tgindex
Yamakasi
@leyamakasiузбекский

Каналда асосан муаллифнинг тарих ва бошқа ижтимоий-гуманитар фанлар доирасида айни воқеликка боғлиқ таҳлиллари ва фикрлари бериб борилади. Муаллиф қизиққан, фандан бошқа йўналишларда ҳам таҳлиллар ёки фикрлар берилиши мумкин.

Последний пост
19 июл.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
629
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
841
20 постов
Вовлечённость
133,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
197
1/48двое суток
225
1/72трое суток
243

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 19 июл.22356из tarjimavatanqid

    Yangi tarjima! “Yangi” imperializm: mulkdan mahrum etish orqali jamg‘arish Ushbu maqola zamonaviy tanqidiy siyosiy iqtisodning eng nufuzli vakillaridan biri bo‘lgan Devid Harvining maqolasidir. Maqola Harvining "The New Imperialism" ("Yangi imperializm", 2003) nomli kitobi bilan deyarli bir vaqtda chop etilgan va uning markaziy tushunchasi — "mulkdan mahrum qilish orqali jamg‘arilish" (accumulation by dispossession) g'oyasining jamlangan bayonidir. Maqola XXI asr boshidagi global iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlarni tushuntirishga qaratilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan ko‘plab g‘oyalar bugungi dunyoni anglash uchun ham dolzarbligini saqlab qolmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kuchaygan geosiyosiy raqobat, iqtisodiy sanksiyalar, savdo urushlari, energiya resurslari uchun kurash va xalqaro moliyaviy tizim atrofidagi bahslar fonida ushbu maqola yangi mazmun kasb etadi. Harvi imperializmni faqat kuchli davlatlarning harbiy bosqinchiligi yoki hududlarni egallashi sifatida talqin qilmaydi. Uning fikricha, imperializm kapitalizmning ichki rivojlanish mantig‘idan kelib chiqadigan jarayon bo‘lib, u ortiqcha kapital va ortiqcha mehnat resurslarini doimiy ravishda yangi hududlarga, yangi bozorlarga va yangi investitsiya imkoniyatlariga yo‘naltirish zaruratidan tug‘iladi. Shu ma'noda, imperializm iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning uzviy birlashgan shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolaning asosiy nazariy tayanchini ikki muhim tushuncha tashkil etadi. Birinchisi - "makon-vaqt yechimi" (spatio-temporal fix). Bu tushuncha kapitalizm ichida yuzaga keladigan ortiqcha jamg‘arilish muammosini yangi hududlarga investitsiya qilish, yangi bozorlarni ochish yoki uzoq muddatli infratuzilma loyihalariga mablag‘ yo‘naltirish orqali vaqtincha yumshatish usulini anglatadi. Ikkinchi muhim tushuncha - "mulkdan mahrum qilish orqali jamg‘arilish" (accumulation by dispossession). Bu jarayon davlat mulkini xususiylashtirish, tabiiy resurslarni nazorat qilish, umumiy resurslarni xususiy mulkka aylantirish, qarz mexanizmlari yoki moliyaviy bosim orqali mavjud boyliklarni qayta taqsimlashni o‘z ichiga oladi. Aynan shu yerda maqola bizning yillik mavzuimiz — farq bilan uchrashadi. Harvi ko'rsatadiki, kapital faqat ishlab chiqarish orqali emas, balki allaqachon mavjud bo'lgan narsani o'zlashtirish orqali ham daromad keltiradi: xususiylashtirish, qarz, garovga olingan uy, loyiha uchun buzilgan turar joy. Neft, imperiyalar va jahon banklari haqida o'qir ekanmiz, bularning barchasi begona ishlar, biz esa chetdan kuzatuvchimiz deb o'ylash oson. Ammo xususiylashtirish, qarz va buzish Londonda emas — bizning ko'chamizda sodir bo'lmoqda. Sezmasligimiz sababi – bu yerda o'sha voqealar boshqacha nom oladi: buzish obodonlashtirish deb ataladi, yerni tortib olish investitsiya jalb qilish, ortda qolish esa “o'tish davri”. Nomlash biz uchun hal qiladi: bu ish rivojlanishga tegishlimi yoki tortib olishga. Shu tariqa nomlashdagi farq "u yer" bilan "bu yer" o'rtasidagi farqni yaratadi: biz o'zimizni global kapitalizmdan ajralgan deb his qilamiz — undan uzoq bo'lganimiz uchun emas, balki bizda kerakli lug’at bo’lmagani uchun. Ushbu tarjimaning maqsadi Harvining nazariy qarashlarini o‘zbek tilidagi kitobxonga imkon qadar aniq va tushunarli shaklda yetkazishdir. Tarjima davomida ayrim murakkab iqtisodiy va falsafiy atamalar uchun o‘zbek tilida izchil terminologiya qo‘llashga harakat qilindi. Matn oxirida berilgan lug‘at aynan shu maqsadda tuzilgan bo‘lib, o‘quvchiga maqolada uchraydigan asosiy tushunchalarni yaxshiroq anglashda yordam beradi. Tarjima jarayonida SIdan foydalanildi.   Tarjimon: Feckro Felix Tahrirchi: Maxfiratbegim Azizi Asl manba: Harvey, D. (2004). The 'New' Imperialism: Accumulation by Dispossession. Socialist Register, 40. Tarjima: https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/yangi-imperializm-mulkdan-mahrum-etish-orqali-jamg-arish Telegram | Syg.ma | Facebook | X | Instagram | Youtube | Academia.edu | Spotify | Substack

  • 16 янв.71642из Akademnashr

    Insonning yovuz tabiati “Pashshalar hukmdori”dagi qahramonlar hali bola bo‘lsalar-da, ularda yovuzlik qilishga moyillik bor. Asarda sodir bo‘ladigan har bir ko‘ngilsiz voqea kattalar dunyosidagi voqealar bilan parallel ravishda rivojlanadi. Orolda bolalar ikkiga bo‘linib bir-biri bilan urushishyapti. Vaholanki, oroldan tashqarida ham ikki katta guruh o‘rtasida yadroviy urush bo‘lyapti. Orolda begunoh bolalar bir kishining hukmronlikka bo‘lgan chanqog‘ini qondirish uchun o‘ldirilyapti, xuddi kattalar dunyosidagidek. Bolalarning ikkita alohida guruhida ikki xil hukumat amal qilyapti: biri tenglik, plyuralizm va erkinlikka asoslangan bo‘lsa, ikkinchisi totalitar, zo‘ravon va qo‘rquv ustiga qurilgan tizim. Kattalar dunyosida ham mana shunday turli xil xarakteristikalarga ega hukumatlar faoliyat yuritishadi. Demak, asar xulosasiga ko‘ra yovuzlik inson tabiatiga xos fenomen va undan bolalar ham holi emas degan fikr paydo bo‘lyapti. Bu haqida o‘zingiz uchun o‘ylab ko‘rishga harakat qiling. (#) Manba: @leyamakasi blogi 📘 @akademnashr

  • 9 нояб.88810из tarjimavatanqid

    Millatlar Imperiyasi: Etnografik bilim va Sovet ittifoqining tashkil etilishi Quyida sizga taqdim etilayotgan tarjima Francine Hirschning "Millatlar Imperiyasi" kitobidagi ‘’Chegaralarning belgilanishi va Sovet milliy o’zliklarning shakllanishi’’ bobi bo’lib, unda muallif e'tiborni bevosita Markaziy Osiyodagi 1924-yilgi milliy-hududiy chegaralanishga qaratadi va anʼanaviy adabiyotlarning bu jarayonni Moskva "boʻlib tashla va hukmronlik qil" tamoyili asosida mahalliy ishtiroksiz amalga oshirgan, degan qarashini rad etadi. Arxiv maʼlumotlari chegaralanish faqat markaziy buyruq bilan emas, balki Moskva, mahalliy kommunistik elita (ular millatni modernizatsiya vositasi deb bilgan) va etnografik mutaxassislar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik va muzokaralar mahsuli ekanligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, Hirsch iqtisodchilar va etnograflar Markaziy Osiyoga nisbatan kompleks etnografik yondashuvni qoʻllash orqali (bu yondashuv Yevropa respublikalari uchun ishlatilgan lingvistik mezonlardan tubdan farq qilardi) siyosiy qarorlarga taʼsir oʻtkazganliklarini aniqlaydi. Markaziy Osiyo xaritasidagi ‘’dog’lar’’ sifatida ko’riladigan anklav va ekslav hududlarning mavjudligi, ba’zi o’zbek tilli hududlarning qo’shni davlatlar tarkibiga o’tib ketishi kelajakda bu hududlarda muammolar yaratish va shu orqali doimiy ta’sir o’tkazib turish maqsadida emas, balki iqtisodiy omillarni hisobga olib bajarilganligi ushbu bobda ta’kidlanadi.   Tarjimon: Bilolxo’ja Tahrirchi: Ismoil Ilxomzoda Asl manba: Hirsch, F. (2005). Empire of Nations: Ethnographic Knowledge and the Making of the Soviet Union. Ithaca, NY: Cornell University Press. 160-187. https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/millatlar-imperiyasi-ethnografik-bilim-va-sovet-ittifoqining-tashkil-etilishi

  • 26 окт.78233из tarjimavatanqid

    “Tasavvur qilingan” va “haqiqiy” millat qurilishi o‘rtasida: postsovet Markaziy Osiyoda o'zliklar va milliylik Markaziy Osiyoda davlat qurilishi bo‘yicha mavjud adabiyotlarning aksariyatida siyosiy elitalar tasavvuridagi millat va davlat tushunchasiga urg‘u berilgan, ya’ni “yuqoridan quyiga” yondashuvini taklif etadi. Ushbu maxsus son muqaddimasida mualliflar Markaziy Osiyodagi davlat qurilishi jarayonlarini davlat–jamiyat munosabatlarining boshqa qatlamlariga e’tibor qaratgan holda tadqiq qilishga urinadilar. To‘plamdagi tadqiqotlar davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan “tasavvur qilingan” va “haqiqiy” siyosatlar hamda diskurslar o‘rtasidagi “kulrang zona”ni va bu jarayonning hududiy, milliy va xalqaro darajadagi turli auditoriyalar tomonidan qanday qabul qilinishini tahlil qiladi. Mualliflar Markaziy Osiyo davlat qurilishining bahsli, ko‘p qatlamli xususiyatiga urg‘u beradilar hamda davlat qurilishini o‘rganishda kino, qurilish loyihalari va saylov jarayonlari kabi yangi, noan’anaviy tahlil vositalaridan foydalanadilar. Ushbu maxsus son o‘z ichiga O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolani kiritmagan bo‘lsa-da, Markaziy Osiyodagi boshqa milliy davlatchilik jarayonlari tahlili orqali qiyosiy tadqiqotlar uchun muhim asos yaratadi. Tarjimon: Ismoil Ilxomzoda Tahrirchi: Bobur Muratov Asl manba: Isaacs, R., & Polese, A. (2015). Between “imagined” and “real” nation-building: Identities and nationhood in post-Soviet Central Asia. Nationalities Papers, 43(3), 371-382. https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/tasavvur-qilingan-va-haqiqiy-millat-qurilishi-o-rtasida-postsovet-markaziy-osiyoda-o-zliklar-va-milliylik

  • 15 окт. 2025 г.69511из islab_uz

    🖋 Onlayn so‘rov: O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar 👥 Biz ijtimoiy himoya tizimi faoliyati haqida aholining fikrini o‘rganmoqdamiz. Sizning fikringiz juda muhim. U ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam beradi. 🕒 So‘rov atigi bir necha daqiqa vaqt oladi. 👮‍♂️ So‘rov anonim bo‘lib, shaxsingiz oshkor bo‘lmaydi. Javoblaringiz faqat tahlil uchun ishlatiladi. 🔗 Quyidagi havola orqali so‘rovda ishtirok eting: https://ee.kobotoolbox.org/x/qiZjgpTv 🎖 socialpolicylab.uz 📝 Telegram 😄 LinkedIn 💻 Instagram

  • 11 окт. 2025 г.727912из tarjimavatanqid

    O‘zbekiston: Ixtiro qilingan millatda milliyatchilikning ixtiro qilinishi Dekolonizatsiya haqida o‘qiganimizda, ko‘pincha xalqlarning imperiyalarga qarshi kurashini, ommaviy harakatlarni, ozodlik bayrog‘ini ko‘targan qahramonlarni ko‘z oldimizga keltiramiz. Ammo O‘zbekiston va boshqa postsovet respublikalarda tarix boshqacha kechdi. Bu yerda mustaqillik xalq tomonidan pastdan boshlab qo‘lga kiritilmadi — u yuqoridan e’lon qilindi. Davlat milliyatchilik natijasida tug‘ilmadi, aksincha — davlatning o‘zi milliyatchilikni yaratdi: tilni, ramzlarni, tarixiy xotirani shakllantirib, o‘z mavjudligini tushuntirishga harakat qildi. Hindiston, Indoneziya yoki Jazoirdan farqli o‘laroq, bu yerda milliy g‘oya mustaqillikdan oldin emas, keyin paydo bo‘ldi. O‘zbekistonda aksil-mustamlakachilik harakati yoki ozodlik kurashiga asoslangan mif mavjud emas edi. Shu sababli “millat” g‘oyasi kurash natijasi emas, balki boshqaruv loyihasiga aylandi. XX asr boshlarida sun’iy ravishda chizilgan chegaralar va respublikalar qanday yaratilgan bo‘lsa, 1990-yillarda ham yangi davlat o‘z tarixini, qahramonlarini, tilini va yozuvini qaytadan “kashf etishga” majbur bo‘ldi. O‘zbekiston tajribasining o‘ziga xosligi ham shunda: bu yerda mustaqillik hissiy portlash emas, balki ma’muriy fakt sifatida yuz berdi. Shu bois O‘zbekistondagi milliyatchilik — isyon emas, balki me’morchilikdir; u ommaviy ko‘cha shiori emas, balki davlat qurilishining bir qismidir. Va, ehtimol, shuning uchun ham u bizga bugun tabiiy ko‘rinadi — chunki yuqoridan yaratilgan, uzoq nazorat qilingan va asta sekin singdirilgan hodisa, oxir-oqibat, tabiiy tuyilishi muayyan ma’noda tabiiy. Tarjimon: Feckro Felix Tahrirchi: Odilxon Orifjonov Asl manba: Charles Kurzman (1999) Uzbekistan: The invention of nationalism in an invented nation, Critique: Critical Middle Eastern Studies, 8:15, 77-98. https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbekiston-ixtiro-qilingan-millatda-milliyatchilikning-ixtiro-qilinishi

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 31 авг. 2025 г.817115из tarjimavatanqid

    O‘zbek o‘zligining arxeologiyasi 2002-yilda Toshkentda chop etilgan “O‘zbekistonning etnik atlasi” oddiy ilmiy loyiha emas, balki mamlakatning o‘tmishi va buguniga oid qarashlarga jiddiy chaqiriq bo‘ldi. “Ochiq jamiyat” jamg‘armasi ko‘magida tayyorlangan va sotsiolog Alisher Ilhomov tahrir qilgan mazkur nashr o‘zbeklar kim va ularning o‘zligini shakllanishi qanday kechgan degan savolning naqadar bahsli, siyosiylashtirilgan va og‘riqli ekanini oshkor qildi. Atlas katta tanqidga uchradi. An’anaviy yondashuvdagi olimlar o‘zbek xalqining qadimiyligi va avtoxtonligini ta’kidlab, sovet davridan qolgan etnogenez nazariyalariga tayandilar, bu nazariyalarda millat “tabiiy” va “obyektiv” tarixiy jarayon mahsuli sifatida tasvirlanar edi. Ilhomov esa tamoman boshqa qarashni ilgari surdi: u milliy ong shakllanishida elitalar, institutlar va davlatning hal qiluvchi rolini ko‘rsatib, G‘arb olimlari, jumladan Benedikt Andersonning “tasavvur qilingan jamoalar” g‘oyasiga tayandi. Uningcha, o‘zbek millati “azaliy” tarix mahsuli emas, balki XX asr siyosiy va madaniy loyihasidir. Bunday radikal qarash nafaqat ilmiy dogmalarga, balki siyosiy barqarorlikka ham tahdid sifatida qabul qilindi. Hokimiyat Atlasda jamiyatni “bo‘lib tashlash” urinishini ko‘rib, ko‘p o‘tmay Soros jamg‘armasi yopildi. Shu fon’da “O‘zbek o’zligining arxeologiyasi” Atlasning bir qismi o’laroq alohida ahamiyat kasb etadi. Muallif unda milliy tarix kanonini qayta ko‘rib chiqishga, sovet merosini tanqid qilishga va muhim burilish nuqtalarini ko‘rsatishga urinadi: Shayboniylar sulolasining roli, 1920-yillardagi hududiy bo‘linish va adabiy tilning kodifikatsiyasi, shuningdek jadidlar, milliy-kommunistlar va partiya apparatining milliy ongni shakllantirishdagi o‘rni. Sizga havola qilinayotgan ushbu matn shuni ko‘rsatadiki, o‘tmish haqidagi bahs aslida kelajak haqidagi bahsdir va o‘zbek milliy o‘zligiga oid munozaralar hanuz keskin va dolzarbdir. Tarjimon: Odilxon Orifjonov Tahrirchi: Feckro Felix Asl manba: Ilkhamov, Alisher. "Archeology of Uzbek identity." Anthropology & archeology of Eurasia 44.4 (2006): 10-36. https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/o-zbek-o-zligining-arxeologiyasi

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 11 авг. 2025 г.880134из tarjimavatanqid

    Okkupatsion iqtisodiyotdan – genotsid iqtisodiyotigacha 2025 yil iyun oyida BMTning 1967 yildan buyon okkupatsiya qilingan Falastin hududlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francesca Albanese «Okkupatsion iqtisodiyotidan — genotsid iqtisodiyotiga» nomli hisobotini taqdim etdi. Hujjatda qurol-aslaha, texnologiya, moliya, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, fan va turizmgacha bo‘lgan sohalardagi korporatib tuzilmalar falastin xalqini tizimli ravishda ezish, o’z hududlaridan siqib chiqarish va yo‘q qilish mexanizmlarida qanday faol ishtirok etayotgani batafsil ochib berilgan. Biz, ushbu matn tarjimonlari, bu hisobotni o‘zbekzabon o‘quvchilarga yetkazish muhim, deb hisobladik. Tarjimonlar: Manzura Xusnidinova, Nozima Olimova, Bobur Muratov, Javohir Nematov Manba: United Nations Human Rights Office of the High Commissioner. A/HRC/59/23 — From economy of occupation to economy of genocide. https://syg.ma/@TarjimavaTanqid/okkupatsion-iqtisodiyotdan---genotsid-iqtisodiyotigacha

  • Бир ғояни/фикрни анчадан бери қандай ёзишни билмай юрибман. Балки мени тушунмассизлар, балки мен фикрларимни сизларга тўғри етказа олмасман. Ғоя қуйидагича: биз жамият ўлароқ бир-биримизни яхши кўришни ўрганишимиз керак. Бизга ўзаро муҳаббат керак. Самимий ва асосларга эга муҳаббат. Бир-биримизни шунчаки мақташ ва бировга фанат ёки мурид бўлиш ҳақида эмас гап. Бу муҳаббат муайян инсонларга нисбатан ҳам эмас, балки бизнинг ижтимоий бирлигимизга нисбатан муҳаббат. Ижтимоий бирдамлик учун бизга шунчаки бировга (дейлик хокимиятга нисбатан) нафратни ўзи етмайди. Бизга қўшимча ижобий хис-туйғу керак. Ота-она, қариндош, ёр ва фарзандларга нисбатан эмас, балки айни шу хамжамият азоларига нисбатан муҳаббат. Сизларни билмайман-у, мен шуни ҳис қиламан. Балки сизлар ҳам ҳис қиларсизлар! Билмайман. Балки узоқда бўлганим учун ўз қабиламни узоқдан севиш онсонроқдир, аммо туғилиб ўсган жамиятимга нисбатан менга катта муҳаббат бор. Биламан, бизнинг жамиятда туйғулар хақида оммавий гапириш одат эмас, аммо эртами кечми, агар эркин жамият қуришни истасак ўз муҳаббатимизни очиқ айтишга тайёр бўлишимиз керак. Айни ижобий туйғулар тарихда катта ўзгаришлар ортида турган. Айни одамларга нисбатан муҳаббат авваламбор. Совуқ калла ва андиша эмас. Давоми бор.

  • Дўстлар, анчадан бери канал фаолияти тўхтаб қолган. Сабаби ишлар анча кўпайган. Бунинг учун сизлардан узр сўраймиз. Ҳозир Ижтимоий ҳимояни ривожлантириш институтида иш бошладим. Олимлар жамоаси билан ижтимоий-сиёсатга оид илмий тадқиқотлар қиляпмиз. Шеригим, дўстим ҳам касбий фаолияти ва оиласидан кўп ҳам орта олмаяпти. Канал фаолиятини тиклаш ҳаракатидамиз. Мавзулар ҳам йиғилиб қолган. Унгача зерикиб қолмаслик учун тадқиқот институтининг каналида бериб борилаётган ҳисоботларни кузатиб боришинглар мумкин.