tgindex
Madiev.uz|Rasmiy kanal

Madiev.uz|Rasmiy kanal

Статистика

Doctoral (PhD) researcher, Political Science and International Relations in HBV (GAZI) University in Turkiye.

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
10:01
Постов за неделю
3
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
английский
Категория
Образование
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
634
0 за 3 дн.
Сутки
+1
+0,16%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
386
24 постов
Вовлечённость
60,9%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 27
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
138
1/48двое суток
158
1/72трое суток
170

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • Ushbu haftada Turkiya-Pokiston va S. Arabistoni birgalikda imzolagan “Makka Pakti” tahlil tarmoqlarining eng muhim mavuzi bo’ldi. Qizig’i, bu harbiy va strategik kelishuv Turkiya matbuotida unchalik ko’p muhokama qilinmadi. Bu muhokamalardagi asos xulosa “S. Arabistonida pul bor, Pokistonda aholi ko’p va yadro bor, bizda esa innovatsiya” degan chiziqda qalinlashdi. Dunyo matbuotiga bombadek ta’sir qilganidan bilishimiz mumkinki, bu uchala davlatning o’ta maxfiy munosabatlaridan keyin kelib chiqqan va qaror qilingan. Muzokaralar “klassik razvedka va diplomatiya” yo’li bilan olib borilgani ko’rinmoqda. Bu kelishuv, ilk boshda bu davlatlarning “do’stona” munosabatlari bo’lmagan qo’shnilarining tizzasini qaltiratgan bo’lsa-da, “bitta davlatga bo’lgan hujum, boshqalariga ham qilingan hujum hisoblanadi” moddasi “ishlamasligi” haqida tezda anti-xulosalar qilina boshladi. Fikrimcha, bu muhim xulosa emas. Negaki, bunday kelishuvlarning boshida turgan va NATOning 5-moddasi bo’lgan xuddi shu mazmundagi modda ham aslida “ishlamaydi”. Biroq, bu yerdagi eng katta ahamiyat kelishuvning amalga oshgani va bu moddaning boshqa davlatlar uchun “ruhiy to’siq” yarata olishidadir. Yangi dunyoning strategik kelishuvlar bo’yicha balki eng muhim diplomatik layoqati shudir balki. Bunday ittifoqchiliklar, qarshi tomon uchun har doim 80/20 % real bosim berib turadi. Kelishuvdan “nam tortgan” davlatlar albatta qarab turmaydi biroq buning natijasi qanday bo’lishi haqida aniq xulosa qilish qiyin. Oldimizdagi eng mihim savol “Makka Pakti” ishlaydimi degan savol bo’larkan, shunday xulosa qilish mumkin, “ha ishlaydi” agar real tahdid bo’lsa, bu modda oxirigacha ishlaydi. Buning eng katta sababi, bu davlatlardagi inson kapitalidir. Dunyomiz harqancha rivojlangan davlatlarning “texnokratik” mafkurasiga bo’ysindirishga kirishib ketmasin, odam faktori baribir eng muhim omil bo’lib qoladi. Subyektiv ko’rishim shuki, menimcha ba’zi davlatlar birgalikda, Pokistonda aholini kamaytirish, eng kamida bu mamlakatda turli etnik nizolar keltirib chiqarib, ularni bo’lish uchun harakat qiladi. Turkiyada bu ma’lum darajada ishladi va yana kun tartibiga chiqa boshladi. “Makka Pakti”ning ishlamasligiga sabablar juda ko’p. Bulardan eng muhimi, bu davlatlarning avvalo iqtisodiy, ijitmoiy va siyosiy tomondan kuchsizligidir. Bularni hammasini bosadigan eng muhim omil esa texnologik tomondan ortda bo’lgan mamlakatlar bo’lganidir. Qo’shin uchun quyi sinf aholingiz harqancha ko’p bo’lmasin, modern dunyoda texnoligik tomondan orqada ekanligingiz, sizni doim “mag’lublar” safida bo’lishga olib kelaveradi. Eng muhim jihat esa bu kelishuvning bir qancha davlatlar uchun doimiy “deterrent” ya’ni “hadiksirash” ta’sirida ushlab turishi bo’lsa, qarshi tomongan ustunlik beradigan tarafi bu davlatlarning texnologiya siyosatida ortda ekanligidir. Bu jihat ikki tomonning juda nozik nuqtlarda birga “raqs tushishi” ga sabab bo’ladigan faktordir.

  • 13 авг.2удалён 16 авг.

    без подписи

  • 13 авг.1удалён 16 авг.

    без подписи

  • без подписи

  • Qisqa qilib aytganda, omad ham anoiy emas, u ham tayyor va pishgan boshlarni ustiga qo'nadi. Ayniqsa, ilmda. Istalgan "andi"ni boshiga qo'nadigan "omad"ga "lotoreya" deyiladi. Katta shoirlarimizdan biri G'opir G'ulom yozganidek, "Taqdirni qo'l bilan yaratur inson, "osmondan tushgan baxt" - bu bir afsona". * Lekin, O'zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida negadir shu "omad" deganlari nuqul "tepadagilarni" boshiga qo'navarishiga falak ham hayron. Bizda "omad" ham "karrupsiyag" aralashib qolgan degan gumonda yuraman doim. Nima ham deymiz, biz va bizga o'xshaganlarni ko'chasida ham bayram bo'lib qolar. Hammaga tong xayirli bo'lsin! "Andi"larga lotoreya chiqib, ilmlilarini boshiga omad qushi qo'nsin!

  • 11 авг.22684из ikboljonsobirov

    Qat’iyat Van Goghning yuqoridagi “Yulduzli tun” asarini ko‘p ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Butun dunyoga mashhur. Lekin ba’zida biz mashhur asarni ko‘ramizu, uning ortida turgan yillar davomidagi to‘kilgan peshona terini ko‘rmaymiz. Van Gogh nechchi yuzlab asardan keyin “Yulduzli tun”ni chizgan?! Natijani ko‘ramiz. Unga olib kelgan minglab urinishlarni esa yo‘q. Shuning uchun ham muvaffaqiyat ba’zida bizga tasodifdek ko‘rinadi. Xuddi kimdir urinib ko‘rdi-yu, birinchi urinishidayoq “Evrika!”. Aslida yetuk natija uchun yillar davomidagi qat’iyat va izchillik (persistence/consistence) kerak. Bugungi kungi ba’zi yoshlarda men kuzatgan holat shu: men bugun bir ishni qildimmi, ertaga natijasi bo‘lsin. Qat’iyatlik muvaffaqiyat formulasining eng ahamiyatli qismining biri hisoblanadi. Yoshlarga motivatsiya emas, davomiylik yetishmayotgandek. Big Hero 6 multfilmidagi Baymax o‘z hosilini berishi uchun akasi qancha eksperiment qilganini ko‘rsatadigan sahnasi ham juda zo‘r misol bo‘la oladi. Ilmda ham xuddi shunday. Men ilmga 10 yil umrimni sarfladim. Shundayam haligacha boshlang‘ich nuqtada turgan yosh olim, yangi avlod vakiliman xolos. Yo‘limda davom etib, bir necha yuzlab ilmiy ishlarni sifatli davom ettirsamgina, insoniyat uchun tubdan o‘zgartiruvchi yangilik ish qila olishim mumkin bo‘ladi. Bunda, qayta-qayta yangi uslub bilan qilayotgan ming-millionlab eksperimentlarimdan biri butunlayin yangi kashfiyot bo‘lib chiqishi mumkin. Va faqatgina bittasi “tasodifan” dunyoni o‘zgartiruvchi natija bo‘lib chiqishi mumkin. X-ray (rentgen), MRT mashinasi, penitsillin, radium barchasi shunga misol. Biz ularni “tasodifiy kashfiyot” deb aytamiz. Bir “Evrika!” moment bo‘lishi uchun uning ortida yillar davomida hech kim ko‘rmagan mehnat, xatolar, tajribalar va yana bir marta urinib ko‘rishga yetadigan qat’iyat turadi. Motivatsiya birinchi qadamni bosishga turtki bo‘lsa, qat’iyat uni oxirgi natijaga olib boruvchi qurol hisoblanadi. Shunday ekan, birdaniga meva olishga shoshilmay, avval daraxtni parvarishlashni va butun yil davomida uning ustida qunt bilan ishlashni o‘rganishimiz kerak. Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi. Tasodif qat’iyatni afzal ko‘radi.

  • "Gullagan savodimizning" metafizik darajaga chiqqaniga o'qlavadek bir o'rnak. Menga qolsa, maktablarimizni yopish va ta'lim vazirligini tarqatib yuborish kerak. Bundan yaxshiroq savodni bolalarga Sun'iy intellektdan ham o'rgatish mumkin. Maktablarga va o'qituvchilarga, eng boshda esa Ta'lim vazirligiga ketayotgan shuncha mablag' uvol.

  • 10 авг.186133из otabek_akromov

    Икки дўстнинг ватанпарварлик ҳақида суҳбати Икки яқин дўст ўртасида ватанпарварлик ҳақида қизиқ бир суҳбатни гувоҳи бўлдим. Иккаласи ҳам бир-бирининг салоҳиятини яхши билади, аммо ватанпарварликни мутлақо бошқача тушунади. — Сени қобилиятингни яхши биламан. Албатта, чет элда ўқишинг, PhD қилишинг керак. Бу ерда яхши иш қилишинг қийин. Чунки диссертацияни ҳимоя қилишинг илмий ишингга эмас, бир одамнинг хоҳишига боғлиқ бўлиб қолиши мумкин. У эса унинг авторитетини шубҳа остига қўядиган инновацион фикрни қабул қилмаслиги мумкин, — деди биринчи дўст. Иккинчиси эса: — Мен ватанпарварлик туйғуларимга таяниб кетишни хоҳламайман. Ўзбекистонда қолиб, ўз талабаларимизга дарс беришни, билганларимни уларга ўргатишни ўз бурчим деб биламан, — деди. Биринчи дўст бироз ўйланиб: — Лекин бир нарса ҳақида ўйлаб кўр. Оддий оиладан чиққан бир ўзбек йигити чет элга бориб, ўз кучи билан PhD қилди, кейин дунё университетларида дарс бериб, юзлаб халқаро талабаларга Ўзбекистон ва Марказий Осиё ҳақида билим берса-чи? Унинг ватанпарварлиги камроқ бўладими? Балки, аксинча, у Ватанининг номини ўз юртидан ташқарида ҳам танитаётгандир? Қолаверса, сенга четда PhD қилиб ва яхшироқ билим олиб, кейин қайтиб келиб "ўзимизникиларга" дарс беришга ким халақит қилади? — деди. P.S.: ватанпарварликнинг ягона тўғри таърифи йўқдир. 👉🏿 https://t.me/otabek_akromov

  • #bilim Zic-i Uluğ Bey 🔭 Orijinal kutusunda... ULUĞ BEY´İN ASTRONOMİ CETVELLERİ (Zîc-i Uluğ Bey) - 2 cilt takım, Uluğ Bey, (Türkçeye çevirenler: Mustafa Koçar - Atilla Bir), 2012, T.C. Kültür ve Turizm Bakanlığı Kütüphaneler ve Yayımlar Genel Müdürlüğü, 427 sayfa + tıpkıbasım, 19x26 cm... 🔵Muqovasi qattiq, 830 bet 💰Ikkinchi qoʻl, 750 ming so’m 📭 O‘zbekistonga yetkazib berish bepul! ✉️ Murojaat: @sitora_qarshiyeva @turkkitap_uz - ko‘p o‘qing, oz to‘lang! 📚🛫

  • 7 авг.1 2943016

    O'zbekistonda hokim va hokimiyat boshqaruvi tamoman inqirozda va bu boshqaruv tarzi juda qaltis harakatlar qila boshladi. Agar bunday holatlar yana bir ikki marta takrorlansa, o't qaysi tomondan chiqib ketishini hech kim prognoz qilib bera olmaydi. Agar hokimiyatda sal kalla bo'lsa, bunday narsalardan uzoq yurgani ma'qul. Shundog'am, kunini bazur ko'rayotgan odamlar uchun ko'p narsaning farqi qolmaganligini sal kuzatgan odam yaqqol sezadi. Hokimlik lavozimiga esa bunday o'ylamay ish qiladigan kadrlarning kelishi (yoki, keltirib qo'yilishi) boshqaruv infratuzilmasiining yemirilayotganidan darak beradi. * Yanayam, xalqimizni sabriga qoyil qolish kerak. Bunday sabrli xalqqa bunday zulm qilish esa eng kamida xiyonatdir. Hurmat(siz) hokimlar, biz istagancha xalqqa istagan narsani qila olamiz degan xayolda bo'lsalaringiz chuchvarani xom sanabsizlar. Xalq tafakkuri hech qachon hech nimani unitmaydi, hodisalarni orqa xotiraga saqlab qo'yishi mumkin xalos. Sizning bunday harakatlariingiz xalq va hukumat o'rtasida juda yomon narsalar boshlanib ketishiga sabab bo'lishi mumkin. Sal o'zingizni bosib olib, xalq va konstitutsiya bergan vakolat darajangizda ishingizni bajarganingiz yaxshi. Rosti, juda juda provakativ ishlarga qo'l urib yuboribsizlar. Bu o'ta xavfli va o'ta qaltis harakat. * O'zbek ayollari chet elda ham xor bo'lib qolgani haqida hammadan yaxshi senlar bilishlaring kerak. Bunga sabab esa aynan senlar olib borayotgan boshqaruv eng katta sababdir. Senlar haqorat qilayotgan o'sha mazluma ayollarimiz aslida senlarning qora yuzlaringizdir. Bilasizlarmi, o'sha mazluma o'zbek ayoli hatto Turkiyaga borib eng qora ishda ishlasa ham kamida 500-600 $ pul topadi. Senlar olib borayotgan siyosiy-iqtisod esa bu bechora ayollarimizning atir-upasi u yoqda tursin, kunlik ovqatiga ham yetmayapti. Buning ustiga qo'rqitish va xo'rlashlaring ortiqcha bo'layapti. * Yana shuni aytishim kerakki, ayollarimizni uning oilasini va qadriyatlarini haqorat qilgan hokimlar va hokimiyat vakillari ulardan darhol (kechiktirmasdan) uzr so'rashlari va xizmat vakolatlarini suiste'mol qilgani uchun qonun belgilagan tartibda jarima yoki, jazoga tortilishlari kerak. Qonuniy choralar ko'rilishigina, xalq ichida paydo qilgan g'azabni bosishi mumkin. Agar bu amalga oshmasa... qolganini yozishni istamayman hurmatsiz hokimlar. * Bu dunyo paydo bo'libdiki, hech bir kuch xalqni qudratidan ustun bo'la olmadi. Shuni eslatib qo'yish, bir oydin sifatida mening eng asosiy vazifamdir. Afsuski, qo'limdan boshqa bir narsa kelmaydi. Bu mamlakatda, zamon o'zgarsa ham zehniyat o'zgarmayotgani xalq uchun og'ir talofatlar berayapti. Bunaqada oldinga ketib bo'lmaydi.

  • 5 авг.346101

    Turkiya bu kunlarni ham ko'rdi. Rosti, juda xursand bo'ldim. Men Turkiyada ham O'zbekistonda ham harbiylarni va ayniqsa, harbiy ayollarni qattiq hurmat qilaman. Ularga tarjimonlik ham qilganman. Avvalo Turkiya va butun Turk dunyosi uchun xayirli bo'lsin! To'maris, Qurbonjon dodxolarimiz ko'p bo'lsin! Turkiyaga ilk ayol posho (general) muborak bo'lsin! Bo'lib ham naqd Havo Mudofaasi generali. Bu katta muvaffaqiyat! Dunyoning ilk harbiy qiruvchi samalyot piloti ham Turkiyadan chiqqan edi. Otaturkning Turkiya uchun armug'onlari bu generallar.

  • Kabari kabari Mozambikdagi shunday nutq san’ati bor va nutqni aytuvchilar ularning milliy birligini himoya qilish uchun gapiriladi. Ya’ni ideologik paradigmani himoya qiluvchi bunday voizlar odatda, to’y va marosimlarda va’z o’qishadi. Bunday nutqni irod qiluvchilar, jamiyatning maxsus statusiga kirivchi kishilardir. Ular jamiyatda har kuni gaplashilmaydigan so’zlar, maqollar orqali nutq irod qilib, ommaga kuchli mujdalar berishadi. Bu esa ularning milliy o’zliklarini kuchayishiga ta’sir qilishni maqsad qilgan harakatdir. Fadi - Mozambikda keksalar tomonidan jamiyatning va yoshlarning an’analarga amal qilgan qilmaganini nazorat qiladigan keksalar guruhi ham ishlaydi. * Bizda esa bularni birini "amri ma'rup", ikkinchisini an'ana deyishadi. Qolgan xulosalarni o'zlaringiz qilib olasizlar. Meni qoyil qoldirgani, bizga arablar iste'losi bilan birga, Afrika qit'asining mana shunday odatlari ham kirib kelganidir. Lekin, bular albatta jiddiy tadqoqot qilinishi kerak. Agar jiddiy tadqiq qilinsa, bularni ildizi eski Misr madaniyatiga borib taqalsa kerak.

  • 2 авг.409132

    Bu kitobdan Jon Kennedi va uning sulolasi, AQSHning 1950-60 yillardagi ichki va tashqi siyosati; AQSHda irqchilik, diniy muammolar, Kuba inqirozi, AQSHning SSSR, Afrika, Yevropa, Osiyo va Lotin Amerika siyosati, AQSHnimg "deep state"i, Kennedining shaxsiyati va xarakteri haqida shuncha ma'lumotga ega bo'laman deb hech ham o'ylamagandim. Kitob haqiqatda ajoyib, hozir va yillar o'tgan sari yana ham qadri oshadigan noyob kitoblardan biri bo'lib qoladi. Kitobni bir boshladim va tugatdim. Sal qolsa, makalaturaga ketardiya. Yaxshiyam, SI dan kitob haqida "pozor" olganim))). Rahmat senga SI🙏.

  • Elon Mask "2036 yilga borib, pul degan narsa qolmaydi" deya hammani og'zini ochirib turganda, Nobelchi D. Ajemog'lu "Elon, agar shu gaping rost bo'lsa, 1 trillion dollaringni xayriyaga tarqat, 2036-yilgcha u pullarni ishlata olmaysan, nima qilasan chiritib" deya Elon Maskka maslahat berdi. Natijada, Elon Mask dovdirab "men bunday demoqchi emasdim, falon-fismadon" deya kakkilab qoldi. Odam haqiqatda boyigandan keyin, kekirib yuborgan payti nima deganini ham bilmay qolarkan. Bu Elon Mask pul odamni jigarini yog'idan bo'lganini yesidan chiqarib yuborganmi nima balo))). Pul ber desa jon poning chiqib ketdiya Elon))). Professor Ajemog'liga bravo, bravossimo deyishdan boshqa iloj yo'q. Elon Maskka sen boyidirsan lekin kallang xumkalla deb qog'ozga o'rab aytib qo'ya qoldi. O'qiganinga qoyilman Acemog'lu))).

  • https://youtu.be/Z0j0zBw7BSU?si=D_yHqRmPDDrWGdH2

  • 27 июл.412134из ikboljonsobirov

    PhD magistraturadan keyingi yana bir bosqich emas. Ko‘pchilik bakalavrni tugatib, keyingi tabiiy bosqich magistratura, undan keyin esa PhD deb o‘ylaydi. Bu unchalik to‘g‘ri tushuncha emas. Bakalavrda siz tanlagan sohaning turli yo‘nalishlari bilan tanishasiz. Ya’ni sohaning umumiy manzarasini (big picture) ko‘rasiz. Magistraturada esa shu yo‘nalishlardan bittasini chuqurroq o‘rganib, ma’lum bir soha bo‘yicha mutaxassisga aylanasiz. Master bo‘lasiz. Masalan, bakalavrda umumiy tibbiyotni o‘qib, magistraturada kardiologiyaga ixtisoslashishingiz mumkin. PhD undan keyingi tabiiy bir bosqich emas. PhD butunlay boshqa maqsadga xizmat qiladigan ALOHIDA, MUSTAQIL ilmiy daraja. PhD paytida siz juda tor (specific) bir muammoni tanlaysiz, uning yechimini qidirasiz va shu mavzu bo‘yicha ilmiy yangilik yaratishga harakat qilasiz. Bunda siz butun sohaning kuchli mutaxassisi bo‘lib qolmaysiz. Aksincha, juda kichik, ammo aniq bir mavzu bo‘yicha dunyodagi sanoqli mutaxassislardan biriga aylanasiz (PhD to‘g‘ri qilinganda albatta😂). PhD bialn mustaqil ish qila olishlikni ko‘rsata olasiz. PhD sizning mustaqil fikrlay olishingizni ko‘rsatadi. PhD sizning ilm-fanga yangi hissa qo‘sha olishingizni ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham PhD ilmiy faoliyat uchun beriladigan daraja. Magistratura hamma uchun majburiy emas. Agar bakalavrdan keyin o‘zingizga yoqqan ishni topa olsangiz, o‘sha ikki yil davomida haqiqiy muammolar ustida ishlash sizga magistraturadan ham ko‘proq tajriba beradi (odatda). O‘sha ishda bir qancha tajriba olib, keyin magistraturada o‘qish durust bo‘ladi. Chunki amaliyotda duch kelgan muammolarni chuqurroq tushunishga va sohani kengroq ko‘rishga yordam beradi. Bu asosan boshqa ishga o‘tishda va/yoki yuqori lavozimga ko‘tarilishda zo‘r qo‘l keladi. Ko‘p kompaniyalarda ish boshlash va muvaffaqiyatli karyera qurish uchun bakalavr (+magistratura) yetarli. PhD esa talab qilinmaydi. Albatta istisno bilan. R&D, fundamental tadqiqotlar, sun’iy intellekt, biotexnologiya kabi ilmiy markazdagi yo‘nalishlarda PhD zo‘r foyda beradi. Chunki ilmiy ish qilasiz. Misol uchun, Google’da ishlashga bakalvr yetadi. Google Research yoki Deepmind’da ishlashga PhD kerak bo‘ladi. O‘xshatish qilsak, bakalavr umumiy dunyo xaritasini ko‘rish desak, magistratura Markaziy Osiyoni chuqurroq o‘rganish bo‘ladi. PhD esa butunlayin yangi yerni kashf etib, xaritaga qo‘shish desak noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Umumiy qilib aytganda, bakalavr sizga sohaning asoslarini beradi. Magistratura sizni ma’lum yo‘nalish bo‘yicha usta mutaxassis qiladi. PhD esa sizni yangi bilim yaratadigan tadqiqotchiga aylantiradi. Shuning uchun PhD’ni magistraturadan keyingi tabiiy bir majburiy bosqich sifatida emas, balki ilmiy faoliyatni tanlagan insonlar uchun ALOHIDA yo‘l sifatida ko‘rish to‘g‘riroq.

  • Samarqandda yashayotganim ortiq yaqqol sezila boshladi. Ko'chaga chiqqanimda, avtomatik tojikcha gapirib ketvomman))😂.

  • без подписи

  • без подписи