boshlanadi — oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishini tanlash! Kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar o‘zlari to‘plagan ballga mos ravishda oliy ta’lim tashkiloti, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlashlari mumkin. Bu jarayon “avval test – so‘ng tanlov” tamoyili asosida amalga oshiriladi. Tanlov jarayonida test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos holda 5 tagacha oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi hamda har bir yo‘nalish uchun kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shakllari tanlanadi. Yo‘nalishlarni bir OTT doirasida ham, turli OTTlar kesimida ham tanlash imkoniyati mavjud. 📥 Tanlovni amalga oshirish va tasdiqlash tartibi: 1️⃣ Rasmiy my.uzbmb.uz platformasiga kiriladi; 2️⃣ “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul” bo‘limi tanlanib, “Xizmatdan foydalanish” hamda “OTT tanlash” tugmalari bosiladi; 3️⃣ Tanlov ustuvorligi hamda mavjud bo‘lsa, maqsadli qabul bo‘yicha tanlov belgilanadi; 4️⃣ Fanlar majmuasiga mos yo‘nalishlar hamda ta’lim shakllari tanlanib, “Saqlash” tugmasi bosiladi; 5️⃣ Telefon raqamga yuborilgan SMS-kod kiritilgach, tanlov tasdiqlanadi va “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Eslatma: Tanlov ma’lumotlarini 8-avgustga qadar istalgan vaqtda o‘zgartirish mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, kiritilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘lmaydi. Yo‘nalishlarni tanlashda o‘tgan yilgi o‘tish ballari emas, avvalo o‘z ballingiz, qiziqishingiz va kelajakdagi kasbiy rejalaringizni inobatga olish tavsiya etiladi. ℹ️ Ma’lumot uchun, tanlov yakunlangach shakllangan “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab olib saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Barcha abituriyentlarga to‘g‘ri tanlov va omad tilaymiz! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Qabul2026 📌50 mingdan ortiq abituriyent test sinovlari qatnashmadi Bilim va malakani baholash agentligi xabar berishicha, Bugun, 23-iyul kuni 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yakunlandi. 10 kun davomida test sinovlarida qatnashishi belgilangan 664 609 nafar abituriyentdan 610 ming nafardan ortig‘i ishtirok etdi. Test tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ortiq abituriyent esa jarayondan chetlatildi. 📌 24-iyul kuni so‘nggi kun natijalari e’lon qilingach, 25-iyuldan 8-avgustga qadar abituriyentlar 2-bosqich tanlovda ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va ustuvorliklarini tanlashlari mumkin. ⏳ Yakuniy mandat natijalari esa tanlov yakunlanganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi. 📢 @DTM_Mandat_Bot Abiturientlar natijalarni bilish uchun quyidagi Telegram-botlarga o‘z qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini yuborishlari mumkin. ✈️Obuna bo’ling➡️@OTM_Minbari