tgindex
She’rxona
@lilyningузбекский

shunchaki valdirash deysizmi, ko’ngil ishi deysizmi, yurak fig’onidir balki, hammasini shu yerda…

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
12 авг.
Подписчики
145
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
483
21 постов
Вовлечённость
333,1%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 21
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
39
1/48двое суток
44
1/72трое суток
48

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Bir enlik xat Bir enlik xat bitgin shu bugun, Sevdim seni. Sog’indim biroz. Kelolmasang, topmasang imkon, Bir enlik xat. Shugina xolos. Ikki og’iz so’zingga sig’dir, Dunyo qadar sevishlaringni. Ko’p ko’rmagin, sog’indim axir, Menga kulib boqishlaringni. Shu buguncha turibman arang, Tanho o’zim ulkan shaharda. Azizim, men senga xatlar, Bitayapman shom-u saharda. Yozmasdim hech, birovga maktub, Nazariga ilmasdi ko’ngil. Osmonlardan sal baland edim, Qara, senga egildim butkul. Javob xatin bitaqol jonim, To’yib bo’ldim sog’inchdan bezor. Siyohingni sizdir shu bugun, Shu kun senga ehtiyojim bor. Iltifoting qizg’onma axir Ko’ksimdagi yuraksan menga. O’rtanmagin, olma xavotir, Ertaga ham keraksan menga. (c)Nilufar Kamol.

  • *** Ona, nechuksiz? Nega ko‘zlaringiz chuchuk? Nahot kechikib keldimmi? Ichikdingizmi? Qabog‘ingiz so‘lg‘in, Horg‘in yuzingiz. Qarang, oy to‘lgan, Ko‘ksi to‘lib keldi qizingiz. Onajon, kuyunmang, Suyuning. Ko‘rmanasi sadqai jonim. Qoshingizga baland tog‘larni Bosib keldi yag‘ir tovonim. Ona, nechuksiz? Nega ko‘zlaringiz chuchuk? Nahot kechikib keldimmi? Ichikdingizmi?.. (c)Nilufar Kamol. - bu she’rga ancha bo’lib qolgandi, bugun tashlash nasib ekan..

  • *** “Baxt” desam qarshimda bexosdan, jilmayib turardi bir inson. Men unga tikilgach ko’zlari Quyoshdek qamashdi shu zamon. To’qnashdi nigohlar bir ajib, Qizarib uyaldi falaklar. Izhorlar bitilmas bo’lsa-da, Zarbidan titradi yuraklar. Oqshomlar ko’zlarim yumsamda, Tushimning sohibi bir inson. Men usiz hayotda yashashga, O’rganib qolsamchi Xudojon? Bahaybat baxt berding bag’rimga Sig’masa kelmasdi hayajon. Iltimos, bu baxt-u barini, Qizg’anib qo’ymagin Xudojon. (c)Nilufar Kamol.

  • 4 июл.410195

    Yo’qotish Men o’zimni yo’qotdim tamom, Qay zaminning ostonlarida, Ayting endi qoldi qay zamon, Qay o’rikning xazonlarida. Qay qalblarda bo’ldi sargardon, Qay yo’sinda yo’qoldi bir zum. Qaysi “mard”ning ikki qo’lida, Qadri bilan toptaldi o’zim. Osmonlarga uchdimi birrov, Yo o’pdimi yerning etagin. Ko’ma olmas lekin yer hatto O’lmay turib bo’lmas keragi. Ilhaq bo’ldim kelar yo’liga, Ketgunicha yopmadim eshik. Men o’zimni yo’qotdim, chunki So’qirlardek uchrashgan edik. Axtarsam’da topishim gumon, Idrokimni yo’qotdim butkul. Kelgin ajal, behushdir jonim, Olgin, mayli, endi shu ma’qul. (c)Nilufar Kamol.

  • Xayr dema Yaxshi bo’ldik bizlar baxtdan ziyoda, Yozing bo’lmoqchiydim, bo’ldim-ku qishing. Tilayman, yor senga, ikki dunyoda, Saodatli sadoqatga erishgin. Xayrlashmaylik, axir alvido-yomon. Eslashib turaylik, hech yo’q tushlarda. Maylimi, berolsang birgina imkon, Jo’natsam maktublar, olgin qushlardan. Bir kuni ko’rishmay ketamiz vaqtli, O’sha payt chiqmayman, qarshingdan “hadeb” Biroq biz bo’lishgan baxtlarning haqqi, Xayr dema, azizam, “ko’rishguncha” de. (c)Nilufar Kamol.

  • 22 июн.3616из booktional

    ​"Mutolaa" guruhimiz borligidan ko'pchilikni xabari bor. Guruhimizda faqat kitoblar tahlili emas, juda ko'p mavzularda foydali suhbatlar qilamiz. Guruhimizni kengroq kitobxonlarga yetib borishi uchun yangi qadamlar qo'ymoqchimiz. Agar siz ham bir oyda birdonagina kitobni o'qib tugata oladigan bo'lsangiz bizni safimizga qo'shilishingizdan xursand bo'lamiz. Har oyda guruhimizdagi kitobxonlarni turli xil nominatsiyalarda taqdirlab borishni ham yo'lga qo'ymoqchimiz. Sizga qiziq bo'lsa bizga aloqaga chiqishingiz mumkin. Booktional - kitoblarga oshufta qalblar manzili.

  • ​Yomg’ir va Osmon Yomg‘ir yog‘ayapti, borliqda sukut Yig‘layapti osmon, qotib turar yer, Yer osmonga aytar “Sen meni unut” Osmon aytar “Halovatim qaytib ber”! Osmon ko‘zyoshlari to‘xtamas sira, Zaminning bag‘riga sanchilar o‘qdek. Bulut qoplab ko‘kni,…

  • ​Yomg’ir va Osmon Yomg‘ir yog‘ayapti, borliqda sukut Yig‘layapti osmon, qotib turar yer, Yer osmonga aytar “Sen meni unut” Osmon aytar “Halovatim qaytib ber”! Osmon ko‘zyoshlari to‘xtamas sira, Zaminning bag‘riga sanchilar o‘qdek. Bulut qoplab ko‘kni, ko‘k tortar xira, Baxtga erishmoqning chorasi yo‘qdek. Osmon sevar edi yerni chin dildan, O‘ziga sig‘masdi, baxtiyor edi, Yerga talpinardi, yeta olmasdi Yuzidan o‘pmoqqa juda zor edi. Tabiat qonuni qo‘ymadi bunga, Osmon yer ishqida azoblandi ko‘p. Yerni sog‘inganda doimo unga Jo‘natib yuborar yomg‘irdan maktub. Yer maktubni olar, o‘qir edi jim, U yig‘lay olmasdi, ichga yutardi, Lek javob yozolmas hech bir maktubga, Osmon esa undan maktub kutardi. Osmondagi oyni olib bersang ham, Yerdagi yoringning ko‘ngli bo‘lmasa. Yordam bera olmas ko‘zyoshi aslo, Sen osmon bo‘lsang-u, yering sevmasa...! (c)Nilufar Kamol. @lilyning.

  • 7 июн.374161

    Loy yo'ldan boraman, ko'zlarim yerda, Go'yo qidiraman qalb siniqlarin. Yurakni titratib, tinch qo'ymas bir dam, Hayolda onamning qiyqiriqlari. Qalb bezib ayozdan, uydan, onamdan. Ketaman, to'htamay, ko'tarolmay bosh. Tomog'imda yig'i to'lib tursa- da Oqmay, muzlab qolar, ko'zda tomchi yosh. (c)Nilufar Kamol.

  • Osmon ko‘zyoshlari to‘xtamas sira, Zaminning bag‘riga sanchilar o‘qdek. Bulut qoplab ko‘kni, ko‘k tortar xira, Baxtga erishmoqning chorasi yo‘qdek! (c)Nilufar Kamol.

  • Beshliklar Alvido, ey senga, dunyoyi qotil, Alvido, ey mening nomusim, orim. Alvido, yuragim tikkanim bedil, Alvido, o’zimni ey osar dorim. Alvido, ey senga, dunyoyi qotil… Qidirma - mendayin nodon oshiqni, Qidirma - ozordan joning tolmasin. Qidirma …

  • 15 мая570152

    Beshliklar Alvido, ey senga, dunyoyi qotil, Alvido, ey mening nomusim, orim. Alvido, yuragim tikkanim bedil, Alvido, o’zimni ey osar dorim. Alvido, ey senga, dunyoyi qotil… Qidirma - mendayin nodon oshiqni, Qidirma - ozordan joning tolmasin. Qidirma - tubi yo’q kibru qoshiqni, Qidirma - dunyoying qaytib qolmasin. Qidirma - mendayin nodon oshiqni… Ayriliq - tog’dagi gulsiz giyohlar, Ayriliq - ko’ldagi baxtsiz nilufar. Ayriliq - nigohin sevgan nikohlar, Ayrilsang, topilur umringdan gavhar. Ayriliq - tog’dagi gulsiz giyohlar… Istasang - berilgay baxtlarning bari, Istasang - jannatga qo’yilur qadam. Istasang - izlasang, topganing sari, Istasang - topasan o’rnimga odam. Istasang - berilgay baxtlarning bari… O’zimman. Umringning qotili o’zim, O’zimman. Ko’rinmas tongi yo’q ufqda. Porlamoqdan so’ngan aldoqchi ko’zim, Sen tomonga qayta boqmaydi, nuqta. O’zimman - umringning qotili o’zim. (c)Nilufarkamol.

  • Alvido, ey senga, dunyoyi qotil, Alvido, ey mening nomusim, orim. Alvido, yuragim tikkanim bedil, Alvido, o’zimni ey osar dorim. Alvido, ey senga, dunyoyi qotil… tez orada deydiku buyog’i..

  • 10 мая522186

    Oshiq bo’ldim Yolg’izlik. Sukunat. Bir finjon qahva, Yarim tun yog’adi shivirlab yomg’ir. Behad ko’nglim olar huzurli bahra, Qalbimda bo’ladi mo’jiza sodir. Oynadan men tomon shamol hayqirar, Gumburlab sochadi chaqmoq qaxrini, Osmon goh-gohida tomog’in qirar o’zicha ichidan tuyib fahrini. Men esa sukutman, horg´in, uyqusiz, Qalbimda rangsiz his uraverar bong. Goh o’zimga dalda beraman yolg’iz - "yana biroz kutsam.... yorishadi tong..!" Deraza lang ochiq, porlaydi chiroq, Adoqsiz yo’llarga tashlayman nazar. Osmonni yoritar hayqirib chaqmoq, Xudo qudratingdan! Ey voh, Alhazar.. Yurak - vujudimni tinmay titratar, Men bir - taronaman, g’amli bir qo’shiq... Ko’nglim bo’ldi - to’fon, shaksiz darbadar, Men bir oshiq bo’ldim - yomg’irga oshiq.. (c)Nilufar Kamol.

  • 10 мая632202

    ko’ngil ovlash usuli. rostanam, kimdur she’rlarimni kitob qilib olib kelganda, rozilik berib yuborardim..

  • 4 мая505163

    * * * G’animat lahzalar o’tar shoshilib, Ko’rmaydi hayotning go’zal rangini. Mol-u davlat uchun tog’dan oshilib, Boy berib hislarning shirin jangini. G’aflat uyqusida kechib oridan, Tun-u kun qidirsa faqat shonini, Kechsa jondan aziz bor-u yo’g’idan, Unutib, eng go’zal “inson” nomini. Umr ham poyiga yetsa-yu nogoh, Topolmay qolsa gar ruhning qadrini. Dunyoni boshiga ursinmi inson, Boy berib qoʻysa gar butun qalbini... (c)Nilufar Kamol.

  • KEL Nechun yana kipriklaring nam? Nahot ko‘z yosh bo‘lmadi asir. Gar dunyoga sig‘masang, erkam, Kel, sen uchun qalbim muntazir. Faqat esdan chiqmasin dardlar, Sen barini yo‘lxaltangga sol. Kelsang kechar ajib suhbatlar, Bizga sherik bo‘ladi hilol. Yaralmagan yuraging axir, Sevgi qolib, g‘amga to‘lgani. Gar yigʼlamoq istasang, faqir Qalbim tayyor, kelsang bo‘lgani. (c)Nilufar Kamol.

  • 14 апр.7862110

    Masofa Yurakdan yurakka masofa uzun, Yurakdan yurakka bir lahzalik yoʼl. Sen yomgʼir yubording yoʼlimga bugun, yuragim jiqqa hoʼl. Yurakdan yurakka toʼkilgan osmon, Yurakdan yurakka neni qadading? Bir zum parishonman, meni nogahon, “farzandi sukut” atading. Yurakdan yurakka bo’lingan tuygʻu, Yurakdan yurakka suqilgandur tigʼ. Sen meni bilaman, deysan-u, Bilmaysan, sukutim - ulkan hayqiriq. Yurakdan yurakka jimlik yugurgan, Yurakdan yurakka oʼtmagan hurlik. Seni sevmoqlikka qay vaqt ulgurgan yuragim shoʼrlik? (c)Nilufar Kamol.

  • 6 апр.539231

    Agar o’ylaganingdek she’r, o’ylaganingdek hayoting bo’lsa, hayoting juda go’zaldir, azizim…

  • https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=16c0ab6abcb savol, murojaat, taklif, taqriz, shikoyat - barchasini qabul qilamiz, faqat bugun.

She’rxona — tgindex