tgindex
Lu'lu'ayn | Siyohdon

Lu'lu'ayn | Siyohdon

Статистика
@luluaynузбекский

- Ehtimol hech kimga atalmagan satrlar tobora goʻzallashar.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
83
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
72
26 постов
Вовлечённость
86,7%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 26
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
34
1/48двое суток
38
1/72трое суток
42

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Boʻldi, qoʻying endi. Xayr, Alvido..!

  • #oylab_qoldim Ba'zi soʻzlarni aytishga loyiq ham emasmiz!!! Balki shuni ham...

  • #ignabarg Men chindan yashashni sogʻindim, hayot...

  • #tortlik Senga aytmagandim oʻshanda sevgim, Yolgʻiz Xudo bildi, birov bilmadi. Tunda osmon bilan yigʻlashdik ikkov, Tongda yomgʻir tindi, yoshim tinmadi. ✍🏻 Muallif: lu'lu'ayn @luluayn

  • O, senga shunchalar yarashgan vafo, Kiprigim gullari - toʻkilmagan sheʼr. Yonimda sen borsan, tepamda Xudo, Nega yigʻlayapman? Sabab topib ber... ✍🏻 Nozima Habibullayeva @luluayn

  • 13-avgust – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavallud topgan kun

  • 13-avgust – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim tavallud topgan kun

  • #oq_sher Boʻgʻzimga tiqildi achchiq bir nido, Diydor - qiyomatga qoldi, alvido. ✍🏻 Lu'lu'ayn @luluayn

  • Toshkentning qaysidir derazasidan, Osmoniga boqib meni yodlar — U. Hayotni sog’inchlar bezasada, Yo’llar hech kelmadi hamon -ro’baro’. Baland beton uylar — najot qal’alar, Ijara haqqiday uchma-uch umid. Armonlar bolalar, qarzlar bolalar, Qancha istaklarni ketyapdi ko’mib. Toshkentning qaysidir derazasidan, Hamon uxlamagan Quyosh ko’rinar. Menga hatto biror xat yozmasa ham, Xudoga bor dardi har kun yorilar! Unga ham osonmas, Menga osonmi? Taqdirni yeyapmiz ishtahasiz, lek. Ko’zimni chirt yumib ketib qolsammi?! Jonga tegib ketdi bunday yolg’izlik!!! ✍🏻 Nafisa Omon @luluayn

  • Naqadar goʻzal bu Istanbul... © Chaqir / "Qashqirlar makoni" @luluayn

  • His ettir, Ovozing boricha baqir, O'zingni isbotla, takror va takror. Quyoshni olib tush osmonni qulat, Yulduzni terib qo'y bir safga qator. Hammasi bekor. Iymonsiz tanadan sachragan uchqun, Lovullab olovdek ketmaydi yonib. Duo qil, shukr ayt manfaatlarsiz, Va keyin havodan nafas ol qonib. Ketmagin tonib. O'zingga kel dema, O'zimga kel de, O'zgalar gapirsa bo'lmasin ishing. O'zingni o'nglab ol, soatga qara, Qahri qattiq bo'lar doimo qishning. Og'risa tishing. Kimlardir ustingdan kulsa jilmaygin, Jim bo'lgin so'zlarni qilmagin isrof. Kimlardir seni deb kuysa, jilmayib Ko'nglingdan chiqarib aylagin izhor. O'chmas izi bor. ✍🏻 Abdulaziz Ibrohimov @luluayn

  • Shunchaki soʻragim keldi. Chin soʻzni anglagan shoirlar qaysini koʻproq yaxshi koʻradi, qaysini qumsaydi, qadrlaydi, sevadi: qalamning eng boshidagi gʻayratga oshno samimiyliknimi yoki qalam soʻnggidagi donishmandlikni? Siz nima deb oʻylaysiz?

  • Nahor kuylari ​Buncha shirin qushlar xonishi, Kuy-navoga aylansammikan? Buncha go‘zal bu tong subhlari, Sabolarga elansammikan? ​Buncha go‘zal san-a, ey yoshlik, Yelkalarim uzra qanoting. Ko‘kni quchdim farishtalardek, Qadim she’rlar — nazmu bayotim. ​Bolalikdan uzoqlashdim rost, Biroq so‘zim chuchuk, xomaki. Meni maftun aylading, dunyo, Siltab-siltab bersang-da dakki. ​Bari uyqash, bari bir go‘yo, Bir notada chalarlar kuyin. Maysalarning shitirlashidan, Sezib qoldim bahorning o‘yin. ​Singib ketdim men ham dunyoga, O‘qish, ishga borimni berdim. Yomg‘irdan so‘ng otgan nahordan, Terib olgum non hamda tuzim. ​Shunday shirin shukrona hislar, Ko‘nglim bilan qildim ibodat. Suzib yurgan safo bulutdan, Bildim: yashash — to‘xtamaslik baxt! ✍🏻 Laziza Inamqulova @luluayn

  • Asta yechiladi xotir tugmasi, Tunning mehvarida oyning siynasi. Dodxolagan ishqning dod fojiasin, Izladim! ​Tavbarang yomg'irlar yog'dilar, Visolrang Aydarlar toshdilar. Va otash sog'inchlar yoqdilar, Kuymadim! ​Kitobda visol bor, eram yo'q, Ko'nglimga qarayman, shiram xo'p. Qarayman, senda hech istam yo'q, Bo'zladim! ​Shaharni kezaman, yayov man, O'zimni ezganim — beayov man. Depsinib uraman qayov man?! Sig'madim! ​Xotirim, kimlardir o'chirdi, So'qirman, zulmatlar cho'chirdi. Iymon — ishq deganim uchunmi?! Yersadim! ​Hijron bu — alanga dedilar, Nish qadar badanga dedilar. Ishqsizlar qulog'im yedilar, Ishqsadim! ✍🏻 Laziza Inamqulova @luluayn

  • 9 авг.703удалён 14 авг.

    Kitob Kitob Kitob Xullas, nasibada boʻlsa bayramga gʻirt tekinga kitob yutib olsangiz boʻladi 📚

  • Butunjahon kitoblar kuni

  • Nechuk reaksiya kam? Chiroylilaridan qoʻshsak ham 🤨

  • Nomim nima mening??? Koʻz yoshmanmi, bardoshmanmi, Gunohmanmi, savobmanmi... @luluayn

  • Orzularing oʻzingnikimi? @luluayn

  • *** Keng ko‘rsatdi ko‘zingni ko'klam, Ko‘nikmoqqa ko‘nmadi ko‘ngil. Kishanladi kipriging ko‘ksim, Kuyga ko‘mdi kuyunchak ko‘ngil. Ko‘zlaringda ko‘rdim ko‘klamni, Ko‘nglim kutdi kulging, kelishing. Kechalarim kezdi ko‘yingda, Kunlar kutdi ko‘rkam kelishing. Ko‘hna ko‘nglim kuchga kirganday, Ko‘ksim kezdi kuygan kechinma. Kulguchimga ko'milib ketib, Kuz kirgancha kelgin kechikma... ✍.Muhsina 05.08.2026 20.30