Anhor.uz | Live
СтатистикаYangiliklar, jurnalistik surishtiruvlar, tahliliy materiallar, aniq, rasmiy va ishonchli xabarlar — Anhor.uz da.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 49
- Всего постов
- 53
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 12 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 49
- 1/48двое суток
- 56
- 1/72трое суток
- 60
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Shavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi O‘zbekistonda ilk bor Prezident administratsiyasining huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlarini belgilab beruvchi alohida Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
O‘zbekistonda “Odil sudlov – 2030” strategiyasi ishlab chiqilmoqda Prezident Shavkat Mirziyoyev sud-huquq tizimidagi islohotlar natijalari va sohadagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish uchun sud tizimi rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida sudlar faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishga qaratilgan “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasi taqdim etildi. Uchrashuvda sud-huquq tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Qora dengizdan topilgan zanglagan silindr raketa qismi deb taxmin qilinmoqda @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 11-avgust kuni Chilonzor tumaniga ishchi tashrifi davomida Anhor.uzga eksklyuziv intervyu berdi ▶️ Video: https://youtu.be/umFaXO2XyKA Batafsil: https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/shavkat-umurzoqov-anhoruz-intervyu @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Saudiya Arabistoni boshchiligida 15 davlatdan iborat dengiz mudofaasi koalitsiyasi tuzilmoqda Saudiya Arabistoni 15 mamlakat ko‘p millatli dengiz mudofaasi koalitsiyasini tuzish to‘g‘risidagi bayonotni imzolaganini ma’lum qildi. Hozirga qadar 13 davlat unga rasman qo‘shilgan. Koalitsiyaga Saudiya Arabistoni vakili rahbarlik qiladi. Uning o‘rinbosari lavozimini esa Pokiston vakili egallaydi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Renovatsiya: uylar quriladi, infratuzilma-chi? Toshkent shahar hokimi bilan intervyuning katta qismi renovatsiyaga bag‘ishlandi. Hokimdan “renovatsiya” tushunchasi uning uchun nimani anglatishi va bu jarayon nima uchun Toshkentga kerakligi so‘raldi. Alohida savol renovatsiyaga tushadigan uylarning mulkdorlari huquqlariga bag‘ishlandi: har bir mulkdorga nima kafolatlanishi kerak? ▶️ Batafsil Youtubedagi katta intervyuda: https://youtu.be/umFaXO2XyKA @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Yaponiya sharqida misli ko‘rilmagan yomg‘ir: olti kishi halok bo‘ldi Yaponiyaning sharqidagi Chiba prefekturasida rekord darajadagi yog‘ingarchilik oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi, yana besh kishi jarohatlandi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
без подписи
без подписи
Sanjar Karimovning sud jarayonida videoga olish mumkin emasligi aytildi. Buning sababi esa ma'lum qilinmadi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
без подписи
без подписи
Ayni damda Jinoyat ishlari bo'yicha Toshkent shahar sudida "Real Sanjik" nomi bilan tanilgan Sanjar Karimovning sudi bo'lib o'tmoqda. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Kabinetdan tashqaridagi hokim: Shavkat Umurzoqov Anhor.uz'ga intervyu berdi Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 11-avgust kuni Chilonzor tumaniga ishchi tashrifi davomida Anhor.uz'ga eksklyuziv intervyu berdi. Suhbatda renovatsiya va qurilishlardan tortib tirbandlik, kommunal infratuzilma, tanqid va hokimning shaxsiy javobgarligigacha bo‘lgan masalalar ko‘tarildi. Ayrim savollar, xususan, faoliyatidagi eng qiyin qarori va bugun boshqacha yo‘l tutgan bo‘larmidi, degan savollar poytaxt rahbarini ancha o‘ylantirdi. ▶️ Video: https://youtu.be/umFaXO2XyKA Batafsil: https://anhor.uz/uzl/yangiliklar/shavkat-umurzoqov-anhoruz-intervyu @anhoruz | Yangiliklar, voqealar, fikrlar
Terroristik tashkilotlarni moliyalashtirgan O‘zbekiston fuqarosi 10 yilga qamaldi Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi terroristik tashkilotlarga aloqador materiallarni tarqatish, ularga mablag‘ yuborish va Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilishga urinish bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud hukmi bilan fuqaro Jinoyat kodeksining 244¹, 244², 155² va 155³-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarda aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Xitoy maglev poyezdi tezlanish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi Xitoyda magnit levitatsiyasi asosidagi 1,1 tonnalik eksperimental transport vositasi 0 dan 800 km/soat tezlikka atigi 5,3 soniyada erishib, yangi jahon rekordini o‘rnatdi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Ispaniya Superkubogi Saudiya Arabistonidan Turkiyaga ko‘chiriladi 2027-yilgi Ispaniya Superkubogi bahslari Saudiya Arabistonida emas, Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi ma’lum qildi. Turnir odatdagi yanvar oyidan biroz kechroq — 2–7-fevral kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Superkubokda an’anaga ko‘ra to‘rt jamoa — “Barselona”, “Real”, “Atletiko” va “Real Sosyedad” ishtirok etadi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. Taqdimotda ochiq muloqotni tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
Shimoliy Koreya AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlari oldidan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi Janubiy Koreya shtab boshliqlari qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, raketa 12-avgust kuni Vonsan hududidan uchirilgan va Koreya yarimorolining sharqiy sohillari yaqinidagi dengiz tomon yo‘nalgan. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android
107 kishini olib ketayotgan sayyohlik kemasida yong‘in sodir bo‘ldi Turkiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Fethiye yaqinida 107 yo‘lovchini olib ketayotgan sayyohlik kemasida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa kema bir kunlik kruizda bo‘lgan paytda yuz bergan. Xabar kelib tushgach, voqea joyiga qirg‘oq qo‘riqlash va dengiz politsiyasi bo‘linmalari yuborilgan. Qutqaruvchilar bortdagi 107 kishini evakuatsiya qilgan. @anhor_uzb | Yangiliklar, voqealar, fikrlar 📲 Mobil ilova 👉🏻IOS | Android