tgindex
Dononov Jasur Ural o'g'li dots. g.m.f.f.d (PhD)

Dononov Jasur Ural o'g'li dots. g.m.f.f.d (PhD)

Статистика

2016-2017-2018-2019-2020-2021-2022-2023 2023-2024-2025-2026 O'quv yillari. 2023 yil dan Qarmii "FQG va R" kafedrasi dotsenti g.-m.f.f.d (PhD) J.U.Dononov. Ilmiy rahbar. g.m.f.d. professor R.A.Umurzakov. 2025 yil 2 martdan QDTU Dotsenti g.m.f.f.d.(PhD)

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
66
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Образование (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
259
−1 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
122
40 постов
Вовлечённость
47,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 66
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.1из innovatsion_rivojlanish

    #Mustaqillikka_35_yil “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan olimlarning ilmiy yo‘li, izlanishlari va yutuqlarini yoritishga qaratilgan tanishtiruvimizning navbatdagi qahramoni — ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qarshi davlat texnika universiteti “Neft-gaz va geologiya” fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, professor Abbos Shodiyev. Yosh olim 1991-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Oliy ta’limni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Navoiy davlat konchilik institutida olgan. Uning ilmiy faoliyati noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirishga qaratilgan. Jumladan, Abbos Shodiyev rahbarligida “Olmaliq KMK AJ yarim mahsulotlaridan nikelni ajratib olish va nikel kuporosi ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” mavzusida amaliy tadqiqotlar olib borilgan. Olimning ilmiy ishlanmalari zamonaviy metallurgiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlari materiallarida ham o‘z aksini topgan. 2026-yilda u texnogen metallurgiya chiqindilaridan germaniyni ajratib olish, skandiy olish hamda noyob metallar xomashyosidan kompleks foydalanish yo‘nalishlaridagi ilmiy tadqiqotlar bilan ishtirok etgan. 2021-yilda “Shuhrat” medali, 2022-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. Bugungi kunda u nafaqat ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olim, balki oliy ta’lim tizimida ilm-fan va ta’lim integratsiyasini rivojlantirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga hissa qo‘shayotgan mutaxassislardan biridir. Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

  • 6 авг.73из Sobirjon Yuldoshev

    https://Career.edu.uz

  • Olmaliq kon metallurgiya kombinati #Ish #Vakant 3-Mis boyitish fabrikasi boʻsh ish oʻrinlari 2026-yil 30-iyuldan 9-avgustga qadar “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlarga rezyumelar qabul qilinadi: 1️⃣ Elektrgazpayvandchi 2️⃣ Ta'mirlovchi-chilangar 3️⃣ Mexanik 4️⃣ To‘yintiruvchi mashinisti 5️⃣ Nasos qurilmasi mashinisti 6️⃣ Konveyer mashinisti 7️⃣ G'alvirlovchi 8️⃣ I toifali avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo'yicha muhandisi 9️⃣ Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika bo'yicha chilangar 🔟 Agronom Onlayin rezyume xizmati 👇👇👇 @murojaatadminga577 🚨 Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirish uchun Barcha rezyume topshirganlar bilan muloqotda bo'lib turish uchun 👇👇👇 https://t.me/Agmkrezyume_kombinat 🚨 O'zbekiston bo'ylab ishga qabullardan xabardor qilguvchi yagona kanalga azo bo'ling 👇👇👇 https://t.me/olmaliqishbor247 Kanal va gurux admini @murojaatadminga577

  • 2 авг.82из Najmiddin Boymurodov

    🎓 KELAJAGINGIZNI MUHANDISLIK BILAN BOSHLANG! ⛏️🌍 📢 OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash davom etmoqda! Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 25-iyuldan 8-avgustga qadar (15 kun davomida) oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti sizni zamonaviy ishlab chiqarish va sanoatning eng istiqbolli hamda mehnat bozorida yuqori talabga ega bo'lgan ta'lim yo'nalishlarida tahsil olishga taklif etadi! Bugungi kunda konchilik, geologiya, metallurgiya va neft-gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo'nalishlarda tahsil olgan mutaxassislar yirik sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro loyihalarda faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 📚 Geologiya va konchilik ishi kafedrasidagi ta'lim yo'nalishlari: ⛏️ Konchilik ishi — foydali qazilma konlarini zamonaviy texnologiyalar asosida qazib olish, kon korxonalarini loyihalash va boshqarish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. ⚙️ Metallurgiya muhandisligi — metall va qotishmalarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, zamonaviy metallurgiya texnologiyalarini qo'llash hamda sanoat korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarish yo'nalishidir. 🌍 Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi — foydali qazilmalarni izlash, geologik tadqiqotlarni olib borish, zamonaviy qidiruv uskunalari va texnologiyalaridan samarali foydalanishni o'rgatuvchi istiqbolli yo'nalish. 📖 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (neft-gaz va qattiq foydali qazilmalar) — yer qa'ridagi tabiiy boyliklarni aniqlash, baholash, geologik-qidiruv va razvedka ishlarini tashkil etish hamda neft-gaz va qattiq foydali qazilmalar konlarini o'rganish bo'yicha yetuk mutaxassislarni tayyorlaydi. 🌟 Nima uchun aynan ushbu yo'nalishlarni tanlash kerak? ✅ Konchilik, geologiya, metallurgiya va neft-gaz sanoatida yuqori talabga ega kasblarni egallash imkoniyati; ✅ Zamonaviy laboratoriyalar, o'quv-poligonlar va innovatsion texnik bazalarda amaliy bilim olish; ✅ Yetakchi kon-metallurgiya, geologiya va neft-gaz korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o'tash; ✅ Tajribali professor-o'qituvchilar hamda soha mutaxassislari rahbarligida sifatli ta'lim olish; ✅ Bitiruvdan so'ng davlat va xususiy korxonalar, loyiha institutlari, ilmiy markazlar hamda xalqaro kompaniyalarda faoliyat yuritish imkoniyati; ✅ Zamonaviy muhandislik texnologiyalari, raqamli yechimlar va innovatsion yondashuvlar asosida kasbiy ko'nikmalarni shakllantirish. 🚀 Muhandislik — bu kelajakni bunyod etuvchi kasb! Bugun bilim oling, ertaga yirik konchilik, geologiya va sanoat loyihalariga rahbarlik qiling! 📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun: ☎️ +998 90 673 64 33 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Geologiya va konchilik ishi kafedrasi 📢 Bizni kuzatib boring: 🔹 Telegram: @konchilarkanali

  • 1 авг.1 0526

    Assalomu alaykum Do'ltali MFY fuqarolari. Hurmatli abutrentlar diqqatiga. Qarshi davlat texnika universiteti Neft gaz va geologiya fakultetida o'qishga kirish istagi bor abutrentlar diqqatiga. Imtihonga kirib chiqqan bo'lsangiz o'qishga kirish istagi bo'lganlar uchun Neft gaz va geologiya fakulteti O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari dotsent g.m.f.f.d {dots} Dononov Jasur Ural o'g'li telegram yoki telefon orqali murojat qilishingiz mumkin. Tel nomer va telegram nomer +998-97-777-20-91 sizni Qarshi davlat texnika universitetida kutib qolamiz. Hurmat bilan Jasur Dononov

  • без подписи

  • 🎓 KELAJAGINGIZNI MUHANDISLIK BILAN BOSHLANG! ⛏️🌍 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Sizni zamonaviy va talab yuqori bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga o'qishga taklif etadi! 📚 Ta'lim yo'nalishlari: ⛏️ Konchilik ishi ⚙️ Metallurgiya muhandisligi 🌍 Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi 📖 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (neft-gaz va qattiq) Nima uchun aynan ushbu yo'nalishlar? ✅ Davlat va xususiy sanoat korxonalarida yuqori talabga ega kasblar; ✅ Zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion o'quv bazalari; ✅ Ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash imkoniyati; ✅ Malakali professor-o'qituvchilar tomonidan sifatli ta'lim; ✅ Bitiruvdan so'ng konchilik, geologiya, metallurgiya, neft-gaz va foydali qazilmalarni qidirish sohalarida ishlash imkoniyati. 🌟 Bugun bilim oling, ertaga yirik sanoat loyihalarini boshqaring! 📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun: ☎️ +998 90 673 64 33 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Geologiya va konchilik ishi kafedrasi @konchilarkanali

  • ❗️Bugundan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • 📢 O‘zbekistonda patent mualliflariga qanday ustama va rag‘batlantirishlar beriladi? 🏛 1. Oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda qo‘shimcha haq Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qaroriga muvofiq, ilm-fan va ta’lim sohasidagi ayrim davlat tashkilotlarida ishlaydigan ilmiy darajaga ega xodimlarga faoliyat natijalari asosida: 🔹 har bir ixtiro patenti uchun lavozim maoshining 20 foizigacha; 🔹 har bir foydali model patenti uchun lavozim maoshining 15 foizigacha qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin. Patentlar bo‘yicha bir oyda to‘lanadigan umumiy qo‘shimcha haq lavozim maoshining 30 foizidan oshmasligi kerak. 💰 2. Patentdan foydalanilganligi uchun mualliflik mukofoti Patent egasi muallifning o‘zi bo‘lmasa, patentlangan ishlanmadan foydalanilganda yoki unga litsenziya sotilganda muallif mukofot puli olish huquqiga ega. Mukofotning: • miqdori; • to‘lash muddati; • hisoblash tartibi muallif, ish beruvchi, patent egasi yoki ularning huquqiy vorisi o‘rtasidagi shartnomada belgilanadi. Mukofot patentdan foydalanishdan olingan daromad, mahsulot tannarxi yoki litsenziya to‘lovlari hisobidan to‘lanishi mumkin. 🎓 3. Prezident davlat stipendiyasi tanlovida Magistratura bosqichidagi Prezident davlat stipendiyasi tanlovida patent va ixtirolar talabgorning erishgan yutuqlari tarkibida baholanadi. Davlat mukofotlari, olimpiada va tanlovlardagi g‘oliblik, patentlar hamda ixtirolar uchun jami 20 ballgacha berilishi mumkin. Bunda patent talabgorning tahsil olayotgan mutaxassisligiga mos bo‘lsa, unga ustuvorlik beriladi. 🏆 4. Zulfiya va Mard o'g'lon nomidagi Davlat mukofotida Davlat mukofotining fan va ta’lim yo‘nalishlarida: • ixtiro va ilmiy ishlanma yaratganlik; • ishlanmani amaliyotga joriy etganlik; • patent olganlik 15 ballgacha baholanishi mumkin. Patent mukofotni avtomatik bermaydi, ammo talabgorning tanlovdagi natijasini sezilarli kuchaytirishi mumkin. 🔬 5. Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy baholashda Fanlar akademiyasining haqiqiy va muxbir a’zoligiga nomzodlarni baholash mezonlarida ixtiro va foydali model patentlari alohida ilmiy natija sifatida hisobga olinadi. Masalan: • 1–3 ta ixtiro patenti — har biri uchun ball; • 4 ta va undan ortiq ixtiro patenti — yuqoriroq umumiy ball; • foydali model patentlari uchun ham alohida ballar nazarda tutilgan. Bu bevosita pul ustamasi emas, balki yuqori ilmiy maqomga nomzodlarni saralashdagi afzallikdir. 🚀 6. Grant, startap va tijoratlashtirish imkoniyatlari Patent: • innovatsion loyiha va grant tanlovlarida ishlanmaning yangiligini tasdiqlaydi; • investor va ishlab chiqaruvchilar bilan muzokarada ishonchlilikni oshiradi; • patentni litsenziya asosida foydalanishga berish imkonini yaratadi; • patent huquqini sotish yoki boshqa shaxsga o‘tkazish imkonini beradi; • mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etib daromad olish uchun huquqiy asos bo‘ladi. 📚 Huquqiy asoslar: 1. “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonun; 2. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori; 3. Prezident va nomli davlat stipendiyalarini tayinlash tartiblariga oid hukumat qarorlari; 4. Davlat mukofotlari to'g'risidagi Qonun; ✅Ps: Ushbu ma'lumotni hamkasblar va boshqa ilmiy doiradagi insonlarga ham yuborib qo'ying. 📞Murojaat uchun: @Science_technical_PhD ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ✅Kanalga ulanish: https://t.me/OAK_jurnallari_N1

  • ❗️Hukumatning tegishli (411-son, 29.07.2026-yil) qarori bilan, 2026-yildan boshlab: ➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi; ➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi. 👉 @xushnudbek 👈

  • Olmaliq kon metallurgiya kombinati #Ish #Vakant 3-Mis boyitish fabrikasi boʻsh ish oʻrinlari 2026-yil 30-iyuldan 9-avgustga qadar “Olmaliq KMK” AJ 3-Mis boyitish fabrikasiga quyidagi yoʻnalishlarga rezyumelar qabul qilinadi: 1️⃣ Elektrgazpayvandchi 2️⃣ Ta'mirlovchi-chilangar 3️⃣ Mexanik 4️⃣ To‘yintiruvchi mashinisti 5️⃣ Nasos qurilmasi mashinisti 6️⃣ Konveyer mashinisti 7️⃣ G'alvirlovchi 8️⃣ I toifali avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bo'yicha muhandisi 9️⃣ Nazorat o’lchov asboblari va avtomatika bo'yicha chilangar 🔟 Agronom Onlayin rezyume xizmati 👇👇👇 @murojaatadminga577 🚨 Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga ishga kirish uchun Barcha rezyume topshirganlar bilan muloqotda bo'lib turish uchun 👇👇👇 https://t.me/Agmkrezyume_kombinat 🚨 O'zbekiston bo'ylab ishga qabullardan xabardor qilguvchi yagona kanalga azo bo'ling 👇👇👇 https://t.me/olmaliqishbor247 Kanal va gurux admini @murojaatadminga577

  • ❓Grant taqsimotida o‘rtacha GPA bali bir o‘quv yili bo‘yicha hisoblanadimi yoki butun o‘qish davri olinadimi? Ayni kunlarda oliygohlarda grantlarni taqsimlash jarayoni ketmoqda. Grant taqsimlash — bu har yili yaxshi o‘qigan va faol bo‘lgan kontraktdagi talabalar grantga chiqadi, yaxshi o‘qiy olmagan grantdagi talabalar kontraktga tushadi, degani. Shu jarayonda talabalar bir savol bilan tez-tez murojaat qilishmoqda. Ya’ni grant taqsimotida bir o‘quv yilidagi o‘rtacha GPA bali olinishi kerakmi yoki butun o‘qish davridagi (bir necha bosqich baholari) o‘rtacha GPA bali olinishi kerakmi? Ayrim oliygohlar butun o‘qish davrini olib hisoblayotgan ekan. ✅ JAVOB: amaldagi qonunchilikka ko‘ra, grant taqsimotida faqat muayyan bir o‘quv yili yakuni bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi olinishi kerak. Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida Nizom. Nizomdan ko‘chirmalar: 2-bob. Ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlash tartibi 13. Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha muayyan o‘quv yilidagi GPA ko‘rsatkichi 3,5 dan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi. 3-bob. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga qo‘shimcha davlat grantini taqdim etish tartibi 24. Davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 4 va undan yuqori bo‘lgan, belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun qo‘shimcha davlat granti taqdim etiladi. 4-bob. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grant taqdim etish tartibi 30. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim tashkilotining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga 2024/2025 o‘quv yilidan o‘qishga kirib, muayyan o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,3 dan 4 gacha bo‘lgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkiloti granti taqdim etiladi. Ko‘rib turganingizdek, barcha grant turlarida, ya’ni to‘liq va to‘liq bo‘lmagan ta’lim grantida ham, qo‘shimcha davlat grantida ham, oliy ta’lim tashkiloti grantida ham faqat joriy (muayyan) o‘quv yili bo‘yicha GPA ko‘rsatkichiga qarash kerakligi belgilab qo‘yilgan. ❓Nega joriy (muayyan) o‘quv yili olinishi kerak? Bundan ko‘zlangan g‘oya shundaki, aytaylik 1-bosqichda juda yomon o‘qigan talabada ham har doim yaxshi o‘qish uchun motivatsiya saqlanib qolinishi kerak. Balki u 2-bosqichda xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, o‘z ustida ishlab, hammadan yaxshi o‘qisa, unga grant berilishi lozim. Agar butun o‘qish davri uchun hisoblansa, unda grant taqsimotining ma’nosi qolmaydi. Masalan, 3-bosqichda mendan yomonroq o‘qigan qaysidir talaba shunchaki 1 va 2-bosqichdagi ballari evaziga yana grant olaveradi. Vaholanki, kichik bosqichlardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi uchun avvalgi yillarda grant taqsimlanib bo‘lingan, har yili hisob yangidan boshlanishi kerak edi. 🔄 Grant taqsimoti va kursdan kursga o‘tkazish boshqa-boshqa tushunchalar Bu joyda yana bir masalaga izoh berish kerak. Talabani kursdan kursga o‘tkazishda bir yillik emas, balki butun davr uchun GPA olinishi kerak. Chunki o‘zi GPA to‘liq ta’lim dasturining o‘zlashtirish ko‘rsatkichini anglatadi. Agar kursdan kursga o‘tkazayotganda faqat bir yillik GPA ga qaralsa, unda talaba bitiruvchi kursga borganda bir nechta fandan qarzdor bo‘lib borib qolish ehtimoli katta. Ana unda tomoshaning va tushunmovchilikning kattasi bo‘ladi. ✅ Xulosa: grant taqsimotida — muayyan bir o‘quv yili bo‘yicha GPA olinadi; kursdan kursga o‘tkazishda — butun ta’lim dasturi bo‘yicha GPA olinadi. Agar grant taqsimoti natijasida grantga o‘tgan talaba kursdan kursga o‘ta olmay qolsa, unda mantiqan olganda, grant bekor qilinadi va kontraktga tushganlarning eng yuqorisida turgan talaba grantga chiqadi. 👉 @xushnudbek 👈

  • 29 июл.801из Мусаев Фахриддин

    #ТЕЗКОР ❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда. ➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади. ➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқалибевоситаонлайн кузатиш имконияти яратилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади. ➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади. ➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди. ➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади. ➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади. ➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди. ➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади. ➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади. ➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди. ➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно). ➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади. 🔥МАРКАЗИЙ ОСИЁДАГИ ЯГОНА 2 МИЛЛИОНЛИК КАНАЛ👇🏼 https://t.me/+zkgKR51UeH4xODQy

  • без подписи

  • 🎓 KELAJAGINGIZNI MUHANDISLIK BILAN BOSHLANG! ⛏️🌍 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Sizni zamonaviy va talab yuqori bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga o'qishga taklif etadi! 📚 Ta'lim yo'nalishlari: ⛏️ Konchilik ishi ⚙️ Metallurgiya muhandisligi 🌍 Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi 📖 Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (neft-gaz va qattiq) Nima uchun aynan ushbu yo'nalishlar? ✅ Davlat va xususiy sanoat korxonalarida yuqori talabga ega kasblar; ✅ Zamonaviy laboratoriyalar va innovatsion o'quv bazalari; ✅ Ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash imkoniyati; ✅ Malakali professor-o'qituvchilar tomonidan sifatli ta'lim; ✅ Bitiruvdan so'ng konchilik, geologiya, metallurgiya, neft-gaz va foydali qazilmalarni qidirish sohalarida ishlash imkoniyati. 🌟 Bugun bilim oling, ertaga yirik sanoat loyihalarini boshqaring! 📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun: ☎️ +998 90 673 64 33 🏛 Qarshi davlat texnika universiteti Geologiya va konchilik ishi kafedrasi @konchilarkanali

  • #Qabul_2026 HURMATLI ABITURIYENTLAR! Bugundan yoʻnalish tanlash rasman boshlandi! Sizning endigi vazifangiz quyidagilardan iborat: my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul” boʻlimiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” boʻlimiga oʻtiladi. 🔹 Dastlab “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” boʻyicha oʻz tanlovingizni amalga oshiring. 🔹 Shundan soʻng, test topshirilgan fanlar majmuasi va taʼlim tiliga mos boʻlgan beshtagacha oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini taʼlim shakli bilan birga tanlang. 🔹 Bunda taʼlim yoʻnalishlarini bir oliy taʼlim muassasasi yoki turli oliy taʼlim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🔹 Taʼlim yoʻnalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosganingizdan soʻng, maʼlumotlarni tasdiqlash uchun telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali maʼlumotlarni tasdiqlang. 🖥 Maʼlumotlar tasdiqlanganidan soʻng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, taʼlim shakllari, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari aks etgan boʻladi. Yuklab olish tugmasi orqali qayd varaqasini yuklab olishingiz mumkin. ❗️Taʼlim yoʻnalishlarini tanlashga 8-avgustgacha vaqt beriladi! ⚡️ Unutmang, taʼlim yoʻnalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar oʻz maʼlumotlaringizni oʻzgartirishingiz va qayd varaqasini qayta yuklab olishingiz mumkin. Batafsil videoda 👆(ma'lumot uchun: ushbu videorolik o‘tgan yili tayyorlangan) ✅ Shu oʻrinda kelajagini muhandislik, iqtisodchi va yetuk olim sifatida koʻrishni istagan yoshlar uchun eng toʻgʻri qaror – QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETINI TANLASH ekanligini eslatib oʻtamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

  • ❗️ОТМ ва таълим йўналишини танлаш бошланди 25 июлдан тест синовларида қатнашган абитуриентлар ОТМ, таълим йўналиши ва таълим шаклини танлаш имкониятига эга бўлди. 5 тагача олийгоҳ ва йўналишни танлаш мумкин. Кундузги, кечки ёки масофавий таълим шаклини белгилаш имконияти мавжуд. Танлов my.uzbmb.uz платформаси орқали амалга оширилади. 📆Танловларни 8 августга қадар исталган вақтда ўзгартириш мумкин. Муддат тугагач, ўзгартиш киритиш имкони бўлмайди. 👉@QORAXABAR - Телевизорда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар канали!

  • #Qabul_2026 HURMATLI ABITURIYENTLAR! Bugundan yoʻnalish tanlash rasman boshlandi! Sizning endigi vazifangiz quyidagilardan iborat: my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul” boʻlimiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” boʻlimiga oʻtiladi. 🔹 Dastlab “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” boʻyicha oʻz tanlovingizni amalga oshiring. 🔹 Shundan soʻng, test topshirilgan fanlar majmuasi va taʼlim tiliga mos boʻlgan beshtagacha oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini taʼlim shakli bilan birga tanlang. 🔹 Bunda taʼlim yoʻnalishlarini bir oliy taʼlim muassasasi yoki turli oliy taʼlim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🔹 Taʼlim yoʻnalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosganingizdan soʻng, maʼlumotlarni tasdiqlash uchun telefon raqamingizga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali maʼlumotlarni tasdiqlang. 🖥 Maʼlumotlar tasdiqlanganidan soʻng, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, taʼlim shakllari, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari aks etgan boʻladi. Yuklab olish tugmasi orqali qayd varaqasini yuklab olishingiz mumkin. ❗️Taʼlim yoʻnalishlarini tanlashga 8-avgustgacha vaqt beriladi! ⚡️ Unutmang, taʼlim yoʻnalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar oʻz maʼlumotlaringizni oʻzgartirishingiz va qayd varaqasini qayta yuklab olishingiz mumkin. Batafsil videoda 👆(ma'lumot uchun: ushbu videorolik o‘tgan yili tayyorlangan) ✅ Shu oʻrinda kelajagini muhandislik, iqtisodchi va yetuk olim sifatida koʻrishni istagan yoshlar uchun eng toʻgʻri qaror – QARSHI DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETINI TANLASH ekanligini eslatib oʻtamiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

  • ❗️ОТМ ва таълим йўналишини танлаш бошланди 25 июлдан тест синовларида қатнашган абитуриентлар ОТМ, таълим йўналиши ва таълим шаклини танлаш имкониятига эга бўлди. 5 тагача олийгоҳ ва йўналишни танлаш мумкин. Кундузги, кечки ёки масофавий таълим шаклини белгилаш имконияти мавжуд. Танлов my.uzbmb.uz платформаси орқали амалга оширилади. 📆Танловларни 8 августга қадар исталган вақтда ўзгартириш мумкин. Муддат тугагач, ўзгартиш киритиш имкони бўлмайди. 👉@QORAXABAR - Телевизорда кўрсатилмайдиган махфий хабарлар канали!

  • #diqqat_tanlov “Maqsadli amaliy” tadqiqot loyihalari tanlovida qatnashing! ✅ Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha loyihalar qabul qilinadi: 1. Texnika fanlari; 2. Kimyo fanlari, kimyoviy texnologiya vа nanotexnologiyalar; 3. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fanlari; 4. Yer to‘g‘risidagi fanlar. 📅 Tanlovga taqdim etiladigan ilmiy loyihalar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi (loyiha.ilmiy.uz) orqali 2026-yilning 22-avgustiga qadar (shu kuni ham soat 23:55 gacha) faqat elektron shaklda qabul qilinadi. ❗️ Tanlov shartlariga ko‘ra ilmiy faoliyat asosiy faoliyat turiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar tanlovdan chetlashtiriladi. 🐭 Eslatma: Tanlovga taqdim etilgan loyihalarning har bir bosqich bo‘yicha natijalariga oid maʼlumotlar loyiha rahbarlarining loyiha.ilmiy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida aks etadi. 🌐 Batafsil Bizni kuzating Web-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn