tgindex
Ona tili "Milliy sertifikat"

Ona tili "Milliy sertifikat"

Статистика
@mahmudova_2026узбекский

📌Filolog õqituvchi: Mahmudova Shahnoza ✅Grammatika ✅Ilmiy matn ✅Badiiy matn 📝Esse 📚Badiiy asar 🏆Yuqori natija sari olg'a

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
79
−1 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
70
21 постов
Вовлечённость
88,6%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
50
1/48двое суток
57
1/72трое суток
61

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 🥹🥹🥹Endi hamma mandat kutish bilan ... Ilohim kutganingizdanda a'losi bõlsin!!! https://t.me/mahmudova_2026

  • https://t.me/mahmudova_2026

  • 3 авг.65из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #Tanlov 📣 Hurmatli abituriyentlar! 📆 Amaldagi qabul jadvaliga muvofiq, tanlovning 2-bosqichi 2026-yil 8-avgust kuni yakunlanadi.   📝 Mandat (tanlov natijalari) esa 2-bosqich yakunlanganidan soʻng bir hafta ichida eʼlon qilinadi. 🧑‍💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. Ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim ustuvorligini tanlashda sizlarga yordam uchun abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish imkoniyati yaratilgan. 🧑‍💻 Undan foydalanish uchun mandat.uzbmb.uz saytiga kiring. ➡️ "Kengaytirilgan qidiruv" bo‘limini tanlang. 📚O‘zingizga tegishli fanlar majmuasini belgilang. 📝 Tanlangan fanlar majmuasi bo‘yicha barcha abituriyentlar ro‘yxati hamda ularning reytingdagi o‘rni bilan tanishishing va tanlovni puxta amalga oshiring. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 31 июл.63из xushnudbek

    #abituriyent Xuddi o‘tgan yillardagi kabi abituriyentlarning nechani o‘rinda turgani, fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar ism-familiyasi va olgan ballarini to‘liq ko‘rsatuvchi jadval tez orada mandat.uzbmb.uz saytida paydo bo‘ladi, bu bo‘yicha hozirda texnik ishlar olib borilmoqda — Bilimlarni baholash agentligi vakili. 👉 @xushnudbek 👈

  • 29 июл.606из sartoyatm

    Kimyo fanini o'rganmoqchi bo'lgan o'quvchilar diqqatiga! 18 yillik tajribaga ega Ustoz Sherzod Xamidov endi o'z markazini Ota onalar va o'quvchi talobgarlar istagiga ko'ra Samarqand shahrida ham ochdi! 18 yil davomida Kimyo fanini o'qitish bo'yicha tizim yaratgan Ustoz. Minga yaqin mavzularni tushuntirish bo'yicha sodda metodlarni yaratgan! Ustozni aynan o'zlari darsni o'tadi! Darsga bir marta qatnashgan o'quvchi darsdan rohatlanadi. Mavzuni o'quvchini miyasiga quyib qo'yadi.Ustozni tizimiga kirgan o'quvchini natijasi kafolatlanadi! Guruhlar soni 2 tagina bo'ladi. Nolovoy guruh va sertifikat guruh.Talablarga ko'ra ochilayotgani uchun dastlabki o'quvchilar ro'yxatdan o'tgan. Ulguring! Ustozni guruhlari doimo tez to'lgan. Darslar 4-avgustdan Samarqand shahar, Dagbitskiy, Umar bank orqasida boshlanadi. Bobolarimiz aytganidek bizni qudratimizga shubha qilsang biz qurgan binolarga boq deganlaridek. Bu ustoz nafaqat abituriyent tayyorlash bo'yicha balkim Repititor Ustozlar tayyorlash bo'yicha ham top Ustozlardan! Samarqanddagi eng ko'zga ko'ringan Ustozlar: Alisher Mardiyev Sardor Voxidov Jo'rabek Bozorboyev Oxun O'ralov .... Ustozlarning Ustozi bo'ladi. Sherzod Xamidov Keling mehnat qiling va natijani ko'ring. Murojaat uchun: +998933456590 +998944786494 Manzil: https://maps.app.goo.gl/nUkzeiu3Ky1svDSe6

  • ❓Hozir abituriyentlar nimalarni tanlashi kerak? #abituriyent Ayni kunlarda tanlovning 2-bosqichi boshlangan va 8-avgustgacha abituriyentlar quyidagilarni tanlashi kerak: 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. 2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/29032 Yuqorida tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishish mumkin. ‼️Yo’nalish tanlamagan abituriyentlar o’qishga kira olmaydi. 👉 @xushnudbek 👈

  • ❓Kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o’tishi mumkinmi? ✅ Ha, mumkin. Agar talaba yuqori akademik natija ko’rsatsa, keyingi o’quv yilidan davlat granti asosida o’qish imkoniyatiga ega bo’lishi mumkin. Buning uchun odatda: 🔹 GPA yuqori bo’lishi; 🔹 Grant tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirishi; 🔹 Tanlov talablariga javob berishi lozim. 📌 Tanlov natijalari talabaning GPA ko’rsatkichi va belgilangan mezonlar asosida aniqlanadi. ⚠️ Demak, 1-kursda kontraktga kirganingiz grantdan umuman umid yo’q degani emas. Yaxshi o’qib, yuqori GPA to’plasangiz, keyingi kurslarda grantga o’tish imkoniyati bor. ✅ @milliy_sertifikat_info

  • ❗️68 va 56,7 — bu ballar nima degani? Imtihonda jami 189 ball to'plash mumkin. Ball chiqqach, siz uchta holatdan biriga tushasiz: ✅ 68 va undan yuqori bo'lsa Zo'r! Grantga ham, kontraktga ham da'vogarsiz. Ikkala yo'l ochiq. 🔵 56,7 dan 68 gacha bo'lsa Grant yo'q, lekin kontraktda bemalol o'qiysiz. ❌ 56,7 dan past bo'lsa Na grant, na kontrakt. Universitetda bo'sh joy tursa ham qabul qilinmaysiz — qoida shunday. ⚠️ Adashmang: 68 ball — grant kafolati emas, faqat tanlovga chipta. Har yo'nalishning o'z chegarasi bor: birida 120, birida 160. ✅ @milliy_sertifikat_info

  • 27 июл.641из xushnudbek

    ❗️Tibbiyot xodimlarining farzandlariga kontraktining bir qismini qoplab berish bo’yicha subsidiya ajratish tizimi ishga tushdi 👥 Kimlarga to’lanadi: davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga 🏢 Qaysi oliygohlar uchun: respublika hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida (davlat hamda nodavlat) 🔢 Qaysi bosqich uchun: bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha barcha bosqich uchun 💰 Qanchasi qoplab beriladi: yillik kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan (bugungi kunda 6 mln 180 ming so‘m) qismi qoplab beriladi 📲 Ariza qayerda beriladi: arizalar subsidiya.imv.uz saytining quyidagi sahifasida qabul qilinmoqda 🔖 Huquqiy asosi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.11.2025-yildagi PQ-336-sonli qarori 👉 @xushnudbek 👈

  • 26 июл.53из xushnudbek

    ❗️Tuzatish va to’ldirish: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-sonli qarori 3-“v”-bandiga ko’ra, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining oʻqishini koʻchirib oʻtkazish (mahalliy va xorijiy) davlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Shu sababli joriy yildan quyidagi hollarda “perevod” tartibi o’zgargan: ➖Davlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni orqali o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi. *** Garchi bu ayni kunlarda talab qilinayotgan yangi qoida bo’lgani bilan amaliyotda kutilmagan jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sababi davlat yoki nodavlat oliygohidan boshqa nodavlat oliygohga o’tkazishda qanaqadir ommaviy o’yinlar yoxud qing’irliklar kuzatilmaydi. Bu asosan kontrakt narxining qimmatligi, sharoit yomonligi, o’qish jarayonlarining sifatsizligi yoki aksincha talab qattiqligi (qiyinligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunaqa holatlarda talabalarning erkini cheklash noto’g’ri, menimcha. Ayni shu sabablar tufayli hozirda mazkur tartibga o’zgarish tayyorlanmoqda ekan. Tegishli mas’ullar bilan bu haqda gaplashdim, ular tez orada tartib yengillashtirilishi kutilayotganini ma’lum qilishdi. Kutilayotgan yengilliklar nimadan iborat bo’ladi: ➖Davlat oliygohdan nodavlatga — bunda mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda davlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — bunda ham mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda boshqa nodavlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni saqlanib qoladi, ammo o’tish bali aynan davlatniki bilan bir xil bo’lmaydi. Yo’nalishlar kesimida o’tish ballarini nodavlat oliygohlarning o’zi belgilaydi, faqat asosiy sharti 56,7 balldan kam bo’lmasligi kerak. 👉 @xushnudbek 👈

  • 25 июл.68из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan videoqo'llanma bilan tanishib boring.   Mazkur videoqo‘llanmada abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.   ❗️ Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 25 июл.661из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 #tanlov2026 ⏰ Bugun tanlovning 2-bosqishi boshlandi 📆 Davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2026-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. 🖥 Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. 🧑‍💻 Dastlab abituriyent “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” bo‘yicha o‘z tanlovini amalga oshiradi. 💼 Shundan so‘ng abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos bo‘lgan beshtagacha oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishini ta’lim shakli bilan birga tanlaydi. 🏛 Bunda ta’lim yo‘nalishlarini bir oliy ta’lim muassasasi yoki turli oliy ta’lim muassasalari doirasida tanlash mumkin. 🎤 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlab, “Saqlash” tugmasi bosiladi, so‘ng ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi. 👨‍💻 Ma’lumotlar tasdiqlanganidan keyin, “Abituriyent qayd varaqasi” shakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim shakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari aks etgan bo‘ladi. Yuklab olish tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olishi mumkin. 📎 Eslatma: Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 📝 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. 😎 Bilimni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 24 июл.533из xushnudbek

    ⚡️O’ninchi kun natijalari e’lon qilindi 2026-yil 23-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. ✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin: 1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi Telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda: 👉@bmba_natija_bot 👉@bmba_natija_1bot 👉@bmba_natija_2bot 👉 @xushnudbek 👈

  • 24 июл.491из BBASamarqand

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda amaldagi tartiblar «Ta’lim granti» ustuvorligi «Ta’lim granti» ustuvorligini tanlagan abituriyentlar uchun: ➡️ abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lgan taqdirda, uning test sinovi natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan keyingi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi; ➡️ abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan birinchi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha yetarli bo‘lmay, tanlagan ikkinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, natijalari ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishida e’lon qilinadi va unga tanlagan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi. Natijalar shu ketma-ketlikda navbatma-navbat 5 ta tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tekshiriladi. Agar abituriyentning to‘plagan ballari u tanlagan beshala bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim granti asosida o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, tanlagan shu bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida yuqoridagi ketma-ketlikda tanlovda ishtirok etadi (Asos: VMning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori) ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 23 июл.63из BaholashUz

    #Qabul2026 #Abituriyent2026 Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari 😎 Bugun, 23-iyul kuni Davlat oliy va kasbiy taʼlim muassasalariga qabul test sinovlari yakunlandi. 📊 Test sinovlarining so‘nggi — o‘ninchi kuni (23-iyul)da respublika bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida rejadagi 45 520 nafar abituriyentdan 45 ming nafardan ortiq‘i ishtirok etdi. Сhetlatishlar bo‘lmadi. ‼️ O‘n kun davomida o‘tkazilgan test sinovlarida qatnashishi belgilangan jami 664 609 nafar abituriyentdan 610 000 nafardan ortig‘i ishtirok etgan bo‘lsa, test sinovi topshirish tartib-qoidalarini buzgan 70 nafardan ziyod abituriyent jarayondan chetlatildi. 📣 Eslatma, test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida test sinovlarining 10-kuni natijalari 24-iyul kuni e'lon qilingach, 25-iyuldan boshlab, 15 kun davomida - 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etishlari, bunda ta'lim muassasalarini, ta'lim yo‘nalishlarini, ta'lim ustuvorliklarini va ta'lim shakllarini tanlashlari mumkin. Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e'lon qilinadi. 😎 Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaydi! ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • 23 июл.71из xushnudbek

    ❗️KVOTA-2026 #abituriyent 📚 BAKALAVR: ➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta; ➖ KECHKI — 28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta; ➖ Davlat granti ulushi taqsimoti; ➖ Ayrim ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul parametrlarining taqsimlanishi. 🎓 MAGISTRATURA: ➖ KUNDUZGI — 22 ming 50 ta; ➖ KECHKI — 1 ming 393 ta; ➖ MASOFAVIY — 892 ta. ❇️ MAQSADLI QABUL: ➖ Sog‘liqni saqlash (1 ming 31); ➖ Maktab ta’limi (648); ➖ San’at sohasi (4). 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656); ➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56); ➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); ➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828); ➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); ➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828). ➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35); ➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); 🔰BOSHQA KVOTALAR: ➖ O’rta-maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim bo’yicha (10 ming); ➖ Maktab o‘qituvchilari uchun pedagogika sohasining magistraturasiga masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha (200); ➖ Green University uchun (930); ➖ Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va Mo’g’uliston fuqarolari uchun (70); ℹ️ QO‘SHIMCHA MA’LUMOTLAR: ➖ 5 yil stajga ega xodimlarini tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar ro‘yxati; ➖ Magistratura turdosh yoʻnalishlarining roʻyxati; ➖ Magistraturaga talab etiladigan sertifikatlar ro’yxati. 👉 @xushnudbek 👈

  • 11 июл.116из BaholashUz

    Abituriyentlar diqqatiga! ❗️ 11-12-iyul kunlari soat 09:00 dan 11:00 ga qadar hamda 13:00 dan 15:00 ga qadar barcha abituriyentlar ruxsatnomalarida ko‘rsatilgan manzildagi o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

  • ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi #abituriyent 1️⃣ Ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan yuklab olish mumkin. 6-Fanlar majmuasi degan sahifaning yuqorisida "ABITURIYENT RUXSATNOMASI" degan yozuv paydo bo‘lgan. 2️⃣ Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈

  • без подписи

  • Majburiy blok. 2 ta variant javoblari bilan