Madina kitobi | Arab tili
СтатистикаIbrohim Ahmad — Tarjimon — At-tanal C2 — Cefr C1
- Последний пост
- 31 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Книги (по похожим)
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 386
- 1/48двое суток
- 442
- 1/72трое суток
- 477
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Biznesga aylangan arab tili.... Bugun ijtimoiy tarmoqlarni varaqlasangiz, qarshingizdan "1 oyda arab tilida gaplashishni o‘rgataman", "Hech qanday grammatikasiz arabcha so‘zlashuv" yoki "Biznes arab tili – 3 haftada" kabi balandparvoz reklamalar chiqadi. Xalqimiz orasida arab tiliga bo'lgan talabning keskin ortishi "malakasiz ustozlar" "chala kadrlar" "firibgarlar" ko'payishiga sabab bo'ldi. Firibgarlar til oʻrgatishni oson daromad manbai qilib olishdi. Natijada "chala mullalar" ustozga aylandi.... Kechagina o‘zi arab tilidan "A2" darajasini zo‘rg‘a yopgan, bitta-ikkita kursni tugatgan yoshlar bugun o‘zlarini "ustoz", "ekspert" yoki "repetitor" deb e’lon qilmoqda. "3 oyda mukammal o‘rganish" mifimi yoki aldov? Hech bir tilni, ayniqsa arab tilini 1 yoki 3 oyda "mukammal" o‘rganib bo‘lmaydi. Bu – ochiqchasiga marketing aldovi. Zamonaviy o‘quv markazlari mijoz jalb qilish uchun eng past va arzon hissiyotlarni o‘ynashmoqda: "Oson va tez". Sifatsiz darslar va "nusxa ko‘chirish" metodikasi. Ko‘plab yangi ochilgan kurslarning shaxsiy dasturi yo‘q. Ular internetdan tekin topilgan yoki boshqa markazlardan o‘g‘irlangan materiallarni sifatsiz nusxalab, dars o‘tishadi. Darslar zerikarli, quruq matn o‘qish va tarjima qilishdan iborat bo‘lib qolgan. Natijada nima bo'lyapti? 1. Talabada tilga nisbatan nafrat yoki "men o‘rgana olmas ekanman" degan tushkunlik paydo bo‘ladi. 2. Bozor "soxta sertifikat" egalari bilan to‘ladi. 3. Haqiqiy mutaxassislar chetda qolib, shovvoz marketologlar pul ishlaydi.
#xalq_maqoli Ғунажин кўзини сузмаса, буқа ипини узмайди" Бу мақолнинг шарҳи шундайки, бирон йигит кўчада юрганда биронта қизни яхши кўриб қолса ва унга гап қотса, ўша қиз табассум ила унга жавоб қилса, ўша йигит қизга яқинлашиб, яна сўз қотади. Яна қиз мулойим сўзласа, ўртада илиқлик вужудга келиб, муҳаббат пайдо бўлади. Ғунажин деб қизни, буқа деб йигитни айтади. Қиз мойил бўлмаса, йигит қизга ботиниб гапиролмайди.
Ko‘lmakni ko‘rib, dengiz debdi, qurbaqani ko‘rib, g‘oz debdi. Hayotimda ko'pchilikda shu maqolga mos keladigan holatlarni ko'rdim.
Kitob o‘qish va podkast eshitish rivojlanish emas! Ko‘pchilik o‘qigan kitoblari yoki eshitgan podkastlari bilan maqtanishni yaxshi ko‘radi. “Men shu yil 50 ta kitobni o‘qib tashladim!” yoki “Har kuni podkast eshitaman, o‘z ustimda ishlayapman!” deyishadi. Lekin bir savol tug'iladi: Shulardan qanchasi hayotingizni o‘zgartirdi? Haqiqiy rivojlanish – bu faqat bilim olish emas, o'sha bilimlarni hayotda ishlatish. Vaqtni boshqarish haqida kitob o‘qib, hali ham ertalab telefon titkilab yotgan bo'lsangiz… Podkastlardan biznes sirlarini eshitib, lekin hali ham o‘z biznesingizni boshlamagan bo‘lsangiz… Intizomli bo'lish haqida foydali video ko‘rib, ertasi kuni yana eski odatlaringizni takrorlasangiz… Demak, siz rivojlanmayapsiz, shunchaki vaqt o‘tkazyapsiz.
Mo'min kishi motivatsiyani qur‘on o‘qib, uni tafakkur qilish bilan oladi. Mo'min kishiga qur'ondan ko'ra kuchli motivatsiya yo'q.
USTOZ TOPING Ko‘pchilik hamma narsani mustaqil o‘rganib, ustoz bilan ishlagandek bir xil natijaga erishaman deb o‘ylaydi. Bu sizni chalg‘itadigan va joyingizda qotirib turadigan eng katta illyuziyadir. Kunlik energiyangiz cheklangan va uning katta qismini o‘zingizni nazorat qilish, iroda va intizomni ushlab turishga sarflaysiz. Agar ustozingiz bo‘lsa, o‘zingizni nazorat qilishga ketayotgan energiyani tejalib qolib, zaxirangizda qo‘shimcha kuch paydo bo‘ladi. Dunyodagi eng zo‘r jangchilar ham o‘z bilimlari bo‘lishiga qaramay, trener bilan ishlashadi. Siz o‘zingizni mustaqil ishlashga to‘liq majbur qila olmaysiz, allaqachon o‘ylab topilgan velosipedni qaytadan kashf qilishning keragi yo‘q. Shunchaki yo‘nalishingizdagi bitta ustozni toping, kerak bo‘lsa unga pul to‘lang va o‘z potensialingizni 100% ishlating.
O‘tgan kuni o‘zbek badiiy asarlaridan Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarini mutolaa dasturi orqali o‘qib chiqdim. Asarni o‘qir ekanman, muallifga nisbatan nafratim oshib ketdi. Mening fikrimcha, asarda muqaddas dinimizni safsatalik va qoloqlik sifatida talqin qiluvchi qarashlar ilgari surilgan. Shuningdek, kitob davomida feministik tushunchalar qo‘llab-quvvatlanib, shu orqali insonlarni dinimizdan sovitishga urinilgandek tuyuldi. Masalan, asarda gavdalantirilgan so‘fi obrazidagi dindor inson ayolini inson o‘rnida emas, go‘yoki hayvon o‘rnida ko‘radi. Uni o‘z ismi bilan emas, “Fitna” deb ataydi va deyarli har gapida ayolini jerkib itvachcha deydi. Bundan tashqari, dinimizdagi “halol-harom” va “nomahramlik” kabi muhim tushunchalar ham asarda safsata sifatida tasvirlangan: " sovuq so‘filarning “harom” degan da’volari sinib, parcha-parcha bo‘lgan, “nomahramlik” safsatalari esa oyoq ostida yanchilgan" kabi ifodalar keltiriladi. Yana bir jihat — asardagi qahramon sifatida ko‘rsatilgan qiz ashulachi bo‘lib, hatto o‘z otasini ham yomon ko‘radigan qilib tasvirlangan. Bunday dinga nafrat bilan yozilgan mualliflarni kitoblarini o'qishdan ehtiyot bo'ling. Bu kitob eng ko'p mutolaa qilinayotgan kitoblardan biri ekan, yaqinlaringizni bu kabi jirkanch kitoblarni o'qishdan qaytaring.
Madina kitobining 1_qismidagi darslar 👇👇👇👇 Mundarijasi : https://t.me/madinakitobi/220 Madina kitobining 2_qismidagi darslar 👇👇👇👇 Mundarijasi: https://t.me/madinakitobi/221 Madina kitobining 3_qismidagi darslar 👇👇👇👇 Mundarijasi: https://t.me/madinakitobi/222 Madina kitobining 4_qismining darslari 👇👇👇👇 Mundarijasi: https://t.me/madinakitobi/312 Madina kitobi yakunlandi!
#siyrat #oilaviy_munosabatlar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning zavjalari bilan kechgan hayotlarini o‘qir ekansiz, insoniyat ko‘rgan eng komil oilaviy hayot, eng pokiza muhabbat, eng nozik muomala, eng go‘zal sabr, eng chiroyli mehr va eng barakali turmush namunasiga guvoh bo‘lasiz. U zotning xonadonlari shunchaki er-xotin hayoti emas, balki rahmat, hikmat, hurmat, vafodorlik, kechirim va qalb osoyishtaligiga qurilgan haqiqiy saodat maskani edi. Kim oilaviy baxt, muhabbat va go‘zal muomalani o‘rganmoqchi bo‘lsa, eng avval Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oilaviy hayotlariga nazar solishi kerak. Ota onam u zotga fido boʻlsin! Sollallohu alayhi vasallam
Hozirgi kunda internetni ochsangiz, hamma baxtli, hamma millioner va hamma dabdabali hayot kechirmoqda. Ko‘pchilik blogerlar va "yulduzlar" prosmotr va e'tibor uchun nimalar qilishmayapti. Dubayga borib qimmat mashinalarda tushilgan rasmlar, hashamatli mehmonxonalar — bularning 90%i shunchaki yolg'on. Aslida esa ularning ko‘pida na pul bor, na tayinli ishi bor. Hattoki, qarzga "Gelik" olib maqtanadiganlar ham to‘lib ketgan. Bu nima uchun xavfli? Bu shunchaki yolg‘on emas, bu yoshlar ongini zaharlashdir. Buni ko‘rgan yosh auditoriya o‘z hayotidan qoniqmaslikni boshlaydi. Natijada, yoshlar mehnat qilib, pul topish o‘rniga, tez va oson boylik ortidan quvib, psixologik bosimga tushib qolishadi. Haqiqiy boy inson hech qachon hashamatli hayotini ko'rsatib maqtanmaydi, chunki uning bunga ehtiyoji yo‘q. Sizga maslahatim esa instagramdagi hammaga ham ishonavermang va o'z hayotingizni boshqalarning soxta hashamatlari bilan solishtirmang.
Shayh Abu Isxoq Huvayniy rohimahulloh kuniga 20 soat dars qilishlarini ilk marta eshitgan paytim "vo ajab bu shayx necha soat uhlar ekan" deb ajablangan edim. Bu Allohni fazli bilan birga shayhni harakatlarini natijasidan boshqa narsa emas ekan.
Isroil - Eronni bir chetga qoʻyib tur. Sen avval yotoqxonangni yigʻishtirib ol. Senga foydasi kam boʻlgan maʼlumotlarni qoʻyib turda, seni oʻstiradigan ilmlar bilan shugʻullan. Unutma xabarlar kuzatish seni siyosatchi qilib qoʻymaydi!
Yangi hayotga erishish uchun eski o‘zingizni o‘ldirishingiz kerak. Hammamiz yaxshi hayot xohlaymiz, yuqori natijalarga erishishni istaymiz. Lekin eski hayot tarzimizda yashayveramiz. Agar boshqacha hayotni istasak, boshqacha yashashni boshlashimiz kerak. Odamlarda orzular ko‘p, ammo harakati kam. Unutmang, maqsadingiz uchun ortiqcha harakat qilmasangiz, hayotingiz o‘zgarmaydi. HARAKATDA BARAKAT! Pozitivda emas, ishonchda emas, orzularingizda emas - aynan harakatda. Diniy, dunyoviy, ilmiy tarafdan qarang baribir natija Allohdan harakat esa bunga sabab boʻladi. Shu sabab har qanday holatda shunchaki to‘xtamang. Ishonch ham, kayfiyat ham jarayonda keladi. Agar sizga rivojlanish tezligingiz yoki natijalaringiz yoqmayotgan bo‘lsa: Umuman harakatni boshlamagan odamlardan ancha oldinda ekanligingizni unutmang! Aynan harakat siz uchun eng kuchli motivator bo‘lishi kerak! Shunchaki harakat qilib ko‘rgan odamni o‘zi 90% insondan o‘tib ketadi, chunki 90% inson harakatni hatto boshlamaydilar ham. Dunyodagi eng zo'ri bo'lmoqchi bo'lsangiz, deyarli hamma narsadan kechishingizga to'g'ri keladi. Ushbu soʻzlarning dalili Alloh taoloning ushbu soʻzi: إِنَّ اللَّهَ لَا يُغَيِّرُ مَا بِقَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا مَا بِأَنفُسِهِمْ Albatta, bir qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holini o‘zgartirmas. (Raad surasi 11-oyat)
Insonni baxtga yetaklaydigan kuchga mashaqqatlarni yengib oʻtilganidagina erishiladi. Baxtga tomon eltadigan yoʻlda mehnat qilmasdan, azob chekmasdan, toʻsiqlarni olib tashlamasdan odimlashning imkoni yoʻq. 📚kitobdan
Menga qolsa unday qilardim bunday qilardim deysizku Gʻayb pardasi ochilib hikmatlarni koʻrganingizda, albatta Alloh sizga ixtiyor qilgan narsani tanlagan boʻlar edingiz garchi koʻrinishda yomonlik boʻlsa ham.
Hech qachon to'xtamaydigan insondan o'tib keta olmaysiz. Rosululloh sallallohu alayhi va sallam aytadilar: Oʻzingga foydali boʻlgan narsaga haris boʻl, Allohdan yordam soʻra, va ojiz boʻlma. Oʻzingga foydali boʻlgan narsaga haris boʻlib hech qachon toʻxtama.
Ajab, inson xotirasi – eshigi yopib qoʻyilgan omborga oʻxsharkan. Ombor oldidan har kuni oʻtasiz. Oʻtasiz-u oʻz yumushingiz bilan ovora boʻlib, qayrilib qaramaysiz. Vaqti kelib tasodifiy shamol omborning eshigini ochib yuboradi-yu, beixtiyor ichkariga moʻralab qaraysiz. Shunda qiziq holat roʻy beradi. Ombor ichida oltindan aziz narsa ham, koʻzingiz tushishi bilan taʼbingizni xira qiladigan qaqir-quqirlar ham qalashib yotgan boʻladi. Alam qiladigan joyi shundaki, siz ulardan xohlaganingizni ajratib ololmaysiz. Bunisi kerakli, bunisining keragi yoʻq, deb birini olib, ikkinchisini uloqtirib tashlash qoʻlingizdan kelmaydi. Hammasi baravariga jonlanib, atrofingizni qurshab oladi. 📕 badiiy kitobdan parcha
Madina kitobidan bepul dars beradigan akademiya t.me/tayyibah_academy Erkaklar t.me/Tayyibah_Academy1 Ayollar +1000 talabalarga dars bergan akademiya
Hayotingdan keraksiz insonlarni chiqarib tashla Agar buyuk shaxs bo‘lib yetishishni istasang, avvalo maqsadlaringga, so‘ng atrofingdagi insonlarga nazar sol. Agar atrofingda seni pastga tortayotgan, vaqtingni va qalbingni egallab, foyda bermayotgan insonlar bo‘lsa - ularni hayotingdan jim va odob bilan chiqarib tashla. Chunki ba’zi odamlar ketmasa, sen o‘smaysan. Har kim ham hayotingda qolishga loyiq emas. Ba’zilar faqat saboq berish uchun keladi. Seni pastga tortayotgan odam bilan aloqani uzish - gunoh emas, balki farosat va iymon belgisidir. Keraksiz insonlar bilan ortiqcha suhbatdan saqlan. Zero, qalbning o‘limi foydasiz suhbatdan boshlanadi. Hadisda kelganidek: Kishining Islomining go‘zalligidan - unga foydasi bo‘lmagan narsani tark etishidir.
без подписи