"Lider" English
Статистика𝗠𝗮𝗻𝘇𝗶𝗹: "Lider" o‘quv markazi, Beshkent shahri markazi, Print City binosi 𝗔𝗱𝗺𝗶𝗻: @Shakhboz0117 #ingliz_tili #beshkent #english
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 27
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 62
- 1/48двое суток
- 71
- 1/72трое суток
- 76
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Central Asia Youth Dialogue Forum: Qirgʻizistonda xarajatlari toʻliq qoplanadigan 5 kunlik forum! Ushbu forumga ingliz tilida erkin muloqot qila oluvchi 18-25 yoshli nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Forum 2026-yl -5-9-oktabr kunlari Issiqkoʻl shahrida (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtadi. Forum mavzusi: Yoshlarning jinoiy faoliyatga jalb etilishining oldini olish. Jami 25 nafargacha ishtirokchi qabul qilinadi. Moddiy imtiyozlar: – Roʻyxatdan oʻtish va qatnasish bepul – Safar (borish-kelish) xarajatlari qoplanadi – Bepul turar joy, oziq-ovqat va oʻquv materiallari taʼminlanadi Arizalar 2026-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/central-asia-youth-dialogue-forum-2/ @grantlar
https://www2.daad.de/deutschland/stipendium/datenbank/en/21148-scholarship-database/
https://www2.daad.de/deutschland/stipendium/datenbank/en/21148-scholarship-database/
UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati! United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir. Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi. UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi. Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi: – Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi. – Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi. – Darsliklar olib beriladi. Bu yilgi qabul 2026-yil 30-sentabrgacha davom etadi. Qabul qilinganlar 2027-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/ Foydali: 👉 Shu dastur g'olibi bilan suhbat @grantlar
Chevening: Britaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant! Bu dasturga bakalavrlik diplomi va bakalavriatdan keyin kamida 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin. Dastur imkoniyatlari: – Kontrakt summasi qoplanadi – Oylik stipendiya – Borish-kelish uchun aviachipta – Joylashib olish uchun mablagʻ – Joʻnab ketish uchun mablagʻ – Viza xarajatlari qoplanadi Arizalar 2026-yil 6-oktabrgacha qabul qilinadi. Dastur haqida manbalar: 👉 Chevening dasturi haqida batafsil maʼlumot 👉 Chevening gʻolibi boʻlgan hamyurtimiz bilan suhbat 👉 Chevening gʻoliblarining hujjatlari @grantlar
#Chet_tili_malaka_imtihoni 📢 DIQQAT, E'LON! 🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust…
#Chet_tili_malaka_imtihoni 📢 DIQQAT, E'LON! 🌍Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonlari o‘tkaziladi 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan talabgorlardan kelib tushgan murojaatlarni inobatga olgan holda, 2026-yil avgust oyida quyidagi chet tillari bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazishi belgilandi: 🇬🇧 Ingliz tili 🇩🇪 Nemis tili 🇫🇷 Fransuz tili 🇹🇷 Turk tili 🇸🇦 Arab tili 📝 Ro‘yxatdan o‘tish: 🆔 Malaka imtihonlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali odatdagi tartibda amalga oshiriladi. ✅ Bunda roʻyxatdan oʻtishning oxirgi sanasi 12-avgust, toʻlov qilishning oxirgi sanasi 13-avgust hisoblanadi. 📆 Malaka imtihonlari 2026-yil 24–25-avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❗️Muhim! Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘liq va aniq kiritishingizni so‘raymiz. 📍 Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq manzil va vaqt ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarga qo‘shimcha ravishda yetkaziladi. 👨💻 Qo‘shimcha ma’lumotlar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda rasmiy ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilib boriladi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Tanlov 📣 Hurmatli abituriyentlar! 📆 Amaldagi qabul jadvaliga muvofiq, tanlovning 2-bosqichi 2026-yil 8-avgust kuni yakunlanadi. 📝 Mandat (tanlov natijalari) esa 2-bosqich yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinadi. 🧑💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. Ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim ustuvorligini tanlashda sizlarga yordam uchun abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish imkoniyati yaratilgan. 🧑💻 Undan foydalanish uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kiring. ➡️ "Kengaytirilgan qidiruv" bo‘limini tanlang. 📚O‘zingizga tegishli fanlar majmuasini belgilang. 📝 Tanlangan fanlar majmuasi bo‘yicha barcha abituriyentlar ro‘yxati hamda ularning reytingdagi o‘rni bilan tanishishing va tanlovni puxta amalga oshiring. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Isroil Ukrainaga "Temir gumbaz" mudofaa tizimlarini yetkazib berishni taʼqiqlab qoʻydi. Sabab sifatida bu tizimlar eronliklar qoʻliga tushib qolishi mumkinligi keltirilmoqda. Tahlil uchun, "Temir gumbaz" tizimi Isroil kabi hududi kichik davlatlar hududini…
Isroil Ukrainaga "Temir gumbaz" mudofaa tizimlarini yetkazib berishni taʼqiqlab qoʻydi. Sabab sifatida bu tizimlar eronliklar qoʻliga tushib qolishi mumkinligi keltirilmoqda. Tahlil uchun, "Temir gumbaz" tizimi Isroil kabi hududi kichik davlatlar hududini himoya qilishga samarali deb hisoblanadi. Katta hududga ega davlatda bu tizim jiddiy sinovdan oʻtmagan. Ukrainada "Temir gumbaz" tizimining ehtimoliy muvaffaqiyatsizlikka uchrashi Isroil mudofaa sanoati obroʻsiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Ikkinchidan, rossiyaliklar tomonidan bu tizimning kamchiliklari aniqlanishi va eronlik ittifoqchilariga bu kamchiliklar haqidagi maʼlumotlar yetkazilishi Isroilning Eronga qarshi urushida muammolar keltirib chiqarishi mumkin. @qishlogimizda
https://www.edx.org/school/aws
https://www.edx.org/school/aws
IELTS Academic Writing Task 1 – Map uchun kerakli fe'llar Qurilish va qo‘shish build – qurmoq construct – barpo etmoq erect – tiklamoq add – qo‘shmoq introduce – joriy etmoq develop – rivojlantirmoq Olib tashlash remove – olib tashlamoq demolish – buzmoq knock down – buzib tashlamoq clear – tozalamoq, bo‘shatmoq O‘zgartirish change – o‘zgartirmoq convert – aylantirmoq transform – o‘zgartirmoq replace – almashtirmoq renovate – ta'mirlamoq modernise (modernize) – zamonaviylashtirmoq redevelop – qayta rivojlantirmoq reconstruct – qayta qurmoq expand – kengaytirmoq extend – uzaytirmoq, kengaytirmoq reduce – qisqartirmoq relocate – boshqa joyga ko‘chirmoq Joylashuvni ifodalash locate – joylashtirmoq situate – joylashtirmoq surround – o‘rab turmoq border – chegaradosh bo‘lmoq connect – bog‘lamoq link – ulamoq separate – ajratmoq Passiv shaklda eng ko‘p ishlatiladiganlari be built – qurilmoq be constructed – barpo etilmoq be added – qo‘shilmoq be removed – olib tashlanmoq be demolished – buzilmoq be replaced – almashtirilmoq be converted into – ...ga aylantirilmoq be transformed into – ...ga o‘zgartirilmoq be expanded – kengaytirilmoq be extended – uzaytirilmoq be relocated – boshqa joyga ko‘chirilmoq be connected to – ...ga bog‘lanmoq @lideringliztili
B+ даражадаги миллий сертификатга эга ўқитувчиларга устама берилади 2026-2027 ўқув йилидан бошлаб B+ ва ундан юқори даражадаги миллий сертификатга эга бўлган бошланғич синф ўқитувчиларига ҳар ой лавозим маошининг 15 фоизи миқдорида қўшимча устама тўланади. Бу тартиб Ҳукумат қарори билан тасдиқланди. 👉 https://kun.uz/kr/95358278 Kun.uz расмий канали
Pie chart uchun kerakli fe'llar Ulushni ifodalash account for – tashkil qilmoq make up – tashkil qilmoq constitute – tashkil etmoq represent – ifodalamoq, tashkil qilmoq comprise – o‘z ichiga olmoq occupy – egallamoq Eng katta/kichik ulushni ifodalash dominate – ustunlik qilmoq lead – yetakchilik qilmoq rank – o‘rinda turmoq follow – ortidan kelmoq trail – ortda qolmoq Taqqoslash exceed – oshib ketmoq surpass – ortda qoldirmoq outnumber – son jihatdan ko‘p bo‘lmoq outweigh – ustun kelmoq equal – teng bo‘lmoq match – teng bo‘lmoq compare with – bilan taqqoslamoq Ikki pie chart bo‘lsa (o‘zgarish) increase – oshmoq rise – ko‘tarilmoq grow – o‘smoq climb – ko‘tarilmoq decrease – kamaymoq decline – pasaymoq drop – tushmoq fall – pasaymoq halve – yarmiga kamaymoq double – ikki baravar oshmoq triple – uch baravar oshmoq remain – o‘zgarmay qolmoq stay – saqlanib qolmoq C1 darajadagi fe'llar outstrip – ancha ortda qoldirmoq overtake – o‘zib ketmoq account for – tashkil qilmoq constitute – tashkil etmoq represent – ifodalamoq comprise – o‘z ichiga olmoq stand at – ... darajada bo‘lmoq amount to – ...ni tashkil qilmoq @lideringliztili
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Milliy sertifikatlash tizimi takomillashtirildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilinib, milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim chora…
#Qonunchilikdagi_yangiliklar Milliy sertifikatlash tizimi takomillashtirildi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori qabul qilinib, milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi. Qaror o‘qituvchilarning bilim darajasi, pedagogik mahorati va kasbiy kompetensiyalarini xalqaro talablar asosida xolis baholash, yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Qarorga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab: - boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlari joriy etiladi; - huquqshunoslik fani bo‘yicha milliy sertifikat tizimi yo‘lga qo‘yiladi; - xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dariy, pushtu, urdu, hindiy va uyg‘ur tillari bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari ko‘p darajali (Multi-level) asosida tashkil etiladi. Xalqaro mezonlar asosida baholash Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malaka imtihoni natijalari xalqaro Rasch modeli asosida baholanadi va ularga quyidagi darajadagi elektron milliy sertifikat beriladi: - 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali; - 65 – 69,9 ball olgan talabgorga A darajali; - 60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali; - 55 – 59,9 ball olgan talabgorga B darajali; - 50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali; - 46 – 49,9 ball olgan talabgorga C darajali. Bilim va mahoratga munosib e’tirof Qarorning eng muhim jihatlaridan biri – yuqori natija ko‘rsatgan pedagoglarning mehnatini munosib rag‘batlantirishdir. 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars berayotgan o‘qituvchilarga sertifikat amal qilgan muddat davomida lavozim maoshiga har oy 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu esa bilim va mahorati bilan ajralib turadigan pedagoglarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yana bir amaliy ifodasidir. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube